Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ишлаб чиқаришнинг иқтисодий самарадорлигини ошириш
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik yillarida ozbekiston aholisi turmush sharoitlarini yaxshilanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoning o’rganilganlik darajasi.
- Tadqiqotning maqsadi
Xulosa va takliflar 73-76
Foydalanilgan adabiyotlar 77-82
4
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi muhim o’rin tutadi va yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 18,0 foizni (2010 y.) tashkil qiladi. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish strategiyasida agrar sektorni tubdan isloh qilish ustivor vazifa sifatida qaraladi. Davlat tomonidan qishloq xo’jaligini tartiblash va qo’llab-quvatlash, qishloq xo’jaligidagi tarkibiy o’zgarishlar, mustaqillikning dastlabki yillaridayoq g’alla mustaqilligiga erishish, qishloq xo’jaligini moliyalashtirish, soliqlar tizimini ishlab chiqishni bosqichma-bosqich amalaga oshirildi. SHuningdek davlat qishloq xo’jaligiga fan va texnikaning samarali tizimini, ilg’or yuqori texnologiyalarni keng joriy qilish hamda qishloq aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimini ishlab chiqdi va uni amalga oshirishga rahbarlik qilmoqda. Bevosita davlat rahbarligida qishloq xo’jaligi muhum instituttsional o’zgarishlar, yer va mulk islohotlari izchil amalga oshirildi. “Mamlakatimizda 2009 yilda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini yanada oshirish printsipial muhum ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib fermer xo’jaliklari ajratilayotgan yer maydonlarini optimallashtirish borasida zarur ishlar amalga oshirilmoqda. Dastlab zarar ko’rib ishlaydigan rentabelligi past va istiqbolsiz zarar ko’rib ishlaydigan shirkat xo’jaliklarini negizida tashkil etilgan xususiy fermer xo’jaliklari bugungi kunda xaqli ravishda qishloqda yetakchi bo’g’inga – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy kuchga aylandi” 1 . “SHuni alohida taьkidlash kerakki, o’tgan yili yuzaga kelgan murakkab iqlim sharoitiga qaramay, mamlakatimizda ilk bor 7,3 million tonnadan ortiq don, shu jumladan, 6 million 600 ming tonna bug’doy yetishtirildi, 3,4 million tonna paxta xomashyosi tayyorlandi” 2 .
Yuqorilardan kelib chiqqan qishloq xo’jaligini davlat tomonidan tartiblash va qo’llab- quvvatlash negizida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish, barqaror rivojlanuvchi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini o’rganish tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Muammoning o’rganilganlik darajasi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari xorijlik iqtsodchi olimlar – V.Oyken, K.Preykop, K.Fraberg, K.Xartman, L.Kristofer. M.Parter, P.Bukaly, hamda MDH olimlari A. Yu.Yudanov, R.A.Fayxuddinov, S.P.Auksioven, Ye.N.Palkarina, V.I.Timofeev, N.Ya.Kapunova, O.G.Stronova, E.N.Krilovьx va boshqalarni ilmiy tadqiqotlarida o’z aksini topgan.
Mamlakatimizda ushbu masalalar yuzasidan S.S.G’ulomov, M.SHarifxo’jaev, R.Xusanov, A.Qodirov, I.Muradov, F.Nazarov, Q.A.CHoriev, V.S.Xushmatov, A.Qodirov, Q.Xalimjanov va boshqa olimlar tadqiqot isharini amalga oshirganlar. Tadqiqotning maqsadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish bosqichida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirishni o’rganishdan iborat. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling