Ishni bajarishdan maqsad
Download 370 Kb.
|
LABORATORIYA ISHI 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarishda kerakli jihozlar
- Misning markasi М00 М0 М1
LABORATORIYA ISHI №2 MAVZU: RANGLI METALL VA QOTISHMALARNING MIKRO TAHLILI. Ishni bajarishdan maqsad: Rangli metall va qotishmalar strukturalarining mikroskop ostidagi ko‘rinishini kuzatish va ularni bir biridan farq qila olishini o‘rganish hamda sxemasini chizish. Ishni bajarishda kerakli jihozlar: Turli xildagi rangli metall va qotishmalaridan tayyorlangan namunalar, metallografik mikroskop, plakat va so‘rovnomalar. Umumiy ma`lumot. Mis pushti qizil rangli metall bo‘lib, uning zichligi 8,93 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 10830С, mustahkamlik chegarasi σv=250 Mpa, nisbiy uzayishi δ=45-60%, qattiqligi HB=60 ga teng. Elektr o`tkazuvchanligi yuqori bo`lganligidan mis elektr va radiotexnika sanoatida keng ishlatiladi. Sanoatda esa misning boshqa elementlar bilan qotishmalari bo`lmish latun va bronza ko`p ishlatiladi. Misning issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi boshqa metallarga nisbatan ancha yuqori. Sanoatda mis har xil tozalikda quyidagi markalar bo‘yicha ishlab chiqariladi (1-jadval).
Quyma va yumshatilgan misning strukturasi ko‘p qirrali (poliedrik) donalardan iborat. bosim ostida ishlov berilgan va yumshatilgan misning strukturasi esa ko‘p qirrali hamda siljish chegarasi yuzaga chiqqan kristallardan iborat (1-rasm) bo‘ladi. 1-rasm. Bosim ostida ishlov berilgan va yumshatilgan mis strukturasining sxemasi. Latunlar ikki turga bo‘linadi: a) quyma latunlar; b) bosim ostida ishlov beriladigan latunlar. Bosim ostida ishlov beriladigan latunlar. Bu latunlar ham ikki turga bo‘linadi: Download 370 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling