8-LABORATORIYA ISHINI BAJARISH UCHUN NAMUNA:
1-topshiriq. Avtomobil g‘ildiragida olovli effekt hosil qilish.
Kompyuter xotirasida joylashgan avtomobil rasmi loyiha oynasiga yuklanadi. Buning uchun Файл menyusining Откыть (Ctrl+O) bandi bosiladi va xotiradagi rasm tanlanib, muloqot oynasidagi Откыть tugmasi bosiladi.
Yangi qatlam ochiladi va uning fon rangini qora rangda bo‘yash uchun Ctrl+Backspace qo‘sh tugmalari bosiladi. So‘ngra, Непрозрачность parametrinining qiymati 70% ga o‘zgartiriladi:
9.3-rasm. Qora fonning Непрозрачность parametrini 70% ga
tenglashtirilgan holati.
Menyudan Фильтр→Рендеринг→Блик ketma-ketligini bajarib, avtomobil g‘ildiragi o‘rtasiga moslanadi. Яркост parametri qiymatini 140 ga tenglashtiriladi:
9.4-rasm. Блик oynasi
Овальная область uskunasidan foydalanib (M tugmasi), avtomobil g‘ildiragi atrofini ajratib olinadi:
9.5-rasm. Avtomobil g‘ildiragi atrofi ajratib olingan holat.
Menyudan Фильтр®Имитация®Целлофановая упаковка ketma-ketligi tanlanadi va Подсветка paramerining qiymatini 15 ga, Детализация paramerining qiymatini 11 ga, Смягчение paramerining qiymatini 5 ga tenglashtirilib, OK tugmasi bosiladi:
9.6-rasm. Целлофановая упаковка oynasi.
Menyudan Выделение®Модификация®Расширить ket- ma-ketligi tanlanadi va Расширить область oynasidagi qiymatni 30 pixelga tenglashtirib, OK tugmasi bosiladi. Natijada belgilangan maydon kattalashganini ko‘rish mumkin:
9.7-rasm. Belgilangan maydonni kattalashgan holati.
Menyudan Фильтр®Искажение®Скручивание ketma- ketligi tanlanadi va Угол parametrining qiymatini 6000 ga tenglashtirib, OK tugmasi bosiladi:
9.8-rasm. Скручивание oynasi.
Ajratilgan sohani bekor qilib (Ctrl+D), menyudan Фильтр→ Стилизация→Ветер ketma-ketligi tanlanadi va quyidagicha moslanadi:
9.9-rasm. Ветер oynasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |