Ishning maqsadi: • Kogerent elektromagnit to’lqinlar qo’shilish jarayoni modeli bilan tanishish. •
Download 36.29 Kb. Pdf ko'rish
|
2-lab-ya ishi !!! 2 soat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi: •
- Qisqacha nazariya Difraksiya va interferensiya
- Kogerentlik
- interferensiya
- Gyugens prinsipi
- Frenel zonalari
2 - Laboratoriya ishi Difraksiya va interferensiya. Ma’ruzalar matni va o‘quv qo‘llanmasidan ishning nazariyasi bilan tanishing (Savelyev I.V., 2.t., §119, §125-127,129,130) Ishning maqsadi: • Kogerent elektromagnit to’lqinlar qo’shilish jarayoni modeli bilan tanishish. • Ikkita yorug’lik manbalari(tirqishlar)dan chiqayotgan to’lqinlarining o’zaro ta’sirlashish qonunlarini tajribada tekshirish. Qisqacha nazariya Difraksiya va interferensiya orasida e’tiborli fizik farqlar mavjud emas. Ikkala hodisa ham to’lqinlar qo’shilishi (superpozisiyasi) natijasida fazada hosil bo’ladigan yorug’lik oqimi energiyasining qayta taqsimlanishi tufayli yuz beradi. Kogerentlik deb bir necha tebranma va to’lqin jarayonlarining bir-biriga kelishilgan holda borishiga aytiladi. Tebranishlari fazalari farqi vaqt o’tishi bilan doimiy bo’lgan to’lqinlarga kogerent to’lqinlar deyiladi. Karrali chastotalarga ega bo’lgan garmonik to’lqin kogerent to’lqinlar hisoblanadi. Chekli miqdordagi diskret kogerent to’lqin manbalari qo’zg’atuvchi to’lqinlarning superpozisiyasi natijasida hosil bo’ladigan untensivlik-larning barqaror qayta taqsimlanishiga interferensiya deyiladi. Uzluksiz joylashgan kogerent to’lqin manbalari qo’zg’atuvchi to’lqinlarning superpozisiyasi natigasida hosil bo’ladigan intensivliklarning barqaror qayta taqsimlanishiga difraksiya deyiladi. Difraksiyaning namayon bo’lishning bir holi bu to’lqinning geometric soya sohasiga tarqalishi, ya’ni yorug’lik nurlari tushmagan joyga tarqalishi. Gyugens prinsipi: To’lqin sirtining har bir elementi ikkilamchi sferik to’lqin manbai hisoblanadi, bu sirtning oldidagi har qanday nuqtadagi to’lqin(sirtning boshqa tomonidagi va real to’lqin manbaidan emas) ko’rsatilgan ikkilamchi manbalar nurlayotgan to’lqinlar superpozisiyasi natijasi sifatida topilishi mumkin. Frenel zonalari deb to’lqin frontining sirtidagi shunday sohalarga aytiladiki, ikkita qo’shni sohadan chiqayotgan nurlarning qo’shilishi nol natija (minimal) beradi ( ikkita qo’shni Frenel zonalaridan chiqayotgan nurlar bir-birlarini kompensasiyalaydi). Har bir zona chekkasidan kuzatish nuqtasiga bo’lgan masofa λ/2 ga farq qiladi. To’lqin sirtidagi dS elementar sohadan nurlanuvchi elektromagnit to’lqin(EMT) elektr maydon kuchlanganligining dS sohadan r masofada joylashgan kuzatish nuqtasidagi kattligi ) kr t cos( r dS a K dE 0 0 , ga teng . Bu erda a 0 ko’paytma dS soha joylashgan joydagi yorug’lik tebranishi amplitudasi orqali aniqlanadi, K koeffisient dS sohaga tushirilgan normal bilan kuzatish nuqtasi yo’nalishi orasidagi burchakga bog’liq. k = 2π/λ – to’lqin soni. Xuddi shunday formula har qanday garmonik to’lqinning nuqtaviy manbai uchun ham to’g’ri bo’ladi. Download 36.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling