Ishning maysadi: Talabalarga sportchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish usullari to‘g‘risida ma’lumot berish. Identiv o‘yuv maysadlari: Pul’sni sanashni tushuntirib beradi. Nafas olishni sanashni tushuntirib beradi
Download 19.66 Kb.
|
1-amaliy mashg'ulot
Ishni bajarish tartibi: Odamning o‘zini his qilishi organizmning umumiy ahvolidan bilinadi. Kishi o‘zini yaxshi his qilganda kayfiyati joyida, ish qobiliyati yuqori, bardam bo‘ladi, ishni bajonidil bajaradi. Agar jismoniy mashqlarni uzoq zo‘riqib bajarilsa, charchash 2-3 soat, xatto bir sutkagacha va undan ortiq vaqtgacha yo‘qolmaydi. Sportchi qisqa muddat ichida yuqori sport natijalariga erishish uchun harakat qilganda bor kuchini sarflab yuboradi. Bu holda sportchi o‘zini yomon his qiladi, ya’ni charchaydi, ish qobiliyati esa pasayib ketadi. Holdan toyganda o‘ta qo‘zqaluvchanlik, asab buzilishi, serjahllik, bezovtalanish paydo bo‘ladi. Ishtaha, jismoniy va sport mashqlarining to‘g‘ri uyushtirilishida energiya sarflanishi bilan birga organizmning ovqatga talabi oshadi, ishtaha ochiladi. Ishtaqaning yo‘qolishi, ochlikni sezmaslik umumiy toliqish, jismoniy zo‘riqish alomatlari bo‘lishi demakdir. O‘z-o‘zini tekshirish kundaligida ishtahani yaxshi, normal, ishtaha kam yoki ishtaha yo‘q, deb yozib boriladi, Uyqu organizmning to‘g‘ri faoliyati uchun uyquning ahamiyati juda kattadir, soqlom odam o‘ringa yotishi bilanoq darrov uxlab qoladi, qattiq uxlaydi, ertalab o‘zini tetik sezadi. Uyqusizlikda esa odam hadeb uyg‘onaveradi yoki aksincha uyquchan bo‘lib qoladi. Bu hodisa toliqish alomatlaridan darak beradi. Sportchi xar kuni 7-8 soat uxlashi, doimo bir vaqtda yotib, bir vaqtda turishi lozim. O‘z-o‘zini tekshirish kundaligida uyquning qancha davom etganligi, uyqu qattiqmi-yo‘qmi, tezda uxlab qoladimi-yo‘qmi, shularni yozib boradi. Sport bilan shug‘ullanish ishtiyoqi. Agar sportchi mashq qilgisi kelmay qolsa, bu qaqida “ishtiyoq bilan bajardimi”, “loqaydlik bilan”, “xohishsiz” deb yozib qo‘yiladi. Mashqlarning qisqacha ta’rifi. Mashqlarning ayrim qismlari qancha davom etganligi, Sportchi mashq qilayotgan paytda va undan keyin o‘zini qanday his etganligini kundaligiga “yaxshi”, “qoniqarli”, “qiyin” deb yozib qo‘yadi. Mashqulotlardan oldin rejim buzilishiga ham ahamiyat berish kerak, chunki rejimni buzish sport mashqulot natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘z-o‘zini tekshirishning ob’ektiv ko‘rsatkichlari - tomir urushi, nafas olish, spirometriya va boshqalarni kundalikda qayd qilish lozim.
Tomir urushi yurak-tomir sistemasi faoliyatini tekshirishlarining eng oddiy va keng tarqalgan metodi hisoblanadi. Tomir urushini aniqlash juda oson. Sport bilan shug‘ullanmagan sog‘lom odamning tomiri tinch holatda minutiga 65-75 marta uradi. Sportchilarga esa tomir siyrakroq, 50-60 marta uradi xolos. Sportchilarning tomiri tinch holatda keskin siyraklashishi yoki, aksincha, juda xam tezlashuvi jismoniy zo‘riqish yoki kasallik tufayli odamning qattiq toliqqanligidan dalolat beradi. Odatda tomir urishi ertalab tekshiriladi. Nafas olish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanayotgan paytda odamning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Nafas olish minutiga 14-16 dan 36-40 martagacha tezlashadi. Mashq qilgan sportchilarga esa u tezda normaga tushadi. Agar arzimagan yoki o‘rtacha xarakatdan keyin nafas qisaversa, bu ortiqcha mashq qilinganligini bildiradi. O‘pkaning hayotiy xajmini, ya’ni odam chuqur nafas olgandan keyin chiqarib yubora oladigan nafas miqdorini o‘lchash spirometriya deyiladi. Sog‘lom erkaklar o‘pkasining hayotiy qajmi 3500-4500 sm3ni tashkil etadi, ayollarniki esa 2500-3000 sm3ni tashkil qiladi. Sportchilarning, ayniqsa eshkak eshuvchi, suzuvchi, chang‘ichilarda bu ko‘rsatkich 6000-7000 sm3ga teng keladi. Spirometriya o‘zgarishlarining muayyan ahamiyati bor. Mashqlardan keyin spirometriya ko‘rsatkichlari tushib ketib, avvalgi hajm tiklanmasa, haddan tashqari charchaganlikni bildiradi. Terlash, odam kuchli jismoniy va sport mashg‘ulotlarini bajarganida terlashi tabiiy holdir. Jismoniy tarbiya va sport mashqlarini bajarish jarayonida ko‘p terlash ortiqcha mashq qilib yuborilganidan dalolat beradi. Terlash haqida kundalikda “ko‘p terladi” yoki “picha terladim”, “o‘rtacha terladim” deb yozib qo‘yiladi. Kuch va vazn o‘zgarishlarini kuzatish o‘z-o‘zini tekshirishning muxim jihatlaridan biridir. Masalan: odam ertalab turgandan so‘ng albatta vaznini tekshirishi va kundaligiga kunda tekshirishdan so‘ng chiqqan natijalarini yozib borishi lozim. SHunisi juda muhimki, tekshirishni har bir odam ertalabda hech narsani tanavvul qilmasdan oldin o‘tkazishi lozimdir va uni oldingi kunlar bilan solishtirib ko‘rish kerakdir. Bundan tashqari ushbu kundalikka kundalik bajarib borayotgan mashqlarning qisqacha bayonini ham qayd etib borishi lozim. Dam olish vaqtini va turini ham hisobga olish zarurdir. Masalan: agar sportchi kundalik bajarayotgan jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlaridan keyin oladigan dam olish vaqti har doimgi vaqtda o`tishi lozim. Agar o‘sha paytdan oldin yoki keyinroq dam olinsa, bu sportchini organizmining funksiyalarini buzilishi yoki unga berilayotgan nagruzkaning haddan ziyod ortib ketishiga olib keladi. SHuning uchun dam olish vaqti har doimgi paytda va har doimgi holatda bo‘lishi juda xam muhimdir. Ushbu kundalikda sport natijalarini xam kiritib borish lozim, ana shundagina xar kungi natijalarni bir-biri bilan solishtirib ko‘rsa bo‘ladi. Buning oqibatida sportchi avvalgidan ko‘ra yaxshiroq va zo‘rroq natijalarga erishishga harakat qiladi. Eng oxirida esa qo‘shimcha yozuvlar masalan: organizmning qaeridadir sodir bo‘lgan og‘riq yoki jarohat haqidagi qaydlar. Ushbu qaydlar orqali agar kasallik yuzaga keladigan bo‘lsa uni alomatlaridan tezroq va oldinroq bilib olish va uni oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rib chiqish mumkin. Ayollarga xayz ko‘rish (boshlangan vaqti, davomiyligi, oqriq sezgan-sezmaganligini)ni yozib borish tavsiya etiladi. O‘z-o‘zini tekshirish kundaligi vrach, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trenerga o‘zlaridagi ma’lumotlarni sportchilarning kuzatuvlari bilan taqqoslashga, shuningdek bundan keyingi rejim va o‘quv trenirovkalarini to‘g‘ri rejalashtirishga yordam beradi. Ana shunday qolatda sportchilar o‘z-o‘zini tekshirishlari mumkin. Download 19.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling