Ishning metodik va nazariy asoslari. "Ta’lim tog’risidagi" Qonun, „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi", I. Karimovning „Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch", „Barkamol avlod orzusi"asarlari, J. Jalolov, U. A. Hoshimov, I. Y
Download 17.08 Kb.
|
KIRISH
KIRISH Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyasi Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko’tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallashga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo’lishi eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko’lamini hosil qilish, ma’naviy- axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog’liqdir.Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug’ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil O’zbekiston Respublikasining rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxasis qilib tarbiyalashga bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997-yil 29-avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng ko’lamda muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vaO’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrda “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’grisida”gi PQ-1875-sonli qarori mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxasisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to’laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o’zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. Ishning metodik va nazariy asoslari. “Ta’lim tog’risidagi“ Qonun, „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“, I.Karimovning „Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch“ , „Barkamol avlod orzusi“asarlari, J.Jalolov, U.A.Hoshimov, I.Y.Yoqubov, A.M.Matoshkin, B.G.Ziyomuxamedov, B.L.Faberman, shuningdek, boshqa bir qator olim va metodistlar fikrlariga tayandik.1 1I.A.Karimov “Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XI sessiysida so’zlagan nutqi. - Т.: Sharq, 1997. - 65 б. Download 17.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling