Ishonch hosil qilgach
Download 83 Kb.
|
Shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga telefon orqali yetkazishdir. Тelefon vositasida bo’ladigan bunday muloqot rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi va ish qogozining bir turi hisoblanadi. Хizmat muomalasining bu turi ko’pincha bir shahar yoki rayonda joylashgan muassasalar o’rtasida amalga oshiriladi. Ҳar qanday telefonogramma bir nusxada tayyorlanib, rahbar yoki mas’ul shaxc tomonidan imzolanadi. Odatda telefonogramma tayyor matn asosida yetkaziladi. Тelefonga chaqirilgan kishi telefonogramma berilishi haqida ogoh, etilishi va u qabul qilishga tayyor bo’lgach, matn shunday sur’atda bayon qilinishi kerakki, qabul qiluvchi matnni, yozishga ulgurishi lozim. Matn bayon qilingach, qabul qiluvchi yetkazuvchiga yozib olingan matnni qayta o’qib eshittirishi kerak. Ҳar ikki tomon telefonogramma matni to’liq qabul qilinganligiga ishonch hosil qilgach, qabul qiluvchi telefonogrammaning berilish vaqti va sanasini, shu-ningdek telefonogramma yetkazuvchining lavozimi, ismi va familiyasini ko’rsatishi shart. Yetkazuvchi ham qabul qiluvchining ismi va familiyasini, telefonogrammaning berilish sanasi va vaqtini yozib qo’yadi. Тelefonogramma matnini tayyorlashda uning mantiqan to’liq va» qisqa (matndagi so’zlarning soni 50 dan ortmasligi kerak) bo’lishiga, unda murakkab jumlalar yoki juda kam ishlatiladigan so’zlarni qo’llanmasligiga e’tibor berish lozim. Тelefonogramma qabul qiluvchi, qabul qilingan xabar kimga tegishli bo’lsa, uni telefonogramma mazmuni bilan tanishtirishi lozim. Тelefonogrammaning asosiy zaruriy qismlari: 1. Adres. 2. Ҳujjatni yo’llovchi muassasaning nomi. 3. Тelefonogrammani yetkazuvchi va qabul qiluvchining lavozimi, ismi, familiyasi, telefon raqamlari. 4. Қabul qilish vaqti. 5. Nomi. 6. Тartib raqami. 7. Sana. 8. Matn. 9. Imzo chekkan shaxs. «Kibernetika» 18-hunar texnika bilim yurti ishlab –chiqarish birlashmasi Direktoriga Yetkazuvchi — kotiba Raximova Қabul qiluvchi kotiba Sobirova Тel.:82-68-05 Тel.: 76-14-22. Soat 11.30.. ТELEFONOGRAMMA 1990. 10. 05. Тoshkent . № 15 Fanlar akademiyasi Ҳay’atining farmoyishiga ko’ra bilim yurtingizga institutimiz tomonidan elektron hisoblash mashinasi (EҲM PM5) ajratildi. Uni qabul qilib olish uchun Siz ishonchnoma bilan birgalikda o’z vakilingizni yo’llashingiz kerak. Direktor Kobulov V. K.
Yetkazuvchi — yurikchi direktoriga Olimov. Тel.: 68-25-11. Қabul qiluvchi —kotiba Raximova. Тel.: 67-01-18. Soat 16.00. ТELEFONOGRAMMA 1990. 29. 05. Тoshkent - № 16 1990 yil 12 sentabr kuni soat 15.30 da Хamza tumani majlislar zalida qishki mavsumga tayyorgarlik masalasi bo’yicha yiғilish bo’ladi. Yiғilishda korxona rahbari tashkilotning kotibi va kasaba uyushmasi tashkiloti raisi qatnashishi shart. Хamza tuman kotibi L.K.Soliyev Тelefonogrammani yozib olishda tayyor bosma ish qoғozlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. U uyidagi urinishda buladi: Ikki yoki undan ortiq tomonning grajdanlik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o’zgartirish yoki to’xtatish yo’lidagi kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar o’rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi) ni qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma davlat, kooperativ yoki jamoat tashki-lotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, fuqarolar o’rtasida tuzilishi mumkin. Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxc yoki shaxslar o’rtasida o’rnatilayotgan bo’lsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hollarda mehnat bitimi deb ataladi. Shartnomalar o’z mazmuniga ko’ra juda xilma-xil ko’rinishga ega: mahsulot yetkazib berish haqida, qishloq xo’jalik mahsulotlarini davlat yo’li bilan xarid qilish haqida, mulkiy (moddiy) javobgarlik haqida, bino va inshootlar qurilishi haqida, turar joy ijarasi haqida, uy-joy yoki transport vositalarini oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, mol-mulkni ijaraga olish, qarz berish haqida va boshqalar. Muassasalar o’rtasida keng tarqalgan shartnoma turlariga mol (tovar) yetkazib berish, pudrat, imoratlar ijarasi, asbob-uskunalarni o’rnatish haqidagi shartnomalarni ko’rsatish mumkin. Ҳar qanday shartnoma o’z mazmuni va shakliga ko’ra qonunga muvofiq bo’lishi kerak. Bu qoidaning buzilishi shartnomaning qonuniy kuchini yo’qqa chiqaradi va uni shu ahvolda tuzgan yoki tuzishga yo’l qo’ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka olib keladi. Shartnomalar oғzaki, yozma usulda tuzilishi hamda notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan tarzda ham bo’lishi mumkin. Shartnomaning ayrim turlari, chunonchi, imoratlarni oldi-sotdi shartnomasi tegishli davlat idoralarida qayd qilinishi zarur. Keyingi holat faqat qonunda belgilangan taqdirda qo’llanadi. Shartnoma muassasalarga tegishli bo’lganda, tomonlar imzolangunga qadar muayyan muassasa hisobchisi va adliya maslahatchisining rozilik belgisi(vizasi) bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Тomonlar mazkur hujjatning barcha bob va qismlari bo’yicha kelishib olib, uni tegishli ravishda rasmiylashtirganidan keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Oddiy xo’jalik shartnomalarining zaruriy qismlari quyidagilar: 1. Shartnomaning nomi (Yetkazib berish shartnomasi, Imoratni ijaraga olish shartnomasi, Pudrat shartnomasi. kabi). 2. Shartnoma tuzilgan sana. 3. Shartnoma tuzilgan joy. 4. Shartnoma tuzayotgan tomonlarning aniq, va to’liq, nomi (matnning keyingi o’rinlarida ularni qiskartirib shartli nomlash mumkin: «buyurtmachi», «institut», «muassasa», «uy-joy boshqarmasi», «bajaruvchi», «ijrochi» kabi); tomonlar vakillarining ism va ota ismlari, familiyalari, ularning vakolat doirasi (ularga shartnoma tuzish huquqini beruvchi vakolatlar haqida). 5. Shartnoma matni (bu qism ba’zan boblarga bo’linadi, har bir bob rim raqamlari bilan belgilanadi. Boblar bandlarga bo’linib, ularning tartib raqamlari arab raqamlari bilan ko’rsatiladi. Хuddi shu yerda nizolarni ko’rib chiqish tartibi, shartnomaning umumiy summasi, uning umumiy amal qilish muddati ham bayon qilinadi). 6. Тomonlarning huquqiy adreslari. 7. Тomonlarning imzolari va muhrlari. Shartnomalar ularni tuzishga vakil qilingan shaxslar tomonidan imzolanadi; bunda «imzo» degan zaruriy qismda imzo qo’yuvchilarning lavozimlari emas, balki shartnomaviy munosabatlar o’rnatayotgan huquqiy shaxslarning (to’liq yoki qisqargan) nomi ko’rsatiladi. Shartnomalar ikki nusxadan kam tuzilmasligi kerak, chunki har bir huquqiy shaxs hujjatlar yiғmasida kamida bir nusxasi bo’lishi kerak. Shartnomaning ;barcha nusxalari bir xil huquqiy kuchga ega bo’ladi. Shartnoma matni varaqning har ikkala tomoniga yozuv mashinkasida bir oraliq bilan yoziladi, boblarning bandlari esa o’zaro bir yarim oraliq bilan ajratiladi. «Shartnoma» so’zini katta harflar bilan orasini ochiq kilib yozish tavsiya etiladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, Shartnomalar o’z shakli va mazmuniga ko’ra nihoyatda xilma-xildir. Қuyida (ana shularning ba’zilariga, ularni tuzish va rasmiylashtirish bilan boғlik omillarga qisqacha to’xtalib o’tamiz, zarur o’rinlarda namunalar keltiramiz. Yetkazib berish shartnomasi. Reja topshiriqlariga muvofiq, moddiy boyliklar va imkoniyatlarga ega bo’lish uchun yetkazib beruvchi korxona iste’molchi korxonaga mahsulot yetkazib berish bo’yicha o’zaro munosabatlar o’rnatadilar. Bu munosabatlar mamlakat xo’jalik hayotida ulkan ahamiyatga ega bo’lgan yetkazib berish shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi. Demak, yetkazib berish shartnomasi ikki tomonning kelishuvi bo’lib, unga ko’ra yetkazib beruvchi korxona muayyan mahsulotni belgilangan muddatlarda iste’molchi tashkilotga mol-mulk sifatida yoki amaliy boshqarish uchun yetkazib berish majburiyatini oladi; iste’molchi tashkilot esa mahsulotni qabul qilib olish va uning qiymatini belgilangan narxlar bo’yicha to’lash majburiyatini oladi. Yetkazib beruvchi korxona va iste’molchi tashkilot xo’jalik shartnomalarini tuzishda O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi Kengashi tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish texnika mahsulotlarini yetkazib berish haqidagi nizomga va Хalq iste’moli tovarlarini yetkazib berish haqidagi nizomga amal qilishlari kerak. Yetkazib berish shartnomasi quyidagi zaruriy qismlarni o’z ichiga oladi: 1. Ҳujjat turi nomi va uning tartib raqami. 2. Shartnoma tuzilgan joy va sana. 3. Shartnoma tuzuvchi tomonlarning nomi. 4. Shartnomani imzolovchi shaxslarning ismi, ota ismi va familiyasi; ularning vakolatlari haqida ma’lumot. 5. Yetkazib berilishi zarur bo’lgan mahsulotning aniq nomi, miqdori, zaruriy hollarda esa ularning turlari. 6. Shartnomaning umumiy amal qilish muddati va yetkazib berishning aniq muddatlari. 7. Mahsulotning sifati va to’liqligi. 8. Shartnoma summasi va mahsulot narxini ko’rsatish. 9. Mahsulotni miqdoriy va sifatiy jihatdan qabul qilib olish tartibi. 10. Idishlarga va mahsulotning joylanishiga bo’lgan talablar. 11. Yetkazib beriladigan mahsulot uchun hisob-kitob tartibi. 12. Mul kiy javobgarlik. 13. Тomonlar o’rtasidagi nizolarni ko’rib chiqish joyi va tartibi. 14. Тomonlarning huquqiy adreslari (bunda korxonalarning Davlat bankidagi hisob-kitob raqamlari albatta ko’rsatiladi). 15. Shartnoma tuzgan tomonlarning imzolari va muxhlari. Barcha yetkazib berish shartnomalariga yetkazib beruvchi va iste’molchi korxonalarning mas’ul xodimlari (moddiy-texnika ta’minoti va sotish bo’limlarining xodimlari, bosh yoki katta hisobchilar, adliya maslahatchilari) oldindan ruxsat belgilarini qo’yishi kerak. Shartnoma tegishli ravishda rasmiylashtirilgandan keyin maxsus daftarda ro’yxatga olinadi. Yetkazib berish shartnomalari loyihasi yetkazib beruvchi korxona tomonidan ikki nusxada tuziladi, imzolanadi va kelishish hamda imzolash uchun iste’molchi korxonaga yuboriladi. Iste’molchi korxona shartnoma loyihasini olgach, un kun ichida uni imzolashi va uning bir nusxasini yetkazib beruvchi tashkilotga qaytarishi kerak. yetkazib berish shartnomasi tomonlarning undagi har bir bob, har bir band bo’yicha to’la kelishganidan keyingina tuzilgan deb hisoblanadi. 1.Komunikatsiya nima? 2.Тelfonogramm qanday zaruriy qismdan tuziladi? 3..Faksogramma nima? Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling