Is’hoqxon Ibratning hayoti va ijodi
Download 27.5 Kb.
|
Is'hoqxon Ibrat
Is’hoqxon Ibratning hayoti va ijodi 1.Milliy uyg’onish davrining yorqin namoyondalaridan biri,ma’rifatparvar shoir,olim,sayyoh,matbaachi va muallim Is’hoqxon To’ra Ibrat 1862 yili Namangan viloyatining To’raqo’rgo’n qishlog’ida ziyoli oilasida tavallud topgan.Qo’qon madrasasi tahsili yillari Is’hoqxon Ibrat uchun g’oyat samarali kechdi.Bu yerda u Qo’qon adabiy muhiti namoyondalari,jumladan,Muqimiy,Furqat,zavqiy,Haziniy va Nodim kabi shoirlar ijodi bilan yaqindan tanishish,o’qib-o’rganish,oshno tutinish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ibrat 1886 yili Qo’qon madrasasini tugatgach,ona qishlog’I To’raqo’rg’onga qaytadi va o’z faoliyatini ma’rifat tarqatishga qaratadi.”Usuli qadim”qabilidagi maktablarni isloh etib,jadid maktablarini ochishga kirishadi.Ammo ko’p o’tmay,mutaassib kimsalar tomonidan bu ilm o’choqlari”kofirlar maktabi”tamg’asi bilan ta’qiqqa uchraydi. Is’hoqxon Ibrat matbaachi sifatida 1908 yildayoq Namanganda “Matbaai Is’hoqiya”ni tashkil etib,kitoblar nashriga kirishadi,ilmiy,tarixiy,badiiy asarlar bilan birga,zamonaviy mavzulardagi ilm-ma’rifat va ma’naviy rivojiga xizmat qilishga yo’naltirilgan ko’plab kitoblarni chop etdi. 1937 yilga kelib esa uning barcha faoliyatiga chek qo’yildi,kitoblari esa yoqib yuborilgan.O’zi yovuz kuch-Stalin qatag’oni qurboniga aylandi.Shu’la zulmat qoshida mahv etildi.Faqat istiqlol davriga kelib adibning muborak nomi va benazir ijodi asl qadr-qimmatini topdi. 2.Ibratning arab,fors,hind,turk,o’zbek va rus so’zlaridan tarkib topgan”Lug’ati sitta-alsina”(“olti tilli lug’at”)asarini bosmadan chiqaradi.Mazkur lug’at jadid maktablarida sharq va rus tillarini o’rganishda birdan bir qo’llanma sifatida foydalanib kelingan. Is’hoqxon Ibrat 1912 yilda yozuvlar tarixiga bag’ishlangan,asarida lotin,yunon,xitoy,hind,arab,kiril yozuvining kelib chiqishi,rivojlanish tarixi haqida ma’lumot berilgan “Jome’ ul-xutut”(“Yozuvlar majmuasi”)asarida ilk yozuvning paydo bo’lishi va takomili uzoq tarixga egaligi haqida aniq ilmiy fikrlarni ilgari suradi.30 yillik poetik ijodining majmuyi bo’lmish “Devoni Ibrat”she’rlar to’plamini tuzdi.Tarixshunoslikka oid “Tarixi Farg’ona”,”Tarixi madaniyat”va “Mezon uz –zamon”ilmiy asarlarini yaratdi.”Tarixi Farg’ona”asarida asosan o’zbek davlatchiligi rivojining oqsagan bosqichi,ya’ni xonliklarning tanazzulga yuz tutishi,rus bosqinchiligi kulfatlari keng tasvirlanadi. Olim “Mezon uz-zamon”asarida zamondagi evrilishlar va ularga millatdoshlarining munosabati masalasiga diqqatni qaratadi. 3.I.Ibrat “Ilmi Ibrat”she’riy to’plami 1909 yili o’z matbaasida nashr etilgan. Chaman ichra O’shal bulbul qilar afg’on sahar vaqti chaman ichra, Qo’nar gul deb tikan uzra sahar vaqti chaman ichra. Qilar bag’rini bulbul qon,tikan uzra beray deb jon, Bo’lur gul zavqidin qurbon sahar vaqti chaman ichra. Bir rus generali XIX asrda degan ekanki,yerli xalq bizning tamaki va aroqni ichishni o’rgangach,Turkistonni bemalol bo’ysundirish mumkin.Ibrat esa bu og’ularga mukkasidan ketayotganlarni ko’rib,”Bo’lubdur”radifli g’azalida nazmiy taassuf bildiradi. Alhol muhtasib yo’q,bir-ikki qilsa ul do’q, Ichkuga xalq rog’ib,doim fiyon bo’lubdur. Ushbu zamon onlar,topdi rivoj yamonlar, Yo’q emdi nuktadonlar,qanday zamon bo’lubdur? Is’hoqxon Ibrat ma’rifatparvarlik va hajv uyg’unlashgani yaqqol seziladi. Download 27.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling