Ishsizlarni davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilish yo’nalishlari


Download 0.62 Mb.
bet1/4
Sana30.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1141285
  1   2   3   4
Bog'liq
makro

Ishsizlik va inflatsiya darajasining iqtisodiy tahlili

Tayyorladi: xusanova elnura

REJA:

  • Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va uning asosiy turlari.
  • Ishsizlik oqibatlari. O‘zbekistonda ishsizlikni bartaraf etishning davlat siyosati.
  • Inflatsiya va uning ko‘rsatkichlari.. Inflatsiya turlari
  • Inflatsiyaning kelib chiqish sabablari va oqibatlari. Inflatsiya xarajatlari.

Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va uning asosiy turlari

Makroiqtisodiy beqarorlik vaziyati yuzaga kelib, iqtisodiy rivojlanish pasayish tomon o‘zgarganda, iqtisodiy resurslardan to‘liq foydalanmaslik oqibatida ishsizlik muammosi yuzaga kelishi mumkin. Ishsizlar safiga, odatda, nafaqat turli sabablarga koʻra ishdan boʻshatilganlar, balki oʻz ixtiyoriga koʻra ishdan ketganlar va yangi ish topishga harakat qilayotgan shaxslar ham kiritilishini qayd etish lozim. Ishsizliktarki-bi uning sabablariga kura ish kuchining 4 asosiy toifasini oʻz ichiga oladi: ishdan boʻshatilishi natijasida ish joyini yoʻqotganlar; ishdan ixtiyoriy ravishda boʻshaganlar; tanaffusdan soʻng ish qidirayotganlar; birinchi bora ish qidirayotganlar. Bu toifalarning oʻzaro nisbatlari iqtisodiy rivojlanish bosqichlariga bogʻliq.

Mamlakat miqyosida 3—5% darajasidagi Ishsizlik iqtisodiyot uchun normal holat (Ishsizlik ning tabiiy chegarasi) hisoblanadi. Ishsizlik darajasini pasaytirish uchun aholi bandligini taʼminlash davlat dasturlari ishlab chiqiladi, korxonalar qurilib, yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi, xodimlarni yangi kasblarga oʻqitish, qayta tayyorlash ishlari amalga oshiriladi, bandlikka yor-dam jamgʻarmasi tashkil qilinadi.Mehnat qonunlariga koʻra, ishsizlarga mehnat birjalari orqali ishsizlik nafaqasi toʻlanadi.

Ishsizlikning kelib chiqish sabablari

Ishsizlik inson manfaatlariga toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir qiladigan yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Ish joyini yoʻqotish koʻp kishilar uchun oilaviy turmush darajasining pasayishini, shaxsiy hayotining notinchligini keltirib chiqaradi, kishiga jiddiy ruhiy taʼsir koʻrsatadi.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling