Ishsizlarni davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilish yo’nalishlari


Download 0.62 Mb.
bet2/4
Sana30.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1141285
1   2   3   4
Bog'liq
makro

Amaldagi iqtisodiy hayotda Ishsizlik ish kuchi taklifining unga boʻlgan talabdan oshib ketishi tarzida namoyon boʻladi. Ishsizlik sababi turlicha: texnika rivojlanish bilan mehnat unumdorligi ortadi, i.ch. kam mehnat talab boʻlib qoladi. Iqtisodiyotda jami talab va taklif muvozanati buziladi, tovarlarga bozor talabining qisqarishi ish kuchiga talabni ham qisqartirib yuboradi, natijada ish kuchining bir qismi ortiqcha boʻlib qoladi; iqtisodiyot rivojlanishi bilann malakali ish kuchiga talab oshib, malakasizlar kerak boʻlmay qoladi; aholi ishchilarga nisbatan tez oʻsgan kezlarda, uning bir qismi ortiqcha bulib, ishsiz qoladi.

Odatda ishsizlik kelib chiqishining asosiy uchta sababi keltiriladi:

  • ish joyidan ixtiyoriy ravishda ketish;
  • mehnat bozoriga birinchi marotaba murojaat etish;
  • ish yo‘qotish (ishdan bo‘shatilishi tufayli).

Ishsizlikning asosan uch turi mavjud bo‘lib ularga: friksion, strukturaviy va davriy ishsizlik kiritiladi.

  • Friksion ishsizlik («friksiya» so‘zidan olingan bo‘lib, ishqalanish ma’nosini anglatadi) deganda ish qidirish bilan bog‘liq ishsizlikni tushunmoq darkor. Ish qidirish juda ko‘p vaqt va harakatni talab etgani sababli, kishilar ma’lum vaqt ishsiz bo‘lib yuradilar.
  • Tarkibiy ishsizlik iqtisodiyotda ro‘y berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bunday o‘zgarishlar esa o‘z navbatida: a) turli tarmoqlar mahsulotlariga bo‘lgan talabdagi tarkibiy o‘zgarishlarga va b) ilmiy-texnik taraqqiyot bilan bog‘liq iqtisodiyot tarmoqlarining tarkibiy o‘zgarishlariga bog‘liqdir.
  • Ishsizlikning tabiiy darajasi (natural rate of unemployment – u*) – bu ishchi kuchlarining to‘lik bandligi (full-employment) ta’minlangandagi darajasi bo‘lib, ulardan samarali va ratsional foydalanilayotganlikni bildiradi.

Ixtiyoriy va majburiy ishsizlik

Ishsizlikni turli xil iqtisodiy yo‘nalish vakilari o‘z makromodellarida turlicha talqin qiladilar. Masalan klassik model vakillarining fikricha, ishsizlik ishchilarning ma’lum bir ish haqi darajasida ishlashni xohlamasliklari tufayli yuzaga keladi. Shuning uchun, ya’ni ishchilar o‘z xohishlari bo‘yicha ishlashdan voz kechar ekanlar, demak klassik modelda ishsizlik ixtiyoriy xarakterga ega bo‘ladi. Ammo klassiklardan farqli ravishda neoklassik yo‘nalish vakillari ishsizlikning bir qismi majburiy xarakterga ega ekanligini tan oladilar va bunday ishsizlikni kutish bilan bog‘liq bo‘lgan ishsizlik (wait unemployment) deb ataydilar.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling