Ishsizlik oqibatlari. O‘zbekistonda ishsizlikni bartaraf etishning davlat siyosati. - Ishsizlik oqibatlari. Davriy ishsizlikning mavjud bo‘lishi jiddiy makroiqtisodiy muammo bo‘lib, makroiqtisodiy beqarorlikni va mavjud resurslar to‘liq bandlik sharoitida ishlatilmayotganligining yorqin ifodasi hisoblanadi.
- Ishsizlikning iqtisodiy va noiqtisodiy oqibatlari mavjud bo‘lib, ular individual va umumjamiyat darajalarda namoyon bo‘ladi. Ishsizlikning noiqtisodiy oqibatlari – bu ish yo‘qotishning psixologik, ijtimoiy va siyosiy oqibatlaridir.
- Individual darajada ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari kishining o‘z daromadidan mahrum bo‘lishida, o‘z kasbiy malakasini yo‘qotishida (ayniqsa zamonaviy kasblarni egallagan shaxslar uchun) namoyon bo‘ladi.
Ishsizlikning umumjamiyat darajadagi iqtisodiy oqibatlariga YaIMning potensial darajada ishlab chiqarilmasligida namoyon bo‘ladi. Davriy ishsizlikning mavjudligi (haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy ishsizlikdan yuqoribo‘lgan vaziyat) resurslar to‘liq ishlatilmayotganligini bildiradi. Shuning uchun bunday sharoitda haqiqiy YaIM potensial YaIMdan kam bo‘ladi. - Ishsizlikning umumjamiyat darajadagi iqtisodiy oqibatlariga YaIMning potensial darajada ishlab chiqarilmasligida namoyon bo‘ladi. Davriy ishsizlikning mavjudligi (haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy ishsizlikdan yuqoribo‘lgan vaziyat) resurslar to‘liq ishlatilmayotganligini bildiradi. Shuning uchun bunday sharoitda haqiqiy YaIM potensial YaIMdan kam bo‘ladi.
Inflatsiya va uning ko‘rsatkichlari.. Inflatsiya turlari - Inflatsiya pul qadrsizlanishini bildiradi. Inflatsiya har yili rivojlangan davlatlarda oʻrtacha 7 % tashkil etadi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
- Inflatsiya va uning ko‘rsatkichlari. Inflatsiya(«inflation») italyancha «inflatio» so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘rtish, ko‘tarilish» ma’nosini anglatib, umumiy narxlar darajasining barqaror o‘sish tendensiyasini bildiradi. pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. I. birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar narxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi.
- Inflatsiya turlari. O‘lchov mezoniga ko‘ra, inflatsiya bir necha turlarga bo‘linadi. Agarda o‘lchov mezoni inflatsiya sur’atlari (darajasi) bo‘lsa, u holda inflatsiya quyidagi turlarga ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |