Ishsizlik reja: Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari


Yp Bu yerda π - inflatsiyaning haqiqiy darajasi; π kut - inflatsiyaning kutilayotgan darajasi; Yh – Yp


Download 135.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana16.06.2023
Hajmi135.17 Kb.
#1510628
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 мавзу макро

 Yp
Bu yerda π - inflatsiyaning haqiqiy darajasi; π
kut
- inflatsiyaning kutilayotgan darajasi;
Yh – Yp 
 ( ------------- ) - talab inflatsiyasi; 
Yp  
  
f - Fillips egri chizig`ining og`ish burchagini belgilovchi empirik koeffitsent; ε - tashqi baho 
shoki ( taklif inflatsiyasi).
Ouken qonuniga ko`ra YaIMning uzilishi, ya‘ni (Yh – Yp) / Yp miqdor davriy ishsizlikning 
o`zgarishiga bog`liqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizig`ini tenglamasini quyidagicha 
tasvirlash mumkin:
= π
kut
- β [ u –u*] + ε  
Keltirilgan tenglamadan ko`rinib turibdiki, haqiqiy inflatsiya darajasi miqdori kutilayotgan 
inflatsiya darajasiga hamda tashqi baho shoklari darajasi bilan to`g`ri bog`liqlikka, davriy ishsizlik 
darajasi bilan esa teskari bog`likka ega ekan.
Hukumat Fillips egri chizig`iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat 
maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi 
mumkin.
  
4. Antiinflatsiya siyosati va O`zbekiston Respublikasida uni amalga oshirish 
xususiyatlari 
Jahonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflatsiyaga qarshi kurash olib borishda 
juda katta nazariy va amaliy tajriba to`plangan. Inflatsiyani butunlay yo`qotish imkoniyati yo`q. 
Chunki uni yuzaga chiqishiga sabab bo`lgan omillarni (ichki va tashqi, pullik va pulsiz) to`liq 
yo`qotish mumkin emas. shuning uchun hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflatsiyaning butunlay 
yo`qotish emas, balki uni boshqaruvchan qilish va salbiy iqtisodiy – ijtimoiy oqibatlarini 
zaiflashtirish hisoblanadi.
Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy shart-
sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflatsiyaga qarshi turli antiinflatsiya siyosatini ishlab 
chiqaradilar va uni amalga oshiradilar.
Antiinflatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflatsion keskinlikni 
yumshatishga yo`naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Antiinflatsiya siyosati inflatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol 
va inflatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko`rinishda bo`lishi mumkin.
Antiinflatsiya siyosati o`z ichiga quyidagilarni oladi: -yalpi talabni tartibga solish; -
yalpi taklifni tartibga solish.
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo`nalish tarafdorlari bo`lib, ular davlat buyurtmasi va 
arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko`tarish 
mumkin deb hisoblashadi. Hukumatnin bu tadbirlar iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni 
kamaytiradi.
Ammo bunday antiinflatsiya siyosati davlat budjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va 
qo`shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug`diradi. Keyns davlat budjeti taqchilligini davlat 
tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan.


―Antiinflatsiya 
siyosatining monetaristik yo`nalishi tarafdorlari keyinchalik, 
keynschilarning inflatsiyaga qarshi kurash bo`yicha takliflari doimo samara beravermagach va 
kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi 
haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asilinflatsiya usullarini taklif etishdi. 
Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o`tkazish hisobiga cheklash va budjet 
taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi‖
5
.
Monetaristlar inflatsiya aynan pul bilan bog`liq hodisa bo`lganligi sababli shok terapiyasi
pul massasining o`sish sur‘atlarini keskin qisqartiradi va inflatsiya sur‘atlarini tushiradi deb 
hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin.
Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko`rinishlaridan biri bo`lib daromadlarning va 
baholarning nominal darajalarini o`zgartirmagan holda eski pullarni belgilangan nisbatda 
yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi.
Bunday tadbirlar aholi tomonidan ohir qabul qilinishi sababli,u qisqa muddatda samara 
berishi zarur.
Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan antiinflatsiya siyosatining yana bir ko`rinishi - 
inflatsiya sur‘atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish ( graduallash ) usulidir. Bu usulda 
inflatsiya sur‘atlari pul massasini ko`p marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul 
massasining o`sish sur‘atini pasaytirishni ko`zda tutadi. Graduallash usuli inflatsiyani asta 
sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi.
Graduallash usulini qo`llash pul massasi va baholar darajasining yillik o`sish sur‘ati 20-30 
foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo`ladi, deb hisoblanadi.
Antiinflatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil bo`lgan variantlaridan biri baholar 
va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul daromadlarning o`sishi va baholarning o`sishi 
ni muvofiqlashtirishni ( adaptiv siyosat) ko`zda tutadi.
Daromadlar va baholarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish hukumat tomonidan 
baholar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo`yish, pul ko`rinishidagi ish haqining 
o`sishini o`rtacha mehnat unumdorligining o`sishiga bog`lab qo`yish orqali amalga oshiriladi.
―Soliqlar tarkibini o`zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to`g`ridan-to`g`ri soliqlarning 
ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko`paytirish, soliq stavkalarini pasaytirish, 
ularning rag`batlantirish funksiyalarini kuchaytirish, davlat budjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar 
ham inflatsiyaga qarshi kurash tadbirlari hisoblanadi‖
6
.
Antiinflatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflatsiya jarayonlarining xususiyatiga 
bog`liq.
Inflatsiyaning yuqori sur‘atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni ta‘minlashi 
kerak:
-samarali soliq tizimini va davlat xarajatlarining baaqarorligini; -pul massasi va milliy 
daromadning bir maromdagi o`sish sur‘atlarini; -―inflatsiyani import qilish‖ ga yo`l qo`ymaslik.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflatsiyaga qarshi kurashish 
va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi choratadbirlar amalga oshirilmoqda:

milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investsiya faoliyatining tushib ketishini 
bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta‘minlash;
5
Агапова Т.А.Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство ―Дело и сервис‖, 2013.
6
Киселѐва Е.А. Макроэкономика. /Экспресс курс:учебное пособие- М.:КНОРУС, 2012, с.62.



raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish 
maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

xalq iste‘mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish 
fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;

soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e‘tiborni soliqlarning 
rag`batlantiruvchi funksiyasiga qaratish;

davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;

mamlakat ichida mahsulotlar, valuta, kreditit, ko`chmas mulk, mehnat va qimmatli 
qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;

pul-kredit siyosatini iqtisodiyotning rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib turish;

tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport 
qilishni rag`batlantirish;

erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat 
tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;

davlat budjet taqchilligini noinflatsion yo`llar bilan qisqartirish;

davlatning strategik oltin-valuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona 
foydalanish.
Yuqorida ta‘kidlab o`tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish 
ma‘lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflatsion siyosatni amalga oshirish 
pirovard natijada milliy pul birligini musiahkamlanishiga va pul tizimini barqarorlashuviga olib 
keladi.
Har kanday inflatsiyaning negizida asosiy iqtisodiy muvozanatlarning buzilishi yotadi. shu 
sababli inflatsiyaga qarshi kurash — uni shunchaki bostirish emas, balki iqtisodiyotda vujudga 
kelgan nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan baquvvat tarkibiy siyosati-ni amalga 
oshirishdir. Bir qator chet mamla-katlarning inflatsiyaga qarshi kurash tajribasi shuni ko`rsatadiki, 
ular inflatsiya bilan iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining buzilishi bir-biriga chambarchas bog`liq 
ekanligini anglagan holda, muomala sohasini qat‘iy boshqarish va to`lovga qobiliyatli ortiqcha 
umumiy talabni bartaraf etish bilangina cheklanmadilar. Muayyan maqsadlarga qaratilgan yirik 
investitsiya dasturlarini ishlab chiqdilar va amalga oshirdilar. Bu dasturlar ana shu 
nomutanosiblikni tugatish va, binobarin, inflatsiyani keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish 
imkonini berdi.
Nazorat uchun savollar 
1. 
Inflatsiya nima va u qachon yuzaga kelgan? 
2. 
Inflatsiya qanday oqibatlarga olib keladi? 
3. 
Inflatsiya va ishsizlik o`rtasidagi bog`liqlikni kim o`rgangan va uning mohiyati 
4. 
Fillips egri chizig`i tenglamasining mohiyatini izohlang. 
5. 
Antiinflatsiya siyosati haqida nima deya olasiz? 
6. 
O`zbekistonda qanday antiinflatsion siyosat yuritilmoqda? 

Download 135.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling