Ishsizlik reja: Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari


Download 135.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana16.06.2023
Hajmi135.17 Kb.
#1510628
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 мавзу макро

Nazorat uchun savollar 
1. 
Iqtisodiy tebranishlar nima sababdan yuzaga keladi? 
2. 
Iqtisodiy davrlar deb nimaga aytiladi? 
3. 
Qanday iqtisodiy davr fazalarini bilasiz? 
4. 
Ishsizlik tushunchasi 
5. 
Ishsizlik darajasi qanday aniqlanadi? 
6. 
Ishsizlik turlari sanang va mohiyatini izohlang. 
7. 
Ouken qonuniga ta’rif bering.


2,2-MAVZU. INFLATSIYA VA INFLATSIYAGA QARSHI SIYOSAT  
Reja:  
1. Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari.
2. Inflatsiyaning turlari. Talab va taklif inflatsiyasi.
3. Inflatsiya va ishsizlik o`rtasidagi bog`liklik. Fillips egri chizig`i.
4. Antiinflatsiya siyosati va O`zbekiston Respublikasida uni amalga oshirish xususiyatlari

Tayanch so’z va iboralar: inflyatsiya, talab inflyatsiyasi, taklif inflyatsiyasi, Filipps egri chizig`i, 
aksilinflyatsiya siyosati, graduallash. 
1. Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari.  
  
Inflatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo`rtish, taranglashish) – ma‘lum davr 
mobaynida mamlakatda baholar o`rtacha (umumiy) darajasining barqaror o`sishi, pulning xarid 
qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi 
omillari jumlasiga kiradi, uning sur‘ati qanchalik yuqori bo`lsa, iqtisodiyotga xavfli ta‘siri 
shunchalik katta bo`ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o`tayotgan 
mamlakatlarda inflatsiyaning iqtisodiyotga ta‘siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning 
erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog`liq.
Ammo inflatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi: ayrimlariniki 
barqaror bo`lib tursa, ba‘zilariniki esa tushishi mumkin.
Inflatsiya atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi 
davrida qo`llanildi. Inflatsiyaning atamasi muomaladagi qog`oz pul massasining tovarlarning real 
taklifiga nisbatan haddan ziyod ko`payib ketishi holatini izohlangan. Ammo inflatsiyaning bunday 
tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflatsiya pul 
muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab 
va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschiar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to`liq bandlik 
sharoitida talabning haddan ziyod bo`lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish 
quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo`lsa budjet taqchilligi va qo`shimcha pul chiqarish yo`li 
bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko`paytirish inflatsiyaga olib kelmaydi 
deb hisoblashishadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod 
o`sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko`payishida deb bilishadi. Demak keynschilar 
inflatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o`ssa, yoki 
yalpi talab ko`paygani holda o`zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baholar darajasining 
ko`tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy 
iqtisodiyotning qo`shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo bo`ladi.
Inflatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish
mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Baholarning o`sishi, pul birligi xarid 
qobiliyatining pasayishidan tashqari inflatsiya namoyon bo`lishining quyidagi uch belgisi ham 
bor. Bular:
1) 
valuta kururslarining o`zgarishi;
2) 
kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon 
o`zgarishi;


3) 
kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste‘mol savati bahosining o`sishi.
Inflatsiya baho indekslari - deflator va iste‘mol narxlar indeksi yordamida aniqlanadi.
Baholar o`rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o`zgarishi inflatsiya darajasi (baholarning 

Download 135.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling