Ishsizlik reja: Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari


Download 135.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana16.06.2023
Hajmi135.17 Kb.
#1510628
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 мавзу макро

o`sish sur‘ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflatsiya darajasi quyidagicha ifodalanishi 
mumkin:
P-P
-1

π = ----------  
P
-1

bunda: π– yillik inflatsiya sur‘ati;


P - joriy yilning narxlar indeksi;
P
-1
- o`tgan yilning narxlar indeksi.
Inflatsiyani miqdoran o`lchash uchun makroiqtisodiyotda «70-miqdor qoidasi» deb atalgan 
usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror o`sishi sharoitida inflatsiya darajasi 
necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflatsiya 
darajasiga bo`lish kifoya:
Baholar ikki martaga 70
oshishi uchun zarur = ----------------  
yillar soni π  
Misol uchun, yillik inflatsiya darajasi 7 % ga teng bo`lsa, taxminan 10 yilda baholar ikki 
martaga oshadi, ya‘ni, (70:7 = 10).
Real YaIM va jamg`armaning necha yildan so`ng ikki marta oshishini hisoblash zarur 
bo`lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi.
2. Inflatsiyaning turlari. Talab va taklif inflatsiyasi. 
  
Talab inflatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real 
hajmi bilan qondirish mumkin bo`lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya‘ni, to`liq bandlilikka 
yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o`sib borayotgan yalpi talabni 
qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar bahosining ko`payishiga iqtisodiy bosim beradi va 
talab inflatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so`zlar bilan aytganda, «haddan ziyod pullar haddan 
kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish 
bilan to`liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflatsiya talab, taklif, ish 
bilan bandlik, baho, ishlab chiqarish sur‘atlari kabi ko`pgina omillarga bog`liq.
Iqtisod pasayish holatida bo`lganda mamlakatda jami talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi 
ko`payadi, ishsizlik kamayadi, baho darajasi esa deyarli o`zgarmaydi yoki kam miqdorda 
o`zgaradi. Baho o`zgarmasligining sababi shundaki katta hajmdagi bo`sh turgan mehnat va xom 
ashyo resurlarini shu o`zgarmas bahoda ishga tushirish mumkin bo`ladi. Chunki, ishsiz yurgan 
kishi ish haqini oshirishni talab qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning o`zi kifoya hamda 
qo`shimcha stanok sotib olishga hojat yo`q.
Bundan tashqari, baho ishchi kuchini to`la ish bilan bandligiga erishishdan oldin ham 
oshishi mumkin. Ya‘ni, ba‘zi sanoat korxonalarida bo`sh turgan resurs va zahiralarni ishlab 
chiqarishga ertaroq to`liq jalb qilinadi, natijada ular talabning o`sishiga mos ishlab chiqarishga, 
taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko`payib ketadi, natijada baho yana osha boshlaydi.



Download 135.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling