Ishsizlik: sabablari, xususiyatlari va uni kamaytirish yo’llari


Ishsizlik bo’yicha nafaqalar. Ishsiz deb e’tirof qilingan fuqarolarning toifasiga qarab, ularga beriladigan ishsizlik bo’yicha nafaqalar tabaqalashtiriladi


Download 21.83 Kb.
bet2/6
Sana02.06.2024
Hajmi21.83 Kb.
#1836653
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3.Ishsizlik sabablari, xususiyatlari va uni kamaytirish yo’llari

Ishsizlik bo’yicha nafaqalar. Ishsiz deb e’tirof qilingan fuqarolarning toifasiga qarab, ularga beriladigan ishsizlik bo’yicha nafaqalar tabaqalashtiriladi:
— korxonalardan har qanday asos bilan ishdan bo’shatilayotganlar (shu jumladan, III guruh nogironlari va harbiy kuchlardan, davlat xavfsizligi va ichki organlardan bo’shatilganlar) ishsizlik boshlanishidan oldin 12 oy mobaynida kamida 12 kalendar hafta mobaynida to’liq ish kuni (haftasi) yoki to’liq bo’lmagan ish kuni (haftasi) sharoitida ishlagan bo’lsa (bu keyingisi 12 kalendar haftali to’liq ish kuniga aylantirib hisoblanadi), ishsizlik bo’yicha nafaqa dastlabki uch oy mobaynida keyingi ish joyida ishlangan oxirgi ikki oylik o’rtacha oylik ish haqining 75 % miqdorida; keyingi to’rt oy mobaynida — 60 % miqdorida; keyinchalik 45 % miqdorida to’lanadi, lekin barcha hollarda ishsizlik bo’yicha nafaqa qonunda belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda va respublikada qaror topgan o’rtacha ish haqidan yuqori
bo’lmagan miqdorda to’lanadi;
— korxonalardan har qanday asoslar bo’yicha bo’shatilgan, lekin 12 oy mobaynida 12 hafta haq to’lanadigan ishga ega bo’lmagan kishilarga ishsizlik bo’yicha nafaqa respublikada belgilangan eng kam miqdordagi ish haqi hisobidan to’lanadi;
— uzoq muddat davomida (bir yildan ortiq) birinchi marta ish qidirayotgan, shuningdek, mehnat faoliyatini tiklashga intilayotgan kishilarga eng kam miqdordagi ish haqi hisobidan ishsizlik bo’yicha nafaqa to’lanadi.
Ishsizlikning sabablari va turlari
texnika rivojlanish bilan mehnat unumdorligi ortadi, ishlab chiqarish kam mehnat talab boʻlib qoladi;
iqtisodiyotda jami talab va taklif muvozanati buziladi, tovarlarga bozor talabining qisqarishi ish kuchiga talabni ham qisqartirib yuboradi, natijada ish kuchining bir qismi ortiqcha boʻlib qoladi;
iqtisodiyot rivojlanishi bilann malakali ish kuchiga talab oshib, malakasizlar kerak boʻlmay qoladi;
aholi ishchilarga nisbatan tez oʻsgan kezlarda, uning bir qismi ortiqcha boʻlib, ishsiz qoladi.
Iqtisodchi olimlar oʻrtasida ommaviy ishsizlikning haqiqiy sabablari qandayligi toʻg‘risida turlicha qarashlar mavjud. Ishsizlik sababi har xil boʻlganidek uning shakllari ham turlicha. Ishsizlikning asosiy shakllari:
friksion ishsizlik — turli sabablarga koʻra (yangi yashash joyiga oʻtish, kasbni oʻzgartirish, bola boqish, yangi ish tanlash) vaqt-vaqti bilan ishsiz qolish. Bu ixtiyoriy ishsizlik hisoblanadi.
tarkibiy ishsizlik — ishlab chiqarish tuzilmasi oʻzgartirilgan sharoitda eski tarmoqlarda ishlab kelgan kishilarning yangi tarmoqlarga kerak kasbni hali oʻzlashtirmagan kezlarida yuz beradi.
siklli ishsizlik — iqtisodiy tangliklar bilan bogʻliq boʻlib, ishlab chiqarishning pasayib ketishi natijasida yuzaga keladigan ishsizlik. Bu majburan ishsiz qolishdir.
mavsumiy ishsizlik — mavsumiy ishda band boʻlganlarning mavsum tugagach, ishsiz qolishi.
yashirin ishsizlik — rasman ish bilan band boʻlganlarning faqat qisman ishlashi. Unga qisqartirilgan ish kuni yoki ish haftasiga oʻtganlar, ish yoʻqligidan haq berilmaydigan taʼtilga chiqqanlar kiradi.
Ishsizlik tarkibi uning sabablariga koʻra ish kuchining 4 asosiy toifasini oʻz ichiga oladi
tanaffusdan soʻng ish qidirayotganlar;
birinchi bora ish qidirayotganlar.
ishdan boʻshatilishi natijasida ish joyini yoʻqotganlar;
ishdan ixtiyoriy ravishda boʻshaganlar;

Download 21.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling