Isitish va texnologik ehtiyojlar uchun issiqlikning umumiy hisobiy sarfini aniqlash


Download 1.3 Mb.
bet1/3
Sana15.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1201666
  1   2   3
Bog'liq
amaliyot 2


2-AMALIY MASHG’ULOT
ISITISH VA TEXNOLOGIK EHTIYOJLAR UCHUN ISSIQLIKNING UMUMIY HISOBIY SARFINI ANIQLASH.
ISSIQLIK TA'MINOTI TIZIMINING TEXNIK IQTISODIY KO’RSATKICHLARI.
GAZSIMON YOQILG’IDA ISHLAYDIGAN QOZONXONADA ISHLAB CHIQARILGAN ISSIQLIKNING TANNARXINI ANIQLASH.


Ishning maqsadi: Isitish texnologik ehtiyojlari uchun issiqlikning umumiy hisobiy sarfini aniqlash.
Issiqlik ta'minoti tizimining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari va issiqlik uzatuvchi quvurlar.
Gazsimon yoqilg’ida ishlaydigan qozonxonada ishlab chiqarilgan issiqlikning tannarxini aniqlash, istemolchilarga issiqlik uzatiladigan masofani va isitish uchun qancha gaz miqdoriketishini hisoblash.
Xonaga berilayotgan havo sarfini bir necha yo‘l bilan aniqlash mumkin: hisoblash, me’yorlangan karraligi va me’yorlangan solishtirma sarfi bo‘yicha. Berilayotgan havo sarfini KMK 2.04.05-97. [16] me‘yoriy hujjatni 15-son va 17-son ilovaga muvofiq ravishda va sanitariya me’yorlarnii yoki portlash-yong‘in xavfsizligi me’yorlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan miqdorlarning kattasini qabul qilgan holda hisoblash yo‘li bilan aniqlash lozim.
Yilning issiq va sovuq davrlari uchun havo almashinishi, m3/soat, kirayotgan va chiqayotgan havoning zichligi 1,2 kg/m3 ga teng olinganda quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:

  1. oshkora issiqlik ortiqligi bo‘yicha:


(4.1)

  1. ajralib chiqayotgan zararli moddalarning massasi bo‘yicha:


(4.2)
v) namlikning ortiqligi bo‘yicha:

(4.3)

  1. to‘liq issiqlikning ortiqligi bo‘yicha:


(4.4)

  1. me’yorlangan almashishning karraligi bo‘yicha:


(4.5)

  1. oqib kelayotgan havoning me’yorlangan solishtirma sarfi bo‘yicha:


(4.6)

(4.7)
Bu formulalarda:
Lu- xonaning xizmat ko‘rsatiladigan yoki ishchi zonasidan mahalliy so‘rma tizimlar orqali chiqarib yuboriladigan va texnologik ehtiyojlarga havoning sarfi, m3/soat;
Qo, Qt, - xonadagi ortiqcha oshkora va to‘la issiqlik oqimi, Vt;
S = 1,2 kJ/(m3 °C)ga teng havoning issiqlik sig‘imi;
tu- xonaning xizmat ko‘rsatiladigan yoki ishchi zonasidan mahalliy so‘rma tizimlar orqali chiqarib yuboriladigan va texnologik ehtiyojlar uchun havo harorati, oC;
tx - xizmat ko‘rsatiladigan zonasidan tashqaridagi xonadan chiqarib yuboriladigan havoning harorati, 0C;
to - xonaga beriladigan havoning harorati, °C;
G - xonadagi namlikning ortiqligi, g/soat;
du -xonaning xizmat ko‘rsatiladigan yoki ishchi zonasidan mahalliy so‘rma tizimlar orqali chiqarib yuboriladigan va texnologik ehtiyojlari uchun havoning tarkibiy namligi, g/kg
dx - xizmat ko‘rsatiladigan yoki ishchi zonasidan tashqaridagi xonaga chiqarib yuboriladigan havoning tarkibiy namligi, g/kg;
do - xonaga beriladigan havoning tarkibiy namligi, g/kg;
Iu - xonaning xizmat ko‘rsatiladigan yoki ishchi zonasidan mahalliy so‘rma tizimlar orqali chiqarib yuboriladigan va texnologik ehtiyoji uchun havoning solishtirma entalpiyasi, kJ/kg;
Ix -xizmat ko‘rsatiladigan yoki ishchi zonasidan tashqaridagi хоm chiqarib yuboriladigan havoning solishtirma entalpiyasi, kJ/kg;
Io - xonaga beriladigan havoning entalpiyasi, kJ/kg;
mz - xona havosiga kiradigan zararli yoki xavfli portlovchi moddalardan har birining sarfi, mg/soat;
Кu, Кo - xonaning xizmat ko‘rsatiladigan yoki ishchi zonasidan mahalliy so‘rma tizimlar orqali chiqarib yuboriladigan va uning tashqarisidagi havodagi zararli yoki xavfli portlovchi moddalarning konsentratsiyasi, mg/ m3;
Kx - xonada beriladigan havodagi zararli yoki xavfli portlovchi moddalarning konsentratsiyasi mg/ m3;
V - xonaning ichki hajmi, m3;
A - xonaning maydoni, m2.
n - havo almashinuvini me’yorlanadigan karraligi, 1/soat;
к - xona polining me’yorlangan 1 m2 ga oqimli havoni me’yorlanadigan sarfi, mg/soat m2;
m-1 kishiga, 1 ishchi o‘ringa, 1 qatnovchiga yoki jihozlar biriigiga oqib keladigan havoning me’yorlanadigan sarfi, m3/soat;
N - odamlar, ishchi o‘rinlari, jihozlar birligi.
(3.36) - (3.39) formulalardan aniqlangan havo almashinuvni miqdorlaridan hisobiy deb eng katta miqdorli havo almashinuv qabul qilinadi. Havo almashinishining karraligi jihozlar biriigiga oqib keladigan, yoki so‘rib chiqadigan havoning me’yorlangan sarfi binolarni va xonalarni turiga qarab [10], [13], [18] adabiyotlardan aniqlanishi mumkin.
(3.36) va (3.39) formulalardan xonalarda mahalliy so‘rma tizimlar mavjud bo‘lganda foydalanish mumkin. Jamoat binolarni asosiy xonalarida so‘rma ventilyatsiyaga ehtiyoj yo‘q.

(4.8)

(4.9)
Xonada bir vaqtda issiqlik va namlik ajralishi ro‘y berganda hisobiy havo almashuvi miqdori I-d diagramma yordamida quruq havoni entalpiyasini va tarkibiy namligini o‘zgarishini hisobga olib aniqlanadi. Xonadagi havo holatini o‘zgarishini ko‘rsatgichi bu burchak koeffitsienti, uning qiymati quyidagicha topiladi:

(4.10)
ya’ni, xonadagi ortiqcha issiqlikning QT ortiqcha namligiga W nisbati.
Binoda ortiqcha bosim yaratish uchun xonadan chiqarib yuborilayotgan havoning sarfini xonaga berilayotgan toza havoning sarfiga nisbatan (90%) olish mumkin.
Sanoat binolarining xonalarida bir vaqtda har turli zararli moddalar ajralishi mumkin. Bu holda har bir zarar moddalarni sanitar-gigiyenik talabga ko‘ra chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyasini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan toza havo miqdorini [12] quyidagi formula yordamida topish mumkin:

(4.11)
bu yerda: Ci-bitta zararli moddaning miqdori, kg/soat;
ChRKi -zararli moddaning chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyasi.
Agarda zararli moddalar bir vaqtda qo‘shilib ta’sir etsa, hisobiy havo almashinuvini quyidagi formula yordamida topish mumkin:

(4.12)

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling