Islohotlar va ularning yo‘nalishlari


Qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqaruvchilar erkinligini ta'minlash hamda bozor munosabatlarini shakilllantirishda agrar islohotlarning tutgan o‘mi


Download 48.6 Kb.
bet5/6
Sana26.01.2023
Hajmi48.6 Kb.
#1124799
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
qishloq xòjaligida agrar islohotlar

4. Qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqaruvchilar erkinligini ta'minlash hamda bozor munosabatlarini shakilllantirishda agrar islohotlarning tutgan o‘mi.
Mamlakatimizda olib borilgan iqtisodiy islohotlar agrar soha rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib:
• xo‘jalik yurituvchi subyektlarning imkoniyatlarini oshiruvchi, xususan, raqobat muhitini hakllantiruvchi, kooperasiyani rivojlantiruvchi mulkchilikning yangi shakllari va yerga bo‘lgan yangicha munosabatlar rivojlanishiga;
• qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xo‘jalik subyektlarini moliyalashtirish, kreditlash, narx belgilash, moddiy-texnika ta’minoti va boshqa yo‘nalishlarda bozor tamoyillariga mos mexanizmlar joriy qilinishiga;
• respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini ichki
imkoniyatlar hisobiga qondirish, eng asosiysi, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga;
• qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jalik subyektlarini davlat tomonidan iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashning bozor munosabatlariga mos mexanizmlari joriy qilinishiga;
• agrar sohada ko‘p ukladli iqtisodiyotning va unga mos qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tarkibining shakllanishi, boshqarishning egiluvchan usullarini
izlash imkoniyatlarining yaratilishiga;
• fermerlik harakatining rivojlanishi natijasida qishloqlarda fermer xo‘jaliklarining o‘rni va ahamiyatining o‘zgarib borishiga;
• ishlab chiqaruvchidan kasbiy mahorat, malaka darajasining oshishini talab qiluvchi bandlik tarkibining transformasiyalashuviga;
• qishloq oilasining demografik ko‘rinishi o‘zgarishi va daromadlarining oshishi Respublikamiz qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bugungi kunda o‘zining natijasini namoyon etib, qisqa vaqt ichida mamlakat aholisini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanishi, qishloqda aholi daromadining oshishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, paxta bozori faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo‘lga kiritildi.
Mamlakatimizda har yili 16 million tonnaga yaqin meva va sabzavot yetishtirilmoqda. Aholi jon boshiga qariyb 300 kilogramm sabzavot, 76 kilogramm kartoshka va 43 kilogramm uzum to‘g‘ri kelmoqda. Bu optimal, ya’ni maqbul deb hisoblanadigan iste’mol me’yoridan uch barobar ko‘pdir Hozirgi vaqtda mamlakatimizda jami 630 ming tonna mahsulotni saqlash quvvatiga ega bo‘lgan 1300 dan ziyod ombor mavjud. Ularda har yili mevasabzavot mahsulotlarining asosiy turlari saqlanmoqda. Bu esa ichki bozorda narx-navoni barqaror ushlab turish va kuzgi-qishki mavsumda ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kafolatli ta’minlash imkonini bermoqda. Ajratilgan moliyaviy mablag‘lar bilan birga, birinchi navbatda, ilg‘or agrosanoat texnologiyalarini jalb etish, qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi, irrigasiya va meliorasiya tizimlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish, marketing va jahon bozorlariga chiqish bo‘yicha yangi texnologiyalarni joriy qilish borasida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Iste’mol qilinadigan ovqatning tarkibi va rasionini yaxshilash boshqa omillar bilan birga aholi, avvalo, bolalar salomatligini tubdan yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, so‘nggi 10 yilda vazni tibbiyotda ko‘zda tutilgan me’yordan kam bo‘lgan bolalar soni ikki barobardan ziyod (4 foizdan 1,8 foizga) qisqardi, ularning bo‘yi o‘rtacha 3 santimetrga o‘sdi, bizning mintaqamizga xos bo‘lgan jiddiy kasallik, ya’ni xotin-qizlarda kamqonlik darajasi 2,5 marta pasaydi.



Download 48.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling