Islohotlarning mohiyati va maqsadlari


Download 395.47 Kb.
bet35/106
Sana24.12.2022
Hajmi395.47 Kb.
#1052872
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106
Bog'liq
Якуний назорат

52.Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o‘rni haqida Monetaristlar nazariyasining mazmuni va ahamiyati
- Monetarizm nazariyasiga muvofiq iqtisodiy beqarorlik aksariyat hollarda iqtisodiyotning ichki o‘zgaruvchanligiga nisbatan noto‘g‘ri pul-kredit boshqarilishi tufayli yuzaga keladi: birincliidan, o‘zgaruvchan vaqt laglari mavjudligi. U
shuni bildiradiki, bunda pul-kredit ta’siri bevosita berilsa-da, pul taklifidagi o‘zgarishlar nominal SMMga uzoq va noma’lum vaqt oralig‘idan so‘ng ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun vaqt lagining noma’lum muddatida, monstarchilar
fikricha, iqtisodiyotni davriy (siklik) yuksalish va pasayishga moslashtirish uchun diskret pul-kredit siyosatidan foydalanish aksincha samara berishi va davriy (siklik) tebranishlami kuchaytirishi mumkin. Ikkinchidan, Federal zaxira tizimi foiz
stavkasini barqarorlashtirishga urinib, iqtisodiyotni beqaror lashtirish va inflatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun monetarchilar hukmron pul-kredit mu assasalari foiz stavkasini barqarorlashtirish o‘miga pul taklifi o'sishi sur’atlarini barqarorlashtirishlari zarur, degan xulosaga keldilar. Bunga bog‘liq holda M. Fridman monetar qoidalarni2
qonun yo‘li bilan belgilash taklifi bilan chiqdi, unga ko‘ra pul taklifi har yili YaMM o‘sishi mumkin bo‘lgan sur’atda oshishi, ya’ni pul taklifi barqaror ravishda yiliga 3-5 %ga kengayishi, lozim. Demak, monetarchilar fikriga ko‘ra, pul taklifini beril gan sur’atda doimiy ravishda oshirib borish, xarajatlami har qanday inflatsiya yo‘li bilan oshirish mablag‘lar yetishmasligi tufayli o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi.

  1. Monetar nazariya va monetar siyosatning mazmunini va asosiy qoidalari

-Iqtisodiyotni tartibga solishda monetar nazariya va siyosat ning ahamiyatBugungi kunda iqtisodiyotni monetar boshqarishning pulnazariyasi, inflatsiya bilan kurash muammolari 1976-yilgi Nobel mukofoti sovrindori amerikalik Milton Fridman boshliq Chikago maktabi olimlari tomonidan zo‘r berib islilab chiqilmoqda.Monetar nazariya buijua iqtisodiy nazariyasi shakllanishi paytida paydo bo‘ldi. 0 ‘sha mahalda «pul neytralligi» konsep siyasi umumiy iqtisodiy ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi «bo'lmasligini» va demak, kapitalizmning hayotbaxshliligini
isbotlashda asos bo‘lib xizmat qilgan edi. XX asrning 20-yil larida boshqarishning monetar usullari ko'pchilik iqtisodchilar tomonidan «abadiy farovonlikka» erishish vositasi sifatida baholandi. Ammo mazkur usul 30-yillar sinoviga bardosh bera
olmadi. Hatto ular 1929-1933-yillardagi iqtisodiy inqirozning va undan so‘ng uzoq davom etgan tanazzulning asosiy sabablaridan biri bo‘ldi. Xuddi mana shuning uchun pul keynscha modelning muhim tarkibiy qismi bo‘lsa ham ushbu
modelning ko‘plab o‘ziga xos jihatlari monetar omillar ta’si rini yetarlicha e’tiborga olmadi. Pul jarayonlarining bunday nazarga ilinmasligi, ularning mumkin bo‘lgan ta’sirini mensimaslik iqtisodiy siyosat masalalari bo'yicha tavsiyalarda
yorqin namoyon bo‘ldi, ushbu tavsiyalar sarmoyalar multiplikatorining sodda sxemasiga asoslangan edi. Biroq kamomadli moliyaviy ta’minlash amaliyoti pul sohasi beqarorligiga va inflatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib
keldi. Shuning uchun 50-yillardan boshlab monetar tahlilni faollashtirish zarurati paydo bo'ldi. Ayniqsa, 1971—1973- yillardagi iqtisodiy hamda valuta inqirozlari inflatsiya bilan kurashning va iqtisodiyotni boshqarishning monetar usullarini
dolzarb qilib qo‘ydi. Ayni 50-yillaming boshlaridan pul nazariyasi keynschilar va M. Fridman boshliq monetarchilar o'rtasidagi kurash maydoniga aylandi. Monetarchilar pulni xo'jalik tuzilmasining muhim qismi, pul-kredit siyosati esa
iqtisodiyotni boshqarishning eng samarali usuli, deb hisob 39laydilar. Fridman keynscha konsepsiyaga mantiqiy muqobil bo‘lgan nazariya yaratish maqsadida pulning miqdor nazariyasi asosiy qoidalariga yangicha ta’rif berdi va asosiy
e’tibomi inflatsiyaga qaratdi. U inflatsiyani sof pul muammosi sifatida ko‘rib chiqdi. Uning fikricha, bu muammoni monetar tadbirlar tizimi yordamida hal qilish mumkin.Monetar nazariya tahlil sohasi bo‘lib, u iqtisodiy muvo zanat va o‘sishning umumiy muammolari hamda pul va bank mexanizmi ishlashi maxsus masalalari qo‘shilgan joyda yotadi. Monetar soha pul agregati ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi sababiy va fiinksional bog‘liqliklar, shuningdek, ularning xo‘jalik tizimi
monetar elementlari bilan o‘zaro ta’siri muammolari, uning asosiy yo'nalishi bo‘lib xizmat qiladi. «Monetar siyosat» tu shunchasi, deganda esa davlatning pul-kredit sohasida boshqa ruvchilik tadbirlari majmuyi tushuniladi. Shuning uchun
keynschilik va monetarizm bahsida asosiy e’tibor pulning ahamiyatiga va pul-kredit sohasidagi siyosatga qaratiladi. Masalan, keynscha yondashuv iqtisodiy konyunktura va xo‘jalik rivoji sur’atlari rag'batlantirilishini kundalik boshqarish vositasi sifatida puldan tezkor foydalanish g‘oyasini o'zida aks ettiradi. Monetarizm pul sohasida bunday harakatlami qoralaydi. Monetarizm tarafdorlarining fikriga ko‘ra, bunday
siyosat xo‘jalik ziddiyatlari va mutanosibliklari kuchayishiga hamda bozoming o‘z-o‘zidan barqarorlashtiruvchilar harakatining qiyinlashuviga olib keladi.


  1. Download 395.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling