Islohotlarning mohiyati va maqsadlari
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlatning
Download 395.47 Kb.
|
Якуний назорат
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlatning antimonopol siyosatining maqsadlari
- Oʼzbekiston Respublikasida antimonopol siѐsatning asosiy yoʼnalishlari quyidagilardan iborat: - respublikada sogʼlom raqobat muhitini yaratish uchun zarur tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlar, mustahkam huquqiy bazani shakllantiruvchi va muvofiqlashtiruvchi markaz funktsiyalarini amalga oshirish; - bozor iqtisodiѐti talablariga javob beruvchi raqobat qonunlari, umumiy qabul qilingan normalar va qoidalarni samarali amalga oshirishni taʼminlovchi monopoliyaga qarshi tartibga solishning kuchli tizimini barpo etish; - raqobatni va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor qayta oʼzgartirishlari chuqurlashishiga koʼmaklashish; - insofsiz raqobatchilar tomonidan tovar va moliya bozorlari, birinchi navbatda, isteʼmol tovarlari bozorini monopollashtirish yuzasidan har qanday urinishlarning oldini olish, ularni cheklash va ularga barham berish; - monopoliyaga qarshi davlat siѐsati kontseptsiyasini amalga oshirish, monopoliyadan chiqarish boʼyicha respublika, tarmoq va mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; - monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi, shuningdek, oʼz vakolati doirasida tabiiy monopoliyalar subʼektlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish; - reklama va isteʼmolchilar huquqlarini muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish; - isteʼmol tovarlari narxlari va xizmatlarga tariflar monitoringini oʼtkazish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda narxlarning asossiz ravishda oʼsib ketishi, bozorda sifatsiz isteʼmol tovarlari sotilishi va xizmatlar koʼrsatilishiga olib keluvchi insofsiz raqobatning oldini olish chora-tadbirlarini koʼrish; - monopol xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatini davlat tomonidan samarali tartibga solish va nazorat qilishga, raqobat muhitini rivojlantirish, isteʼmolchilar huquqlarini muhofaza qilish va reklama faoliyatiga yoʼnaltirilgan normativ-metodologik bazani takomillashtirish va h.k. Download 395.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling