Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Oliy ma’lumotli. O‘rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan


Download 1.21 Mb.
bet4/6
Sana14.04.2020
Hajmi1.21 Mb.
#99253
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqillik asoschisi islom karimo

Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.

Sogʻliqni saqlash vaziri Anvar Alimov va boshqa tibbiyot mutaxassislari tuzgan tibbiy xulosaga binoan, Karimov, 78 yoshda, 27-avgust kuni ertalab soat 09.00 da hushsiz holatda zudlik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiyot-sanitariya birlashmasining Markaziy klinik shifoxonasiga olib kelindi.[2]Tibbiy koʻrik Rossiya fanlar akademiyasi akademiklari: kardiojarroh Leo Bokeriya va neyrojarroh Aleksandr Potapov; Hannover xalqaro neyroxirurgiya institutining vitse-prezidenti va ijrochi direktori, professor Amir Samii, Monako kardiotorakal markazi direktori, professor Gilles Dreyfus, Heydelberg universiteti kardiologiya boʻlimi rahbari, professor Hugo Katus, Helsinki universiteti markaziy gospitalining neyroxirurgiya boʻlimi professori Juha Hernesniemitomonidan oʻtkazildi.[2] Davolash rejasi oʻzbekistonlik mutaxassislar bilan oʻtkazilgan konsiliumda belgilandi. Tibbiy xulosaga binoan, bemorning nevrologik holati avval boshdan atonik koma sifatida qayd etildi. Nevrologik statusda diffuz mushak atoniyasi, arefleksiya kuzatildi. Bemorga uch marotaba dinamik elektroensefalografik tekshiruv oʻtkazilib, unda bosh miyaning bioelektrik faolligining susayishi aniqlandi."[2] Toʻliq hajmdagi diagnostika-davolash muolajalari va intensiv terapiyachora-tadbirlari oʻtkazilganiga qaramasdan 2016-yil 2-sentabr kuni soat 20:15 da yurak faoliyati toʻxtadi. Amalga oshirilgan intensiv reanimatsiya tadbirlari natija bermadi va bemorda soat 20:55 da biologik oʻlim holati qayd etildi.[2]

Dafn marosimi


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling