Islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti “Islom tarixi


II BOB. MUQADDAS KITOBLARDA PAYG‘AMBARLAR TARIXI


Download 87.21 Kb.
bet4/6
Sana29.01.2023
Hajmi87.21 Kb.
#1139171
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdurazzoqova

II BOB. MUQADDAS KITOBLARDA PAYG‘AMBARLAR TARIXI
2.1. Muqaddas kitoblarda nomi zikr etilgan payg‘ambarlar
Ilohiy kitoblardan toʻrttasi Qurʼoni Karim oyatlarida zikr etilgan boʻlib, bulardan: Tavrot Muso (a.s.)ga, Zabur Dovud (a.s.)ga, Injil Iso (a.s.)ga, Qurʼoni Karim Muhammad (s.a.v.)ga nozil qilinganligi bizga maʼlum. Bulardan tashqari Qurʼon tafsirlarida Alloh Taʼolo baʼzi paygʻambarlarga ayrim sahifalarni ham tushirganligi xabar qilinadi. Jumladan, Odam (a.s.)ga 10 sahifa, Shis (a.s.)ga 50 sahifa, Idris (a.s.)ga 30 sahifa, Ibrohim (a.s.)ga 10 sahifa — hammasi boʻlib 100 sahifadan iborat Allohning hukmlari nozil etilgan. Mazkur muqaddas toʻrt kitob va sahifalarning barchasi Allohning paygʻambarlariga ummatlarini hidoyatga chaqirish uchun yuborilganiga imon keltirish farzdir. Tilga olingan 4 kitobning har biriga qisqacha izohlar berib oʻtish oʻrinlidir.
1.Alloh Taʼolo Qurʼoni karimda Tavrotning muqaddas kitob ekanligini shunday bayon qilgan:
إِنَّا أَنْزَلْنَا التَّوْرَاةَ فِيهَا هُدًى وَنُورٌ
“Albatta, biz oʻzida hidoyat va nurni mujassam qilgan Tavrotni nozil qildik” (Moida: 44).
Tavrot ibriy (qadimiy yahudiy) tilida Muso (a.s.) ga yuborilgan muqaddas kitobdir. “Tora” “qonun, shariat” deganidir. Musodan 600 yil keyin ana shu yahudiylarga paygʻambar qilib yuborilgan Iso (a.s.) Tavrotni ham Injilni ham yaxshi bilganliklari Qurʼoni Karim oyatlaridan maʼlum. Chunki, Iso (a.s.) “Oli Imron” surasi, 50-oyatida aytilganidek,
وَمُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيَّ مِنَ التَّوْرَاةِ وَلأحِلَّ لَكُمْ بَعْضَ الَّذِي حُرِّمَ عَلَيْكُمْ وَجِئْتُكُمْ بِآيَةٍ مِنْ
رَبِّكُمْ فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ
“Tavrotning baʼzi hukmlarini bekor qilib, oʻrniga boshqa hukmni joriy qilish uchun” yuborilganlar.
Nasroniylar esa, Tavrot va Zaburni Injilning birinchi qismi deb, aralashtirib yuborganlar va uni “Qadimgi ahd” deb ataydilar. Holbuki, mazkur uch muqaddas kitob “Bani Isroil” qavmining uch ulugʻ paygʻambarlariga alohida-alohida yuborilgani Qurʼon oyatlarida sobitdir. Alloh aytadi:
لِكُلٍّ جَعَلْنَا مِنْكُمْ شِرْعَةً وَمِنْهَاجًا
“Sizlarning har biringiz uchun alohida shariat va sunnat qilganmiz”
(Moida: 48).
Tavrotda 48 ta payg‘ambarlarning ismi zikr etilgan. Ular quyidagilar:
إبراهيم، إسحاق، يعقوب، موسى، هارون، يشوع، فينحاس، ألقانة، عال، صموئيل، جاد، ناثان، داوود، سليمان، يَعْدو، ميخا بن يملة، عوبديا، اخيا الشيلوني، ياهو بن حناني، عزريا بن عوديد، يَحْزِئيلَ بنِ زكَريّا، أليعَزَرُ بنُ دوداوا، هوشع، عاموس، ميخا المورشتي، آموص، إيليا التشبى، اليشع بن شافاط، يونان بن أمتّاي، إشعياء، يوئيل، ناحوم، حبقوق، صفنيا، أوريا بن شمعيا، إرميا، حزقيال، شمعيا، باروخ بن نيريا بن محسيا، نيريا بن محسيا (أبو باروخ)، سرايا، محسيا (أبو نيريا)، حجي، زكريا، ملاخى، مردخاى بن يائير، عوديد (أبو عزريا)، حنانى أبو ياهو.

2.Bani Isroil qavmidan boʻlgan Dovud (a.s.)ga (Muso (a.s.) Tavrotlaridan keyin) Zabur kitobi nozil qilingan. Alloh Taʼoloning soʻzi:


وَآتَيْنَا دَاوُدَ زَبُورًا
“Dovudga Zaburni ato etdik” (Niso: 163)
“Zabur” soʻzi lugʻatda bir necha maʼnoni ifodalaydi:
1. Yozuv.
2. Aql.
3. Mustahkam.
4. Man etmoq.
5. Kasrali «zibr» yozilganda — kitob, ikki zamma bilan «zubur» yozilganda esa kitoblar.
6. Temir parchalari.
7. “Lavhul mahfuz” (taqdir lavhi).( “Al-Qomus Al-Jadid”. 1985 yil. Tunis. “Axtari kabir”. 1913 yil, Qozon.)
Hozirgi Zabur asosan diniy sheʼriyat usulida yozilgan boʻlib, mazmunan duolar, Allohni ulugʻlovchi madhiyalar hamda Allohning savob va iqoblari vasfini oʻz ichiga olgan. Xolbuki, asl Zaburda ham amr-nahiylar, halol-harom toʻgʻrisidagi ahkomlar va ibodatlarga daʼvatlar boʻlganligi shubhasizdir. Bu haqda Qurʼoni Karimning «Sod»surasida Alloh Taʼolo shunday xabar qiladi:
يَا دَاوُدُ إِنَّا جَعَلْنَاكَ خَلِيفَةً فِي الأرْضِ فَاحْكُمْ بَيْنَ النَّاسِ بِالْحَقِّ وَلا تَتَّبِعِ الْهَوَى فَيُضِلَّكَ
عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ
“Ey Dovud, albatta biz seni Yerga xalifa qildik. Sen odamlar orasida (senga nozil qilingan)haq bilan hukm qilgin, havoga berilmagin! (Agar havoga berilsang) unda seni Alloh yoʻlidan adashtiradi” (Sod: 26).
3. Injil — Iso (a.s.)ga Alloh Taʼolo tomonidan tushirilgan muqaddas kitobning nomi. Injil lafzining maʼnosida turli fikrlar mavjud. Baʼzilar uni ibroniy (yahudiy) soʻz, baʼzilar suryoniy (Suriya arab lugʻati) deydilar. Baʼzilar esa sof arab soʻzi boʻlib, “najl”, yaʼni “asl” maʼnosida, deganlar. Baʼzilar: “Injil soʻzi yunoncha boʻlib, maʼnosi xushxabar keltirganga beriladigan suyunchidir, keyinchalik xushxabarning ayni oʻziga ishlatila boshlandi” — deydilar. Rus yozuvchisi Lev Tolstoy oʻzining injili muqaddimasiga shunday jumlani yozib qoʻygan ekan: “Injil soʻzi yunon tilida ikki soʻzdan tarkib topgan: (Yeyu), uning maʼnosi yaxshi, chiroyli. (Angilion), uning maʼnosi xabarlar. Ikkovining tarkibidan (Yevangilion), yaʼni yaxshi xabarlar, chiroyli xabarlar, xushxabarlar maʼnosi kelib chiqadi. Injil kitobi aslida ibroniy tilida tushirilgan boʻlsa ham, mazkur tildagi asliy nusxasi yoʻq qilingan boʻlib, hozirda mavjud boʻlganlari yunon tilidadir. Yunoncha “Yevangiliye” xushxabar deganidir. Injil aslida nimaning xushxabarini beradi?
“XX asr boshlarida yashagan, avvalgi ismi Abdul Masih Dovud (Iso Masihning quli) boʻlib, Islomga kirgach, nomini Abdul Ahad Dovud (yakkayu yagonaning, yaʼni Allohning quli) deb oʻzgartirgan ulkan bir nasroniy olimi, jahongashta professorning tadqiqotlarida taʼkidlashicha, hazrati Iso (a.s.)ning umr boʻii taʼkidlagan soʻzlari oxirzamon paygʻambari Muhammad rasululloh (s.a.v.)ning “rohmatan lil-ʼalamiyn” boʻlib kelishlari xaqida xushxabar berishdan iborat boʻlgan” ( M.A.Joʻshon. “Islom: sevgi va tasavvuf”).
Qurʼoni Karimda Injildan iqtibos qilib keltirilgan oyatda Alloh Taʼolo shunday deydi:
وَإِذْ قَالَ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ إِنِّي رَسُولُ اللَّهِ إِلَيْكُمْ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيَّ
مِنَ التَّوْرَاةِ وَمُبَشِّرًا بِرَسُولٍ يَأْتِي مِنْ بَعْدِي اسْمُهُ أَحْمَدُ
“Eslang, ey Muhammad(s.a.v.), Iso binni Maryam dedilar: “Ey bani Isroil! Albatta, men Allohning sizlarga yuborgan paygʻambariman. (Men) oʻzimdan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchi va oʻzimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir paygʻambar haqida xushxabar berguvchi boʻlgan holimda yuborildim” (Saff: 6)39.
Alloh tamonidan payg‘ambarlar vosiyasi bilan bandalariga nozil qilingan, muqaddasligiga shak - shubha bo‘lmagan, Qur’oni karimda ta’kidlangan va tasdiqlangan kitoblar ilohiy sanaladi. Hamma dinlar, payg‘ambarlar va ilohiy kitoblarga islomiy nuqtayi nazardan qarash zaruriyati bor, chunki Allohning huzuridan kelgan barcha dinlar aslida bir din, ya’ni Islom dini hisoblanadi. Allohning oyatida:
إِنَّ ٱلدِّينَ عِندَ ٱللَّهِ ٱلۡإِسۡلَٰمُۗ
“Haqiqatda Allohning huzuridagi din – dini Islomdir”40 (Oli Imron: 19), deyilgan. Islomiy nuqtai nazar bilan qarashning zaruriyati yana shumda namoyon bo‘ladiki, dunyodagi turli din, falsafa va mafk ura sohiblari Allohning payg‘ambariga turlicha nazar bilan qarab, ularni nojoiz sifatlar bilan qoralaganlar. Islomda esa hech bir payg‘ambarni ajratmay, barchasini teng ko‘rish uqtiriladi. Qur’onda:
لَا نُفَرِّقُ بَيۡنَ أَحَدٖ مِّن رُّسُلِهِۦۚ
“Payg‘ambarlarning birortasini ajratmaymiz” 41 (Baqara: 285).
Alloh dinni ham, payg‘abarlarni ham va ularning shariatlari yozilgan muqaddas kitoblarni ham bandalarining islohi, hidoyati, ruhiy-ma’naviy tarbiyasi uchun yuborgan.
Shu jihatdan qaraganda, ilohiy kitoblarning barchasi ham bir nechta umumiy xususiyatlar mavjud bo’lishi taqazo qilinadi:
1. Tavhid – Allohning yakkayu yagonaligi, undan boshqa ilohning yo‘qligidir. Qaysi bir kitobda tavhidga xilof gap yozilgan, ko‘pxudolik ma’qullangan, shirik aralashgan bo‘lsa, u ilohiy mohiyatdan mahrumdir. Unga asoslangan din ham botildir.
2. Alloh taolo tomonidan nozil qilingan barcha kitoblar “Furqon” deb ataladi. “Furqon” – “farq” so‘zidan olingan bo‘lib, haq bilan botilni ajratuvchi degan ma’noni bildiradi. Qaysi kitobda ushbu sifat bo‘lmasa, u inson qo‘li bilan o‘zgartirilgan bo‘ladi.
3. Qaysi kitobda payg‘ambarlar badnom etilgan, nomiga dog‘ tushadigan so‘zlar aytilgan bo‘lsa, bu uning ilohiy kitob emasligidan dalolat beradi.
4. Qaysiki kitobda tarixiy voqealar buzib ko‘rsatilgan, bir payg‘ambar voqeasi boshqa payg‘ambarga nisbat berilgan bo‘lsa, u ham ilohiy kitob emas.
5. G‘oyaviy bog‘liqlik va izchillik bo‘lmagan, bir jumla bilan ikkinchi o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud bo‘lgan kitoblar ham ilohiylik mohiyati qolmaydi.
6. Alloh tarafidan nozil qilingan kitoblarning ikkinchi bir ko‘rinishi yoki muqobillari bo‘lmaydi.
7. Ilohoy kitoblar faqat payg‘ambarlargagina vahiy orqali nozil qilingan.
8. Kitoblarning barchasi ibodatga, solih amallar qilishga, nomaqbul ishlardan qaytarilgan bo‘lishi kerak. 42
Islomiy e'tiqodga ko‘ra, payg‘ambarlik Allohning bandalariga bergan eng buyuk lutfi, insonlik darajasining eng yuksak cho‘qqisidir. Hech kim payg‘ambarlik maqomiga o‘z zakosi, bilimi va o‘z g‘ayrati bilan erisholmaydi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning muborak hadislarida Alloh taolo Odam atodan boshlab to bizning payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)gacha 124 ming payg‘ambar yuborganligi haqida xabar beriladi. Jumladan, Ibn Murdavayh tafsirida shunday rivoyat mavjud: “Sahobai kiromlardan ba'zilari (Abu Zar al-G‘ofiriy) payg‘ambarimizdan so‘radilar: “Ey Allohning rasuli, Odam otadan to sizgacha nechta payg‘ambar yuborilgan?” Rasululloh (s.a.v.): “Bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar yuborilgan”, dedilar. Ularning nechtalari rasul hisoblanadilar?” Rasululloh(s.a.v.): “Ularning uch yuz o‘n uchtasi rasullardir”, deb javob berdilar.
Mazkur hadis ayni matnda Abu Hotimdan ham rivoyat qilingan: “Abu Umoma (r.a.) aytadilar: “Men rasulullohdan so‘radim: “Ey Allohning payg‘ambari, nechta payg‘ambar yuborilgan?” Rasululloh (s.a.v.) dedilar: “Payg‘ambarlarning hammasi bir yuz yigirma to‘rt ming bo‘lib, ularning uch yuz o‘n beshtasi rasullardir”43.
Ba’zi payg‘ambarlarga bir necha sahifalar tushirilgan bo‘lsa, ba’zi payg‘ambarlarga yaxlit kitob tushirilgan. Shulardan Dovud alahissalomga “Zabur”, Muso alayhissalomga “Tavrot”, Iso alayhissalomga “Injil” payg‘ambarlarning sayyidi bo‘lmish Muhammad (s.a.v) ga “Qur’on” tushirilgan.
Bundan tashqari yahudiylarning muqaddas kitobida ham payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) haqida bashorot berilgan. Xususan, “12 yoshlarida amakilari Abu Tolib bilan birga Shom safariga chiqadilar. Shomga kirib boradilar. Shu yerda Busro shahri bo‘lib, u yerda Buhayro ismli rohib bo‘lib, u Iso alayhissalom keltirgan haq dinni tutgan, u yo‘ldan adashmagan, Tavrot, Injil o‘qigan katta olimlardan bo‘lib, Payg‘ambarimiz haqida shu kitoblardan o‘qib bilgan edi...”44
Qur’oni karimda zikr etilgan ularga mufassal iymon keltirish vojib bo‘lganlari soni 25 ta. Barchalari rasul hisoblanadi va ular quyidagilar:
Odam alayhissalom, Nuh alayhissalom, Ibrohim alayhissalom, Ismoil alayhissalom, Ishoq alayhissalom, Yaqub alayhissalom, Davud alayhissalom, Sulaymon alayhissalom, Ayub alayhissalom, Yusuf alayhissalom, Muso alayhissalom, Horun alayhissalom, Zakariyo alayhissalom, Yahyo alayhissalom, Idris alayhissalom, Yunus alayhissalom, Hud alayhissalom, Shuayb alayhissalom, Solih alayhissalom, Lut alayhissalom, Ilyos alayhissalom, al - Yasa alayhissalom, Zul - Kifl alayhissalom, Iyso alayhissalom, Muhammad alayhissalom.
Ularga mufassal tarzda iymon keltirish vojib. Ya’ni, ularning risolatlari, shaxslari va ismlarini tasdiqlagan holda iymon keltirish lozim. Chunki ular Qur’oni karimda zikr etilgan. Qolgan anbiyolarga esa umumiy tarzda iymon keltirish lozim. Ya’ni, Alloh taoloning Kitobidan zikr etilganlardan tashqari boshqa payg‘ambarlar ham borligini tasdiqlash lozim. Alloh taolo ushbu so‘zi ila ular haqida xabar bergan:
وَرُسُلٗا قَدۡ قَصَصۡنَٰهُمۡ عَلَيۡكَ مِن قَبۡلُ وَرُسُلٗا لَّمۡ نَقۡصُصۡهُمۡ عَلَيۡكَۚ وَكَلَّمَ ٱللَّهُ مُوسَىٰ تَكۡلِيمٗا
“(Bir qator) payg‘ambarlar haqida qissalarni Sizga ilgari aytdik. (Ayrim) payg‘amlar qissalarini esa aytganimiz yo‘q. Alloh Muso bilan (bevosita) gaplashdi”45 (Niso: 164).
Ushbu rasullar quyidagi oyati karimalarda jamlangan, bir o‘rinda ularning 18 tasi zikr etilgan, qolgan yettitasi haqida turli oyatlarda habar berilgan. Alloh taolo marham qiladi:
وَتِلۡكَ حُجَّتُنَآ ءَاتَيۡنَٰهَآ إِبۡرَٰهِيمَ عَلَىٰ قَوۡمِهِۦۚ نَرۡفَعُ دَرَجَٰتٖ مَّن نَّشَآءُۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمٞ ☆ وَوَهَبۡنَا لَهُۥٓ إِسۡحَٰقَ وَيَعۡقُوبَۚ كُلًّا هَدَيۡنَاۚ وَنُوحًا هَدَيۡنَا مِن قَبۡلُۖ وَمِن ذُرِّيَّتِهِۦ دَاوُۥدَ وَسُلَيۡمَٰنَ وَأَيُّوبَ وَيُوسُفَ وَمُوسَىٰ وَهَٰرُونَۚ وَكَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡمُحۡسِنِينَ ☆ وَزَكَرِيَّا وَيَحۡيَىٰ وَعِيسَىٰ وَإِلۡيَاسَۖ كُلّٞ مِّنَ ٱلصَّلِحِينَ ☆ وَمِنۡ ءَابَآئِهِمۡ وَذُرِّيَّتِهِمۡ وَإِخۡوَٰنِهِمۡۖ وَٱجۡتَبَيۡنَٰهُمۡ وَهَدَيۡنَٰهُمۡ إِلَىٰ صِرَٰطٖ مُّسۡتَقِيمٖ
“Ibrohimga qavmi ustidan bergan hujjatimiz ana shudir. Xohlagan kishimizni darajalarga ko‘tarurmiz. Albatta, Robbingiz hikmat va ilm sohibidir. Unga (Ibrohimga) Ishoq va Yaqubni ato etdik. Hammasini hidoyatga yo‘lladik. Oldin Nuhni ham hidoyatga yo‘llagan edik. Uning zuriyyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso va Horunni (ham yo‘lladik). Chiroyli ish qiluvchilarni mana shunday taqdirlaymiz. Zakariyo, Yahyo, Iso va Ilyosni (ham hidoyatga yo‘lladik). Hammasi solihlardandir. Ismoil, al - Yasa, Yunus va Lutni ham (hidoyatga yo‘lladik). Hammalarini olamlar uzra afzal qildik. Shuningdek, ularning ota - bobolaridan, zuriyyotlaridan va aka - ukalaridan (ba’zilarini ham afzal qildik). Ularni tanlab olib, to‘g‘ri yo‘lga (haq dinga) boshladik”46 (An’om: 83-87).

Download 87.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling