Islom dini mintaqa madaniyati doirasida milliy ma'naviyatimiz takomili sifatida kirish
Islom dinining paydo bO`lgan ijtimoiy-tarixiy va g`oyaviy muhit
Download 39.41 Kb.
|
ISLOM DINI MINTAQA MADANIYATI DOIRASIDA MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ TAKOMILI SIFATIDA
Islom dinining paydo bO`lgan ijtimoiy-tarixiy va g`oyaviy muhit.
Islomning vujudga kelishini tahlil etish O`sha tarixiy davr-VI-VII asrlarga xos xususiyatlar, arab qabilalari O`rtasida hukmron bO`lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va ularning diniy-g`oyaviy hayoti bilan qisqacha tanishib chiqishni taqozo etadi. Arabiston yarimoroli iqlim sharoiti noqulay qumli sahrolar va tog`lardan iborat bO`lib, kO`chmanchi aholisi badavlat V-VII asrlarda chorvachilik bilan shug`ullanar edi. Yarimorolning nisbatan yaxshi iqlim sharoitiga ega bO`lgan qismida joylashgan Yaman nomli kichik bir viloyat, qadimdan rivojlangan qishloq xO`jalik va madaniyat markazlaridan biri bO`lgan. U yerda quldorlik tuzumi taraqqiy etgan, sO`nggi quldorlik davlati bO`lgan Xim`yariylar podsholigi eramizning II asrida tashkil topgan va VI asr boshlarida tanazzulga yuz tutgan. Lekin yarimorolning boshqa hududlari-suvsiz sahrolardan iborat bO`lganligi sababli O`troq dehqonchilik faqat va ayrim joylarda sahrolar O`rtasidagi onda-sonda uchraydigan kichik vohalardagina birmuncha taraqqiy etgan edi. Bu yerlarda dehqonchilik ham noqulay iqlim sharoiti tufayli har tomonlama cheklangan edi, asosan xurmo va arpa yetishtirilardi. Yarimorolning cheksiz sahrolarida yashovchi, chorvachilik bilan shug`ullanuvchi arab qabilalari-badaviylar bundan ham og`ir sharo-itda yashar edilar. Ular ijtimoiy taraqqiyot jihatidan ancha orqada qolgan, taraqqiyotning urug`-qabilachilik bosqichida edilar. VI asr oxiri-VII asr boshlarida, ya`ni islom vujudga kelishi arafasida turli arab qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi bir xil emas edi. Qadimiy taraqqiyot markazi bO`lgan Yamanda rivojlangan quldorlik tuzumi hukmron bO`lib, yarim orolning shimoliy qismida joylashgan va Vizantiya hamda Eron kabi qadimiy imperiyalar ta`siri ostida bO`lgan hududlarda savdo munosabatlari endigina rivojlana boshlagan, sahrolarda kO`chmanchi chorvachilik bilan shug`ul-langan arab qabilalari O`rtasida patriarxal, urug`-qabilachilik tartibi hukmron edi. Bu tartibning yemirilishi va sinfiy munosabatlarning tarkib topishi davri endigina boshlangan edi. Og`ir iqlim sharoiti va ishlab chiqaruvchi kuchlar zaif rivojlanganligi sababli Arabiston yarimorolida yashagan kO`pchilik qabilalar taraqqiyot jihatidan Misr, Vizantiya, Eron, Mesopotomiya kabi qadimiy madaniyat markazlari aholisiga nisbatan ancha orqada qolib ketgan edi. Yarimorolning g`arbiy qismida Qizil dengiz qirg`oqlari bO`ylab chO`zilgan va Hijoz deb nom olgan hudud bu davrda iqtisodiy jihatdan birmuncha rivojlangandi. Buning sababi suvli vohalarda dehqonchilik bilan shug`ullanish imkoniyati mavjud bO`lganligidan va janubdan shimolga tomon qadimiy karvon yO`li O`tganligida edi. Tarixiy manbalarga kO`ra, VI asr O`rtalarida bu yO`l janubda Yaman orqali Habashiston va Hindiston bilan, shimolda Suriya orqali Misr, Vizantiya va Eron bilan bog`langan. O`z davri uchun katta iqtisodiy ahamiyatga ega bO`lgan Hijozdagi ayrim aholi manzillari, shaharlar, xususan yO`l ustida joylashgan Yasrib (Toif) shahri, VI asrda ancha kengaygan va gavjum savdo markazlariga aylangan edi. Makka savdo markazi sifatida katta ahamiyatga ega bO`lib, atrofdagi qabilalarga boshqalarga nisbatan kuchliroq ta`sir kO`rsatar edi. Makkada Ukaz nomli katta bozor joylashgan edi. Arab qabilalari O`rtasida Makkaning diniy markaz sifatida roli ham ancha oshgan edi. Makkada Ka`batilloh ibodatxonasi turli arab qabilalarining 360 xudosining sanam, ya`ni butchalari mavjud bO`lgani tufayli bu shahar O`z atrofida yashovchi kO`p qabilalar uchun e`tiqod markazi - ziyoratgohga aylangan edi. Arablarda ham tijorat, ham ziyorat deb bejiz aytmaganlar. V-VII asrlarda Makkada arablarning quraysh qabilasi hukmron bO`lib, bularning yuqori tabaqalari savdo-sotiq avj olishi natijasida ancha boyib ketgan; pul muomalasi, sudxO`rlik rivojlangan, shuningdek, qul savdosi va qullarning mehnatidan foydalanish ham ancha kengaygan. Sharqshunos olimlarning tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, qadimiy Yamanni istisno qilganda, Arabiston yarimorolida yashovchi qabilalar uchun V-VI asrlarni iqtisodiy urug`-qabilachilik tuzumi yemirila boshlagan va quldorlik munosabatlari vujudga kela boshlagan davr, deb tavsiflash mumkin va lozim. O`sha davrda kuchli imperiyalar bO`lgan Vizantiya va Eron O`rtasida Yamanni qO`lga kiritish va karvon yO`llarida O`z hukmronligini O`rnatish uchun kurash davom etgan. Yaman sosoniylar hukmronligiga O`tgan davrlarda (572-628 yillar) Eron kO`rfazi orqali Hindistonga boradigan yO`l tez rivojlana boshlagan va shu munosabat bilan Hijoz orqali O`tgan karvon yO`li inqirozga uchragan. Bu hol faqat Hijoz shaharlarigagina emas, balki barcha arab qabilalari hayotiga ham jiddiy ta`sir kO`rsatgan va Arabistonda ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning boshlanishiga sabab bO`lgan. Savdodan keladigan daromad kamayib ketishi natijasida quraysh zodagonlari O`rtasida sudxO`rlik avjga chiqqan; qullar, kambag`allarni ezish kuchaygan Makka va Hijozning boshqa shaharlarida mazlumlar bilan zolimlar orasidagi qarama-qarshiliklar keskinlashgan. Bir tomondan, qul egalari bilan qullar O`rtasida, ikkinchi tomondan, qabila zodoganlari bilan oddiy mehnatkashlar O`rtasida sinfiy qarama-qarshiliklar kuchaygan. Qabilalarning yuqori tabaqalari, ayniqsa, Makka zodagonlari qO`shni mamlakatlarni bosib olib katta boylik, O`ljani qO`lga kiritish va shu orqali hokimiyatni mustahkamlash, iqtisodiy inqirozdan qutilish haqida tez-tez O`ylay boshlaganlar. Ammo tarqoqlik va kelishmovchiliklarga barham berish, barcha arab qabilalarini, ularning iqtisodiy va harbiy imkoniyatlarini yagona davlatga birlashtirish zarur edi. Arab xalqi hayotni VI asr oxiri VII asr boshlarida yuz bergan jiddiy tarixiy voqelar arab qabilalarining ijtimoiy hayot taqozasi bilan vujudga kelgan markazlashishga intilishga undagan. Islom ayni shu intilishni O`zida aks ettirgan g`oya, mafkura sifatida yuzaga kelgan, markazlashgan arab davlatining vujudga kelishi, qO`shni malakatlarning bosib olinishi, arab xalifaligining kengayishi jarayonida kuchli g`oyaviy qurol sifatida xizmat qilgan. Markaziy va Sharqiy Arabiston yarim oroli sahrolarida yashagan arab badaviylari O`rtasida ibtidoiy tuzumga xos bO`lgan politeistik ma`jusiylik diniy tasavvurlari hukmron edi. V-VI asrlarda bu qabilalarning diniy e`tiqodlari totemizm, fetishizm va animizm kabi diniy tasavvurlarning qorishig`idan iborat edi. KO`p qabilalar alohida toshlarga e`tiqod qilar, insonga yordam beradigan ezgu ruhlar, yovuz jinlar va ayyor shaytonlar tO`g`risidagi tasavvurlar keng tarqalgan edi. Har bir qabila O`z xudosining sanamiga sig`inar, topinar edi. Bu hol dinshunoslikda kO`p xudolilikning arablarga xos kO`rinishi, deb tavsiflangan. Qur`onda bunday e`tiqod shirk deb nom olgan. Bundan tashqari arab qabilalari O`rtasida Quyosh va Oyga topinish ham mavjud edi. V-VI asrlarda arab qabilalari urug`-qabilachilik tuzumi yemirila boshlagan, ibtidoiy diniy tasavvurlar tanazzulga yuz tutgan edi. Qabilalar O`rtasida markazlashishga bO`lgan intilishning g`oyaviy in`ikosi sifatida yakka xudolikka xos diniy aqidalarning kurtaklari shakllana boshlagan. Yakka xudolilik tO`g`risidagi bunday diniy ta`limot islomdagina emas, balki u paydo bO`lmasdan birmuncha vaqt ilgari Arabistonning ayrim joylarida targ`ib qilina boshlagan edi. Islom esa ana shu targ`ibotlarning galdagi shakllanishi va tarkib topishining natijasi sifatida vujudga kelgan. Islomdan ilgari arab qabilalari orasida yakka xudolilik tO`g`risida targ`ibot yuritgan, O`zini payg`ambar deb e`lon qilgan shaxslar tarixiy manbalarda “xaniflar”, ya`ni xaq-haqiqat izlovchilar nomi bilan ma`lumdir. Islomning paydo bO`lishi arab qabilalari O`rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muayyan bosqichi bilan bog`liq bO`lgan. Hijozda “xaniflar” deb atalgan yagona xudoga e`tiqodning bir necha tarafdorlari Muhammad payg`ambargacha ham bO`lgan va ular xristian yoki yahudiy bO`lmaganlari holda yakka xudoga va oxirat kuniga ishonganlar. Ulardan Musaylima, Sajjoh, Tulayx, Asvod kabilarning nomlari rivoyatlarda saqlanib qolgan. Muhammad payg`ambar hijriy 11-yilning rabi-al-avval (632 yil iyun) oyida Madinada 63 yoshida vafot etgan. Bu davrda anchagina mustahkam musulmon davlati vujudga kelgan; u Yamandan Sino yarimoroligacha, Qizildengiz sohillaridan markaziy qum sahrolari-Sahroi Kabirgacha chO`zilgan katta hududni O`z ichiga olgan edi. Muhammad vafotidan keyin uning O`rinbosarlari-xalifalar davlatni boshqara boshlaganlar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati O`zining bundan keyingi tarixida “Arab xalifaligi” deb nom olgan. Muhammad vafot etgan birinchi kunlardanoq musulmonlar jamoasining yO`lboshchilari O`rtasida hokimiyat uchun kurash va O`zaro ixtiloflar boshlangan. Bu kurashda muhojirlar guruhi g`olib chiqqan va Muhammadning ilk safdoshlaridan biri Abu Bakr xalifa deb e`lon qilingan. Abu Bakr hukmronligining (632-634 yillar) dastlabki yilla-ridanoq bir qator arab qabilalari O`rtasida Madina hukmronligiga qarshi O`z mustaqilligi uchun harakat boshlangan. Bundan tashqari ayrim joylarda O`zini payg`ambar deb e`lon qilgan mahalliy targ`ibotchilar rahbarligi ostida islomga qarshi diniy-g`oyaviy mustaqillik uchun kurash boshlangan. Vizantiyaning kuchsiz qO`shinlari jiddiy qarshilik kO`rsatishga ojizlik qilganlar. Xalifa Umar zamonida istilolar yanada kchaygan; 634 yili Basra, 640 yili Quddusi Sharif olingan va Falastin, Suriya yerlari tO`la ravishda xalifalik qO`liga O`tgan. Shu vaqtning O`zida Mesopotamiya va Eronga ham yurishlar boshlangan. 637 yili arab qO`shinlari sosoniylar poytaxti Ktesifonga bostirib kirganlar, 644-645 yillarda Hindiston chegaralariga yaqinlashganlar. 639 yilda Misrga qarshi hujum boshlangan, shimoliy va shimoli-sharqiy tomonga yurish boshlagan arab qO`shinlari 640 yilda Armanistonni bosib olganlar, 647 yilgacha arablar Shimoliy Afrika qirg`oqlarini Tunisgacha bosib olganlar. Ulardan keyingi xalifalar-Usmon (644-656) va Ali (656-661) zamonlarida ham istilolar davom etgan. Kavkaz va Markaziy Osiyo tomoniga harbiy yurishlar kuchaygan. Qisqa vaqt ichida Gruziya, Ozarbayjon, Eronning shimoliy qismi, Xuroson, Marv yerlari arablar qO`l ostiga O`tgan va xalifalik qO`shinlari Amudaryo sohilla-riga chiqqan. Shunday qilib, 30 yildan ozroq muddat ichida arab xalifaligi yuqorida eslatilgan yurtlarni, O`sha zamondagi eng katta imperiya bO`lgan Vizantiyaga qarashli katta territoriyani ham bosib olgan, sosoniylar imperiyasini tamomila yiqitgan. Natijada Amudaryo sohillaridan Shimoliy Afrikagacha, Tbilisi va Darbanddan Yaman hamda Ummongacha chO`zilgan yangi imperiya vujudga kelgan. Arab qO`shinlari badaviylar va boshqa har xil qabilalardan yollab olib tuzilgan bO`lib, O`z zamonining harbiy san`at va texnika darajasidan ham ancha orqada edi. Osonlik bilan erishilgan g`alabalarning asosiy sababi ularga jiddiy qarshilik kO`rsatadigan kuchning yO`qligida, borlarining ham tarqoqligida edi. Qadimiy imperiyalar-Vizantiya va Eron O`zaro urushlar tufayli holdan toygan, ularning qudrati sO`nib, chiriy boshlagan edi. Shimoliy Hindiston, Markaziy Osiyo va Kavkazda ham yirik davlatlar yO`q edi; mayda feodal davlatlar O`zaro urushlar natijasida kuchsizlangan va tarqoq holda edi. Shuning uchun ham arab qO`shinlari nisbatan qisqa davr ichida ana shunday katta hududlarni bosib olishga muvaffaq bO`lgan edilar. 2.Muhammad Ibn Abdulloh-islom dini da`vatchi va davlat arbobi. Islomda payg`ambar sifatida e`tirof etilgan, quraysh qabilasining hoshimiylar xonadonidan bO`lgan Muhammad ibn Abdullo islom da`vatida tarqalishida va ta`limotini shakllanti-rishda yetakchi rol O`ynagan. Payg`ambar forscha sO`z bO`lib, xabarchi, darakchi demakdir. Arabcha nabiy deyiladi. Rasul sO`zi arabcha bO`lib, ma`nosi elchidir. Binobarin, payg`ambarlar ilohiy ta`limot va din aqidalarini O`z ummatlariga yetkazuvchi xabarchidir, Ollohning elchisidir. Payg`ambarlarning adadi Qur`on, Hadis va boshqa manbalarda qat`iy belgilanmagan. Ba`zi manbalarda ularning soni 124 ming deyiladi. Qur`oni Karimda 25 nafar payg`ambarning nomi tilga olingan. Ular Odam, Idris, Nuh, Xut, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zi-l-Kifl, Yunus, Muso, Xorun, Shuayb, Ilyos, al-Yasa`, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammaddir. Islom ta`limotiga kO`ra barcha payg`ambarlarga barobar iymon keltiriladi. Tarixiy manbalardagi va Qur`on oyatlaridagi ayrim ishoralarga kO`ra, Muhammad payg`ambar 570(71 yilda Makkada tug`ilgan, yoshligida yetim qolgan, avval bobosi qO`lida, u vafot etgach, amakisi qO`lida tarbiyalangan, balog`atga yetgach, savdogarlar qO`lida xizmat qilgan. 25 yoshida beva boy xotin Xadichaga uylangan va uning mablag`lari bilan mustaqil savdogarlik qila boshlagan. Savdo karvonlari bilan Suriya, Falastin va Mesopotamiyaning ayrim shaharlarida bO`lgan; u yerlardagi diniy e`tiqodlar bilan tanishgan, ruhoniylar bilan suhbat qilgan. U taxminan 39-40 yoshlarga kirganda Makkada yakka xudo - Ollohga e`tiqod qilish tO`g`risidagi targ`ibotni boshlagan. Diniy nazariyada islom Olloh yuborgan sO`nggi mujassam din ekanligi, Qur`on Ollohning mO`jiza kalomi bO`lib, Muhammad payg`ambarga vahiy tarzida tushgan, tilovati ibodat hisoblanuvchi kitob deb talqin qilingan. Ilk vahiy-diniy ta`limotga kO`ra ramazon oyining yigirma yettinchi kuniga O`tar kechasi, milodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga O`tar kechasi boshlangan va 23 yil davom etgan. Vahiy tusha boshlagan tun “Laylatul qadr” deb atala boshlagan. Bu hodisa Qur`onning 97- “al-Qadr” surasida ifodalangan. Muhammad payg`ambar targ`iboti boshlangan dastlabki yillarda juda oz kishi uning izidan borgan. Shu bilan birga qurayshiylarning ummaviylar xonadoniga mansub bO`lgan va Makkada siyosiy hokimiyat tepasida turgan zodagonlar O`sha davrdayoq uning targ`ibotiga qarshilik kO`rsata boshlaganlar. Badaviylar ham uni avval boshqa qO`llab-quvvatlamaganlar. Makkada ahvoli jiddiylash-gach, Muhammad Makka hukmdorlari bilan raqobatlashib kelgan qabilalarning vakillari bilan muzokaralar olib borgan va 622 yili ularning yordamida Madinaga hijrat qilgan, keyin butunlay kO`chib ketgan. Musulmonlarning hijriy yili hisobi shu kO`chish arabcha “hijra” dan boshlangan. Makkadan kO`chib borganlar islom tarixida “muhojir” (kO`chib kelgan) lar, madinalik qabilalardan islomni qabul qilganlar esa “ansor” (yordamchi) lar deb nom olganlar. Oradan 2 yil O`tgach xat qilishga uning O`zi ham Makkaga kelgan. Bu haqda “Muhammadning nutqi” degan ma`lumot saqlangan. Makka zodagonlari manfaatiga zid targ`ibot olib borgan Muhammadni ta`qib etish kuchaygan. Ayniqsa, O`zi ma`jusiy bO`lsa-da, unga homiylik qilgan amakisi Abu Tolibning vafotidan keyin Muhammad payg`ambarning hayoti xavf ostida qolgan. U O`ziga sodiq barcha kishilar bilan Hijozning shimolida joylashgan, uning davrida “Madina”, ya`ni shahar deb qayta nomlangan Yasrib shahriga kO`chib ketishga majbur bO`lgan. Qur`on oyatlarining mazmuniga qaraganda, bu kO`chish ancha vaqt davom etgan. Muhammad orqasidan odamlar birmuncha vaqt davomida guruh-guruh bO`lib kelib turganlar. Makkadan kO`chib kelganlarning kO`pchiligi-muhojirlar deb tavsif-langan kambag`allar va nochor kishilar edi. Shuning uchun ham dastlabki davrlarda ansorlar ularga yordam kO`rsatganlar. Madina shahrida Muhammad targ`ibotini qO`llab-quvvatlagan va unga ergashgan muhojir va ansorlardan iborat musulmonlar jamoasi (umma) vujudga kelgan. Bu jamoaga Madina arablarining a`zo bO`lib kirishi hijriydan keyingi yillarda davom etgan. Muhammad katta kuchga aylangan jamoaga rahbarlik qilar ekan, O`z tarafdorlariga rasul-Ollohning elchisi, odamlarga ilohiy yO`l-yO`riq va qonunlarni yetkazuvchi payg`ambar bO`lib tanila boshlagan. Muhammad boshchiligidagi Madina shahri arablari makkalik-larni ham islomga bO`ysundirishni, bu ikki shahar O`rtasidagi kelishmovchilikka chek qO`yishni asosiy maqsadlaridan biri qilib qO`ygan edilar. Shu munosabat bilan 624 yilda Badr quduqlari oldida, 625 yilda Uxud tog`i etagida janglar bO`lgan. 626 yilda makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida Madina jamoasiga qarshi yirik safarga otlanishgan. Muhammad Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorlagan, shahar atrofiga chuqur handaqlar qazilgan va u yerlarga kamonchi O`qchilar joylashtirilgan. Ammo Madinani qamal qilish uzoqqa bormagan, chunki bosqinchilarning kO`pgina otlari handaqlarga tushib ketgan, qishning sovug`i, izg`irin shamoliga qamalchilar bardosh berolmadilar, aksincha, ularning O`zlari O`rtasida nizolar chiqa boshlagan. Madina qamalining bekor qilinishi, Madina jamoasini yanada jipslash-tirgan, unga yangidan-yangi badavlat qabilalar kelib qO`shilgan. Natijada musulmonlar jamoasi tez kengayib va kuchayib borgan, u yerda qabilalar birin-ketin islom dinini qabul qila boshlaganlar. Madinadagi musulmonlar jamoasi qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylana borgan.Muhojir va ansorlar orasidan bir guruhi Muhammad payg`ambarga yaqin turar, uning maslahatchilari hisoblanar edi. Bular islom tarixida “sahobalar” yoki “as`hoblar” deb nom olgan. 628 yili musulmonlar jamoasi uchun ayniqsa muhim bO`lgan bir voqea yuz bergan. Muhammad hali ham Ka`bani muqaddas deb e`tirof etishini namoyish qilish maqsadida bir guruh musulmonlar bilan birga, barcha qabilalar hajga boradigan mavsumda Makkaga jO`nagan. Ammo uning kelishidan shubhaga tushgan ummaviylar Makkadan ancha narida-Xudaybiya vodiysida uni tO`xtatganlar. Muzokaralar boshla-nib, O`rtada shartnoma tuzilgan. Shartnomaga asosan madinaliklarga kelasi yildan boshlab hajga kelishga ijozat berilgan. Shartnoma tuzilgan vaqtda Muhamad va uning hamrohlari orqaga qaytib ketishni, makkaliklar esa, O`z navbatida, kelasi yildan boshlab madinaliklarnin hajga kelishi uchun sharoit yaratib berishni O`z zimmalariga olganlar. Shunday qilib, “Xudaybiya sulhi” deb nom olgan bu hujjatda Makka zodagonlari Madina musulmonlar jamoa-sini mustaqil davlat sifatida birinchi marta e`tirof etishga majbur bO`lganlar. Bundan keyingi davr mobaynida Madina davlati yanada kuchaygan, atrofdagi arab qabilalariga qarshi yurishlar qilinib, ularning kO`pchiligi bO`ysundirilgan. Bu davlatning mavqei Makkaga nisbatan jiddiy ravishda kuchaya borgan. Natijada Makka zodagonlari Muhammad payg`ambar bilan kelishish yO`llarini izlay boshlaganlar. 629 yil oxirlarida makkaliklar rahbari Abu Sufyon maxfiy ravishda Madinaga kelgan va Muhammad payg`ambar bilan muzokara olib borib, agar u Makkaning diniy markaz bO`lib qolishiga rozi bO`lsa, shaharni musulmonlarga jangsiz topshirishga rozi ekanligini bildirgan. Muhammad payg`ambar bunga rozi bO`lgan va O`rtada hufyona shartnoma tuzilgan. 630 yil bahorida Madina qO`shinlari Makkaga yaqinlashganlar va hech qanday qarshiliksiz shaharga kirib borganlar. Zodagonlar Muhammad payg`ambarni peshvoz chiqib kutib olganlar. Shu vaqtdan boshlab u bilan Makka hukmronlari O`rtasidagi raqobat va qarama-qarshiliklar tugagan. Ular Muhammad payg`ambarning yaqin yordamchi-lariga aylanib, musulmonlar davlatida yuksak lavozimlarni egallay boshlaganlar. 3. Islomning turmush tarzi va madaniyatdagi O`rni. Markazlashgan xalifalik davlati vujudga kelgach, xalifalik tarkibiga kirgan yuzlab xalqlar va elatlarga arab tili va O`rta asr arab madaniyatini, islom qadriyatlarini yoyishga samarali harakat qilingan. Islom muxlislaridan eng avvalo, din asoslari-“arkon-ad-din” hisoblanuvchi besh asosiy amaliy va marosimchilik rukn talablarini bajarishni talab etgan. Hozir ham shunday. Bular, birinchidan, kalimai shahodatni bilish; ikkinchidan, har kuni besh vaqt namoz O`qish, uchinchidan, har yili ramazon oyida bir oy rO`za tutish; tO`rtinchidan, yiliga bir marta shaxsiy molidan zakot berish; beshinchidan, imkon bO`lsa, umrida bir marta haj qilishdan iborat. Islomga xos marosimlar va odatlar mana shu besh rukn bilan chambarchas bog`liqdir. Islomning bu amaliy va marosimchilik talablari xalqlar turmush tarziga kiritilib, O`ziga xos ma`naviy madaniyatning turiga, an`anaga aylantirilgan. Bu ruknlarning har biriga qisqa-qisqa izoh berib O`tamiz. Islomning ruknlaridan biri-tashahhudni-kalimai toyyibani bilish, ya`ni Ollohning birligi va Muhammad uning elchisi ekanligiga chin dildan iqror bO`lib, bu kalimani doim takrorlab yurish zarur deb hisoblanadi. Avvallari kalimai toyyiba, yoki shaxoda arab tilida aytilgan bO`lsa, hozirgi paytda har bir musulmon Ollohga e`tiqod qilishning bu ruknini O`z tilida aytmoqda. Islom O`z muxlislaridan kunda besh vaqt namoz O`qishni talab qiladi. Bular-bomdod, peshin, asr, shom, xufton namozlaridir. Namoz O`qishga kirishishdan oldin tahorat qilish buyurilgan. Namoz Ollohga hamdu sano O`qish, namozdan sO`ng O`z niyatlarini aytib, undan marhamat tilashdan iborat. Islom kundalik besh vaqt namozdan tashqari, muhim ishlar oldidan ham xudoga sig`inishni talab qiladi. Yana islom dinidagi kishi har yili ramazon oyida bir oy rO`za tutishi kerak. Haj qilish shurolar davrida juda cheklab qO`yilgan edi. 1991 yildan boshlab, bu tadbirga keng imkoniyat yaratildi. Natijada respublikamizdan har yili minglab kishilar hajga borishga muvaffaq bO`lishdi. Birgina 1998 yili haj safariga musulmonlardan 4000 kishi borib keldi; 1999 yili esa ularning soni bundan ham oshdi. Qurbonlik qilish sunnatga kiritilgan, ya`ni majburiy emas. Bulardan tashqari mahalliy xalqlarda, islomgacha bO`lgan kO`pgina urf-odatlar islom keng tarqalgan xalqlarda xususan Markaziy Osiyoda yashaydigan musulmonlarda O`z ta`sirini saqlab qolgan. Bular jumlasiga kinna soldirish, fol ochirish, dam soldirish, kO`chiriq qilish, chilla O`tirish, isitma-sovutma, mozorlarga, “muqaddas joylarga” sig`inish kabilar ba`zi mutaassib dindorlar turmushiga O`z ta`sirini haligacha kO`rsatib kelmoqda. Ortodoksal islom bularni tan olmaydi, balki qoralaydi. Har bir dinning O`ziga xos marosimlari sistemasi, bayramlari bO`ladi. Diniy marosimlar diniy e`tiqod, ibodatning amaldagi ifodasini tashkil etadi. Diniy qadriyatlar, marosimlar diniy tasavvur, e`tiqodlar yuzaga kelishi bilan paydo bO`la boshlaydi. Bularning yuzaga kelishi ibtidoiy odamlar, keyinchalik urug` va qabilalar hayotidagi muhim voqealar - farzand tug`ilishi, balog`atga yetish, yakka nikohli oilalar yuzaga kelgach esa, oila qurish bilan bog`liq bO`lgan. Islom yoyilgan joylarda qurbon hayit keng bayram qilinadi. Haj qilish shu marosim vaqtga moslashtirilgan. Musulmon mamlakatlarida bu hayitga tayyorgarlik katta bO`ladi; masjidda maxsus ibodat bO`ladi, va`zxonlik-amri ma`ruf qilinadi. Hayit uch kun davom etadi. Qurbon hayiti kunlari musulmonlar O`z ota-onalari, qariyalar va bemorlarni borib kO`radilar, ularga qO`llaridan kelgan yordamlarini ayamay, hurmatini O`z O`rniga qO`yadilar, qurbonlik uchun sO`yilgan mollarning gO`shtlaridan bir qismini O`z urug`-aymoqlariga, xususan kam daromadlik oilalarga, beva-bechoralarga tarqatadilar. Qurbonlik marosimining yana bir tartibi sO`yilgan mollar gO`shtidan taom tayyorlab, xudoyi shaklida yig`inlar O`tkazadilar. Hijriy-qamariy taqvim-kalendar bO`yicha sha`bon oyi tugagandan sO`ng ramazon oyi boshlanib, unda 30 kun rO`za tutish islom dinining besh, rukn, ya`ni amaliy va marosimchilik talablaridan biridir. Ilohiyotda musulmonlardan rO`za tutish jarayonida mohi ramazon ibodatini bajarish zarur deb hisoblanadi. Unda Qur`on tilovati bilan birga, xayr-ehsonlar, duoyu iltijolar qilinadi. Binobarin, har bir mO`min-musulmon bu oyni g`animat bilib, O`zini astoydil xudo yiliga bag`ishlab kechayu kunduz toat-ibodat birla bir kun ham rO`za tutishni kanda qilmasligi kerak deb hisoblangan. Yana islom ta`limoti musulmonlardan ramazon oyida Ollohdan O`z gunohlarini kechishni sO`rab, tavba-tazarru qilish bilan bir vaqtda inson uchun noxush bO`lgan jahlu g`azab, dilozorlik, qO`polliklardan xoli bO`lib, xushmuomalalik, odamshinavandalik, kamtarinlik kabi fazilatlarni O`ziga singdirib borishi zarur deb hisoblangan. Islom ta`limotida, rO`za haqida yozilgan turli diniy manbalarda ramazon oyining mazmuni, ahamiyati, unda musulmonlarning burchi har tomonlama izohlangan. RO`za oyining har bir kunini e`zozlash, iftorlikka alohida e`tibor berish kO`zda tutilgan. Muhammad 30 kun rO`za oyining uch dahaga bO`linishini e`tirof etib, uni shunday izohlagan: “Bu mohi sharif shu qadar ulug` bir oykim, uning birinchi O`n kunlik dahasi - dahai rahmat deb ataladi, ya`ni Ollohning rahmati O`z bandalariga muttasil yog`ilib turadigan kunlardir. Ikkinchi O`n kunligi - dahai ma`rifat, ya`ni Olloh O`z bandalarining gunohu ma`siyatlaridan O`tib afvu ma`rifat qilib yuboradigan kunlar. Uchinchi O`n kunligi “itqun minan nor”, ya`ni Olloh O`z bandalarini otashi dO`zaxdan ozod qilib yuboradigan bashoratli kunlar”. Ramazon oyiga nisbatan aytilgan bunday ta`rif va tavsiflar musulmon ahli ongi va psixologiyasiga kuchli ta`sir kO`rsatib, uning diniy kayfiyatini mustahkamlaydi. Binobarin, rO`za tutish bilan bog`liq bO`lgan barcha talablarni, ibodatlarni O`z vaqtida bajarishga intilish kayfiyatini uyg`otadi. RO`za tutish musulmonlar uchun kO`p asrlardan buyon odat tusiga kirgan bO`lib, uning inson organizmi uchun muayyan foydasi haqida ilohiyotchilar fikrlar bildirishgan, ya`ni bir oy davomida rO`za tutgan odamda “tozalanish”, “poklanish” sodir bO`ladi. Organizm ortiqcha chiqindilardan tozalanib kishi ruhi yengillashadi. Shuni e`tiborga olib dindorlar bilan birga islomning barcha talablarini tO`liq bajarmaydigan kishilarda ham rO`za tutishga moyillik bor. RO`za oyi tugagach, shavval oyining 1 kunida ramazon hayiti - iyd al fitr O`tkaziladi. Hayitning nomidan ham ma`lum bO`lib turibdiki, rO`za tutmaganlar ham, bir oy rO`za tutgan taqvodor musulmonlar ham rO`zadan sO`ng masjidga oziq-ovqat yoki pul bilan sadaqa-fitr rO`za tO`lashi kerak deb hisoblangan. Bu hayit ham uch kun davom etadi. Hayit kunlari har bir dindor O`tgan kunlari uchun O`ziga-O`zi hisob berishi, rO`za tutmagani yoki uni buzgani uchun belgilangan miqdorda namoz O`qishi, zakot berishi, muayyan kunlar davomida rO`za tutishi zarur deb hisoblangan. Ba`zi musulmonlar gunohidan xalos bO`lish uchun jonliq sO`yib qurbonlik ham qiladilar. Bir oy rO`za tutib O`zini musulmon hisoblagan kishilar uchun hayit kunlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bu kunlarni zO`r umidvorlik bilan kutadilar. Chunki bu hayitni keng nishonlash odat, an`ana tusiga kirgan. Hayitning birinchi kuni erta bilan barcha machitlarda musulmon ahli tO`planib, hayit namozini imom-xatiblar boshchiligida O`qiydilar. Xutba tinglaydilar. Uch kun hayit davomida kishilar O`z ota-onalarini borib kO`radilar, ularga sovg`a-salomlar topshiradilar. Marhumlar yashab O`tgan uylarga, ularning qabrlariga borib duoyi fotihalar qiladilar, ba`zan uylarida xudoyilar uyushtiradilar. Bundan tashqari musulmonlar uchun hayit kunlari beva-bechoralarni borib kO`rish, ular holidan xabar olish, ayniqsa muhim hisoblanadi. Ramazon oyi tugagan kunlari fitr-sadaqa (fitr-rO`za) har bir jon boshiga bir kunlik ovqat hisobida kambag`al, yupun kishilarga yig`ib beradilar. Zotan, zakot al fitr ayni shu maqsadda yig`ib olinadi. Yuqorida aytganimizdek, rO`za tugashga uch kun qolgan tun - “laylatulqadr” kechasini musulmonlar tantana bilan O`tkazadilar. Chunki bu tun muqaddas hisoblanadi. Ularning tasavvuricha, shu kecha mO`jizalar, g`aroyib hodisalar rO`y beradi, ularni kuzatish sharafiga muyassar bO`lgan kishilar baxtiyor bO`ladi, deb hisoblanadi. RO`za kunlarining eng muqaddasi - ramazonning mana shu 26 dan 27 ga O`tar tuni dindor kishilar kO`z yummay, arshi-a`lodan keladigan mO`jizani kutadilar. Islomda Muhammad payg`ambarning arshi a`loga chiqishi - me`roj alohida nishonlanadi. Rivoyatlarga kO`ra, Muhammad rajab oyining 27-kunida al-Buroq nomli afsonaviy otda tunda Makkadan Quddusi sharifga, sO`ng u yerdan Olloh taxti - arshi-a`loga mO`jizali safar qilgan; Ollohning marhamatiga sazovor bO`lib, u bilan suhbat qurgan. Bu suhbat davomida Muhammad 99 ming sO`z aytgan. Me`roj bayram sifatida Falastinda xalifalar hukmronligi O`rnatilib, Quddus sharifning muqaddasligi e`tirof etilgach, bu shahardagi muqaddas joylar tavof qilina boshlagandan sO`ng nishonlana boshlangan. Uni nishonlash davrida musulmonlarga Olloh faqat mustahkam e`tiqodli bandalarinigina bunday marhamatiga musharraf qilishi tO`g`risidagi fikr singdirilib, Ollohga va uning elchisiga sadoqat bilan xizmat qilish zarurligiga ishonchi mustahkamlanadi. Yana bir diniy bayram ashuro bO`lib, uni shia yO`nalishidagi musulmonlar nishonlaydilar. Bu bayram yana “shaxsey-vaxsey” deb ham ataladi. Ashuro - tantanali motam kuni bO`lib, musulmon ruhoniylarning aytishlaricha, Muhammadning nabirasi, xalifa Alining O`g`li imom Husaynning “din va adolat” yO`lidagi “azobli O`lishi” xotirasi uchun belgilangan. Ashuroni asosan shia musulmonlari nishonlaydi. Shu kuni mutaassib shialar O`zlariga azob berib, jazavaga tushadilar. Bunday bayram kishilarning ahvoli-ruhiyasiga O`z salbiy ta`sirini O`tkazmay qolmaydi. Islomda muqaddaslashtirilgan kunlardan biri juma kunidir. Islom keng tarqalgan mamlakatlarda juma dam olish kuni deb e`lon qilingan. Shu kuni taqvodor musulmonlar O`z kunlarini toat-ibodat bilan O`tkazadilar. Uning muqaddaslashtirilishi sababini ruhoniylar quyidagicha izohlaydilar: Olloh olamni yaratishni juma kuni boshlagan. Muhammad ham, Ali ham juma kuni tug`ilganlar. Muhammad 622 yilda Makkadan Madinaga juma kuni hijrat qilgan. Islomning “shu`lasi” ham olamga ayni juma kuni tushgan. Shu sababli musulmonlar juma kunini ulug`laganlar. Musulmonlarda oy yili bO`yicha rabiul avvalning 12 kuni Muhammadning tug`ilgan kuni - mavlud nishonlanadi. Bu kunlarda masjidlarda Qur`on O`qiladi, va`zxonlik qilinadi, dindorlar bO`lgan xonadonlarda xudoyi O`tkaziladi. Shu kunlari payg`ambarning qilgan ishlari tO`g`risida hikoya qilish savob hisoblanadi. Keyingi yillarda respublikamiz musulmonlari talabini hisobga olib, Prezidentning maxsus farmoni bilan diniy bayram, jumladan Ramazon hayiti va Qurbon hayit kunlari dam olish kuni deb e`lon qilindi. Bu farmonni xalqimiz mamnuniyat bilan quvvatladi va hayitlar keng tantana kuniga aylandi. Xuddi shuningdek, xalqimiz orasida qadimdan nishonlanib kelinayotgan “NavrO`z”, “Qizil gul”, “Lola sayli”, “Boychechak” kabi bayramlar ham tiklandi; yangi-yangi bog`lar va istirohat maskanlari barpo etilmoqda; bularni barpo etish uchun umumxalq hasharlari O`tkazilmoqda. Darhaqiqat, asrlar davomida shakllangan bunday diniy qadriyatlar, bayramlar, xalq sayllari va marosimlarini bundan buyon ham xalq orasida keng yoyish maqsadga muvofiqdir. Chunki ularga bO`lgan munosabat mahalliy xalqlarning kO`pchiligi tasavvurida milliy an`ana deb qaralib ado etiladi. Bu O`rinda milliylik bilan diniylik birmuncha uyg`unlashganini kO`ramiz 4. Islomdagi asosiy oqimlar va mazhablar. Jahondagi barcha yirik dinlar O`z taraqqiyotining muayyan bosqichida turli yO`nalish va oqimlarga bO`lingan. Chunki mazkur din tarqalgan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kurashning kuchayishi, muayyan dinga e`tiqod qiluvchi turli xalqlarning ijtimoiy manfaatlari va madaniy darajalari turlichaligidadir. Islom ham O`z tarixiy taraqqiyotida bunday bO`linish, aniqrog`i, ajralishdan chetda qolmagan. VII asrning ikkinchi yarmidayoq dastavval xorijiylar yO`nalishi shakllangan, sO`ngra yana ikki yirik oqim - sunniylik va shialikka ajralgan. Yuzaki qaraganda, islomga e`tiqod qiluvchilar orasidagi ixtilof gO`yoki faqat diniy masalalar tufayli tug`ilgandek tuyuladi. Aslida esa bunday emas. Tarixdan ma`lumki, islomning shakllanishi, mustaqil dinga aylanish davri uzluksiz davom etgan jangu jadallar bilan O`tgan. Zero, Muhammad davridan boshlab Ali davriga (661 yilga) qadar va undan sO`ng islom Arabistondan tortib, Shimolda Ozarbayjongacha, Sharqda Movaroun-nahrga qadar, Janubda Arab dengiziga, /arbda esa Tripolitaniyaga qadar yoyilgan. Arab istilochilari Movarounnahr (arablar O`rta Osiyoni shunday atama bilan-“daryo ortidagi yerlar” deb ataganlar) ni bosib olishni VII asrning 70-yillaridan boshlab faqat VIII asrning O`rtalariga kelgandagina tO`liq tugallashga muvaffaq bO`lganlar. Chunki mahalliy xalqlar arab istilochilariga qattiq qarshilik kO`rsatganlar. Bu jarayonni tasdiqlovchi Muqanna, Sumbad Mug, /urak, Divashti boshchiligidagi yirik xalq qO`zg`olonlari tarixdan ma`lum. Boshqa mamlakat va xalqlar hayotiga islomni kiritish va bosqinchilarga qarshi qO`zg`olonlar keyingi asrlarda ham davom etgan. Islom IX-X asrlarda Tatariston, X-XII asrlarda Boshqirdistonga kiritilgan; Qozog`iston va Qirg`izistonda esa bu jarayon XIX asrda ham davom etgan. Dinning bunday keng miqyosda yoyilishi faqat ishontirish bilan bO`lmagan, albatta. Bunda qilich va kuch hal qiluvchi rol O`ynagan. Jihod g`oyasi dinni yoyishda muhim omil bO`lgan. Islomdagi yirik yO`nalishlarning paydo bO`lishi va ularning mohiyati haqida qisqacha tO`xtalib O`tamiz. Sunniylik-bu islomda izchil, sobitqadam yO`nalish hisoblandi. Musulmonlarning juda kO`pchilik qismi-92,5 foizi sunniylikka e`tiqod qiladi. Qolgan 7,5 foizi shialikka e`tiqod qiluvchilardir. Sunna arabcha odat, an`ana, xatti-harakat tarzi degan ma`nolarni bildiradi. Sunniylik degan sO`z arabcha “Sunna”-“muqaddas rivoyat”, ya`ni Muhammad tO`g`risidagi rivoyatlar va uning hadislari tO`plami degan tushunchadan olingan. Yana Sunna farzdan farqli ravishda bajarilishi ixtiyoriy bO`lgan kO`rsatmalar, amallardir. Sunniylar ummaviylar sulolasidan bO`lgan xalifalarning oliy hokimiyatga bO`lgan huquqini tan olganlar. Sunniylikda Sunna Qur`ondan keyingi asosiy muqaddas manba, hadislar tO`plami deb qaraladi. U VII asr O`rtalarida shakllana boshlagan. Unda xalifalik-dagi sinfiy munosabatlar, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi atrofidagi kurash O`z ifodasini topgan. Uni tO`plash, sharhlash va nashr qilishda vatandoshlarimiz Ismoil Buxoriy, Imom Termiziy asosiy rol O`ynaganlar. Sunniylik qisman Eron, Janubiy Iroq, Yaman, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Volga bO`yi, Sibir, O`rol, Kichik Osiyo, Misr va Shimoliy Afrika, Indoneziya, Malayziyada keng tarqalgan. Uning muqaddas shaharlari Makka va Madinadir. Unda tO`rtta shariat maktabi - hanifiylar, malikiylar, shofi`iylar, xanbaliylar mazhablari bor. Shialik. Guruh, partiya, tarafdorlar degan ma`nolarni beradigan arabcha “shia” sO`zidan kelib chiqqan. Shialik O`z ahamiyati va tarafdorlari soniga kO`ra islomdagi ikkinchi yO`nalishdir. U VII asrning ikkinchi yarmida musulmonlarning maxsus va siyosiy guruhi sifatida yuzaga kelgan. U choryorlarning tO`rtinchisi Ali tarafdorla-rini birlashtirgan. U juda kO`p sektalarga bO`linib ketgan. Bular orasida ismoiliylar hozir 35 millionga yaqin tarafdorga ega bO`lib, agaxonlar boshchiligida hozir ham islom doirasida katta rol O`ynamoqda. Shialar Arabistonda paydo bO`lgan teokratik davlat-xalifalikdagi oliy hokimiyat uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida kelib chiqqan. Xalifalikning barcha bosh lavozimlari 644 yildan boshlab quraysh qabilasiga mansub bO`lgan xalifa Usmon boshliq makkalik oqsuyaklar-muhojirlar qO`liga O`tgan. Xulosa Yuqorida zikr qilingan hadislar shu tO`plamdagi 917-raqamli hadisda “Tilla va kumush idishlarda yeb-ichishdan qaytardilar”, - deyilgan. Lekin oltin va kumush idishlardagi taom yoki suyuqlikni chinni, shisha, sopol idishlarga ag`darib olib iste`mol qilish mumkin. (Shariat tomonidan oltin va kumushni kundalik turmushda ishlatishni man etilishi bu dunyoda boylikka, shavq-havas qO`yishni man qiluvchi islom ta`limotidan kelib chiqqan. Oxiratni muhayyo etuvchi toat-ibodatni susaytiruvchi bu dunyoning shavqi-havasi va lazzatidan, boylikdan kambag`al musulmonlar fikrini uzoqlashtiradi). Yuqorida bayon etilgan fikrlardan bilinib turibdiki, shariatda islom qonunchiligining manbalaridan tashqari bir qancha amal, tavsif, urf, qonun, yO`l-yO`riqlar ham mavjud. Diniy huquqdan tashqari dunyoviy huquqdan hali islomgacha yuzaga kelgan mahalliy odatiy huquq-odatlardan keng foydalanilgan. Shariat qonunlari bilan bir qatorda mahalliy xalqlar odati jamoa, davlat hayotini tartibga solishda muayyan ahamiyat kasb etgan, chunki odat huquqi yozilmagan, tabiiy ravishda yuzaga kelib, kO`pincha iqtisodiy, axloqiy, oila va turmush tarziga taalluqli odatiy tartib-qoidalar majmui sifatida shariat bilan bir qatorda keng amal qilgan. Odatning juda kO`p O`ziga xos tartib-qoidalari, maromlari mavjud. Albatta, hamma insonlardagi kabi, Markaziy Osiyo xalqlarining urf-odatlari orasida sof xalqchil, fuqarolik, insoniylik odatlari diniy tus olgan joylari ham bO`lgan. O`rta asrlar sharoitida odatlarning ba`zilari hukmron doiralar manfaatiga xizmat ham qilgan. Hozirgi davrda O`zbekiston xalqlari orasida kishi O`lganidan keyin yettisini, yigirmasini, qirqini, yilini O`tkazish odati keng tarqalgan. Vaholanki, shariat bunday marosimlarni O`tkazish yoki O`tkazmaslik haqida biron-bir kO`rsatma bermagan. Bunday urf-odatlar islomdan oldingi e`tiqodlarga borib taqaladi. Shariat albatta mamlakat hukmdorlari joriy etgan dunyoviy qonun, yO`l-yO`riq, nizom va fatvolardan ham keng foydalangan. Demak, har bir xalq O`ziga xos muayyan sharoitiga qarab qonunlarni amalda tatbiq etgan. Shariat dasturlari, fiqh qonunlari hamma mamlkat sharoiti, tarixida turli oqim va mazhab, muayyan sinf manfaatlariga moslangan holda umumiy qonunlar, juz`iy omillar tarzida tahlil etib, bir qator ziddiyatlarni keltirib chiqargan. Bularning zuhur etilishi, yuzaga chiqishi oqibatida sunniylik doirasida bir qancha diniy-huquqiy maktablar paydo bO`lgan. Download 39.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling