Islom dini musulmon mamlakatlari san`atida o`z izini qoldirdi
Ummaviylar tashqi siyosati
Download 460.3 Kb.
|
Ajal
Ummaviylar tashqi siyosati.VII asr oxiri-VIII asrning boshlariga kelib fuqarolar urushiga chek qo‘yilgandan so‘ng, ummaviylar bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. 667-yili arablar Xalkedon shahrini ishg‘ol etib, Vizantiyani xavf ostida qoldirdi va Sitsiliyani vayron qildi. 698-yili vizantiyaliklar Karfagendan tamoman haydab chiqarildi.
VIII asrning boshiga kelib arablar Gibraltar bo‘g‘ozi hududlariga kirib keldi. 711-yilda Afrika noibligining sarkardasi Tariq ibn Ziyod 7 minglik qo‘shini bilan yarim orolga kelib joylashdi. Shu vaqtdan boshlab bu yer Gibraltar (Tariq tog‘i; arabchada Jebel Tariq) nomini oladi. 711-yilning 19- iyulida Tariq Afrikadan yordamchi kuch olib, 12 minglik qo‘shin bilan 25 minglik qo‘shinga ega bo‘lgan vestgotlar qiroli Rodrigoni mag‘lubiyatga uchratdi. Jangda vestgotlarning oxirgi qiroli halok bo‘ldi. 712-yilda Toledo taslim etildi. Shu tariqa 711-715-yillarda Ispaniya hududlari egallandi. Reyn bo‘yi tizma tog‘larini oshib o‘tib, arab qo‘shinlari 725-yilda janubiy Fransiya tomon xarakatlandi. Xulosa Inson yaralibdiki, xalqlar hech qachon bir-biridan ajragan, o`z qobig`iga berkingan holda yashagan emaslar. Insoniyat erishgan hayotning turli tomonlaridagi ulkan g`alabalar faqat hamkorlik, boshqa xaqlar yutuqlaridan foydalanish, ilg`orlarga yetib olish va o`zib ketishga intilishning mahsulidir. G`arbda Ispaniyadan Sharqda to Xitoy chegaralarigacha bo`lgan mintaqani o`z ichiga olgan buyuk davlat, Xalifalik tarkidagi xalqlar madaniyati shunchalik ravnaq topishining boisi, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sabablar bo`lsa, ikkinchi tomondan islom ta`limotining o`zi bo`ldi. Bu ta`limotda din aqidalari va bilim, ilm-fan shunchalik chambarchas bog`langan ediki, bunday holatni hech qachon va hech qaysi diniy ta`limotda uchratmaymiz. Arab-musulmon madaniyati turli sohalar – me`morchilik, miniatyura, musiqa, xattotlik va kitobat san`ati, amaliy san`at, ilm-fan hamda adabiyotni qamrab oldi. Bu sohalar VII-XI asrlarda misli ko`rilmagan darajada taraqqiy etdi. Islom insoniyat tarixida eng mustahkam hissa qo`shdi, ilm rivojining o`sha davr uchun oliy bo`lgan cho`qqiga ko`tarilishini ta`minladi. Bu taraqqiyot faqat Sharq xalqlari manfaatlariga xizmat qilmay, umum madaniyat, sivilizatsiya rivojiga xizmat qildi. Arab xalifalari o`z davrining buyuk mutafakkirlarini bir joyga to`plab, ularga homiylik qildilar. Bag`dodda tashkil etilgan “Bayt al-hikma” ana shunday olimlar bir yerga jamlangan ilmiy markaz edi. Ta`kidlash joizki, markaziy osiyolik olimlarning Bag`dodda faoliyat olib borishi, insoniyat fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shdi. Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Bakr ar-Roziy, Ahmad al-Farg`oniy kabi olimlarning ismlari butun dunyoda chuqur ehtirom bilan tilga olinadi. Darhaqiqat, Markaziy Osiyo olimlari antik ilmlarning qayta tiklanishida ishtirok etdilar, o`z asarlari bilan qator tabiiy-ilmiy fanlarni bir tizimga solib, fan sifatida shakllantirdilar va ularni yangi fikrlar, g`oyalar bilan boyitdilar. Umuman, bu davr olimlari hech qachon tor ramkadagi millatparast bo`lmaganlar, ular insoniyatga xizmat qilganlar. Haqiqatdan ham amalda shunday bo`ldi. Arab-musulmon olimlari yaratgan ilm-fan Yevropaga o`z ta`sirini o`tkazdi. Bu ta`limotlar boshqa iqtisodiy, ijtimoiy sharoitda yanada rivoj topdi va umuminsoniy sivilizatsiyaga xizmat qildi. Arab-musulmon madaniyatining Yevropaga ta`siri bu mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyoti ana shu ta`sirni qabul qilishni taqozo qildi. Yevropada arab-musulmon madaniyatining ta`siri ilm-fan va san`atdagina emas, balki jamiyat hayotining turli sohalari, kundalik hayotning ikir-chikirlarigacha bo`ldi. Bu haqda professor U.M. Uott shunday deydi: “Musulmon madaniyatining G`arbiy Yevropaga ta`siri, o`ylaganlaridan ancha ortiq bo`ldi. Islom o`zi erishgan moddiy madaniyat, texnikaviy kashfiyotlar ila G`arbiy Yevropa bilan faqatgina sheriklashib Yevropada ilm-fan rivojini rag`batlantiribgina qolmay, Yevropani o`zi haqida yangicha tasavvurga ega qildi”. Islom dini, Pireney yarimorolidan to G`arbiy Xitoygacha bo`lgan yerlarni o`z ichiga olgan xalifalikning ijobiy munosabati natijasida ilm-fan misli ko`rilmagan darajada taraqqiy etdi. Uning umuminsoniyat tarixi uchun ahamiyati beqiyos va uni hech qanday jarayon bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Hozirgi fanlarning poydevori o`sha vaqtlarda yaratilgan, uning amalga oshirilishida ishtirok etganlarning aksariyati Markaziy Osiyolik olimlar bo`lganlar. Diniy e`tiqodi yagona bo`lgan turli millat, xalq vakillarining aql-zakovati, idroki, bilimi, ma`naviy boyliklari bir maqsadga qaratilganligi va islom dinining birlashtiruvchi kuchi tufayli ilm-fan va madaniyat bobida umuminsoniy g`alabaga erishildi. Download 460.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling