Islom dini tarixi Oʻrta asrlarga tegishli ilmiy manbalar


Download 52.29 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi52.29 Kb.
#1305637
Bog'liq
ISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI


ISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI
REJA:

  1. Islom dini

  2. Islom dini tarixi

  3. Oʻrta asrlarga tegishli ilmiy manbalar

Islom dini va falsafasiga doir tadqiqotlarni chuqurlashtirish, arab-musulmon sivilizatsiyasiga bugungi kun nuqtai nazaridan yondashish kerak. Shuning uchun ham falsafa tarixiga doir tadqiqotlarni kengaytirish, unda islom madaniyati va falsafasida ilmiy-intellektual faoliyat rivojlanishiga oid izlanishlarning mantiqiy izchilligini taʼminlash zarur. Bu orqali bugungi kunda islomning asl insonparvarlik mohiyatini, ilmni qadrlovchi jihatlarini ochib berish mumkin boʻladi. Zero, Prezidentimiz aytganidek: “Bugungi kunda butun insoniyat hayotiga tahdid solayotgan xavf-xatarlarga qarshi, jaholatga qarshi – maʼrifat asosida kurashish, dinimiz pokligini saqlash boʻyicha mamlakatimiz tomonidan nufuzli xalqaro minbarlardan qator amaliy tashabbuslar ilgari surilmoqda. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” degan nom bilan maxsus rezolyutsiya qabul qilish haqida bildirilgan taklifimiz jahon miqyosida keng qoʻllab-quvvatlanmoqda” [1:482]. Bunday islohotlarni jadallashtirish, ilmiy tadqiqotlarni koʻpaytirish, ilm-fanni rivojlantirish, umuman olganda, jamiyatning maʼrifatlilik darajasini oshirish orqali jaholatga qarshi samarali kurashish mumkin boʻladi.


Gʻarb va Sharq olimlari, sharqshunoslari islom falsafasining Yevropa falsafasi va xristian ilohiyoti, hind va fors madaniy merosi bilan bevosita yoki bilvosita aloqasi borligini eʼtirof etadi. Oʻrta asrlarga tegishli ilmiy manbalarda ham bu argument toʻla isbotlangan. Islom falsafasi suriyaliklar, arablar, eronliklar, turkiy xalqlar, barbarlar va boshqa millat vakillarining dunyoqarashi va asarlari asosidagi murakkab fikriy jarayonning hosilasidir. London imperial kolleji professori Rim Turkmaniyning fikricha: “Islom tamadduni faqat qadimgi yunon falsafasinigina saqlab qolgani yoʻq. Musulmonlar insoniyatning asrlar davomida toʻplagan intellektual-ilmiy merosini toʻliq egallab, nafaqat astronomiya va matematika, balki boshqa barcha bilimlarni ham oʻzlashtirdi va bashariyatni mutlaqo yangi ilmiy darajaga olib chiqdi. Arablar gʻoyatda qiziquvchan, izlanuvchan odamlar edi. Tarjimonlik harakatining dastlabki yillaridan boshlab islom olimlari yangi, inqilobiy gʻoyalarni ilgari surdi” [2:61]. Natijada keyinchalik Yevropa madaniyatiga taʼsir koʻrsatgan, ilm-fani uchun nazariy asos boʻlgan meros yaratildi. Ulardan gʻarbliklar asrlar davomida foydalandi.
Sharqshunos olimlarning tahliliga koʻra, ummaviylarga qaraganda abbosiylar davrida ilm-fan yaxshi rivojlangan va buning uchun yetarlicha tinch va ragʻbatlantiruvchi ijtimoiy muhit shakllangan. Tarixchi olim B.Abduhamidovning fikricha, ummaviylar hukmronligi yillarida diniy ilmlar va arab tiliga eʼtibor berilgan boʻlsa, abbosiylar davrida tabiiy-ijtimoiy va boshqa fanlarga eʼtibor kuchaydi [3:10]. Abbosiylar sulolasining intellektual madaniyat yaratish istagi nafaqat islom saltanatidagi, balki dunyoning koʻplab olimlarini ham oʻziga jalb qildi. Biroq bu ummaviylar davrida ilm-fan rivojlanmadi, degani emas. Ummaviylar xonadonidan chiqqan xalifalar deyarli bir asr davomida hokimiyatni mustahkamlash bilan band boʻldi. Bu jarayon ular davrida ilm-maʼrifat abbosiylar davridagidan koʻra biroz sustroq rivojlanishiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Bu davrda Yaqub Rahoviyning ilohiyot va falsafaga doir asarlari ommalashishi erkin fikr mavjud boʻlganidan dalolat beradi. London imperial kolleji professori Rim Turkmaniyning fikricha: “Bu yerda musulmonlar, nasroniylar, yahudiylar, sobiylar va boshqa olimlar yonma-yon ishlagan. Turli maktab vakillari hamkorlik qilgan bu erkin ijodiy muhit ularga yangi-yangi kashfiyotlar uchun barcha sharoitlarni muhayyo etgan” [4:61]. Natijada islom madaniyati yanada rivojlangan.
Alambe Jourdanning 1819 yilda nashr etilgan “Arastu asri yunon hujjatlarining arab tiliga qilingan tarjimalari tanqidi” kitobi yunon madaniyati va ilmiy merosining arab mintaqasiga kirib kelishi va koʻrsatgan taʼsirini yorituvchi dastlabki manbalardan biridir [2:18-19]. Bu manbada islom falsafasiga xristian sivilizatsiyasi, yunon falsafiy taʼlimotlari va lotin tilidagi ilmiy yutuqlarning taʼsiri ochib berilgan. 1852 yili Ernest Renanning “Ibn Rushd va uning falsafasi” [7:65] nomli kitobi nashr etilgan va unda bu mutafakkirning qarashlari shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan omillar va yunon falsafasining taʼsiri yoritib berilgan. Solomon Munkning “Yahudiy va arab falsafasi majmui” [8:88] nomli asarida yahudiylar va arablarning ilmiy-intellektual faoliyatidagi oʻziga xosliklar, oʻxshash jihatlar va vorisiylik asoslari tahlil qilingan. Islom falsafasining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan Gʻarb madaniyati anʼanalari va diniy taʼlimotlarining asoslari oʻrganilgan va bu asar hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
Oʻtgan asrning boshida De Boyer “Islomda falsafa tarixi” [9:122] asarini nashr ettirgan va unda islom falsafasi va ijtimoiy fikr rivojining oʻziga xos xususiyatlari, erishgan yutuqlari, faylasuf olim va mutafakkirlarning islom nuqtai nazaridan pozitsiyalari tahlilini keltirgan. Shuningdek, bu davrda De Lasi Oleariyning “Islomiy tafakkur va uning tarixdagi oʻrni” [10:124] asari ham nashr etilgan va unda islom diniy-falsafiy tafakkurining shakllanishi, rivojlanishi va oʻziga xos goʻzal shaklga ega boʻlishiga taʼsir koʻrsatgan ijtimoiy muhit va madaniyatlarning aloqasi va vorisiyligi tadqiq etilgan. Shu bilan birga, Kruz Hernandezning “Andaluziya musulmon falsafasi” [11:174], Montgomeri Uottning “Islom falsafasi va ilohiyoti” [12], Henri Korbonning “Islom falsafasi tarixi” [13:82], Mojed Faxriyning “Islom olamida falsafa dovoni” [14:88] kitoblari nashr etilgan. Bu asarlarda ham islom falsafasining shakllanishi va rivojlanishiga ilmiy-intellektual faoliyatning, ilmiy yutuqlarning yuzaga kelishiga taʼsir koʻrsatgan omillar, tashqi taʼsirlar, Gʻarb falsafasining kirib kelish jarayonlari tahlil qilingan.
Abbosiylar davrida islom ilm-fani va madaniyati rivojiga taʼsir koʻrsatgan eng asosiy omillardan biri erkin ijtimoiy muhit va ragʻbatlantiruvchi sharoit yaratilishi boʻlgan. Bu davrda ilm va ilm ahliga nisbatan izzat-hurmat shunchalik yuqori darajada ediki, bunday holatni na biror davr, na biror mamlakatda, hatto koʻklarga koʻtarib maqtalgan Yevropada ham uchratmaymiz [16:198].
Islom falsafasining shakllanishiga nafaqat yunon madaniy va ilmiy merosi, balki Eron va Hindistondagi falsafiy fikrning rivoji, ilmiy va diniy taʼlimotlarning taʼsiri ham kuchli boʻlgan. Natijada u sayqallanib borgan va oʻzida tarli madaniyatlarning ijobiy jihatlarini mujassamlashtirgan.
Faylasuf olim M.Qodirovning fikricha: “Eng qadimgi arab tilidagi manba boʻlgan Ibn Nadimning “Al-fehrist” (“Roʻyxat”) kitobidagi maʼlumotlarga koʻra, birinchi marta kimyo, astronomiya va tabobatga doir asarlarni arab tiliga tarjima qilish tashabbusi Ummaviy amir Xolid ibn Yazidga taalluqli ekan. Ilgari zardushtiylik dinida boʻlib, keyin islomga kirgan Abdullo ibn Muqaffaning hind olimi Bidpoy Hakimning “Kalila va Dimna” asarini paxlaviy tilidan arabchaga tarjima qilgani katta ahamiyatga ega boʻldi. Uning qadimgi fors tilidan arab tiliga qilgan tarjimalaridan “Xudoynoma” (“Qadimgi fors davlatchiligi tarixi”), “Oyinnoma” (“Yoʻl-yoʻriqlar, urf-odatlar”), “Mazda kitobi”, “Anushervonning hayot yoʻli” va boshqa adabiy-axloqiy risolalari islom mintaqasi madaniyatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan” [17:13]. Shunday ekan, islom falsafasi oʻz davrida turli madaniyatlar kesishuvi, uchrashuvi, hamkorligi va oʻzaro sintezlashuvining hosilasi sifatida yuzaga keldi va oʻzida boshqa madaniyatlarning eng goʻzal anʼanalarini takomillashtirganini namoyon qildi.
Mashhur tarjimon Ibn Muqaffa Abbosiy xalifa Mansur uchun Arastuning “Kategoriyalar” (“Maʼqulot”), “Birinchi analitika” (“Tahlile avval”), Porfiriyning “Isogʻuchi” (“Mantiqqa kirish”) asarlarini arab tiliga tarjima qilgan. Shuningdek, bu xalifaning hukmronligi davrida Arastuning bir nechta risolasi, Ptolemeyning “Almagest”, Yevklidning “Geometriya usuli” va boshqa bir qancha asarlar arab tiliga tarjima qilingan. Zero, G.E.fon Gryunebaumning fikricha: “Agar grek, suryoniy va eroniy madaniyat orqali oʻtgan ellinistik merosning taʼsiri boʻlmaganda, klassik musulmon madaniyati yuksak darajaga erisha olmagan boʻlur edi” [14:45]. Shuningdek, London qirollik kolleji professori Peter Adamsonning taʼkidlashicha: “Yevklidning “Ibtidolari” matematika tarixida eng ulkan inqilob yasagan asarlardan biridir. Yevklid uni qadimiy Yunonistonda, Arastu va Aflotun davrida yozgan. Uning sahifalarida chizmalar juda koʻp, chunki bu geometriyaga oid kitobdir. “Ibtidolar” qadimiy yunon olimlari uchun ham, zamonaviy olimlar uchun ham ilmiy ijod namunasi boʻlib, undagi bilimlar birlamchi asoslarga suyangan holda hosil qilingan. Biroq eng qizigʻi shundaki, Yevklid qalamiga mansub bu kitob IX asrda Bagʻdodda Yevropa xalqlari tiliga yunonchadan emas, arab tilidan tarjima qilingan. Tarjima keng koʻlamli ilmiy loyiha doirasida amalga oshirilgan. Abbosiy xalifalarning amriga muvofiq, qadimgi yunon olim va faylasuflarining asarlari arab tiliga tarjima qilingan” [13:26]. Olimning xulosalaridan koʻrinadiki, bu davrda tarjimonlikka sharafli faoliyat sifatida qaralgan va unga hukmdorlar yetarlicha moliyaviy mablagʻ yoʻnaltirgan. Bu esa ilmiy-intellektual faoliyatning rivojlanishiga asos boʻlgan.
Oʻrta asrlar islom falsafasi va madaniyatining yutuqlaridan keyinchalik yevropaliklar ham bahramand boʻldi. Irlandiyalik arabshunos olim M.Uott “Islomning Oʻrta asr Yevropasiga taʼsiri” nomli asarida boshqa yevropalik olimlardan farqli oʻlaroq, quyidagi haqiqatni tan olgan: “Yevropaliklar ayniqsa falsafa va tibbiyot sohasida musulmon madaniyatidan qanchalik qarzdor ekanini toʻliq his qilganicha yoʻq. Koʻpincha musulmon madaniyatining ijobiy taʼsiri va koʻlamini pasaytirish, hatto tamoman esga olmaslikka urinamiz. Bizning musulmonlar bilan yaxshi munosabatimiz ularning oldida qanchalik qarzdor ekanimizni tan olishga majbur qiladi. Buni yashirish yoki tan olmaslik soxta gʻururdan boshqa narsa emas” [13]. Yevropaliklar Sharq xalqlarini mensimay, oʻzini qanchalik baland olmasin, ularga madaniyat, sanʼat, adabiyot, turmush tarzi, kiyinish va hokazolar arab-musulmon madaniyatidan oʻtgani ayni haqiqat.
Xulosa qilganda, ilk Oʻrta asrlarda islom madaniyati va falsafasining shakllanishida va rivojlanish choʻqqisiga chiqishida, Gʻarb madaniyati, yunon ilmiy merosi va xristian dunyoqarashining taʼsiri yuqori boʻlgan boʻlsa, Oʻrta asrlarning ikkinchi va uchinchi davrida Sharq madaniyati va ilm-fani yutuqlari Gʻarb olamiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Umuman olganda, arablar Eron, Xindiston va Xitoyning madaniy yutuqlarini sintezlangan va takomillashgan koʻrinishda yevropaliklarga taqdim etgan. Islom falsafasi---Bu islom an'analariga mansubligi bilan ajralib turadigan falsafadagi rivojlanishdir.Arab tilida lotin tiliga“falsafa”deb tarjima qilingan ikkita atama bor va ular “falsafa”,ya’ni falsafa bilan bir qatorda mantiq,matematika va fizika hamda “nutq ilmi”ga ham tegishli;Bu diniy e'tiqodlarni mantiqiy dalillar bilan isbotlashni maqsad qilgan fanga ishora qiladi.
Ilk islom falsafasi islom taqvimining II asrida(milodiy IX asr boshlarida)Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy bilan boshlanib,hijriy VI asrda (milodiy XII asr oxiri) Ibn Rushd bilan yakunlangan bo‘lib,u keng ko‘lamda bir vaqtga to‘g‘ri kelgan.Islom uchun Oltin asr deb nomlanuvchi davr bilan.Ibn Rushdning o'limi islom falsafasining odatda arab peripatetik maktabi deb ataladigan muayyan fanining tugashini belgilab berdi va Andalusiya va Shimoliy Afrika kabi g'arbiy islom mamlakatlarida
Islom falsafasi Sharqiy islom mamlakatlarida,xususan,Fors Safaviylar davlati va Usmonli va Moʻgʻul imperiyalarida koʻplab falsafa maktablari Avitsennaya (Ibn Sinoga nisbatan)Rushdizm(Ibn Sinoga nisbatan)ravnaq topishda davom etgan.Rushd),nuroniy falsafa va so‘fiylik falsafasi, transsendental hikmat falsafasi va Isfahon falsafasi.
Ibn Xaldun oʻzining“Muqaddima” asarida tarix falsafasiga muhim hissa qoʻshgan.Islom falsafasiga qiziqish XIX asr oxiri–XX asr boshlarida arab uyg‘onish harakati davrida kuchaydi va hozirgacha davom etmoqda
Islom falsafasi nasroniy Yevropada katta taʼsirga ega boʻldi,chunki arab falsafiy matnlarining lotin tiliga tarjimasi “Oʻrta asr lotin dunyosidagi deyarli barcha falsafiy fanlarni oʻzgartirib yubordi”bunda tabiiy falsafa,psixologiya va metafizikaga ixtisoslashgan musulmon faylasuflarining ayniqsa kuchli taʼsiri boʻldi.
“Islom falsafasi”atamasi islom olamida ishlab chiqarilgan falsafaga ishora qiladi va bu umumiy atama boʻlib,turli yoʻllar bilan taʼriflanishi va ishlatilishi mumkin.Bu atama keng ma’noda koinotning yaratilishi va Yaratuvchining irodasiga oid islomiy matnlardan kelib chiqqan holda islomning dunyoqarashini bildiradi.Boshqacha aytganda,bu islom imperiyasi davrida yoki arab-islom madaniyati va islom sivilizatsiyasi davrida gullab-yashnagan har qanday ta'lim maktabini anglatadi.Tor ma'noda falsafa so'zi Falasafa tarjimasi bo'lib, u maxsus tafakkur maktablarini anglatadi, ularning aksariyati Platonik va Aristotelchi kabi yunon falsafiy yondashuvlarining ta'siri ko'rastgan
Islom falsafasi diniy masalalar bilan bog'liq emas va faqat musulmonlar tomonidan ishlab chiqarilgan emas.Islomdagi barcha mazhablar ham falsafiy izlanishning foydali yoki qonuniyligini tan olmaydilar.Ba'zilarning ta'kidlashicha, insonning cheklangan bilimi va tajribasi sizni haqiqatga olib borishi mumkinligiga ishora yo'q.Shuni ham ta'kidlash kerakki,"aql"islomda huquq manbai sifatida tan olinishi mumkin bo'lsa-da,u falsafadagi "aql"dan butunlay boshqacha ma'noga ega bo'lishi mumkin.
Islom falsafasi tarixi mavzuni to‘g‘ri talqin qilish borasidagi kelishmovchiliklar bilan ajralib turadi.Ba'zi asosiy masalalar qatoriga Avitsenna kabi Sharq mutafakkirlari va Averroes kabi G'arb mutafakkirlarining nisbiy ahamiyati va islom falsafasini nominal qiymatda o'qish mumkinmi yoki uni satrlar orasida talqin qilish kerakmi? Leo Shtraus kabi oxirgi gipoteza tarafdorlari islom faylasuflarining diniy ta'qiblardan qochish uchun haqiqiy mo'ljallangan ma'nolarni yashirgan holda yozishga moyilligini ta'kidlaydilar,ammo boshqa tomondan,Oliver Lemann kabi boshqa olimlar bor.
Klassik yoki ilk islom falsafasining asosiy manbalari islom dinining oʻzi(ayniqsa,Qurʼondan olingan va talqin qilingan gʻoyalar)hamda islomgacha boʻlgan hind falsafasi bilan birga istilolar natijasida ilk musulmonlarga meros boʻlib qolgan yunon falsafasidir.Falsafa va fors falsafasi.Ko'pgina ilk falsafiy munozaralar yunon falsafasida mujassamlangan din va aqlning uyg'unligiga qaratilgan edi.
Falsafa so'ziga eng yaqin so'z "hikmat" so'zi bo'lib,u asosiy islom matnlarida (Qur'on va Sunnatda) qo'llaniladi.Shuning uchun ko'plab musulmon faylasuflari "donishmandlik" so'zini sinonim sifatida ishlatishlarini uchratamiz.Arab-islom tafakkuriga kirgan“falsafa”so‘zi uchun."Falsafa"so'zi yunoncha bo'lib,ikkita yunon bo'g'inidan iborat:"philien" "sevmoq"va"sophia" "donolik" degan ma'noni anglatadi.Falsafada musulmon faylasuflari uchun bir qancha ta’riflar mavjud,jumladan,al-Kindiy aytganlaridek: Va agar islom sivilizatsiyasi kontekstida falsafa so'zi yunon-g'arb falsafasi tushunchalari bilan bog'liq bo'lib qolgan bo'lsa,biz umumiy ma'noda islom falsafasi haqida umumbashariy tushuncha va hayot tabiatidagi tadqiqot sifatida gapirishga harakat qilsak,biz quyidagilarni o'z ichiga olishimiz kerak. Islom (arabcha: اَلْإِسْلَامُ, al-’Islām — „boʻysunish“, „itoat etish“) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (xristianlik va buddaviylik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha „muslim“ („sadoqatli“; koʻpligi „muslimun“) deb ataladi[1]. „Muslim“, „muslimun“ soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (masalan, forslarda — musalmon, oʻzbeklarda — musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda — musulmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi, lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.
Jahonda dunyo aholising 24,9%i, yaʼni 1,1—1,8 milliard kishi Islomga eʼtiqod qiladi[2][3]. Musulmonlarning 2/3 qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20%idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi — Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil, mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afgʻoniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80%dan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80%igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkina-faso, Syerra-Leone va boshqa)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Bosniya va Gersegovina, Albaniya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya va boshqa), Amerika qitʼasi mamlakatlari (AQSh, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi.
Islom VII asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad sanaladi. Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh taolo tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb hisoblanadi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu Xudo, yaʼni Alloh odamlarga paygʻambarlar va elchilar yuborgan, ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammadni tanladi, unga oʻzining kalomi — Qurʼon nozil qildi. Muhammad oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona Xudo — Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat etdi. Qurʼonga koʻra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim Allohga birinchi boʻlib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi eʼtiqod emas, balki Ibrohimga nozil boʻlgan dinidir.

Muhammadga, 40 yoshida (milodiy 610-yil) vahiy (ilohiy koʻrsatma) kelishni boshladi, biroqbir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning koʻpchilik aholisi, ayniqsa, Quraysh qabilasining zodagonlari uning targʻibotlariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar. Muhammadni yolgʻonchiga chiqarib juda katta zulm koʻrsatildi. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga hijrat qilishdi, Yasribdagi Banu Avs va Banu Hazraj qabilalarining vakillari 622-yilda musulmon jamoasini oʻziga qabul qilish, Muhammadni paygʻambar va Allohni yagona deb tan olishdi. Hijrat nomini olgan bu voqea Islom tarixida burilish yasadi. Koʻchib oʻtgan kishilar muhojirlar (koʻchib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Madina va Makka oʻrtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi (qarang Badr jangi, Uhud jangi, Xandaq jangi va boshqa). 628-yilda Makka zodagonlari Muhammad bilan kelishishga majbur boʻldilar (qarang Xudaybiya sulhi). 630-yilda musulmonlar qoʻshini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Allohning elchisi deb eʼtirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Kaʼba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Muhammad vafot etgan 632-yilda Arabiston yarimoroli toʻla birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil boʻlib xizmat qildi.


Muhammad vafotidan soʻng, Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib paygʻambarning oʻrinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar. Ular va ulardan keyingi xalifalar VII-VIII asrlarda Iroq, Falastin, Suriya, Eron, Movarounnahr, Misr, Shimoliy Afrika, Pireney yarimoroli, Shimoliy Hindistonni fath qilishdi. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shimoliy Xitoydan Ispaniyagacha, Kavkazortidan Hind okeanigacha boʻlgan katta hududni zabt etdilar va Islom dinini yoydilar (qarang Arab xalifaligi).
Islomning muqaddas kitobi Qurʼondir. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni Allohning vahiy qilgan dalolati deb tushuniladi. Islomning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy meʼyorlari, cheklash va taʼqiqlari Qurʼon bilan birga uning tafsirlarida, hadis toʻplamlari va shariat qoʻllanmalarida, shuningdek, VIII-XII asrlarda vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida oʻz ifodasini topgan.
Islomning asosiy aqidasi — „Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad uning rasuli“. Islom ilohiyotining ilk shakli — kalom boʻlib, VIII asrda Arab xalifaligida vujudga kelgan. Mutakallimlar Islom dini aqidalarini ishlab chiqqanlar.
Islom dini 5 „asos“ yoki „ustun“ (arkon ad-din al-islomiy)ga ega:
1) Kalimai shahodat;
2) Namoz oʻqish;
3) Roʻza tutish;
4) Zakot berish;
5) imkoniyat topilsa haj qilish.
Shulardan birinchisi iymon va qolganlari ibodat deb eʼtirof etilgan. Imon 7 aqidani — Allohga, uning farishtalariga, muqaddas kitoblariga, paygʻambarlariga, oxirat kuniga, taqdir (yaxshilik va yomonlik Allohning irodasi bilan boʻlishi)ga va oʻlgandan keyin tirilishga ishonishni oʻz ichiga oladi. Islomda roʻza hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, aqiqa, mavlid kabi oʻziga xos diniy marosim va bayramlar tarkib topgan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda Islomgacha mavjud boʻlgan urf-odatlar, jumladan, fol ochirish, dam soldirish, aziz-avliyolarga, muqaddas joylarga sigʻinish ham Islom marosimchiligiga moslashib ketgan. Bu narsa, ayniqsa, Markaziy Osiyo musulmonlari orasida hali hanuz saqlanib qolgan. Aslida, Islom aqidasiga koʻra, joylarga sigʻinish, shaxslarga sigʻinish, fol ochish va fol ochdirish, harom qilingan, yaʼni Alloh taolodan oʻzgasidan koʻmak soʻrash taʼqiqlangan.
Islomda ilk davrdan paydo boʻlgan eng birinchi yirik muammo — oliy hokimiyatni egallashga paygʻambardan keyin kim haqliroq, degan masala boʻldi. Ali tarafdorlari „shia“ nomini olib, Islomda birinchi boʻlinishni boshlab berdilar. Uchinchi xalifa Usmon aynan shu boʻlinishning qurboni sifatida jon taslim qildi. Ikki taraf — sunniylik va shialik oʻrtasidagi kurash asnosida xorijiylar deb atalgan uchinchi yoʻnalish ham paydo boʻldi, ammo Islom tarixi uzra sunniylik (90%dan ziyod) asosiy yoʻnalish boʻlib keldi. Oʻrta asrlarda hukmronlik qilgan abbosiylar, saljuqiylar, ayyubiylar, mamluklar, usmonli turklar, temuriylar sulolalari sunniylikda edilar. Hozirgi kunda ham sunniylar musulmonlarning mutlaq koʻpchiligi (93%)ni tashkil etadi. Birdan-bir davlat — Eronda shialik rasmiy diniy yoʻnalish sifatida qabul qilingan. Iroq, Livan, Shimoliy Yaman, Ozarbayjon va Afgʻonistonda shialarning yirik jamoalari mavjud. Ummon va Shimoliy Afrikada xorijiylarning baʼzi toifalari saqlanib qolgan.
Musulmon huquqshunosligi — fiqhda 4 sunniy (hanafiylik, shofiʼiylik, molikiylik, hanbaliylik) va 1 shia (Jaʼfariylik) mazhablari shakllangan. Mazhablar diniy firqalardan farq qiladi. Firqalar, asosan, geografik va iqlimiy omillar hamda Islomni qabul qilgan xalqlarning oldingi madaniyati, anʼanalari va diniy tasavvurlari taʼsirida vujudga kelgan. Ularning aksariyati shia yoʻnalishiga mansub boʻlib, eng yiriklari — imomiylar, ismoiliylar va zaydiylardir. Islomda ilk davrlardan shariat (barcha toʻla rioya qilinishi kerak boʻlgan qonunchilik) bilan tariqat (faqat ayrimlar Alloh xayrixohligiga muyassar boʻlishi mumkinligi) yonma-yon rivojlanib kelgan. Tariqat asoschilari — murshidlarning „valiyneʼmati“ asrlar osha hozirgi avlodgacha yetib keladi, degan tushuncha bor. VIII-IX asrlarda Islomda diniy-falsafiy oqim — tasavvuf paydo boʻldi. Sharqda eng mashhur boʻlgan tasavvuf tariqatlari — naqshbandiylik, qodiriylar, shoziliylardir.
Islom dinining muhim xususiyatlaridan biri — uni qabul qilgan xalqlar vakillari uchun Islom aqidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish imkoniyatini berganidadir. U oʻziga xos 3 taraqqiyot bosqichi yoki davrni oʻtadi. Birinchisini, shartli ravishda, Qurʼon davri deb atash mumkin. Qurʼoni Karimda oʻz aksini topgan Arabiston aholisining diniy ongi darajasini ifoda etuvchi diniy-siyosiy va ijtimoiy qarashlar, huquqiy va axloqiy mezonlar butun musulmon olami uchun hozirgacha shak-shubhasiz umumiy qadriyat hisoblanadi. Deyarli 4 asr davom etgan ikkinchi davr Islomda umumislomiy ahkomlar hukmronligi ostida turli fikrlar yoʻl qoʻyilgani bilan ajralib turadi. Islomdagi yoʻnalishlar, mazhablar va firqalar ana shu davrda paydo boʻldi. Musulmonlarning diniy birligi hal qilib boʻlmaydigan muammo boʻlib qoldi. X-XI asrlarda anʼanaga sodiq sunniylar bilan imomiy shialar, mutaziliylar hamda ashʼariylar oʻrtasida munosabatlar, ayniqsa, keskinlashib ketdi. Xalifa Qodir (991 — 1031) anʼanaviy Islomni qonun asosida barcha uchun majburiy boʻlgan davlat dini deb qaror toptirishga urinib koʻrdi. Shu maqsadda anʼanaga sodiq ilohiyotchilar imzolagan „Dinning qodiriy ramzi“ eʼlon qilindi. Unda „haq din“ deb eʼlon qilingan anʼanaviy diniy taʼlimotning asosiy qoidalari mufassal bayon qilib berildi, undan chetga chiqish jazolashga loyiq eʼtiqodsizlik deb qaraldi, biroq bu tadbir ham Islomda diniy birlik oʻrnatilishiga olib kelmadi. Gʻoyaviy kurash keyingi asrlarda ham davom etdi. Islomdagi uchinchi taraqqiyot bosqichi musulmon dunyosi „chekka“ oʻlkalarining ahamiyati va oʻrni ortganligi bilan bogʻliqdir. Batamom oʻzga madaniy anʼanalarga ega boʻlgan xalqlar musulmon dunyosining maʼnaviy hayotiga qoʻshilgach, Islomga oʻz diniy-axloqiy tasavvurlari, huquqiy meʼyorlari va odatlarini olib kirdilar. Movarounnahr, Eron, Shimoliy Afrika, Hindiston, Indoneziya kabi yirik tarixiy-madaniy mintaqalarda Islom oʻziga xos xususiyatlar kasb etadi.
Islomning rivojlanishiga Movarounnahrda yetishib chiqqan allomalar katta hissa qoʻshdi. Imom Buxoriy kitob holiga keltirgan hadislar toʻplami — „Al-Jome as-Sahih“ Islom dinida Qurʼoni Karimdan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Buxoriy va uning safdoshlari Islom ilohiyotining barcha yoʻnalishlari boʻyicha muhim tadqiqotlar qildilar. Jumladan, Islom nazariyotchiligida yuqori baholanadigan „Ilal ashshariat va Xatm ul-Asliyot“ risolasini taʼlif etgan Hakim Termiziy, Islom huquqshunosligini oʻrganishning asosiy qoʻllanmasi hisoblangan „Hidoya“ning muallifi Burhoniddin Margʻinoniy, Islom aqidasi asoslarini muayyan tartibga solgan, kalom ilmida maktab yaratgan Imom Moturidiy (qarang Moturidiylik), buyuk faqih Abu Lays Samarqandiy, musulmon dunyosining eng eʼzozli muxaddislaridan Iso Termiziy, qomusiy ilmlar sohibi, xususan, tafsir, hadis, shariat qonunshunosligida salmoqli asarlar bitgan Zamaxshariy, tasavvufda oʻziga xos iz qoldirgan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Mahdumi Aʼzam, Najmiddin Kubro, Soʻfi Olloyor, Xoʻja Ahror, Abduxoliq Gʻijduvoniy va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Ular musulmon eʼtiqodini xalq dunyoqarashi bilan uygʻunlashtirganliklari tufayli Oʻrta Osiyoda madaniy hayotning adabiyot, meʼmorlik, musiqa kabi sohalarida taraqqiyot yuzaga keldi.
Islom dini musulmon mamlakatlari sanʼatida oʻz izini qoldirdi. Meʼmorlik sohasida bu jarayon yangi imorat turlari (masjid, minora, xonaqoh, madrasa va boshqa)ning paydo boʻlishiga hamda keng tarqalishiga sabab boʻldi. Islom dini paydo boʻlgan davrda avj olgan butparastlik, suratparastlikni oldini olish maqsadida Muhammad suratkashlikni qattiq taʼqiqlab qoʻygan edi. Shu asosda Islomning yirik mutafakkir huquqshunoslari ham tasviriy sanʼatning bu turini taʼqiqlangan ishlar qatoriga qoʻshganlar. Bundan ular amaliy sanʼat turlari, naqsh, bezak va oʻsimliklar suratini istisno qilishgan. Islomda inson suratini chizish yoki uning haykalini yasashning taqiqlanishiga asosiy sabab — paygʻambar va aziz-avliyolarning rasmlarini chizib yoki haykallarini yasab, ularga sigʻinib ketish xavfining mavjudligi boʻlgan. XX-XXI asrlarga kelib, Islom dunyosi ulamolarining bu sanʼatga munosabatlariga yana bir karra aniqlik kiritildi: ilohiylashtirish va odamlarning sigʻinishi maqsadida inson rasmini chizish mumkin emasligi eʼtirof etildi. Ulamolarning bergan fatvolariga koʻra, musulmonlarga fahsh va uyat narsalarni ifoda etuvchi rasmlar, but, sanam va ikona tasvirlar qatʼiyan taʼqiqlangan.
Musulmon Sharqi VIII-XI asrlarda taraqqiyotda Gʻarbdan oldinda edi: gʻarb olimlari musulmon faylasuflari va tabiblaridan saboq olishgan; gʻarb savdogari Islom dunyosidagi savdoning koʻlamiga havas bilan qaragan; sharq tovarlari gʻarbda zeb-ziynat mollari hisoblangan. Sharq shaharlarining boyligi va hashamati gʻarb uchun afsonadek tuyulgan. Bularning barchasida asosiy mafkura vazifasini bajargan Islomning ijobiy xizmati buyuk, albatta, ammo XII-XIII asrlardan keyin musulmon dunyosi dastlab turgʻunlik, soʻng tanazzulga yuz tuta boshladi. Baʼzilar konservativ (qotib qolgan) din sifatida Islom taraqqiyotga toʻsiq boʻldi, deya unga katta ayb qoʻymoqchi boʻladilar. Aslida soʻnggi oʻrta asrlarda yuz bergan musulmon dunyosining tushkunligi juda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bogʻliq boʻlib, oʻsha davrdagi Islomning oʻzi ana shu tushkunlikning muayyan shaklidagi ifodasi edi.
XIX asr boshidan XX asrning 2-yarmigacha oʻtgan bir yarim asrlik davr Islomning rivojlanishida muhim burilish bosqichi boʻldi. Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishidagi oʻzgarishlar yangi sinf — milliy burjuaziyaning vujudga kelishi, milliy-ozodlik harakatining avj olishi — bularning hammasi Islomning jamiyatdagi mavqeiga boʻlgan qarashlarda ham, ijtimoiy hayotdagi yangiliklarni Islom nuqtai nazaridan baholashda ham oʻzgarishlar yasadi. Islom diniy-falsafiy va huquqiy meʼyorlarining yangi tarixiy sharoitga moslashish jarayoni XIX asr oʻrtalaridan boshlanib, hozirgacha davom etmoqda. Bu jarayonni koʻpgina tadqiqotchilar „Islom islohotchiligi“ deb ataydilar, u xristian reformatsiyasidan tubdan farq qiladi. Bu tafovut, birinchidan, shundan iboratki, mazkur jarayonlar turli davrlarda, turlicha muayyan tarixiy sharoitlarda roʻy berdi. Ikkinchidan, „Islom islohotchiligi“ dunyoviy hayotning turli jihatlarini diniy nuqtai nazardan qayta baholashda namoyon boʻldi va sof ilohiyotga doir masalalarga daxli boʻlmadi. Uchinchidan, Islomda xristianlarnikiga oʻxshash cherkov bilan ruhoniylarni bogʻlab turuvchi tizim boʻlmaganidan Islomdagi islohotlar xususiyatiga jiddiy taʼsir qildi.
Oʻrta asrlarda tarkib topgan musulmon sud tizimida katta oʻzgarishlar yuz berdi. Musulmon huquqi tizimining oʻzi ham muayyan darajada oʻzgardi: shariat sudlari huquqi asta-sekin cheklana bordi; XIX asr oʻrtalariga kelib, Usmoniylar imperiyasi hududida shariat sudlari va dunyoviy sudlarning vakolati butunlay chegaralab qoʻyildi. Bir qancha mamlakatlarda shariatda koʻzda tutilmaydigan jinoyat kodekslari va boshqa huquqiy hujjatlar joriy qilindi. Misrda Muhammad Alining islohotlari va Usmoniylar imperiyasidagi tanzimot siyosati (islohotlar) tufayli Islomning ijtimoiy hayotdagi mavqeida muayyan oʻzgarishlar roʻy berdi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish talablari musulmon ilohiyotchilari va huquqshunoslarini islomning bir qancha anʼanaviy qoidalarini yangicha talqin etishga majbur eta boshladi, biroq bu jarayon oson kechmadi va uzoqqa choʻzilib ketdi. Bu jumladan, musulmon mamlakatlarida bank tizimini yaratish joizmi (yoki gunohmi) degan masala yuzasidan boshlangan munozarada oʻz aksini topdi. Musulmon mamlakatlarida tadbirkorlikning avj olishi shariat qoidalarini ham, musulmonchilikdagi boshqa anʼanaviy tamoyillarni ham yangicha talqin qilishga olib keldi. Ijtimoiy ong sohasida roʻy bergan oʻzgarish juda muhim rol oʻynadi. Bu, avvalo, milliy oʻzini anglash jarayoniga taalluqlidir. Shu jarayon davomida islomning barcha musulmonlarning birligi toʻgʻrisidagi anʼanaviy qoidasi yangicha maʼno kasb etdi. Jamoliddin al-Afgʻoniy musulmonlarning birdamligi gʻoyasini koʻtarib chiqdi. M. Abdu, Jamoliddin al-Afgʻoniy, Rashid Rizo va boshqaning gʻoyalari milliy-ozodlik harakatlariga turtki boʻlib koʻpchilik musulmon davlatlarining siyosiy mustaqilligiga erishuvida ijobiy rol oʻynadi. Ayni vaqtda islom birdamligi gʻoyasiga asoslangan xalqaro Islom harakati shakllana boshladi: 1926-yilda birinchi xalqaro musulmon tashkiloti — Islom olami kongressi (Muʼtamar al-alam al-islomi) tashkil qilindi. Shuningdek, Islomning goʻyo Muhammadning zamonidagi „asl“ tamoyillariga qaytishga daʼvat etishga turli fundamentalistik oqimlar (qarang Vahhobiylik) va ularning tarkibida oʻz gʻoyalari uchun kurashda terror usuliga tayanuvchi guruhlar, ekstremistik toʻdalar paydo boʻldi. XX asrning 2-yarmida jamiyatda ijtimoiy adolat oʻrnatish masalasida ham Islom omilidan foydalanishga qaratilgan urinishlar sodir boʻldi (Eron Islom inqilobi, Liviya Jamahiriyasi va boshqa).
Bir qator mamlakatlar (MAP, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Afgʻoniston va sh. k.)da Islom davlat dini (yoki rasmiy din) sifatida tan olingan. Ayrim mamlakatlarda „Islom“ soʻzi davlatning rasmiy nomi tarkibiga kiritilgan: Eron Islom Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Afgʻoniston Islom Respublikasi, Mavritaniya Islom Respublikasi va boshqa Osiyo, Afrika qitʼasidagi baʼzi mamlakatlarda Islomning tarqalishiga musulmon partiyalari taʼsir qilmoqda, ular koʻpincha siyosatda muhim rol oʻynamoqda. Erondagi Islom Respublikasi partiyasi, Indoneziyadagi Birlik va taraqqiyot partiyasi, Malayziyadagi Panmalayziya islom partiyasi, Hindiston va Pokiston Jamoati islom partiyasi bunga misol boʻla oladi. Bir qancha mamlakatlarda diniy-siyosiy tashkilotlar (shu jumladan, qonundan tashqaridagi tashkilotlar — „Musulmon birodarlar“, Islom ozodligi partiyasi) tarqalgan, koʻpgina diniy bilim yurtlari (qorilik maktablari, madrasa, musulmon universitetlari), islom jamiyatlari, missionerlik tashkilotlari, tijorat korxonalari (islom banklari, sugʻurta kompaniyalari) ishlab turibdi.
Musulmon sud ishlarini olib borish tizimi saqlanib qolmoqda. XIX asrning 70-80-yillaridagi shariatning ilgari amaliyotda bekor qilingan baʼzi bir qoidalarini tiklashga urinib kurildi (masalan, Pokistonda; Sudanda Prezident J. Nimeyri davrida, arab monarxiyalarida jinoiy ishlar uchun tan jazolari berish).
Oʻtgan asr 70-yillarining oxiri — 80-yillarining boshida xalqaro ishlarda hukumat darajasida yoki nohukumat darajasida ish olib boruvchi xalqaro musulmon tashkilotlari muayyan mavqega ega boʻla boshladi. Bunday tashkilotlardan eng nufuzlisi Islom konferensiyasi tashkiloti (Munazzamat al-muʼtamar al-islomi) boʻlib, u 1969-yilda tuzilgan, unga 55 mamlakat (Oʻzbekiston Respublikasi 1996-yildan) aʼzo. Xalqaro nohukumat musulmon tashkilotlari orasida Islom olami uyushmasi, Islom olami kongressi, Islom olami tashkiloti, Yevropa islom kengashi, AQSh Oliy Islom kengashi va boshqani koʻrsatish mumkin. Ular, asosan, Islomni targʻib qilish va yoyish, diniy arboblarning xalqaro uchrashuvini tashkil qilish, turli mamlakatlardagi Islom jamoalariga yordam berish bilan shugʻullanadi.
Islom Turkiston mustamlakachilik davrini boshdan kechirgan paytda, ayniqsa, shoʻrolar davrida turli taʼqib va har tomonlama cheklashlarga duch keldi, ulamolarning taqdiri ayanchli boʻldi. Islomga oid bebaho kitoblar yoʻqotildi, muborak yodgorlik va qadamjolar oyoqosti qilindi, din peshvolari eng xavfli yov, muxolif sifatida mahv etildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin, Islom dini hayotda munosib oʻrnini egallay boshladi. Musulmonlarning diniy ibodat va marosimlarni ado etishlari uchun sharoit yaratib berildi. Qurʼoni karim 2 marta oʻzbek tilida chop etildi (1992, 2001-yillar), hadis toʻplamlarining tarjimasi, Islom ulamolarining yuzlarcha kitoblari yana xalqqa yetkazildi. Hozirgi paytda Qurʼoni Karimning oʻzbek tilidagi beshta jumladan, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf („Tafsiri Hilol“, 1992-2005), Oltinxon Toʻra, Alouddin Mansur („Qurʼoni karim“ning oʻzbekcha izohli tarjimasi (Toshkent, 1991)), Shayx Abdulaziz Mansur („Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri“, 2004), muftiy Usmonxon Alimov („Tafsiri Irfon“) kabi oʻzbek olimlari tomonidan tayyorlangan maʼnolar tarjimalari va tafsirlari nashr etilgan. Islom tarixi manbalari va marosimlarini har tomonlama, ilmiy, xolisona oʻrganishga kirishildi, mutaxassis kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Shu maqsadda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida islomshunoslik kafedrasi ochildi (1992), deyarli barcha viloyatlarda diniy oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsata boshladi, Toshkent Islom universiteti tashkil qilindi (1999), uning tarkibida Islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi ishlab turibdi.
Islom tarixi, manbalari, aqidalari, marosimlari, Qurʼoni Karim, Muhammad hayoti va faoliyati, paygʻambar hadislarini oʻrganish, tadqiq qilish Islomshunoslik fanining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu sohadagi tadqiqotlar Islom tarqalgan mamlakatlarda, xususan, Movarounnahrda Islom va uning yozma manbalari paydo boʻlgandan buyon olib boriladi. Musulmon dini tarixi va Qurʼonni oʻrganish Amerikada (G. Grunebaum, X. Gibb, M. Vott va boshqa), Yevropada (I. Goldsiyer, L. Kaetani, A. Masse, R. Sharl), jumladan, Rossiyada (A. E. Shmidt, V. V. Bartold, I. A. Krachkovskiy va boshqa) XIX asr oʻrtalaridan keng tus oldi. Shoʻrolar davridagi tadqiqotlarda Islomga, asosan, yagona marksistik mafkura nuqtai nazaridan kelib chiqib yondoshildi. Islomning insoniyat tamadduni tarixidagi ahamiyatini ommaga tushuntirishda, Turon zaminida yetishib chiqib islomiy ilmlar xazinasini boyitgan ulugʻ allomalarning merosini xalqqa yetkazishda Eshon Boboxon Abdumajidxon oʻgʻli, muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon, Alixontoʻra Sogʻuniy, marhum shayxlar Ismoil Maxdum (1893 — 1976), Abdugʻani Abdullo (1928—1999) va Yusufxon Shokirov (1926—2000)larning xizmati kattadir. XX asr oxirlaridan boshlab mamlakatimizda Islom boʻyicha obyektiv tadqiqotlar olib borish imkoniyati tugʻildi. Oʻzbekistonlik olimlar Islom manbashunosligi, Qurʼon tarjimasi va tafsiri, Islomdagi mazhablar, oqimlar, mashhur muhaddis va faqihlar, xalqaro Islom tashkilotlari, diniy bagʻrikenglik, diniy ekstremizmga oid bir qancha asarlar yozdilar (marhum M. A. Usmonov, shuningdek, N. Ibrohimov, H. Karomatov, A. Mansurov, A. Hasanov, Z. Husniddinov, Z. Islomov, U. Uvatov, B. Eshonjonov, B. Abduhalimov, A. Juzjoniy, A. Moʻminov, A. Azimov, R. Obidov va boshqalar).
Oʻzbekiston musulmonlari idorasida „Movarounnahr“ nashriyoti faoliyat koʻrsatadi, „Islom nuri“ gazetasi, „Hidoyat“ jurnali nashr etiladi.
Jahonda qariyb 1,1—1,8 milliard kishi Islom diniga eʼtiqod qiladi. Musulmonlarning ⅔ qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20 %idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi — Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afgʻoniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80% idan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80% igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkinafaso, Syerra-Leone va boshqa)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Yugoslaviya, Albaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va boshqa), Shimoliy va Janubiy Amerika qitʼasi mamlakatlari (AQSh, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi[7].
Islomda boʻlinish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sunniylik (sunna soʻzidan) — islom dinidagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 93 % i Sunniy (qolgan 7 % i shialikka) mansub (2004). Sunniylik tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, Afgʻoniston, Turkiya, Arabiston yarimoroli va Fors koʻrfazi atrofidagi arab mamlakatlarida, Suriya, Livan, Iordaniya, Shimoli-sharqiy va Gʻarbiy Afrika mamlakatlarida), Bolqon mamlakatlari, Kipr va AQShda yashaydi.
Islom dastlabki davrda hech qanday yoʻnalish, mazhab va oqimlarga boʻlinmagan. VII asrning oʻrtalarida turli siyosiy sabablarga koʻra, musulmonlar safida boʻlinish paydo boʻldi. Avval shialar, keyin xorijiylar musulmonlar ommasidan ajrab chiqdilar. Ular oʻzining haqligini isbot qilish uchun oʻz fikrini, yoʻnalishini himoya qila boshladi, shu tariqa har guruhning oʻziga xos aqidasi shakllana bordi.
Sunniylik boʻyicha Abu Hanifa (Imomi Aʼzam)ning „al-Fiqh al-akbar“ asari eng nodir ilmiy meros sanaladi. Bu ishda Abul Hasan Ashʼariy bilan Abu Mansur Moturidiylarning xizmatlari beqiyosdir. Sunniylik yoʻnalishida shu ikki alloma asos solgan aqidaviy maktablar barcha sunniy ulamolar tomonidan eʼtirof etilgan. Sunniylik tamoyillari, asosan, quyidagilardan iborat:
Mavjudotlarning gʻaqiqat va mohiyati bor narsa boʻlib, ularni bilish mumkin. Bilish vositalari — beshta sezgi aʼzolari, ilohiy manbalar va aql.
Olam qadim emas, balki qachondir Alloh tarafidan yaratilgan.
Butun borliqni yaratgan Allohning zoti bitta, u oʻziga xos azaliy va abadiy koʻpgina sifatlarga ega.
Zotiy sifatlari sanalmish ilm, qudrat, hayot, iroda, eshitish, koʻrish, gapirish Allohning azaliy va abadiy sifatlaridir. Uning zoti ham, sifatlari ham oʻzi yaratgan maxluqot va mavjudotlarning sifatlariga aslo oʻxshamaydi. Uning sifatlari nuqsonsiz, barkamoldir.
Allohning ismlari koʻp. Hadisda 99 ta goʻzal ismlari zikr etilgan (qarang al-Asmo al-Husno).
Allohning adolatli ekani. Hidoyat va zalolat yoʻllarini koʻrsatib qoʻygach, adashgan va kufr yoʻlini tanlaganlarni jazolashi adolat hisoblanadi. Bordi-yu, zalolat yoʻlidan asrab qolsa — bu Uning fazli, marhamati. Asramasa, adolati hisoblanadi.
Paygʻambarlarning hammasini barhaq deb tasdiq etish. Ularning adadi garchi baʼzi hadis va rivoyatlarda koʻrsatilgan boʻlsada, muayyan bir adad qatiy deb hisoblanmagani maʼqul. Paygʻambarlarning birinchisi — Odam, oxirgisi — Muhammad
Paygʻambarlarning moʻjizalarini haq deb eʼtiqod qilish. Shuningdek, avliyolarning karomatlari ham haq va rostdir. Hech bir avliyo paygʻambar darajasiga yeta olmaydi.
Islomning besh rukni — iymon kalimasi, namoz, roʻza, zakot, haj har bir musulmon zimmasiga farzi ayn ekani. Farzlardan birortasini uzrsiz tark etsa, yoki sharʼan taqiqlangan ishlarga qoʻl ursa, qattiq gunohkor boʻlishi, lekin kofir boʻlmasligini tasdiq etish.
Iymon — Muhammad Alloh tomonidan keltirgan barcha xabar va maʼlumotlarni haq va rost ekaniga til bilan iqror etib, dil bilan tasdiqlash deb bilish. Solih amallarni koʻp qilganda imon nuri koʻpayib, gunoh ishlarni koʻp qilganda iymon nuri ozayib turishini tasdiqlash va hokazo.
Sunniylikda 4 ta diniy-huquqiy mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik) mavjud. Sunniylik islomda anʼanaviy eʼtiqod yoʻli deb eʼtirof etilib kelgan.
Sunniylik bilan shialik oʻrtasida hokimiyat masalasida, ayrim diniy marosim va anʼanalarda birmuncha tafovutlar bor. Oʻzbekiston aholisining aksariyat qismi sunnilyikka eʼtiqod qiladi.

slom dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biridir. Unga hozirgi davrda YAqin va O`rta SHarqda Saudiy Arabiston, Ummon, YAman, Birlashgan arab amirliklari, Iroq, Suriya, Iordaniya, Turkiya, eron, Afrikada Misr, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Sudan, Samoli, Osiyoda Pokiston, Afg’oniston, Bangladesh, Indoneziya, Markaziy Osiyo respublikalari, MDX va Kavkaz orti va SHimoliy Kavkaz, Volga bo`yi respublikalari va hokazolarda yashaydigan aholi kiradi. Musulmonlarning hozirgi umumiy soni tahminan bir mild. Uch yuz millionga yaqin deb hisoblanmoqda. Ammo bular orasida unga ishonmaydigan, ikkilanadiganlar ham bor, betaraflar ham uchraydi.



Hamma hodisa, jumladan din o`rin (joy, yurt mamlakat), ijtimoiy- iktisodiy sharoit, siyosiy vaziyat va madaniyat taraqiyot darajasi bilan dialektik bog’liqdir; shu sababli islom ham avvalo muayyan bir yurt (mamlakat)da, maolum bir ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda, siyosiy vaziyatda, madaniyat rivojlanishining muayyan bir bosqichida paydo bo`lgan.
“Dinshunoslik” kursi. xususan ilmiy islomshunoslik soxasi to`plagan, taxlil etgan, umumlashtirgan maolumotlarga ko`ra, islom VI asr oxiri VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida paydo bo`lgan. Bu o`lkada xali juda oz sonli arab axolisi xayotida urug’chilik va qabilachilik munosabatlar qisman emirilib, uning o`rniga quldorlik munosabatlarini o`zida aks etgirgan sinfiy jamiyat paydo bo`la boshlagan edi. YArim orolning iqlim sharoiti g’oyat noqulay, eri qumli, tog’-toshli, saxrolardan iborat bo`lgan; u erlarda X-XI asrlarda yashagan ko`chmanchi axoli chorvachilik bilan shug’ullangan; yarim orolning bepoyon saxrolaridan ayanchli xayot kechiradigan badaviylar g’oyat og’ir ijtimoiy - iqtisodiy sharoitda yashagan; ular ijtimoiy - iqtisodiy sharoitda taraqqiyotning urug’chilik -qabilachilik bosqichida g’oyat qoloq xolda bo`lgan.
YArim orolning janubida nisbatan qulay iqlim sharoitiga ega bo`lgan, xind okeani qirg’og’iga joylashgan YAman qadimdan ancha rivojlangan dexkonchilik va madaniyat markazlaridan biri bo`lgan;
o`lkada quldorlik tuzumi rivojlanib, u VI asr boshlarida tushkunlikka uchragan.
YArim orolning shimoliy qismida joylashgan Vizantiya, eron kabi ko`xna imperiyalar taosirida bo`lgan o`lkalarda qishlok xo`jaligi, irrigatsiya, chorvachilik, savdo - sotiq munosabatlari endigina rivojlanayotgan edi, bu o`lkalarda ham asosan, kuchmanchi arab qabilalar yashab, ular turmushida patriarxal urug’ - qabilachilik tartiblari xukmron bo`lgan; bu tartiblar 6 asr boshlarida emirila boshlagan. Hali o`zlari oz sonli bo`lib, og’ir iqlim sharoitida, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chikqrish munosabatlari zaif rivojlanganligi uchun yarim orolda yashagan arab qabilalari taraqqiyot darajasi jixatidan Misr, Vizantiya, Messopatamiya, eron kabi qadimiy madaniyat o`choqlariga nisbatan ancha orqada qolib ketgan edilar; bu o`lkaning g’arbida Qizil dengiz qirg’og’i buylab cho`zilgan Hijoz xududida yashovchi arablar ijtimoiy-iqtisodiy jihatlardan birmuncha rivojlangan edilar;bunga dehqonchilik va karvon yo`llari o`tkanligi qulaylik tug’dirgan; bu yo`l orqali, YAman mamlakatidan o`tib, Habashiston, Hindiston bilan, Suriya orqali esa Misr, Vizantiya, eron bilan Arabistonni bog’lagan; buning natijasida Hijozda aholi punktlari, karvonsaroylar, YAsrib (Toif) shaxri barpo etilgan; VI • asrda u ancha kengayib, savdo markaziga aylangan.
Hijozdan o`tadigan savdo yo`lidan Makka ham yaqin bo`lib, asta -sekin u ham savdo markazlaridan biriga aylangan; unda yarmarka o`tkazila boshlagan; u atrofdagi qabilalarga, boshka shaxarlarga qaraganda, yarim orol markazida joylashganligi, zam-zam bulog’i borligi uchun yaqinrok, kuchliroq taosir eta boshlagan; arab kabilalari majuziylikning bir turi bulgan fetishizmga siginib Makka, xususan undagi Kaba ularning diniy markazlariga aylangan. Ular bu shaxarga savdoga kelib o`z sanamlarini ham ziyorat kilib ketib turganlar.
Xulosa shuki, islomning paydo bo`lishi arafasida Arabiston yarim orolidagi ijtimoiy- iktisodiy sharoitlar hali ancha zaif bo`lib, urug- kabilachilik tuzumi, patriarxal tartiblar emirilib, sinfiy jamiyat paydo bo`layotgan edi; bu jamiyatning goyaviy ifodasi, mafkurasi sifatida yangi diniy taolimotga extiyoj tugilgan. Bu ehtiyojning okibati sifatida yangi din - ISLOM vujudga keltirilgan.
2. Kadimgi arablarning islomgacha o`tgan davrlari johiliya deb atalgan: buning maonosi bilimsizlik, johillik, jaholatdir. Bu kamsitish islom maojuziy arablarga bilim, maorifat keltirgan degan kisman to`gri goyani asoslash uchun kuprok ishlatilgan. Aslida arab xalkining islomdan oldingi davrga xos ma`naviy meros chunonchi hozirgacha saklanib kolgan adabiy merosi bu xalkning muayan bilim, madaniyatga ega bo`lganligidan dalolat beradi.
Kadimgi arablar fetishizm diniga eotikod kilganlar: bu dinni Kaobada ular xudosizlik sanamlari takchalarga terib ko`yilganligidan keyin Muhammad (SAV) ularni bu erdan chikarib tashlaganligidan bilsa bo`ladi: har bir arab kabilasining uz xudosi haykalchalari bo`lib, bularning soni 360 ga etgan. Natijada Kaobada barcha arb kabilalari sigingan maojuziylik ziyoratgohiga islomdan bir necha yillar oldinrok aylangan edi. Bular orasida kuraysh kabilasining al- Iloh deb nomlangan, keyinchalik OLLOH nomiga asos bulgan sanami ham bo`lgan.
Arab kabilalari oralaridan bilimli, xalkparvar, elim deb, yurtim deb, yonib yashaydigan ilg’or kishilar etishib chika boshlagan. Ular o`z elatlarining mushkil ahvolini, ayniksa ularning tarkokligini ko`rib, ularning takdiri (kelajagi) hakida o`ylay boshlaganlar. Ularni birlashtirish, o`zaro do`st, hamkor, hamjihat kilish yo`llarini izlay boshlaganlar. Buning uchun ular tarkok kabilalarni yagona din atrofida birlashtirish zarurligini anglay boshlaganlar. Natijada yarim orolda haniflar, ya`ni takvodor, hak-hakikat izlovchi, chinakam eotikod kiluvchilar deb atalgan vaozxonlar yuzaga kelgan.
Haniflardan Sajjah, To`layh, Asvad, Musaylima kabilar ancha mashhur bulganlar. Muhammad (SAV) ham oldin hanif bo`lib, yangi din targ’ibotini haniflardan biri sifatida boshlagan. Haniflar 6- asrda arab kabilalari orasida keng tarkalgan mushrikiylik, ya`ni ko`p xudolikka qarshi vahdoniylikni, ya`ni yakkaxudolikni targ’ib kila boshlaganlar. Bular orasida Musaylima, so`ng esa Muhammad (SAV) mashhur bo`lib ketganlar. Haniflar, jumladan Muhammad (SAV) hamyurtlarining mushrikiylik dinlarini yarim orol shimolidagi yurtlarda tarkalgan yahudiylik, xristianlik, eronda keng tarkalgan zardushtiylik, moniylik dinlarini o`rganganlar: Muhammad (SAV) yoshliklarida Hadicha begimning karvonini haydab bu yurtlarga kayta- kayta borib kushni xalklarning hayoti, turmush tarzi, diniy etikodlarini sinchkovlik bilan o`rganganlar. Ulardagi yakkaxudolik g’oyalarini kabul kilib vahdoniyatni 10 yil davomida zo`r g’ayrat, shijoat, utkir iroda va katoiyat bilan targ’ib etgan.
Haniflik targ’ibotiga yahudiy va xristian dinlarining taosiri avval boshdanok kuchli bo`lgan, bu dinlar shuning uchun kitobiy deb hisoblangan. Ularning payg’ambarlari yangi dinda ham eozozlanib, Kuroonda kayta- kayta tilga olingan.
Hulosa shuki, kadimgi arablar politeizmga itoat kiladigan ibtidoiy dinlardan kupchilikni taosirida bulgan. Hatto Kuyosh, Oyga ham sig’inadigan maojusiy bo`lganlar: yarim orolda kancha kabila bo`lsa uning shuncha xudosi, maobudasi, tangrisi bo`lgan.
3. Muhammad (SAV) ning 632 yildagi vafotlaridan so`ng uning o`rinbosar sahoba, muhojir, asxobu ansorlari yangi dinni har xil usul vositalarini ishga solib targ’ib etganlar, uni arab xalifaligi xalklarining turmush va madaniyatining g’oyaviy asosiga aylantirganlar. To`rt xalifa- choryorlar davrida istilolar kuchayib bu davlat kengayib YAmandan Sino Rim oroligacha Kizil dengiz sohillaridan Sahroi kabirgacha davom etgan katta hududni o`z doirasiga olgan. So`ngra arab boskinchilari Kavkazga, Markaziy Osiyoga yurish kilib so`nggi xalifa Ali davri oxirlariga kelib, ya`ni 30 yil ichida Amudaryo sohillaridan SHimoliy Afrikagacha, SHimoliy kavkazdan YAman, Ummongacha cho`zilgan yangi imperiyani barpo etganlar. Islom bu imperiyaning davlat dini, hukmron mafkurasiga aylantirilgan.
Arab ko`shinlari badaviy va yollangan jangchilardan tashkil topgan o`z davrining harbiy sanoat va texnikasi darajasidan ancha past bo`lgan, birok bosib olingan mintakalarning feodal tarkokligi o`zaro urushlardan holdan toyganligi istilochilarga jiddiy qarshilik ko`rsata olmasligiga sabab bo`lgan.
Kadimiy imperiyalar- Vizantiya va eron o`zaro urushlarida holdan toygan, kuch- kudrati sinib emirila boshlagan hali arab boskinchilari oyog’i etmagan SHimoliy Xindiston, Markaziy Osiyo va Kavkazda xam yirik, kuchli davlatlar yo`k edi. Mayda knyazlik, beklik, xonliklar o`zaro urushlarda zaiflashgan va tarqoq bo`lgan, shu sababli arab bosqinchilari VIII asr oxirigacha bu o`lkalarni nisbatan osonlik bilan egallab, islomni mustamlaka xalqlarning turmush tarziga aylantirib ma`naviy madaniyatga zo`r berib singdirganlar. Islomda bundan keyingi lektsiyalarda bayon etiladigan real, dunyoviy qadriyatlar anchagina mavjud bo`lgani uchun u arablarning o`zlari tarixida katta ahamiyatga ega bo`lgan; bulardan asosiylari bu qabilalarning urug’chilik-qabilachilik tuzumidan sinfiy jamiyatga o`tganligi; markazlashgan davlat vujudga kelganligi; ibtidoiy dinlardan demokratik, insonparvar, tinchlik, do`stlik, odillikka daovat etadigan yakkaxudolik diniga o`tilganligi; xalifalik tarkibiga kirgan yuzlab elatlarga yagona arab tili va o`rta asr arab madaniyatini yoyishga imkon tug’ilganligidir.
Islomning Markaziy Osiyoga kiritilishi ham muayyan darajada ijobiy rol uynagan. CHunonchi, dastlab diniy amallarni bajarishda arab tili ustunligi o`rnatilgan; fan, adabiyot, falsafa va ma`naviyat, madaniyatning shakllanishida ham arab tilining taosiri kuchaygan. Lekin, maxalliy xalqlar arab istilosidan ancha oldino, o`z ona tillarida madaniyatni rivojlantirishda anchagina yutug’larga erishgan edilar; bu yutug’lar keyinchalik islom taosirida bir muncha rivojlangan. CHunonchi, islomni qabul qilganlarning turmush tarzi bu din talablariga moslashtirilgan; bular shariatda ishlab chiqilib, qatoiyat bilan amalga oshirilgan; marosim va urf-odatlar diniy tus olgan; yoshlarga bilim berish uchun maktablar ochilgan; ruxoniylar tayyorlash uchun ko`plab Madrasa, korixona tashkil etilgan.
Xulosa shuki, islom tarqatilgan Markaziy Osiyoda ilm- maorifat, madaniyatning rivojlanishida bu din ijobiy rol uynagan; bu erdagi diniy maktab, Madrasa, dorilfununlar diniy maqsadlarda bunyod etilgan bo`lsa-da, xat-savod, dunyoviy bilimlarga yo`l olgan.
Dunyoviy, real qadriyatlarga ham ega bo`lgan islom maxalliy xalq turmushi takomillashuviga, madaniyatdagi turli jihatlar rivojiga o`z ijobiy taosirini ko`rsatgan. CHunonchi, meomorchilikda masjid, Madrasa, dorilfunun, maqbara va hokazolarni xalq ustalari qurgan, xalqning ijodiga bog’liq moddiy madaniyat boyliklar bo`lgan; bularni qurishda ishtirok etgan binokorlar ish bilan taominlangan, pul ishlagan, oilasini boqqan; quruvchilik kasbini egallagan; uz shaxsiy uylarini qurishda o`sha meomorchilik obidalarini bino qilishda orttirgan tajribadan foydalangan.
Islom istilo etilgan xalqlar turmushiga o`sha davrlardayoq kiritgan va hozirgacha davom etayotgan namoz, xaj qilish, ruza, xayitlarni bayram qilish, mavlud, xatna shialarda ashuro (shaxsey-vaxsey), zikr kabi marosimlar mavjud edi. Bularning har birining uz ta`rifi, o`z tavsifi, uziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bo`lgan. Bular bilan bir qatorda maxalliy elatlar orasida islomgacha tarqalgan Navruz, qizil gul, lola sayli boychechak kabi bayramlar davom etgan; yana kinna, fol, dam, ko`chiriq, chilla, o`ltirish, isitma-sovutma, qadam joylarni ziyorat kabi salbiy urf-odatlar o`rnashib, tarqalib kelayotgan; ortodoksal islom, xozir respublikamizda qaror topgan islom ham bularni tan olmasligi ijobiy xodisadir.
Xulosa shuki, islom arab istilochilari bosib olgan va bu dinni kiritgan joylarda nisbatan tez, oson qaror topib, maxalliy elatlar turmush tarzi va madaniyatida ijobiy rol uynagan va uynamoqda.
4. Jahon dinlari, jumladan islom evolyutsiyasining muayyan bosqichlarida har xil yunalish, oqim, sekta va mashablarga bo`lingan. Buning sabablari birinchidan, bularda bir-biriga zid g’oya, taolimot, dasturlar ko`p bo`lgan. 2-dan, bu dinlar tarqalgan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy kurash kuchaygan; 3-dan, bu dinlarga ishonadigan har xil xalqlarning moddiy, siyosiy manfaatlari, madaniy rivojlanish darajalari har xil bo`lgan, Islomda VII asrning 2-yarmidayoq eng avval xorijiylar yo`nalishi shakllangan; undan so`ng islom ikki yirik oqim - sunniylik va shialikka ajralgan; musulmonlar orasidagi ihtiloflar diniy taolimot masalalarida bunday ajralishga sabab bo`lgan; shu bilan birga islom shakllanganda urush - janjallar uzluksiz sodir bo`lib turgan; bular shu dinning birligi, yaxlitligiga putr etkazib, uning bulinishlariga sabab bo`lgan.
Sunniylik islomda sobit qadam, izchil, barqaror hisoblangan oqimdir. Musulmonlarning 92,5 foizi shu oqim tarafdoridir. Sunna arab tilida odat, an`ana, amaliy harakat degan so`zdan olingan. Sunna deb Muhammad (SAV) hadislari to`plamini aytadilar. Sunnat esa farzdan farqli holda bajarilishi ixtiyoriy bo`lgan dastur, amal, ko`rsatmadir.
Sunniylar Sunnani Qur`ondan keyingi asosiy muqaddas manba, hadislar to`plami deb hisoblashadi. Qur`on, hadislar haqida esa bundan keyingi lektsiyada fikr yuritamiz.
SHialik gurux, partiya, tarafdor degan maonoli arabcha " SHia" degan suzdan olingan. U VII asrning 2-yarmida maxsus siyosiy gurux siffatida yuzaga kelgan; u halifa Ali tarafdorlarini o`z doirasiga olgan; u g’oyat ko`p sektalarga bo`linib ketgan; bular orasida ismoiliylar eng yirigi bo`lib, hozir taxminan 35 mln.ga yaqin aozoga ega; ularga og’ahonlar deb atalgan diniy arablar etakchilik qiladi. Bu sekta haqida quyiroqda batafsil to`xtalamiz.
SHialar Sunnani tan olmaydilar, ularning “Axborotlar”- xabarlar nomli o`z mukaddas yozuvi bor: ular musulmonlarning tanho hokimi Hazrat Alidir. Hukmronlik qilishga faqat uning avlodlari haqlidirlar deb daovo kilganlar. SHialar e`tiqodida ular uchun eng asosiy masala “g’oyib bo`lgan”, “yashiringan” 12 imomga sig’inish bilan bog’liq g’oyadir. Unga ko`ra 9- asr oxirida yashiringan imomi Mahdiy bu dunyoga bir kun kaytib kelib, tenglik, obodlik, adolat, farovonlik, tinchlik, baxt-saodat o`rnatishiga ishonishdir. SHialar shahidlarga xususan Husayn ruhiga sig’inadilar. Bunday sig’inish “shaxsey- vaxsey” degan mashaqqatli, murakkab odatda ifodalanadi; mutaassib shialar ashuro- motam kunlarida o`zlarini ayovsiz qiynoqqa soladilar. Husayn ruhiga nolalar qiladilar, motam tutadilar.
Islomda so`fiylik oqimi ham bor. Bu yirik oqim tasavvuf deb ham ataladi; u diniy- mistik falsafiy oqim bo`lib taolimotning asosiy masalasi islomga, Ollohga munosabatdir. U zohidlik va mistik, ya`ni mo`ojizalarga ishonishga asoslangan.
Download 52.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling