Ислом дини, унинг келиб чиқиши, моҳияти ва мазмуни
Download 180 Kb.
|
ISLOM MADANIYATINING MILLIY MADANIYATIMIZGA KO’RSATGAN TA’SIRI
3. Islom ta’limoti.
Islom ta’limoti uning muqaddas kitobi – Qur’oni Karimda bayon etilgan. Islomning aqidalari, e’tiqod talablari, xuquqiy va axloqiy meyorlari, cheklash va taqiqlari Qur’on bilan birga uning tafsirlarida, xadis tо‘plamlari va shariat qо‘llanmalarida, ilohiyot adabiyotlarida о‘z ifodasini topgan. Islom dinining asosiy aqidasi «Allohdan boshqa hech bir iloh – yо‘q, Muhammad Allohning elchisidir». Qur’on tilida esa: «La ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh». Bu kalimai tavhid deyiladi. «Guvohlik beramanki, bir Allohdan boshqa iloh yо‘q va yana guvohlik beramanki, Muhammad Allohning bandasi va rasuli (elchisi) dir». Qur’on tilida «Ashhadu an la ilaha illalohu va ashhadu anna Muhammadan a’bduhu va rasuluxu». Bu Kalimai shahodat deyiladi. Islom diniga kirish, musulmon bо‘lish uchun yuqoridagi ikki iymon kalimasini tili bilan aytmoq va qalban, chin dildan ishonib tasdiqlash lozim. Buni iymon keltirish deb yuritiladi. Bu ikki kalimani keltirish iymonning ilk bosqichidir. Iymonning yana qolgan olti bosqichi-sharti bо‘lib, musulmon kishi yana ana shularga ishonmog‘i va ularga amal qilib yashamog‘i ham shart hisoblanadi. Sunniylikda iymon talablari 7tadir. Bular: Allohning yakkayu-yagonaligiga ishonish, faqat ungagina sig‘inish, e’tiqod va ibodat qilish. Allohning farishtalariga ishonish. Allohning barcha ilohiy, muqaddas kitoblariga ishonish. Allohning barcha payg‘ambarlariga ishonish. Taqdirga, uning ilohiyligiga ishonish. Oxiratga, qiyomat qoyim bо‘lishiga ishonish. Qayta tirilishga ishonish. Ana shu yetti shart, e’tiqod talablari-iymonning tо‘liq asosi, ustuni sanaladi. Islomga e’tiqod qiluvchi har bir kishi tili bilan-«Iymon keltirdim Allohga, uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, taqdiriga, kiyomat kuniga va о‘lgandan keyin qayta tirilishiga», deb aytmog‘i va bunga dili bilan ishonmog‘i lozim. Endi shular haqida qisqa tо‘xtab о‘tamiz. Alloh-dunyodagi barcha mavjudotlarni yaratgan. Olamda yuz bergan va beradigan barcha voqea va hodisalar Alloh tomonidan belgilangan va uning irodasi bilan sodir bо‘ladi. Allohni hech kim bor qilgan emas, u о‘zidan о‘zi bordir. Alloh birdir, yakkadir, yolg‘izdir. Uning sherigi, о‘xshashi, tengdoshi, farzandlari, oilasi yо‘q. U о‘lmaydi, uxlamaydi. U biluvchidir, u bilmaydigan biror ish yо‘q. U har ishga qodirdir, hamma narsani kо‘ruvchi va eshituvchidir. Alloh bildiruvchi, tarbiya qiluvchidir. Allohda hech qqqanday nuqson va kamchilik yо‘qdir. U hamma yerda xozir. Alloh yemaydi, ichmaydi, kasal bо‘lmaydi. Har bir musulmondan Allohning ana shunday qudratiga ishonmoqlik talab etiladi. Farishtalar- Allohning nihoyatda itoatli, hech bir gunohsiz, nurdan yaratilgan, odamlar kо‘ziga kо‘rinmaydigan bandalaridir. Ular Allohning buyurgan ishlarini bajaradilar. Ularda erlik, ayollik, tug‘ish, tug‘dirish, yeyish-ichish, uxlash kabi xususiyatlar yо‘q. Farishtalarning eng mashxurlari-Jabroil, Mikoil, Isrofil, Azroildir. Payg‘ambarlar – Alloh tomonidan bandalariga din hukmlarini о‘rgatmoq uchun yuborilgan elchilardir. Ular aqlli, ziyrak, tо‘g‘ri, itoatli bо‘lib odam bolalaridan chiqadilar. Ular Alloh tomonidan buyurilgan din va shariat hukmlarini bandalariga yetkazadilar, ularni haq dinga, yaxshi ishlarga va’z, nasihat bilan chaqiradilar. Qur’oni karimda 25 payg‘ambarni ismi keltirilgan. Payg‘ambarlar 2 xilga bо‘linadilar: 1. Rasullar; 2. Nabiylar. Alloh tomonidan о‘zlariga alohida kitob va shariat berilgan payg‘ambarlar rasul deb ataladilar. Barcha payg‘ambarlardan 8 nafari: Odam, Idris, Shis, Ibrohim, Muso, Dovud, Iso va Muhammad rasul payg‘ambarlardir. О‘zlariga maxsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga buyurilgan payg‘ambarlar nabiy deyiladi. Nabiylar rasul bо‘lolmaydi. Rasullarning har biri ayni paytda nabiy ham hisoblanadilar. Muqaddas kitoblar – har bir zamonning о‘ziga yarasha din va muomalat hukmlarini bayon etib, о‘sha zamonning payg‘ambarlariga vahiy qilib yuborilgan kitoblaridir. Alloh о‘z payg‘ambarlariga 100 sahifa – Odam, Shis, Idris, Ibrohimga; 4 kitob esa Muso, Dovud, Iso va Muhammadga yuborgan. Oxirat – narigi dunyo, о‘lgan bandalarning Alloh qudrati bilan tirilishi va Alloh tayin qilgan yerga yig‘ilish kuni. Yig‘iladigan joyning nomi «Mashxar yeri», kuni esa «Qiyomat kuni» deb ataladi. Bu kuni bandalarning bu dunyoda qilgan yaxshi, savob yoki gunoh ishlariga yarasha hukm chiqariladi. Taqdir – Alloh tomonidan har bir bо‘lgan va bо‘ladigan ishlarning bо‘lmog‘ini azaldan, oldindan tayin belgilab qо‘yilishidir. Buni bizda peshonasiga yozilgan ham deyiladi. Islom dinida «Islom arkonlari» degan tushuncha ham mavjud. U quyidagi besh asosdan, ustundan iborat: 1. Iymon; 2. Namoz; 3. Rо‘za; 4. Zakot; 5. Haj. Yuqoridagilar har bir musulmon uchun farz qilib belgilangan. Bulardan tashqari janoza, sunnat, nikoh va qurbonlik qilish kabi muhim marosimlari ham mavjud. Islom dini bayramlariga – Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, mavlud va boshqalar kiradi. Iymon – yuqorida aytilgan Allohdan о‘zga iloh yо‘qligiga va Muhammad uning bandasi va rasuli ekanligiga ishonmoq va e’tiqod qilmoqlikdir. Namoz – kuniga 5 mahal о‘qilib, kishida doimiy diniy kayfiyatni saqlashning muhim vositasidir. Namozlar – farz, sunnat, vojib kabilarga bо‘linadi. Rо‘za – kun chiqishdan to kun botishga qadar yemoq va ichmoqlikdan tiyilmoq va shunga niyat qilmoqlikdir. Rо‘za har bir sog‘lom musulmon uchun farz ibodati sanaladi. U xijratning ikkinchi yili Madinada farz qilingan. Zakot – mol-mulki shariat belgilagan miqdorga yetganda yilda bir marotaba ulardan qirqdan birini, ya’ni 2,5 foizini beva-bechoralarga, miskinlarga, ilm toliblariga va boshqa muxtojlarga berilishi shart bо‘lgan Allohning haqi. Xaj – ham jismoniy, ham ma’naviy, ham moddiy ibodat. Haj – kabatullohni tavof qilmoq, Safo va Marva tog‘lari orasida yugurmoq, Arofat tog‘ida bо‘lmoq va zarur marosimlarni ado etmoq uchun Makka shahriga ziyoratga bormoqlikdir. Xajning shartlari quyidagilar: 1. Islom dinida bо‘lish; 2. Balog‘atga yetgan bо‘lish; 3. Oqil bо‘lish; 4. Ozod bо‘lish; 5. Qodir bо‘lish. Islomning ana shu besh amali har bir musulmonga bajarish uchun farz qilingan. Yuqorida bayon qilinganlar Islom ta’limotining asosini tashkil etadi. Download 180 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling