Islom dini VII-VIII asrlarda Mag’ribdan Mashriqgacha, shu jumladan Movarounnahr va Xuroson hududlarigacha yoyildi. Bu hududlar yagona Arab xalifaligi davlati tarkibiga birlashtirildi


Download 5.63 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi5.63 Kb.
#1328027
Bog'liq
andalusiya


Islom dini VII-VIII asrlarda Mag’ribdan Mashriqgacha, shu jumladan Movarounnahr va Xuroson hududlarigacha yoyildi. Bu hududlar yagona Arab xalifaligi davlati tarkibiga birlashtirildi.Xalifalikka kirgan hududlarda asta sekin Islom madaniyati va uning unsurlari kirib kela boshladi. Musulmon madaniyatining ko’rki hisoblangan naqshinkor bezaklar bilan ziynatlangan salobatli masjidu madrasalar, xonaqoyu maqbaralar, diniy va ilmiy kitoblar, qo’lyozmalarga boy kutubxonalar va boshqa inshootlar qad rostlay boshladi. Makka , Madina, Damashq, Kufa, Basra, Buxoro, Samarqand kabi shaharlar shular jumlasidandir. Ammo shunday davlat bor ediki u o’z davrida xalqlar orasida “sehrli diyor” sifatida tanilgan edi. Boz ustiga bu mamlakat boshqa bir qitada, g’ayridin xalqlar orasida tashkil topdi. Gap aynan Andalusiya haqida ketyapti!.
Andalusiya- bu Yevropa qitasida ko’tarilgan birinchi musulmon bayrog’i demakdir. Keling bu davlaltning vujudga kelishi tarixi haqida ozgina to’xtalsak.
Arablar kelgunga qadar poytaxti Toledo bo’lgan gotlar davlati mavjud edi. Uning qiroli Gitsa isimli shaxs bo’ladi. Tez orada Gitsa vafot etadi. Gitsaning uchta o’g’li (kattasi Olomond, o‘rtanchasi Romulo, kichigi Artabas ) bo’lib ular yosh bo’lganligi tufayli davlatni rafiqasi boshqaradi. Biroq, marhum hukmdorning qo'mondoni Roderik malikaga qarshi isyon ko'tardi va unga sodiq odamlar bilan birgalikda poytaxtni egallab, Gitsaning o’g’illarini u erdan haydab chiqaradi. Ammo ko’p o’tmay arablar qirg‘oq yaqinida paydo bo‘lishdi, umaviylar oilasidan bo‘lgan xalifaning qo‘mondoni Valid ibn Abdul Malik va qo‘mondoni Toriq ibn Ziyod Andalusiya zaminiga qadam qo’yishdi. Roderik darhol qo’shin to’plash harakatiga tushdi. Shu asnoda Gitsaning o’g’illariga ham “Vatanni himoya qilish” shiori ostida xat yuboradi. Roderik va Gitsaning o’g’illari birlashgan qo’shinlari Toriq ibn Ziyodga peshvoz chiqishadi. Ammo Gitsaning o’g’illari Roderikdan ajrab Toriq ibn Ziyodning oldiga kelishish uchun brishadi.Toriq ularni Muso ibn Nusayr bilan uchrashtiradi. Kelishuv o’zaro imzolar bilan tasdiqlanadi.Kelishuvga ko’ra Qirollikdagi marhum qirol Gitsaning shaxsiy mulklar o’illariga beriladi. Roderikning yakkalanib qolishi natijasida mamlakat arablar qo’lostiga o’tadi. Albatta musulmonlar bergan vadalarida turishdi. Kelishuv bandlari arablar tomonidan to’lliq bajarildi. Gitsaning o’g’illariga berilgan hududlar merosiy bo’lsada xalifalik tasarrufida edi. Keyinchalik ularning avlodlari musulmon bo’lib hatto ulardan qozilar ham yetishib chiqqan. Shunday qilib 710-yilda musulmonlar oʻzlarining gʻalabali yurishlarida Gibraltardan oʻtib, Ispaniyani zabt etishdi. O'z feodallari tomonidan qashshoqlikka olib kelgan mahalliy aholi ixtiyoriy ravishda musulmonlar hukmronligiga o'tganligi uchun "zabt etilgan" so'zini qo'shtirnoq ichida olish kerak. Musulmonlar qo‘shinining boshlig‘i Toriq ibn Ziyodni ozod qiluvchi sifatida kutib olishdi. Musulmonlarning bag'rikengligi ularga nasroniylarni va ayniqsa yahudiylarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashni ta'minladi. Lion Feuchtwanger yozganidek: “Xristian vestgotlari davrida saylov huquqidan mahrum boʻlgan koʻplab yahudiylarga musulmonlar fuqarolik huquqlarini berishgan. Ha, islom hukmronligi ostida ispan yahudiylari o‘z saltanatlari qulagandan keyin hech qachon yashamagandek erkin va farovon yashadilar”. Musulmonlar o'zlari bilan yuksak madaniyat olib kelishdi va Ispaniyani eng go'zal, tartibli va Yevropaning aholisi gavjum mamlakatga aylantirdilar.
Download 5.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling