Islom dining o'rta osiyoga kirib kelishi
Download 49.82 Kb.
|
38-21--Hidoyatov Abdulla---ISLOM DINING O\'RTA OSIYOGA KIRIB KELISHI.
1. Qur'on va sunnat matnlari;
2. Sahobalarning fatvolari; 3. Qur'on va sunnatga muvofiq bo'lgan ayrim sahobalarning qavllari; 4. Isnodi zaif yoki xabar beruvchilar soni kam bo'lgan hadislar; 5. Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos bo'yicha hukm chiqarish. Ibn Abd ul-Vahhob keyingi asrlar ulamolari emas, balki Qur'on va sunnatga tayangan boshlang'ich Islomning sarchashmalariga qaytishga da'vat etadi. Vahobiylarning muvaffaqiyati va XX asr Sa'id oilasining hukumat tepasiga qaytishi Saudiya Arabistonida hanbaliy mazhabini rasmiy mazhab sifatida ta'sis etilishiga olib keldi. Shuningdek, hanbaliylik Qatarda rasmiy mazhab va Falastin, Suriya, Iroq va yana boshqa joylarda o'z izdoshlariga ega. Shialik yo'nalishidagi mazhablar: Ismoiliy mazhabi - shia yo'nalishining Ismoiliy mazhabi X-XI asrlarda Yaqin va O'rta Sharqda keng tarqalgan. Mazkur mazhabning vujudga kelishi arab xalifaligida sinfiy ziddiyatlarning hamda feodal guruhlar o'rtasida kurash va xalq qo'zg'olonlarining kuchayishi bilan bog'liq. Abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirish tarafdori bo'lgan bir guruh shialar oltinchi imom Ja'far as-Sodiqning katta o'g'li Ismoil atrofiga jipslashdilar. IX asr oxirlariga kelib, ismoiliy oqimi mustaqil mazhab sifatida tashkil topdi. Ularning ta'limoti avvalo ikkiga: zoxiriy (ochiq) va botiniy (maxfiy) ta'limotlarga bo'lindi. Hozirgi davrda nizoriy mazhabi Suriya, Eron, Pokiston, Afg'oniston shimolida, Pomirda, musta'liy mazhabi esa Yaman, Hindiston, Pokiston, Misrda, druzlar Suriya va Livanda saqlanib qolgan. Qaramatiy mazhabi, Qaramatiy (ko'pligi qaromatiy)lar shia mazhabidagi ismoiliylarning asosiy shohobchalaridan biri bo'lib, IX asr oxirida Iroqda vujudga kelgan, Suriya va Yamanda tarqalgan. Ular asosan dehqonlar, ko'chmanchi badaviylar va hunarmandlardan tashkil topgan. Ular Islom qonun-qoidalariga itoat etmaganlar, ularda masjid bo'lmagan, musulmonlar ziyoratgohi Qora tosh (Ka'ba)ga ziyoratni, unga sig'anishni bid'at, budparastlik, deb hisoblaganlar. 899 yili Baxraynni bosib olib, Al-Axso (Sharqiy Arabiston)da o'z davlatlarini tuzganlar. Ularning rahnamosi Hamadon ibn al-Ash'asshshg o'g'li Abu Tohir Sulaymon (914-943) davrida qaramatiylar 930 yili haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, shaharni talon-taroj qilganlar, bir necha ming hojilarni va Makka aholisini qatl etib, asirga olganlar. Ka'bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo'lib, Baxraynga olib ketganlar, faqat 20 yildan keyin katta to'lov evaziga u Makkaga qaytarib berilgan. Rofiziy mazhabi, Rofiziylar (ko'pligi ravofiza) shialarga, ayniqsa, imomiylarga mansub laqab bo'lib, "inkor etuvchilar", "tan olmovchilar" ma'nolariga ega. Bular Muhammad (s.a.v.)dan keyingi chahoryor xalifalardan Abu Bakr va Umar hokimiyatini tan olmaydilar, payg'ambar o'zidan keyin Hazrati Alini voris qilib qoldirgan, deb da'vo qiladilar. Ali avlodlaridan bo'lmish, hazrati Alining nabirasi Zayd ibn Ali (699-740) davrida rofiziylarning uning nomi bilan bog'liq zaydiya shia harakati paydo bo'ldi. Zayd 739 yili Kufada Umaviylarga qarshi qo'zg'olon ko'tardi, shialar uning atrofiga yig'ilib, uni imom deb e'lon qildilar. 10 oydan keyin Zayd qo'zg'oloni bostirilib, Zayd 740 yili 6 yanvar kuni jangda halok bo'ldi, tanasini butga tortib mixladilar, boshini qirqib, Damashqqa, xalifa Hishomga (724-743) yuborishdi. Zaydiya oqimi paydo bo'lgandan keyin rofiziylar nafaqat Abu Bakr va Umar, balki Umaviy va Abbosiylar xalifaliklarini ham inkor etib, faqat imomiylarnigana tan oldilar. Zaydiy mazhabi, Zaydiy mazhabi VIII asr o'rtalarida shialikda vujudga kelgan oqim bo'lib, u shialarning 5-imomi Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan. Muhammad al-Bokirning sustligidan norozi bo'lgan shialar ichidan Zayd o'z tarafdorlarini to'plab, 739 yilda Umaviy hokimiyatiga qarshi isyon ko'targan, 740 yilda xalifa Hishom qo'shinlari bilan bo'lgan jangda halok bo'lgan. Uning tarafdorlari keyin ham oliy hokimiyatni Ali avlodiga berishni talab qilib, Eron, Yaman va boshqa davlatlarda isyon ko'targanlar. Ular Zaydni 5-imom hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Zaydiylar o'z aqida va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar o'rtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik yo'lini tutadilar. Ular yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan oldingi uch xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni la'natlamasliklari, muta nikohini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sig'inishni hamda darveshlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar. Ja'fariy mazhabi, Ja'fariy mazhabi shia yo'nalishidagi diniy-huquqiy tizimga kirib, 12 imomga e'tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy oqimidir. Imomiylar 6-imom Ja'far as-Sodiq (vafoti 765 yil)ni shialik fiqh tizimining asoschisi deb biladilar. Aslida bu tizim bir qator mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan IX-X asrlarda ijtihod qilingan bo'lib, bunda imom Ja'farning deyarli roli bo'lmagan, undan fiqh va ilohiyotga oid hech qanday asar qolmagan. Shunga qaramay, shialik diniy-huquq majmuasi hozirgacha ham ja'fariya, deb nomlanadi. Ja'fariya XVI asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquq tizimiga aylangan. Eron va Iroqdagi shialar o'rtasida bu mazhab hozirda ham kuchli ta'sirga ega. Shialikdagi mazhablardan birining nomi, o`n ikki imomga e’tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy oqimi «ja’fariylar» deb ataladi. Oltinchi imom, shialik fiqhi asoschisi Ja’fari Sodiq nomi bilan bog`liq. Shialikning diniy-huquq majmuasi hozirgacha «ja’fariya» deb yuritiladi. Ja’fariya milodiy 16-asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquqiy tizimga aylangan. Eron va Iroqdagi shialar o`rtasida bu mazhab hozirda ham kuchli ta’sirga ega. Xorijiylar, "Xaraja" - "fe'lidan chiqmoq" mazmunida bo'lib, "xorijiylar ajralib chiqqanlar", "isyonchilar" ma'nosida keladi. Islomdagi ilk diniy-siyosiy oqim hisoblanib, xalifa Ali ibn Abu Tolib va Muaviya tarafdorlari bilan xalifalikda hukmronlik uchun kurash ketayotgan bir davrda vujudga keldi. Siffin yaqinida 657 yili xalifa Ali Muaviya tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib borishga ko'nishi uni haqiqiy vorislik huquqiga ega deb hisoblagan tarafdorlarning o'rtasida norozilik tug'irgan. Qo'shinning bir qismi (12 ming kishi) xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib Kufadan Harura degan qishloqqa ketadilar. Shuning uchun ba'zi ilk manbalarda ular haruriylar, deb ham yuritiladi. Yo'nalish ta'limoti: xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va unga bo'ysunadi, har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki habash bo'lsa ham) xalifa bo'lib saylanishi mumkin, agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo'shatiladi va hatto qatl qilinadi. E'tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim. E'tiqodsiz va gunohkor kishilarni jazolashda murjiiylar tarafdorlari (jazo muddatini kechiktirish)ga qarshi turganlar. Download 49.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling