Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet25/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
155
bo‘yrada ham namoz o‘qilavergan. Hozirda J. keng ko‘lamda qo‘llanishidan qat’i nazar, 
zarurat taqozo qilgan paytlarda pok tuproq yoki o‘tloq ustida ibodat qilish mumkinligi 
nazarda tutilishi lozim. J. tayyorlash - musulmon mamlakatlarda amaliy san’atning 
an’anaviy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. J.dan asosiy maqsad namoz o‘qiladigan joy 
pokiza bo‘lishini ta’minlashdan iborat.  
 
 
JOLUT - Qur’ovda zikr etilgan shaxs. Tolut (Saul)ga dushman qo‘shin boshlig‘i. 
Qur’onda aytilishicha, Tolut J.ga qarshi oz sonli qo‘shin bilan otlangan, biroq Alloh 
taoloning yordami bilan zafar qozongan. J. Dovud (as) tomonidan o‘ldirilgan 
(2:249/250-251/252). Musulmon rivoyatida bu urush haqida ancha batafsil berilgan. J. 
to‘g‘risidagi rivoyatlar kelib chiqishi jihatidan turli (barbar, xananey, odiy, 
samudiylardan) bo‘lsa-da, lekin u Falastinning tub aholisi vakili sanaladi. Musulmon 
rivoyati J. shaxsi atrofida isroilliklarning ko‘shni xalqpar bilan kurashi haqidagi boshqa 
rivoyatlarni xam guruhlashtirgan. 
 
 
JOME MASJID - Islom mamlakatlarida shahar markazidagi yoki nisbatan katta 
hududdagi asosiy va eng katta bosh masjid. Jamoa uchun zarur turli xabarlar e’lon 
qilinadigan, haftalik juma, hayit namozlari jamoa bo‘lib o‘qiladigan maxsus bino. Shahar 
tashqarisida musallo, namozgoh. Juma masjid, guzar (mahalla) masjidlariga nisbatan 
uning tuzilishi salobatli. Urta Osiyoda J.m.ning umumiy tarhi murabba yoki to‘g‘ri 
to‘rtburchaqli xonaqoh bo‘lib, bir (old yoki yon) tomoni, ikki (jan. va sharqiy yoki shim. 
va sharqiy) yoki uch tomoni ayvon bilan o‘ralgan. Xonaqoh tomi gumbazli yoki to‘sinli. 
Ayvon va xonaqoh kattaligi to‘sinlar soni va qatori bilan belgilangan, ba’zan xonaqoh 1, 
2, 4 gumbazli, ayvonlar atrofi qator ustunli, burchakda azon aytishga mo‘ljallangan 
mezana va hovli o‘rtasida hovuz bo‘lgan. Buxoroda birinchi J.m. 713 y. Qutayba ibn 
Muslim tomonidan ta’sis etilgan. J.m. uchun mahalliy majusiylar ibodatxonasi 
moslashtirilgan. 14-15-a.larda J.m. qurilishiga davrning mashhur me’mor va 
muhandislari safarbar qilingan. 
 
 
JOMIY, Abdurahmon Nuriddin ibn Ahmad (1414-1492) - fors-tojik shoiri, mutafakkiri va 
mutasavvifi. Nishopur yaqinidagi Jom sh.da, ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Otasi Nizomiddin 
Ahmad shayx ul-islom mansabiga tayinlangach, oilasi bilan birga Hirotga ko‘chib keladi. 
Bu yerda J. arab tili, ilohiyot, tasavvuf, adabiyot asoslarini o‘rganadi. Tahsilni oxiriga 
yetkazish maqsadida Samarqandga borib, Ulug‘bek madrasasida o‘qiydi. Mirzo Ulug‘bek, 
Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi singari allomalarning ma’ruzalarini tinglaydi. Ulamo 
Fazlulloh Abullaysdan Qur’on, hadis, fiqh ilmlari bo‘yicha saboq oladi. Bahouddin 
Naqshband sulukiga mansub shayx Sa’diddin Koshg‘ariyga murid bo‘lib, hurmatini 
qozonadi va qiziga uylanadi. Hirotga qaytib, darvishona hayot kechiradi, o‘z daromadi 
hisobiga bu yerda ikki madrasa va xonaqoh, Jomda bir masjid qurdiradi. 
J. Hirot naqshbandiylik tariqatining piri va murshidi bo‘lgan. Husayn Boyqaro va Alisher 
Navoiy J.ni o‘zlariga pir va ustoz deb tanishgan. J. uchta devon tuzgan, "Haft avrang" 
("Yetti taxt") dostonlar turkumini yarattan. Shuningdek, diniy-falsafiy mazmundagi 
asarlar ham J. ijodiyotida katta o‘rin egallaydi. "Payg‘ambarlikka dalillar", "Naqshband 
ta’limoti haqida risola", "Zikr shartlari haqida risola", "Haj qilish yo‘llari haqida risola", 
"Xojalar tariqati haqida risola" va b. asarlarida islom dini, gasavvuf, falsafaning asosiy 
masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etadi. Jumladan, "Muqaddas dargohdan esuvchi 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
156
tso‘stlik shabadalari" asari tasavvuf tarixini o‘rganishda muhim manba sanaladi, unda 
616 nafar mutasavvif hayoti va faoliyati to‘g‘risida muxtasar ma’lumotlar bor. Navoiy bu 
asarni J. vafotidan so‘ng to‘ldirishlar bilan turkiy gilga tarjima etgan. 
J. asarlarida diniy-tasavvufiy mazmun, Allohni tanish va bilish bilan bog‘liq haqiqat 
majoziy yo‘lda ifodalangan. J. Allohni yorug‘ nur ko‘rinishida tasavvur etadi, uni go‘zal 
mahbub qiyofasida tasvirlaydi. Alloh minglarcha ko‘zguda, turli qiyofa va ko‘rinishda 
namoyon bo‘ladi. J. hayot, inson go‘zalliga, tuyg‘u va ehtiroslariga tasavvufiy ma’no 
beradi. ''Ahrorlar uchun tuhfa" asarida tasavvufga oid atamalarni izohlaydi. 
J.ning din, xususan tasavvuf, arab tiliga oid asarlari qayta-qayta nashr etilgan, keyingi 
davrlarda ham madrasalarda darslik va qo‘llanma vazifasini o‘tagan. 
 
 
JOHIZ, al-Johiz Abu Usmon Amr ibn Bahr taxm. 767-868) - basralik arab mutafakkiri. 
Mu’taziliylar oqimi nazariyotchilaridan biri. "Al-johiziya" deb nom olgan ilohiyot 
maktabining asoschisi. J. yunon tabiat falsafasi g‘oyalari ta’sirida moddaning abadiyligi 
va xususiyatlarining doimiy o‘zgarib turishi haqidagi fikrlarni bayon qilgan. J. tirik va 
noorganik jismlar o‘ziga xos tabiiy xususiyatlarga ega, deb hisoblaydi. J. insonning iroda 
erkinligini tabiiy intilish sifatida talqin etgan. Aql-idrok beradigan dalillarni islom 
akidalariga tatbiq etish tarafdori bo‘lgan. Hayvonot olamiga bag‘ishlangan 10 jildli "al-
Hayavon" nomli, arab tili notiqligiga oid "al-Bayon vat-tabyin", baxil odamlar hayotidan 
olingan hajviy hikoyalar yozilgan "al-Buxalo" kabi asarlari hoz. kungacha yetib kelgan. 
 
 
JOHILIYA (arab. bilimsizlik holati, jaholat) - arablar tarixining islomdan ilgarigi davriga 
berilgan nom. Aniqroq qilib aytganda, odamlar hayotida Iso (as) bilan Muhammad (sav) 
oralig‘idagi payg‘ambarsiz o‘tgan davr tushuniladi. J. tushunchasi Qur’onning bir necha 
suralarida uchraydi ("Oli-Imron", 154; "Moida", 50; "Ahzob", 33; "Fath", 26). J. 
atamasining paydo bo‘lishiga muayyan sabablar bor edi. Zero, islomdan oldingi 
arablarning ko‘pchiligiga "jahl" tuyg‘usi xos edi. Bu boshqalarga nisbatan beshafqat va 
vahshiyona munosabatda bo‘lishda o‘z ifodasini topardi (qasos olish zarurati, go‘dak 
qizlarni tiriklayin ko‘mish, o‘zga qabila vakiliga dushman sifatida qarash va b.). Islomdan 
ilgari Arabistonda qonunsizlik, axloqsizlik, zo‘ravonlik hukm surgani uchun ham keyingi 
avlod o‘sha davrni haqli ravishda J. deb atagan. Bundan tashqari, J. davri arablarining 
diniy tasavvurlari ham kam taraqqiy qilgan, sodda holda bo‘lgan. J. arablari narigi 
dunyoga ishonmasdi. Islom g‘alabasidan so‘ng ular "dahriy"lar yoki "mushrik"lar 
(Allohga boshqa xudolarni sherik qiluvchilar) degan nomlarni oldi.  
 
 
JUBBAIY, Abu Ali Muhammad ibn Abdulvahhob (850-915) - Basra mu’taziliylarining 
peshvosi al-Ash’ariyning o‘gay otasi va murabbiysi. Jubba sh. (Xuziston)da tugalgan, 
Basrada Abu Yoqub ash-Shaxxomdan ta’lim olgan, uning vafotidan (880 y.) so‘ng 
mu’taziliya maktabining peshvosi sifatida ustozi o‘rnini egallagan. J.ning asarlari 
saqlanib qolmagan. Umuman uning qarashlari mu’taziliylar an’anasi ruhida bo‘lgan. 
 
 
JUVAYNIY, Abul Ma’oliy Abdulmalik ibn Abdulloh, Imom al-Xaramayn (1028-85) -
ash’ariy kalomining yetuk namoyondasi, G’azoliyning ustozi. Nishopur yaqinidagi 
Azozvar qishloga (Juvayn tumani)da tug‘ilgan. Nishopurda Abul Qosim al-Isfaroiniy 
(1059 y. v. e.) rahbarligida kalom va usul ud-dindan, otasidan esa - fiqhdan saboq 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
157
olgan. Otasi vafotidan so‘ng 19 yoshli J. otasi o‘rniga shofi’iy fiqhi mudarrisi vazifasini 
egallagan. Saljuqiylar vaziri al-Qunduriy tomonidan ash’ariylarga quvg‘in uyushtirilgan 
chog‘da J. Hijozga qochib borib, Makka va Madinada yashagan (1058-62), shu tufayli 
Imom al-Xaramayn ("ikki muqaddas masjid imomi") faxriy unvonini olgan. Vazir 
Nizomulmulk davrida ash’ariylarni quvg‘in qilish to‘xtatilgan. J. Nishopurga qaytgan, 
vazir unga atab Nizomiya madrasasini ta’sis etgan. Shu madrasada J. shofi’iy fiqhining 
eng yaxshi bilimdoni sifatida shuhrat qozongan va umrining oxirigacha shu yerda dars 
bergan. J.ning kalomga oid asosiy asari "ash-Shomil"dan bizgacha uning uchdan bir 
qismi yetib kelgan, uning qisqartirilgan nusxasi -"al-Irshod" deb ataladi. Umuman 
olganda J. Ash’ariy, Boqilloniy va Abu Ishoq al-Isfaroiniy (1027 y. v. e.)larning 
g‘oyalarini rivojlantirgan. 
 
 
JUMA (arab. - jam bo‘lish) - musulmonlar solnomasida oltinchi kun nomi. Islom dinida 
"sayyid ul-ayyom" - kunlarning ulug‘i sifatida e’zozlanadi. J. kuni peshin namozi o‘rniga 
J. namozi o‘qiladi. Imom-xatiblar namoz oldidan yarim soat chamasida mav’iza (diniy 
va’z) o‘qiydilar. So‘ng ikki bor azon aytilib, katta jamoat bilan namoz ado etiladi. 
Musulmon mamlakatlarida J. kunini dam olish kuni deb belgilaganlar. Mufassir 
ulamolarning rivoyatlariga ko‘ra, Alloh taolo yahudlarga shanba kunida boshqa ishlarga 
mashgul bo‘lmay, faqat ibodat ila shug‘ullanishni buyurgan. Nasorolar esa, yakshanba 
(voskresene) kunini faqat ibodat uchun belgilab olganlar. J. kunini islomdan oldin arablar 
"aruba" deb ataganlar. Birinchi bo‘lib, bu kunni J. deb atagan kishi Ka’b ibn Luay. Buning 
sababi, Madinaga payg‘ambar (as) kelishlaridan oldin, ansorlar (madinaliklar) "yahudlar 
va nasorolar 7 kunda bir bor to‘planib ibodat qiladilar. Kelinglar, biz ham bir kun 
to‘planib Allohga shukur va zikr aylaylik, yahudlar shanbani, nasorolar yakshanbani 
ixtiyor qilishgan, biz "aruba" kunini olaylik", deb aytishdi. As’ad ibn Zaroraning uyida 
to‘planib, 2 rakaat namoz o‘qib, zikr aytganlar. Shu kuni to‘planganliklari sababli, J. deb 
ataganlar. Islomda birinchi J. shu kuni bo‘lgan. Bu voqea "Jumua" surasi nozil 
bo‘lmasdan oldin bo‘lgan, Ammo haftada bir kun dam olish bo‘lsa, bundan taxm. 150-
170 y. ilgari, ko‘pchilik kishilar ishlaydigan korxonalar paydo bo‘lganda, soatbay ish 
kunlari joriy qilinganda, haftada bir kun dam olish kunini nasorolar - ruslar o‘zlarining 
ibodat uchun ajratilgan kunini tiklashgan. Keyinchalik musulmonlar ham dam olish 
kunini J. deb belgilaganlar.  
 
 
JUNAYD BAG’DODIY, Abul Qosim al Junayd ibn Muhammad al-Qavoririy al-Hazzoz al-
Bag‘dodiy (? - 910) - tasavvufdagi 2 asosiy oqimdan biri - junaydiya asoschisi. J. fors 
bo‘lib, Bag‘dodda (yoki Naxovand sh.) tug‘ilgan va butun umri shu yerda o‘tgan. 
Go‘dakligida otadan yetim qolib, tog‘asi, so’fiy Sari as-Saqatiy (867 y. v.e.) qo‘lida 
tarbiyalangan. Shofi’iy huquqi va hadislarni mashhur faqih Abu Savra Ibrohim al-
Bag‘dodiy (854 y. v.e.)dan o‘rgangan. Tasavvufda J.ning ustozlari Sari as-Saqatiy va al-
Xoris al-Muhasibiy (taxm. 781-857) bo‘lgan. Ular Bag‘dod so’fiylik maktabi asoschilari 
hisoblanib, Allohning yagonaligi (tavhid) va psixologik tajriba va his etish asosida Uni 
bilish darajasi haqidagi ta’limotni ishlab chiqqanlar. J. so’fiylikni doimiy ruhiy poklanish 
va turli qarashlar kurashi vositasi deb bilgan. Uning fikricha, so’fiyning hayoti Allohning 
yagonaligani bilish yo‘lvda tinimsiz sa’y-harakat qilish, o‘zini Allohga abadiy tobe ekani 
va uning oldida o‘zini naqadar ojiz ekanini his etishdan iborat. J.ning bir asari - "Rasoil" 
saqlanib qolgan. Unda J.ning maktublari, so’fiylikka doir maqola, risolalari jamlangan 
bo‘lib, ularning bir qismi Qur’onning ayrim oyatlariga sharh shaklida yozilgan.  

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
158
 
 
JUNUJIRDIY, Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad al-Junujirdiy al-Marvaziy; 
laqabi Abdon (835-906) - shofi’iylikdaga yirik faqih, muhaddis; Marv muftiysi va 
shofi’iylari peshvosi. Marv viloyatidagi Junujird (Genugird) qishlog‘ida tug‘ilgan. 
Sam’oniyning yozishicha, J. Iroq, Shom (Suriya), Xijoz va Misr shaharlari bo‘ylab ko‘p 
yillar sayohat qilgan va o‘sha yerlardagi allomalardan shofi’iya fiqhidan saboq olgan. 
Xususan, u imom al-Mozijiyning shogirdi bo‘lib, uning shofi’iylikdagi mu’tabar manba 
hisoblangan "al-Muxtasar" kitobini birinchi bo‘lib Marvga keltirgan. Vataniga qaytgach, 
Xurosondagi eng yirik shofi’iylardan sanalgan va keng shuhrat qozongan. 900 y. haj 
safari oldidan somoniylar amiri Ismoil ibn Ahmad qabulida katta ehtirom bilan kutib 
olingan. Sam’oniy J.ning 20 ta ustozi va 12 shogirdini sanab o‘tgan va fiqh va hadisga 
doir 3 asari borligani qayd etgan. Marvda, Tannurgaron qabristoni orqasida, Abdulloh ibn 
al-Muborak al-Marvaziy raboti qarshisida dafn etilgan. 12-a.da uning qabri ziyoratgoh 
joy bo‘lgan.  
 
 
JURJONIY, Ali ibn Muhammad, laqabi as-Sayid ash-Sharif (1339-1413) - so‘nggi kalom 
vakili, mutakaplim. Astrobod yaqinidagi Tagu sh.da tug‘ilgan. Astrobodda ta’lim olgan, 
mudarrislik faoliyati bilan shug‘ullangan, O’rta Sharq shaharlari bo‘ylab ko‘p sayohat 
qilib, Kugbiddin ar-Roziy at-Taxtaniy, al-Fanariy, Muborakshoxlardan saboq olgan. 
Taxm. 1374 y. Sheroz sh.ga kelgan, shahar Amir Temur tomonidan egallangach (1387), 
Samarqandga ko‘chib ketib, bu yerda yashagan, 20 y.ga yaqin Temur saroyida ijod 
qilgan. Temur vafotidan so‘ng (1405) Sherozga qaytib, shu yerda vafot etgan. J. 
"Mavokif al-Ijiyga sharh" va falsafiy atamalar lug‘ati - "at-Ta’rifat" muallifi.  
 
 
JU’AL ibn SUROQA, Ju’ayl, Ji’ol, Juffol, to‘liq ismi Ju’al ibn Suroqa ad-Damriy al-Riforiy 
(7-a.) - ilk muhojirlardan. Faqir bo‘lgani uchun Suffa ashobi orasidan joy olgan. Hazrati 
Payg‘ambar (sav) Banu Musta’liq g‘azvasiga ketayotganlarida Ju’alni Madinada 
o‘rinlariga vakil qilib qoldirganlar. Zotur-Riqo g‘azvasidan qaytayotganlarida esa, zafar 
mujdasini Madinaga yetkazish vazifasini unga topshirganlar. Ju’al bani Kurayza 
g‘azvasida bir ko‘zidan ayrilgan. Ju’al Janobi Rasululloh (sav)ga nihoyatda bog‘lanib 
qolgan edi. Uning mustahkam imon egasi ekaniga Hazrati Payg‘ambar shohidlik 
berganlar. Hunayn g‘azotidan keyin o‘ljalar taqsimoti chog‘i Rasululloh Aqro’ ibn Hobis 
bilan Uyayna ibn Xisnga 100 tadan tuya berib, Ju’alga hech narsa bermagan edilar. 
Sababini so‘ragan bir sahobiyga, Aqro’ bilan Uyaynani Islomga isintirish uchun ortiqcha 
o‘lja berganlari, Ju’alning esa, imoniga tayanganlarini aytganlar. "Ju’al bulardaqasidan 
bir dunyo kimsalarga teng keladi", deganlar. Tabuk g‘azvasida Hazrati Payg‘ambar (sav) 
bir mo’jizalari ila qornini to‘yg‘izgan uch sahobiyning biri Ju’al edi.  
 
 
JO’YBOR XOJALARI, J o‘ y b o r shayxlari- naqshbandiylik tariqatining vakillari. 
Ularning J.x. nomini olishi Xoja Muhammad Islomning bobosi Xoja Muhammad Yahyo 
Buxorodagi Jo‘ybor degan yerga ko‘chib kelishi bilan bog‘likdir. J.x. o‘zlarini islom dinini 
targ‘ib qilish uchun Makkadan Nishopurga, undan Buxoroga kelgan Imom Ali Murtazo 
avlodi deb hisoblaganlar. J.x.dan Abu Bakr Sa’dga va uning avlodlariga somoniylar 
davrida Buxoroning shayx ul-islomi degan mansab beriladi. Abu Bakr Sa’dning nevarasi 
Muhammad Islom J.x.ning iqtisodiy va siyosiy jihatdan katta nufuzga ega bo‘lishida 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
159
muhim o‘rin tutgan. U 16-a.ning 50-y.larida Shayboniylar davlatidagi toj-taxt uchun 
bo‘lgan kurashlarga aralashib, o‘z muridi Abdullaxon II ning taxtga chiqishiga yordam 
beradi. Bu davrga kelib J.x.ga Buxorodagi Sumiton qishlog‘i in’om etiladi. J.x.ning ota-
bobolari Buxorodagi Chor Bakr mozoriga qo‘yilganligi uchun 16-a.dan boshlab J.x. bu 
joydagi qabrlar ustiga hashamatli maqbara kurib, ziyoratgohga aylantirishgan. Bu 
ziyoratgohdar katta vaqf yerlariga ega bo‘lib, ularga J.x. merosxo‘rlar tariqasida egalik 
qilishgan va bu yerlar J.x. xo‘jaligining rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. J.x. katta 
yer-mulkka, yuzlab qullarga, ko‘plab chorva mollarga, sug‘orish inshootlariga, savdo 
korxonalariga ega bo‘lganlar. Ularning savdo karvonlari 16-a.ning 2-yarmidayoq xorij 
bilan savdo aloqalari olib borgan. Mustahkam iqtisodiy poydevorga ega bo‘lgan J.x. 
shayboniylar davlatining siyosiy hayotida juda katta rol o‘ynagan. Ingliz sayyohi A. 
Jenkinson 1559 y.da Buxoroda bo‘lib, bu yerdaga ruhoniylarning rahbarlari bo‘lgan J.x. 
haqida shunday degan edi: "Buxoroda diniy rahbar bor. Unga qirolga nisbatan ko‘proq 
kuloq soladilar, u o‘z xohishi bilan qirolni o‘rnidan olib, boshqasini qo‘ya oladi". J.x. 17-
a.ning 1-yarmida mamlakatda paydo bo‘lgan qiyin siyosiy vaziyatdan so‘ng o‘zlarining 
oldinga mavqeini yo‘qotganlar. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
160
- K -
 
 
KABIRA (arab. katta, yirik) - islomda eng katta va og‘ir gunoh. Islomda gunoxlar katta 
- K. va kichik - sag‘iraga bo‘linadi. Ulamolar qaysi gunohlar K. va qaysinisi sag‘ira ekani 
xususida fikrlari turlicha. Gunohi K. – hadd jazosiga loyiq, ya’ni, shariatda jazosi belgilab 
qo‘yilgan gunoh yoki do‘zaxga kirishga, la’natga va g‘azabga sazovor qiladigan gunoxlar 
K.. gunoxdardir. Sag‘ira (kichik) gunoh esa: "Bu dunyoda haddga loyiq emas, u dunyoda 
do‘zax, la’nat va g‘azab ila qo‘rqitilmagan gunoxlardir. K.ning eng birinchisi va Alloh 
tomonidan kechirilmaydigani - kufr (Allohni inkor etish) va shirk (Allohga biror narsani 
teng qilish)dir. K.ning turlari ko‘p. Mas., ota-onani norozi qilish, birovning joniga nohaq 
qasd qilish, sehr-jodu bilan shug‘ullanish, yolg‘on guvohlik berish, tuhmat yoki bo‘hton 
qilish, zinokorlik, o‘g‘rilik, sudxo‘rlik, farz ibodatlarni bajarmaslik, harom qilingan 
narsalarni iste’mol etish va h.k. Shirk va kufrdan boshqa gunoxdar qiyomat kuni Alloh 
tomonidan kechirilishi yoki ular uchun ma’lum me’yorda jazo berilishi mumkin. Mo‘min 
odam gunohi K. qilishi bilan kofir bo‘lib qolmaydi. Agar o‘sha ishni halol sanasa kofir 
bo‘ladi. Yoki Alloh halol qilgan narsani harom qilsa, kofir bo‘ladi. Shuningdek, gunohi K. 
tufayli ularni kofirga chiqarish ham to‘g‘ri yo‘qdan chiqishdir. Ahli sunna va jamoa biror 
kishini gunohi K. qilgani uchun kofir qilmaydilar Murji’iylar gunohi K. qilganni kofir 
qilmaydilar va imon bo‘lsa, gunohi K. zarar qilmaydi, deb hisoblaydilar. Xorijiylar esa 
gunohi K. qilganni kofir, deydilar Mu’taziliylar gunohi K. qilganni iymondan: chiqaradilar 
va kufrga kirgazmaydilar.  
 
 
KAVSAR (arab. mo‘l-ko‘l) - islomga ko‘ra jannatdagi ajib bir daryo yoki hovuzning nomi 
Qur’oni karimdagi 108-sura ham K. deb ataladi. Tafsir va hadislarda aytilishicha K.ning 
suvi asaldan totli, qor va sutdan oq bo‘lib, undan ichgan kishi abadiy tashnalik 
ko‘rmaydi. Shuningdek, qiyomat kuni jannat nasib etgan mo‘min-musulmonlar mazkur K 
suvidan ichishlari to‘g‘risida bashorat beriladi. K. surasi Qur’on suralar ichida eng qisqasi 
bo‘lib, 3 oyatdan iborat.  
 
 
KAYSONIYLAR - 7-a.da shialar orasidan ajralib chiqqan firqa tarafdorlari Shialarning 3-
imomi Husayn 680 y.da Karbals yaqinida halok bo‘lgandan keyin, 4-imomnr e’tirof 
etishda ular orasida ixtilof yuz bergan: ularning bir qismi Husaynning o‘g‘li Ali (Zayn al-
Obidin)ni imom deb tanisa boshqa guruhi Husayn o‘g‘illarining juda yoshligi va 
rahnamolikka qobil emasligini sabab qilib ko‘rsatib, Alining Banu Hanifa qabilasidan o‘lja 
sifatida olingan kanizagidan tug‘ilgan, janglarda ishtirok etib tanilgan o‘g‘li Muhammad 
(637-700)ni 4-imom deb e’tirof qilgan. Barcha manbalarda onasi mansub bo‘lgan qabila 
nomiga nisbat berilib u Muhammad ibn al-Hanafiya deb ataladi. Uning tarafdori bo‘lgan 
shialar yaqin safdoshi Muxtor ibn Abu Ubayd rahbarligida 685 y.da Kufada qo‘zgolon 
ko‘tarib, umaviylarga zarba bergan, Husaynni o‘ldirganlarning ko‘pini jazolagan. Qo‘lga 
tushirilgan Kufa xazinasidagi pullarni isyonchilarga taqsimlab bergan. Bu isyonda Abu 
Amr Kayson faol ishtirok etgan (firqaning nomi shundan). Keyinchalik ichki ixtiloflar 
natijasida isyonchilar yengilib, Muxtor halok bo‘lgan (687). Muhammad ibn al-Hanafiya 
bevosita qo‘zg‘olonda ishtirok etmagan. K. Alini payg‘ambar qizi Fotimaga uylangani 
uchun emas, o‘ziga xos imomlik xislati uchun imom deb taniydi, shu sababli imomlik 
payg‘ambar avlodiga o‘tishi shart emas deb hisoblab, Alining ikki o‘g‘li (Hasan va 
Husayn)dan keyin imomlik 3-o‘g‘liga o‘tishi kerak, degan g‘oyaga asoslangan edi. K. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
161
firqasi kamayib, keyinchalik (9-a. o‘rtalarida) tamoman yo‘qolib ketgan, shialarning 
ko‘pchiligi tomonidan Ali Asqar 4-imom sifatida tanilgan.  
 
 
KALIMAI SHAHODAT (arab. - guvohlik kalimasi) - islom dinidagi 5 asosiy arkonning 
birinchisi. Unga ko‘ra "Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Muhammad Uning rasulidir" -degan 
kalimani til bilan aytib, dil bilan tasdiq etish shart qilingan. Bu kalimani inson til bilan 
aytsa-yu, dili bilan tasdiqdamasa, ya’ni o‘zi ishonmasa, unday kishi islomda munofik, 
hisoblanadi. Lekin, dilida ishonsa-yu, tili bilan aytishdan bosh tortsa, u ham shar’an 
musulmon hisoblanmaydi. Demak, mo‘minlikning 2 sharti bo‘lib, ularning birinchisi - 
Muhammad (sav)ning Alloh tomonidan keltirgan barcha xabarlarga til bilan iqror etish, 
ikkinchisi - shu xabarlarni dil bilan tasdiq etishdir. Sunniy-hanafiy ta’limoti shundan 
iborat. Lekin ba’zi islomiy aqida va oqimlar bunga xilof ravishda imonning sharti 2 ta 
emas, 3 ta deb, ibodat va amallarni to‘la bajarishni -imonning uchinchi sharti sanashadi. 
Bu bilan ular ko‘pchilik musulmonlarni kofirlar safiga qo‘shib qo‘yishadi. Vaholanki, imon 
bilan kufr e’tiqodiy masalalar turiga, amaliy ibodatlar yoki gunoh va jinoyatlar alohida 
boshqa masalalar turiga oiddir. Imon bilan birga amal ham bo‘lsa, nur ustiga nur. Amal 
qilmasa yoki gunoh ishlarni qilsa, (moturidiylik aqidasiga ko‘ra) kofir bo‘lmaydi, balki 
gunoxdor bo‘ladi.  
 
 
KALOBODIY (yoxud al-Kaloboziy), Abu Bakr Muhammad ibn Ishoq al-Buxoriy (? - 990/ 
995 y.) - hanafiy mazhabining mashhur faqihi, tasavvufga doir arab tilida yozilgan eng 
dastlabki tartibli asarlardan birining muallifi. Buxorodaga Kalobod mahallasida tug‘ilib, 
shu yerda yashagan va vafot etgan. Muhammad ibn Fadldan huquqdan ta’lim olgan va 
so’fiy shayx Qosim Forisning shogirdi bo‘lgan. K. yozgan besh yoki olti asardan bizgacha 
ikkitasi yetib kelgan: Payg‘ambar (as)ning axloqqa doir ba’zi hadislariga yozilgan 
qisqacha sharh - "Ma’oniy al-axbor" va "at-Ta’arruf li-mazhab ahl at-tasavvuf" -
islomning dastlabki uch asri davrida islom tasavvufini o‘rganishda asosiy hisoblangan 
asarlardan biri. Kitob keyingi davr so’fiylari tomonidan yuqori baholangan, xususan, 
shayx Yahyo as-Suxravardiy al-Maqtul (1191 y. v.e.) bu hakda "Agar at-Ta’arruf 
bo‘lmaganda edi, biz so’fiylikni (tasavvufni) bilmagan bo‘lardik", degan. Bu bizgacha 
yetib kelgan so’fiylar qarashlari tizimi va tajribasi bayon etilgan birinchi asar bo‘lib, unda 
tasavvufdagi g‘oyalarni islomdaga u bilan tutashmagan qoidalar bilan kelishtirishga 
harakat qilinmagan, sufizm to‘lig‘icha musulmonchilik doirasidaligi va tizim sifatida u 
o‘zining dindorligi bilan shubha tug‘dirmasligini tushuntirishga harakat qilingan. 
Asar 75 bobdan iborat bo‘lib, ularni uch qismga ajratish mumkin: 1-(1-4, 64-75-boblar) 
tarixiy: so’fiy va tasavvuf tushunchalarini belgilash, eng muhim shaxslar, ularning 
so’fiylikdagi jasoratlari haqidagi hikoyalar va afsonalar; 2-(5-30-boblar) apologetik 
(madh etuvchi): sufizm qarashlari tizimi, uning "chinislomiy"ligini isbotlash; 3-(31-63-
boblar): sufizm amaliyoti, zohidlik yo‘lining asosiy bosqichlari, darvishlar orasida qabul 
qilingan texnik atamalar. K. asariga ko‘plab sharxdar yozilgan. Ayniqsa, uning 
zamondoshi va ehtimol shogirdi Abu Ibrohim Ismoil ibn Muhammad al-Mustammiy 
(1042 y. v.e.) tomonidan fors tilida yozilgan "Nur al-muridin" kitobi mashhur bo‘lgan. Bu 
sharh sufizm tarixi bo‘yicha manba sifatida original asardan deyarli qolishmaydi. Uning 
nusxalaridan biri 1081 y. ko‘chirilgan bo‘lib, u bizgacha yetib kelgan fors qo‘lyozmalari 
ichida ikkinchi eng qad. qo‘lyozma hisoblanadi.  
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling