Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet27/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
168
kechirishda oz narsa bilan qanoatlanish, mo’tadillik, tuban mayllardan ozod bo‘lish. 5. 
Uzlat - tanholikda bo‘lish, ruhni mustahkamlash, his-tuyg‘ularni jilovlash. Uzlatga ketish 
hissiyotlarning bosilishiga olib keladi. 6. Mulozamat az-zikr (uzluksiz zikr) - Xudoning 
ismini yod qilib turish, butun qalbni U bilan to‘ldirish. Shundagina pastkashlik, hasad, 
ochko‘zlik, ikkiyuzlamachilik kabi razilliklar kishi ko‘ngliga yo‘l topa olmaydi. 7. Tavajjuh 
-butun vujud bilan Xudoga murojaat qilish, Unga cheksiz muhabbat qo‘yish, undan 
boshqa narsa borligani his etmaslik. 8. Sabr - o‘z ixtiyori bilan mashaqqatlar chekib 
bo‘lsa ham, nafs doirasidan o‘zini olib qochish. To‘g‘ri yo‘ldan adashmasdan borish 
uchun kishi o‘z mayllarini so‘ndirishi lozim. Shundagina dil kuduratlardan poklanadi, ruh 
nafs natijasida zanglab qolgan bo‘lsa, jilo topadi. 9. Muroqaba (tafakkurga g‘arq bo‘lish) 
- qalb poklangani va tuban ehtiroslardan xoliligini tuyib, xotirjam bo‘linganini eslab 
xayolga cho‘mish, Xaq taolo rahm-shafqatini kutib turish holati. 10. Rizo - so’fiy endi 
xudo uni sevib qolganligani, Alloh ko‘nganligini sezadi, uning uchun ana shu muhimdir. 
Xudoga bo‘lgan muhabbat so’fiyning shaxsiy his-tuyg‘u sifatini yo‘qotib, yangi 
ko‘rinishda -Allohning istak-xohishi tarzida namoyon bo‘ladi. Rizolik maqomi Haqqa 
yetishganlikni bildiradi. Hozir ham K. ko‘rinishlarini uchratish mumkin. 
 
 
KULINIY (yoki al-Kulayniy), Muhammad ibn Ya’qub Abu Ja’far (? - 941 y. may) -
imomiylar muhaddisi va faqihi, imomiylik (ja’fariya) huquqini birinchi bor ishlab chiqqan 
alloma. Rey sh. yaqinidagi Kulin, yoxud Kulayn qishlog‘ida tug‘ilgan, bu yerda uning 
otasining mozori mashhur bo‘lgan. Hayotining asosiy qismini Rey va Qumda o‘tkazgan, 
bu shaharlar o‘sha davrda shia ulamolari markazlari sanalgan. Umrining so‘nggi yillarini 
Bag‘dodning Bob al-Kufa r-nida o‘tkazgan va o‘sha yerda vafot etgan. Imomiylar 
an’anasi K.ni 'imomiylik tariqatini "yangilovchi" (mujaddid), iloqiyot va fiqh sohasida 
yirik olim sifatida biladi. Bunday yuksak bahoga u 20 yil umrini bagishlagan asosiy asari 
- "al-Kafi fi usul ad-din" tufayli erishgan. Bu shialik (imomiylik)dagi hadislar to‘plami 
bo‘lib, unda 16 mingga yaqin hadis bir tizimga solingan. Asar saqlangan bo‘lib, bir necha 
bor nashr qilingan. U 30 kitobdan iborat bo‘lib, har bir "kitob" ko‘plab boblarga 
ajratilgan, ularda hadislar mavzuga qarab taqsimlangan. Mavzuga qarab taqsimlanmay 
qolgan hadislar har bir "kitob" so‘nggida alohida bobga - "Bob an-navodir"ga 
birlashtirilgan. K. asari imomiylar mafkurasining g‘oyaviy asoslarini ishlab chiqishda juda 
muhim rol o‘ynagan. Shialikda u, "Sahih Buxoriy" sunniylikda o‘ynagan roldan xam 
yuqoriroq mavqeiga ega bo‘ldi, zero u shia imomiylar tomonidan turmushning barcha 
sohalari bo‘yicha eng e’tiborli qo‘llanma deb qaralgan. Manbalar "al-Kafi"dan tashqari al-
K.ning yana besh asari nomini, jumladan "Kitob ar-radd ala-l-karamita" va "Kitob ar-
rijal"ni qayd etishgan, bular saqlanmagan. Hoz. shia olamida, avvalo Eron va Iroqda "al-
Kafi" va uning muallfining nufuzi baland; K.ning Bag‘doddagi qabri hanuzgacha saqlanib, 
qadamjoga aylangan. 
 
 
KULOH - qad. bosh kiyim. Qalin, dag‘al (ko‘pincha jun) matodan konussimon shaklda, 
ichiga paxta solib tikilgan. K.ni ko‘pincha qalandarlar, shayxlar kiygan.  
 
 
KURSAVIY Abu Nasr (1776, Kursa, Tatariston - 1812, Istanbul) - islomdagi islohotchilik 
harakati va tatar ma’rifatparvarligining asoschisi. Mahalliy madrasada saboq oldi. 19-a. 
boshida Buxoroga keladi va Niyozkuli at-Turkmaniy (naqshbandiya - mujaddadiya 
tariqatining mashhurshayxlaridan biri) ko‘lida tahsil oldi. Buxoro madrasalaridagi o‘quv 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
169
tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘z dasturini ishlab chikdi. Aqoid va Kalom masalalarida 
Buxoro ulamolari bilan tortishib qoldi. Yirik ilohiyotchi olim Sa’daddin at-Taftazoniy 
(1390 y. v.e.) kitobiga yozgan sharhida K. o‘z fikrini oshkora bayon qildi. 1808-09 y.da 
Buxoro amiri Haydar huzurida bo‘lgan ulamolar majlisida o‘z qarashlarini qat’iyat bilan 
himoya qilsa ham, u dahriylikda ayblandi va qisqa muddat tutqunlikda saqlandi. 
Buxorodagi mudarris ustozlarining talabi bilan ozodlikka chiqarildi. K. o‘z yurti - Qozon 
yaqinidaga Yuqori Kursa qishlog‘iga qaytib, mahalliy madrasada mudarrislik qildi. U o‘z 
qarashlarini mashhur "Al-Irshod lil-ibod" risolasida bayon qildi. Makkaga haj safari 
paytida Istanbulda vafot etdi va o‘sha yerda dafn qilindi. K. g‘oyalari hayotlik chog‘ida 
unchalik shuhrat topmadi. 19-a. 2-yarmida Marjoniyning asarlari orqali K.ning islom 
ilohiyotchisi va ma’rifatparvarlik g‘oyalarining tarqatuvchisi ekanligi tan olindi. 
Turkistonda uning qarashlarli keng tarqalgan va ko‘plab tarafdorlari bo‘lgan.  
 
 
KURSIY (arab. - ikki qadam, o‘rindiq, taxt, tayanch, kursi) - islom manbalarida 
Arshning ikkinchi nomi, yetti qavat osmondan tashqari alohida sakkizinchi osmon ham 
tushuniladi. Qur’oni karimning Baqara surasidagi 255-oyat "Oyat al-Kursiy" deb 
nomlangan. Unda "Allohning Kursiysi Yeru osmonlardan ham kenglik qiladi" - deyilgan. 
Uning tafsirida ba’zi olimlar Arshning keng va kattaligi Yeru osmonlarni o‘z ichiga 
sig‘dirgudek hajmda deb bilsa, ba’zilari Yeru osmonlar, ularning ichi va tashqarisidagi 
barcha narsalardan xabardor bo‘lish Allohning ilmidir, deb hisoblaydi. Bu kabi bahslar 
Qur’oni karimdaga ayrim oyatlar mazmunini Muhammad (sav) hadislarida sharhlanmay 
qoldirilgani bois vujudga kelgan. Bunday holatda tafsir yozgan olimlar o‘zlarining akd va 
fikrlari doirasida izoh berishlari tabiiydir.  
 
 
KUTTOB (oromiychadan olingan arabcha so‘z) - alifbo va Qur’on o‘qitiladigan 
boshlang‘ich maktab. O’rta asrlarda K. so‘zi keng qo‘llanilgan. endilikda esa Arabiston, 
Misr va Tunis bilan cheklangan. Boshlangich ("Qur’on o‘qitiluvchi") maktab uchun 
boshqa nomlar (maktab, mekteb va b.) bo‘lgan va hozir ham bor. Unga joy sifatida 
biron-bir jamoat binosining xonasi yoxud hovlisidan foydal anishgan. 
 
 
"KUTUB us-SITTA" - sahixdigi darajasiga ko‘ra eng mo’tabar sanalgan 6 hadis kitobi. 
Payg‘ambarimiz(sav)ning hadislarini jamlashga ko‘p ulamolar qo‘l urishgan. Shu niyatda 
bir qancha hadis kitoblari yaratilgan. Lekin bu to‘plamlarning barchasi ham birdek 
qiymat kasb etmagan. Keyingi davr olimlari bu kitoblardagi hadislarning sahihlik 
darajalarini o‘rganishgan va 6 hadis to‘plamini e’tiborga molik topishgan. Ular "K.us-s." 
nomi bilan mashhur. Mo’tabar to‘plamlarning peshqadami so‘zsiz Imom Buxoriynint "Al-
jome’ as-sahih" asaridir. 2-mo’tabar manba Imom Muslimnit "Sahih"idir. Imom Muslim 
to‘plamni tuzishda Buxoriyga ergashgan, qiyos olgan. Zero, ular ustoz-shogird edilar. 
Doruqutniy bu 2 ulug‘ imomga "Odamlar uchun kuyosh va oy" deb ta’rif bergan. Ular 
yaratgan to‘plamlar esa "Sahihayn" (Ikki sahih) ismi ila mashhurdir. Lekin, bu 2 asar 
sahih hadislarni to‘la qamrab olmagan. Qolgan 4 imomning hadislari quyidagilar: Abu 
Dovudnnng "Sunan"i, Termiziynnt "Sahih"i, Yaasoshning "Sunani Kubro" asari va Ibn 
Mojaning "Sunan" hadislar to‘plamidir. Bu bitiklarning sahihlik darajasi xuddi shu 
tartibda. "K. us-s."da payg‘ambarimiz(sav)ning sahih hadislari to‘plangandir. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
KUFR (arab.- satr, to‘smoq; inkor etmoq) -imonsizlik; Islomni tan olmaslik yoki uning 
amallarini bajarmaslik. K.ga jiddiy gunohlar va jinoyatlar: shirk keltirish, namozdan voz 
kechish, sehrgarlik, zinokorlik, o‘z joniga qasd qilish, ichkilikbozlik, qimor o‘ynash va b. 
kiradi. Shuningdek, olimni o‘z obro‘siga ishonib mo‘min-musulmonlarni hak yo‘ldan 
chalgatib boshqa yo‘lga boshlashi ham K.ga kiradi. K.ga munosabat islomning dastlabki 
davridan boshlab turlicha bo‘lgan. 7-a.ning 2-yarmida xorijiylar ularga qo‘shshshagan 
har bir musulmonni kofir, ya’ni dinga ishonmovchi, uni rad etuvchi deb hisoblashgan. 7-
8-a. boshida murji’iylar tarkibidan "mo’tadil" oqim ajrab chiqib, ularning fikricha K. sodir 
etgan kishi kofir bo‘lmaydi va u musulmonlar safidan o‘chirilmaydi, uning qilishi haqida 
faqat Qiyomat kuni Allohgana hukm chiqara oladi. K. turi uchta: 
1. Haqiqiy K. Dilida ham, tilvda ham o‘zining kofirligini iqror etish. Bunday odamlar 
haqiqiy kofirlardir. 
2. Inodiy K. Allohning haqligini, Muhammad (sav)ning haqiqiy payg‘ambar ekanligani 
bila turib, qaysarlik qilib va arzimagan sabablarni ko‘rsatib imon keltirmaslik. Bunga 
mal’un shaytonning va Abu Tolib (Muhammad (sav)ning amakilari)ning Klari misol bo‘la 
oladi. Zero, shayton Allohning zotu sifatini yaxshi bila turib, Uning farmonini bajarmadi. 
Odam (as)ga sajda qilmay tavqi la’nat va K.ga ega bo‘ldi. Abu Tolib esa, asosan, o‘z 
qo‘lida o‘sib voyaga yetgan Muhammad (sav)ning rostgo‘yligi va haqiqiy 
payg‘ambarligini yaxshi bilsa-da, tengqurlari, badavlat, nufuzli mushriklar oldida xijolat 
bo‘lib qolmaslik uchun o‘shalar imon keltirmaguncha men ham imon kalimasini 
aytmayman, deb olamdan o‘tdi. 
3. Hukmiy K. Ba’zan shariatga xilof ishlarni qilish yoki kufr so‘zlarini bilib-bilmay gapirib 
qo‘yish sababli K.ga hukm qilinuvchi holat. Mas., bir musulmon odam Qur’onni tepsa 
yoki shariatni masxara qilsa yoxud "namoz farz emas", "to‘ng‘iz go‘shti harom mas" kabi 
rad so‘zlarini aytsa, musulmonchilikning boshqa hamma ko‘rsatmalarini bajarayotgan 
bo‘lsa ham, u kofir deb hukm qilinadi. Xoh haqiqiy, xoh hukmiy kofir bo‘lsin, umr bo‘yi 
qilgan toat-ibodatlari bekor bo‘ladi, nikohi buziladi. Shunday holatga tushib qolgan 
odamga yaxshi nasihat etib, tavba qilish va nikohini yangidan o‘kdtib olish tavsiya 
etiladi. Hoz. vaqtda K. tushunchasidan mutaassib musulmon jamoalari (mas., "Ixvon al-
muslimun"), shuningdek, siyosiy kurashda (Eron-Iroq mojarosi) keng foydalanilmoqda.  
 
 
KO’XAKIY, Sulton Muhammad Hofiz Ko‘hakiy (Ko‘ykiy) Toshkandiy (1490, Toshkent 
viloyati, Parkent - 1572, Toshkent) - tarixchi, huquqshunos, Tarjimon, geograf, 
etnograf, matematik, faylasuf va mudarris. Ali Qushchining nabirasi, parkentlik ziyoli 
Mirzo Kamoliddinning o‘g‘li. Arab va fors tillarini, adabiyotni mukammal bilgan. Bir 
qancha mamlakatlarga, chunonchi Misr, Iroq, Suriya, Yaman, Saudiya Arabistoni, 
Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Sharqiy Turkiston (Qashqar, Xo‘tan, Yorkent, Turfon, 
Rulja)ga sayohat qilgan. Kotib Chalabiy (Hoji Xalifa) ning yozishicha, u 1528 y. Bobur 
huzuriga elchi bo‘lib borgan, 1569 y. esa Boburning nabirasi Akbar uni qabul qilib, 
bobosini ko‘rish sharafiga muyassar bo‘lgan tabarruk kishi sifatida ko‘p e’zozlagan. K. 
Toshkentning Sag‘bon ko‘chasidagi o‘z hovlisiga kurdirgan madrasada mudarrislik qilish 
bilan birga o‘ndan ortiq asarlar yozgan, chunonchi "Risola fiy fann at-tafsir val-usul val-
furu’ val-mantiq val-kalom" ("Tafsir, usul, furu’, mantiq va kalom ilmlari xususida 
risola"), "Tarixi oli Chingaz" ("Chingazxon xonadoni tarixi"), "Sharhu odob al-munozara" 
("Munozara odobi kitobiga sharh"), "Favoid ziyoiyya" ("Munavvar foidalar") shular 
jumlasidandir. Shuningdek, u tarixchi Muhammad ibn In’om (10-a.) ning 2 jildli "Tarixi 
Turkiston" asarini forschadan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
171
qabri Qaffol Shoshiy maqbarasiga kiraverishda, o‘ng tomonda. Hozir K. kurdirgan 
madrasa ta’mirlangan bo‘lib, u joylashgan mavze Hofiz Ko‘ykiy mahallasi deb ataladi. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
172
- L -
 
 
LAVHUL MAHFUZ (arab. - muhofaza qilingan lavh) - Alloh insoniyatning taqdirlarini 
yozgan ulkan kitob; diniy manbalarga ko‘ra, oq durdan yasalgan, uzunligi yer bilan 
osmon oralig‘icha, eni Mashriq bilan Mag‘rib oralig‘icha, ikki sahifadan iborat. Uning 
yonida yozuv qalami bo‘lib, uning ham kattaligi Lavhga mos keladigan shaklda. U bir 
ulkan farishtaning ko‘kragiga o‘rnatilgan bo‘lib, ustki qismi Arshi a’loga bog‘lab qo‘yilgan. 
Alloh taolo hamma narsadan oldin mazkur Lavh bilan Qalamni yaratib, to qiyomatgacha 
yaratadigan narsalarini va bo‘lajak ishlarni, ilohiy kitoblarni, takdir va qazoni ham 
Lavhga bitib qo‘ygan. "Ra’d" surasining 39-oyatiga ko‘ra, Alloh taolo undagi yozuvlardan 
xohlaganicha o‘chirib, xohlaganicha o‘zgartirishlar kiritib turadi. L.M. to‘grisida Qur’oni 
karimning Buruj surasi 22-oyatida, Zuxruf surasi 4-oyatida ("Ummul Kitob" nomi bilan), 
Yosin surasi 12-oyatida (Imom nomi bilan) ham kelgan. Rasululloh (sav): "Albatta, Alloh 
lavhul mahfuzni oq durdan yaratgandir. Uning sahifalari yoqutdandir. Qizildir. Qalami 
nurdir. Kitobi nurdir. Unda har kuni Alloh uchun 360 lahza bor. Uning kengliga osmon 
bilan yerning orasicha. Har kuni unga 360 marta nazar soladi. Xalq qiladi. Rizq beradi. 
O’ldiradi. Tiriltiradi. Aziz qiladi. Xor qiladi. Xohlagan narsasini qiladi" -deganlar. 
(Tabaroniy "Mu’jamul kabir"da rivoyat qilgan). Qur’oni karim Alloh taolo huzuridaga 
L.Mda saqlangan. Bu esa, uni Alloh taolo naqadar zo‘r qadrlaganini ko‘rsatadi. Alloh 
taolo yetadigan har bir musibat -kasallik, ochlik, kambag‘allik, o‘lim va b., ular yuzaga 
chiqishidan avval ham L.M.da, Allohning ilmiga sobit bo‘lishini ta’kiddagan.  
 
 
LAYLATUL-QADR (arab. - qadr kechasi) -islom aqidasiga ko‘ra, ramazon oyining 26-
dan 27-ga o‘tar kechasi. Bu kechaning ulug‘lanishi Qur’oni karimning shu kechada nozil 
etila boshlagani, bu kechada qilingan ibodat ming oylik ibodatdan afzal ekani to‘g‘risida 
Qur’onda bashorat berilgani bilan izoxlanadi. Unda aytilishicha, bu kechada osmon 
farishtalari Jabroil hamrohligida Yerga tushib, tong paytigacha bir yillik bo‘ladigan ishlar 
rejasini tuzadilar. Ular tuni bilan yana musulmonlar uchun istig‘for aytib, gunohlarini 
kechirishini so‘rab, Allohga iltijo qilar ekanlar. 
al-LOT - qad. Arabistonning butun hududi (Nabateya, Palmira, Xiro, Yaman)da islomdan 
avvalga davrda topiniladigan ayol - sanam, ayniqsa, Hijozda mashhur bo‘lgan, Vajj 
vohasidagi Toif yaqinida al-L. sanamining ramzi - oq tosh joylashgan. Mana shu tosh va 
uning yonidagi sajdagoh ziyoratgoh hisoblangan, vodiy muqaddas joy sanalgan. Al-L. 
Toifda yashovchi saqif qabilasining bosh ma’budasi hisoblangan, lekin, unga Makkadagi 
qurayshiylar ham uchta ma’buda (al-Lot, al-Uzza, Manat) qatori topinishgan. Al-L. 
sanami Makkadagi sajdagohda turgan. 631-632 y.larda saqifiylar islomni qabul 
qilishgandan so‘ng al-L. sajdagohi buzib tashlangan, sanamning bezaklari va xazinasi 
sahobalarning qarzlarini to‘lashga sarflangan.  
 
 
LOHUT va NASUT - "inson tabiati" (nasut)ga qarama-qarshi qo‘yiladigan "ilohiylik, 
ilohiy tabiat". Har ikki atama Qur’onda uchramaydi. Islomga ular ehtimol suryoniy 
xristianlar orqali kirib kelgan. Musulmon ilohiyotida L. va N.ning o‘zaro nisbati masalasi, 
ularning bir shaxsda uyg‘unlashuvi mumkinligini da’vo qilgan so’fiylik ta’limoti vujudga 
kelishi munosabati bilan ko‘ndalang bo‘lgan. 8-9-a.larda bunday ta’limotni "ashaddiy" 
shialar va ba’zi so’fiylar, jumladan al-Bistomiy va al-Halloj rivojlantirganlar. L. va N. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
173
istilohini ham amalda al-Halloj iste’molga kiritgan. Al-Halloj ta’limotiga ko‘ra, L. va 
N.ning birlashuvi inson bilan xudo o‘rtasidagi o‘zaro sevgi jarayonida amalga oshiriladi.  
 
 
LUT (as) - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri. Harron sh. 
(Mesopotamiya) da tavallud topib, Ibrohim (as) bilan birga Falastinga borgan. Sadum, 
Amura va uning atroflaridagi yerlarda chorvachilik bilan shugullangan. Payg‘ambarlik 
darajasiga yetishgach, odamlarga pand-nasihat qilgan, Allohning birligiga imon 
keltirishga chaqirgan. Biroq, axloqi buzuq Sadum aholisi bachchavozlik odatini tark 
etmay, L.(as)ning o‘zini bu yurtdan haydab chiqarmoqchi bo‘ladi. Farishtalar unga oilasi 
va imonli kishilar bilan birga (xotinidan tashqari, chunki xotini Allohning qahriga 
uchragan edi) shahardan chiqib ketishni buyurganligi rivoyat qilinadi. Qur’onning "Hijr" 
surasi, 61-65-oyatlari va 74-oyatida bayon qilingan. L. (as) ma’lum masofaga yetib 
olgach, shahar ostin-ustun qilib yuborilgani, qavm ustiga sopol tosh yog‘dirshtgani 
bayon etilgan. Hozir bu dinsiz qavm yashagan shahar o‘rnida dengiz mavjud bo‘lib, u 
"O’lik dengaz" va "Lut oroli" deb nomlanadi. 
 
 
LUTFULLOH, Chustiy bin Fathulloh (taxm. 1485, Fargona vodiysi, Axsikent mavzesi -
taxm. 1571) - natsshbandiylsh tariqatining mashhur namoyandasi. Axsikentdagi 
madrasada tahsil oladi. Ilmini takomillashtirish maqsadida Samarqandga keladi. Ba’zi 
manbalarda Xoja Ahrorning xalifasi Muhammad Qozi huzurida 6 yil tarbiyalangani va 
sulukni o‘taganliga aytiladi. L.ga Mahdumi A’zamning istagi bilan "Farg‘ona va 
Toshkentdagi barcha naqshbandiylik birodarlari" ishonib topshirilgan. L. bir necha marta 
yashash joyini o‘zgartirgan. O’zining aytishicha, "qishloq ahlining fitnasi oqibatida" 
ko‘chishga majbur bo‘lgan. Oxiri Chustga kelib, muqim bo‘lib qoladi. Bu yerda 
dehqonchilik bilan tirikchilik o‘tkazadi. U shayboniylar orasida nufuz orttirishga muvaffaq 
bo‘ladi. Shu bois o‘sha davrda davlatdagi ko‘pgana ichki nizolarni bartaraf etishga, 
saroydagi ayrim bek va amirlarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishga 
erishdi. Movarounnahrda kubroviylik tariqati yoyilgan bo‘lib, L. uning vakillarini ko‘p 
marta rofiziylik (islom yo‘lidan chetga chiqish)da aybladi. L.ning izdoshlari ko‘p edi. Ular 
Toshkent, Farg‘onadan tashqari Hisor hamda Movarounnahrning boshqa chekka 
viloyatlarida 20-a.ning boshlariga qadar faoliyat ko‘rsatgan. L.ning ijodiy merosi haqida 
ma’lumotlar kam. Manoqiblarda uning o‘z o‘quvchilariga tanbih tarzida yozilgan 2 ta 
kichik risolasi tilga olinadi. L.ning qabri qaerdaligi aniq emas. Ba’zi manbalarda u 
Chustga (bu yerda uning maqbarasi bor), boshqa manbalarda Hisorga dafn etilgan 
deyiladi.  
 
 
LUQMON (as) - Qur’onda tilga olingan donishmand (31-"Luqmon" surasi). L. (as)ning 
payg‘ambar ekani haqida rivoyat mavjud. Nakd qilishlaricha, L. (as) ming yil umr 
ko‘rgan bo‘lib, Alloh u zotga narsa va voqea-hodisalarning mohiyat-haqiqatiga bexato 
yetish va eng to‘g‘ri hukm chiqara olish ne’matini, ya’ni hikmatni ato etgan ekan. 
Qur’onda L. (as)ning o‘g‘liga qilgan pand-nasihatlari (Allohga shirk keltirmaslik, yaxshi 
amallar qilish, namoz o‘qish, sabr-toqatli bo‘lish, kibr-havoli, maqtanchoq bo‘lmaslik 
kabilar) keltiriladi. L. (as) haqida rivoyatlar ko‘p. Shulardan biriga ko‘ra, L. (as) Od 
qavmidan bo‘lib, uni L. (as) ibn Od deb atashgan. Rivoyatlarda aytilishicha, Arabistonda 
yashagan ana shu xalq Allohning g‘azabiga uchrab kurg‘oqchilikka duchor bo‘ladi. Xalq 
bu ofatdan qutulish maqsadida o‘z vakillarini Makkaga yomgar so‘rab, duo qilish uchun 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
174
yuboradi. Ularga L. (as) boshliq bo‘ladi, lekin u Allohdan o‘ziga uzoq umr so‘raydi. Alloh 
L. (as)ga yettita burgut umriga teng keladigan umr ato etadi. O’rta Osiyo xalqlari 
orasida L. (as) buyuk hakim, dono, bilimdon inson timsoli sifatida mashhur bo‘lgan. 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
175
- M -
 
 
MAVLAVIYLAR, mavlaviya- so’fiylik tariqati. Taxm. 1240 y.da Jaloliddin Rumiy Ko‘niya 
sh.(Kichik Osiyo)da asos solgan. Rumiyni ko‘pincha "mavlono" ("janob") deb atashgan. 
Shundan tariqat nomi olingan. Tariqat faoliyati Eron, so‘ngra Turkiya hududi bilan 
cheklangan. M. tariqatiga avval shahar aholisining o‘rta va quyi qatlamlari, keyinroq xos 
tabaqalari kirgan. M. o‘z mavlaviyaxona va takyalariga ega bo‘lib, bu yerda zikru samo’ 
qilishgan. Boshqa tariqatlardan farqli o‘laroq, M. jamoa bo‘lib, musiqa tinglash, kuylash 
va gar aylanib zikr tushish marosimiga alohida e’tibor berishgan. M. fikricha, mutlaq ruh 
- Ilohning inson qalbidagi zarrasi musiqa ta’sirida, zikr tushish paytida tiniklashib, 
poklanadi, ya’ni o‘z o‘zagaga yaqinlashadi, Allohga o‘z muhabbatini to‘laroq ifodalashiga 
yordam beradi. M. "gardi darvishlar" nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. M.ning birinchi 
rasmiy boshlig‘i shayx va xalifa unvonini olgan Hisomiddin Hasan Chalabiy (taxm. 1264 
y.v.e.) edi. Rumiyning o‘g‘li, Sulton Valad (1226-1312)ni uning vorisi, tariqatning 
amaldagi tashkilotchisi, deb hisoblash mumkin. Sulton Valaddan boshlab M. rahbarlik 
lavozimi - asosan katta o‘shi Ulug‘ Orif Chalabiy (1272-1320) orqali -vorislik lavozimiga 
aylangan. M. ilk Usmonli turk sultonlari davrida (14-a.) Kichik Osiyo bo‘ylab tarqalib, 
juda mashhur bo‘lib ketgan. M. tariqati Turkiyada to 1925 y.ga qadar faoliyat ko‘rsatgan 
va shu yili Kamol Otaturk dekreti bilan tarqatib yuborilib, barcha yerlari, ko‘chmas mulki 
va bankdagi mablag‘i musodara qilingan. 
 
 
MAVLO (ko‘plikda - mavoli) - 1) rahnamo, homiy, janob (Qur’onda Alloh haqida: 3:150/ 
143; 8:40/41 va b., odatda mavlono - "bizning janob", "xojamiz" shaklida); 2) 
homiylikdagi shaxs, ko‘pincha ozod etilgandan so‘ng xojasi yoki uning merosxo‘rlariga 
ma’lum darajada qaramlik rishtalarini saqlab qolgan qul; uning zimmasiga sobiq 
xojalariga yordamlashish yoki ularni himoya qilishdek ma’naviy majburiyat yuklatilgan, u 
uylanmoqchi bo‘lsa, ularning roziligini olishi lozim bo‘lgan, bevosita merosxo‘rlari 
bo‘lmagan takdirda uning mol-mulki xo‘jayiniga o‘tgan. Islom futuhotlaridan so‘ng tobe 
etilgan viloyatlarning arab bo‘lmagan aholisi M. deb atala boshlandi, bu aholi go‘yo 
arablar himoyasi ostiga olingan deb hisoblana boshlandi. Umaviylar davrida arab 
bo‘lmagan mavolilar salmoqli ijtimoiy tabaqani tashkil etib, ko‘pgina ommaviy 
harakatlarda, xususan, abbosiylar davridagi harakatlarda katta rol o‘ynaganlar. Shu 
davrda qaramlikning ikki asosiy shakli ko‘zga tashlanadi: shaxsly (homiy-xo‘jayindan) va 
guruhiy (qachonki M. to‘la huquqli bo‘lmagan a’zo sifatida qabilaga qo‘shilsa), bu shakl 
haligacha o‘rganilmagan. Xuroson qo‘shinida 7 ming kishidan tashkil topgan Mlarning 
maxsus otryadi mavjud bo‘lgani alohida holat bo‘lib, ular maosh va yegulik olmasalar-
da, arablar bilan bir qatorda harbiy harakatlarda ishtirok etishgan, shu bilan bir qatorda 
boshqa M.lar o‘zlarining homiylari bilan birga jang qilganlar. Umar II davrida ularning 
huquqlarini boshqa jangchilar bilan tenglashtirishga urinib ko‘rilgan. Abbosiylar davlat 
to‘ntarishidan keyin, barcha musulmonlar - arablar va arab bo‘lmaganlar teng huquqqa 
ega bo‘ldilar. Shundan so‘ng guruhiy qaramlik yo‘q bo‘lgan bo‘lsa kerak va M. alohida 
ijtimoiy guruh sifatida ahamiyatini yo‘qotadi. M. arab va xalifalik hududidagi mahalliy 
madaniyatlar bilan uyg‘unlashuvi asosida o‘rta asr musulmon madaniyatini 
shakllanishida katta rol o‘ynadilar. Musulmon ilohiyoti va huquqining ko‘pgana 
namoyondalari M.lardan chiqqan (Abu Hanifa, an-Naxa’iy va b.). 10-13-a.larda ayrim 
hokimlar unvonida uchraydigan mavlo amir al-mo’minin yoki falonchining M.si kabi 
iboralar ko‘p hollarda faqat tobelikni izhor etishni anglatgan.  

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling