Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet48/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55

VIDO XUTBASI - Muhammad (sav)ning vidolashuv xutbalari: 632 y. 8 martda 
Makkada, Arafotda. Qusvo degan tuyalariga mingan holda Arabistonning turli yerlaridan 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
307
kelgan 124 ming musulmonga qarata o‘qilgan. Bu tarixiy xutba "V. x." nomini olgan 
bo‘lib, u nafaqat yig‘ilgan musulmonlarga, balki butun insoniyatga qaratilgandi.  
 
 
VIJDON ERKINLIGI - ijtimoiy-falsafiy tushuncha; har kimning o‘z e’tiqodiga ko‘ra, 
mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy me’yorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani 
bo‘yicha yashash, ishlash imkoniyati. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni 
hisoblanadi. Siyosiy jihatdan V.e.ga demoqratiya ko‘rinishlaridan biri sifatida qaraladi. 
Yuridik nuqtai nazardan V.e. insonning asosiy shaxsiy huquqlari sirasiga kiradi va 
demoqratik erkinliklardan biri hisoblanadi. O’zbekistonda u O’zR Konstitutsiyasida, 
"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonunda (1991 yil 14 iyunda qabul 
qilingan, 1998 yil 1 mayda yangi tahriri tasdiqlangan) nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga 
ko‘ra, "hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod 
qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega" (31-modda). O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi bo‘yicha diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Ayni vaqtda yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, dinga munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligi 
ta’minlanadi (4-modda). Ushbu Qonunda ta’kidlanishicha, hech bir dinga yoki diniy 
e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Qonun muayyan yoshga yetgan fuqarolarning o‘z diniy ehtiyojlarini 
qondirish uchun diniy tashkilot tuzish, oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish 
tartib-qoidalarini ham belgilab bergan. Ayni vaqtda dindan davlat va Konstitutsiyaga 
qarshi targ‘ibot olib borishda, millatlararo adovat uyg‘otishda, vaziyatni 
beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda ham 
davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa g‘arazli maqsadlarda foydalanishga 
yo‘l ko‘yilmaydi (5-modda). 
 
 
VILOYATI FAQIH - shialikda "yashiringan imom" - mahdiyning kelishi va adolat 
o‘rnatishi haqidagi g‘oyaga bog‘langan tushuncha. 1979 y.dagi Eron islom inqilobi 
natijasida bu g‘oyani amalga oshirish, amalda imom zimmasiga yuklash mumkinligi 
haqidagi aqidalar vujudga keldi. Eron islom jumhuriyatiga 1989 y.gacha rahbarlik qilgan 
oyatullo al-uzmo Ruhalloh al-Musaviy al-Humayniy ana shunday V.f. rahbari vazifasini 
bajardi, ya’ni u davlatning biror lavozimida bo‘lmasa ham, amalda butun Eron ijtimoiy 
hayotiga rahbarlik qildi.  
 
 
VIRD (arab. - vazifa) - tark qilmay doim bajarib turiladigan vazifa, duo; tasavvufda 
shayx va muridlarning kundalik o‘qib yurishlari uchun zarur bo‘lgan Qur’oni karim 
gilovati, zikr, tasbeh o‘garish, duo, salavotlar. Ular kechki va tunga ibodatlar orasida ado 
etilib, tariqatning asosi hisoblanadi.  
 
 
VOBKENT MINORASI - me’moriy yodgorlik. Buxoro sadri Burxoniddin Abdulaziz II 
tomonidan 1197-98 y.larda kurdirilgan. Minoraning tepa qismida devoniy xatvda "Minora 
595 hijriy yilda qurib bitkazildi", deb yozilgan. "Kimki masjvd qursa, o‘ziga jannatdan 
makon kurgan bo‘ladi", degan hadis ham bitilgan. O’sha davrda minoraga yondosh bir 
masjid va bir Madrasai sadriya mavjud bo‘lib, u Movarounnahrdagi eng yirik bilim 
maskani bo‘lgan. Minoraning bal. 38,7 m. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
308
 
 
VOJIB (arab. - majburiyat, burch) - islomda bajarilishi zarur bo‘lgan amal turi. 
Zaruriylik nuqtai nazaridan V. farzdan keyin, sunnat talablaridan oldin turadi. Islomda 
V.ni inkor etish og‘ir gunoh hisoblansa-da, kofirlikka nisbat berilmaydi. "Podshohning 
amri vojib" degan tushuncha Qur’onda bor. Sunniylikda V.ga shariat tushunchalari 
bo‘yicha farz bilan sunnat erasidan joy berish hanafiylik mazhabidagina e’tirof etilgan. 
Boshqa uch ushhabda V. alohida tushuncha sifatida qabul qilinmagan. Ularda farzdan 
keyin bevosita sunnatga o‘rin berilgan. V.ni esa, ular farzga qo‘shib yuborishgan. 
Binobarin ular hanafiylik mazhabidagi V.larni farz qisoblaydi. Mas., besh vaqt namoz, 
ro‘za, zakot, qajni hanafiylar farz desa, ular farz ham, V. ham deb atayveradi. 
 
 
VOIZLIK (arab. va’z - targ‘ib, nutq) -va’zxonlik, notiklik. V. arablarda, umuman 
musulmon Sharqida qadimdan mavjud bo‘lib, dabirlik, xatiblik, muzak-k i r l i k va b. 
ko‘rinishlarga ega bo‘lgan. Savlat ahamiyatiga molik yozishmalar, maktublar va b. 
hujjatlarni o‘qib berish bilan shug‘ullanuvchilar dabirlik, hayitlar, bayramlar, turli 
yig‘inlar, juma namozlari va b. ommaviy tadbirlarda ma’naviyat, axloq-odobga oid 
mavzularda pand-nasihat aytuvchilar, Qur’oni karim oyatlari, Hadislarni sharhlovchilar V. 
xatiblik, tarixga oid narsa, voqea, hadislarni bayon etish, tushuntirish bilan 
shug‘ullanganlar, muzakkirlik (zikr qilmoq) qilganlar. Sharqda V.ni o‘rgatuvchi maxsus 
soha kalom ilmi, balog‘a ilmi bo‘lgan. Ar-Roziy, Mavlono Riyoziy, Mavlono Muin Voiz, 
Husayn Voiz Koshifiy va b. bu sohaning yetuk bilimdoni hisoblangan.  
 
 
VOSIL ibn ATO, Abu Huzayfa al-G’azzol (699-748) - mu’taziliylar oqimi asoschilardan 
biri. Madinada tug‘ilgan, so‘ng Basraga ko‘chib o‘tgan, bu yerda Hasan al-Basriy 
to‘garagining faol ishtirokchisiga aylangan. Gunohi kabira qilgan kishi holati haqida 
Hasan al-Basriy bilan ixtilofda bo‘lgani tufayli V.i.A. bir guruh maslakdoshlari bilan 
to‘garakni tark etgan va bu bilan mu’taziliyaga asos solgan. O’z ta’limotini tarqatish 
uchun xalifalikning barcha viloyatlari - Mag‘rib, Xuroson, Yaman, Jazira, Armanistonga 
targ‘ibotchilarini jo‘natgan. Uning targ‘ibotchilari ayni vaqtda umaviylarga qarshi 
tashviqot ishlari ham olib borishgan va bu bilan umaviylar sulolasining ag‘darilishiga 
imkon yaratganlar. V.i.A. Allohni inson ko‘rinishida tasavvur etilishiga qarshi bo‘lgan. U 
Qur’ondagi tegashli iboralarni majoziy ma’noda talqin etgan. Xususan, "o‘z qo‘ling bilan 
yarat" degan ibora uning fikricha, "o‘z hukming bilan" deganidir, bu xuddi qo‘l kaftlarini 
ochiq holdaligi saxiylikning ramziy belgisi, yopiqdiga esa - xasislikni ifoda etgani kabi. 
V.i.A. ko‘plab asarlar yozgan, uning "as-Sabil ila ma’rifat al-haqq" Haq(Alloh)ni tanish 
yo‘li asari musulmon fiqhi tarixida nihoyatda muhim o‘rin tutadi. V.i.A. birinchi bo‘lib 
haqiqat (al-haqq)ni bilishning 4 usuli (vujux)ni aniklab bergan: Kitob (kitob natiq), 
yakdil qabul qshshngan sahih hadis (xabar mujtamo alayhi), aqliy dalil (hujjat aql) va 
jamoaning yakdil fikri (ijmo’ min al-umma). Bu tamoyillar musulmon huquqini ishlab 
chiquvchilar (xususan, ash-Shofi’iy) tomonidan fiqhning 4 manbai (usul)ni belgilashda 
juda qo‘l kelgan.  
 
 
VUJUD (arab. - "borlik", "bo‘lishlik", "mavjudlik") - tasavvufda. Allohning borligi 
haqidagi aqida. Allohning bor bo‘lishi o‘z-o‘zidan zarurligi "vojib ul-vujud" deb ataladi. 
Allohdan boshqa mavjudotlar esa, "mumkin ul-vujud" deb nomlanadi. Ya’ni, bu 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
309
mavjudotlar Alloh tomonidan yaratilishi ham, yaratilmasliga ham mumkin bo‘lgan 
narsalardir. 
 
 
VUZU’ (arab. - yuvinish, tahorat) - islom an’anasida maxsus poklanish ibodati. 
Namozdan oldin yuz, qo‘l va oyoqni yuvish, boshga mash tortish, tahoratning yengil 
shakli, ya’ni kichik tahorat. Butun tanani boshdan-oyoq yuvish esa, katta tahorat (g‘usl) 
hisoblanadi. Zero, islomda tahoratsiz namoz o‘qish, Qur’onni ushlash mumkin emas. 
 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
310
- X -
 
 
XABAR (ko‘pligi axbor; "darak", "yangilik", "hikoya") - Muhammad (sav)ning so‘zlari va 
xatti-harakatlari haqida rivoyat (bu ma’noda sinonimi hadis, asar) - Qur’on va hadislarda 
bu so‘z o‘zining odatdagi - "darak", "bildirish" ma’nosida qo‘llanilgan; al-Buxoriy 
davridayoq (9-a.) ayrim hadislar axbor deb ko‘rsatilgan. Shialikdagi hadislar to‘plamlari 
ham Axbor deb ataladi. 
X. istilohi, shuningdek, ayrim tarixiy voqea yoki fakt, tarjimai holga doir ma’lumot, 
odob-axloq yoki dunyoviy xarakterdagi ko‘ngal ochdi hikoyalar ma’nosida ham 
ishlatiladi. 
 
 
XADICHA bint Xuvaylid (taxm. 555/556-620/ 621) - Muhammad (sav)ning birinchi 
xotinlari. X. beva qolgan boy xotin bo‘lgan. Muhammad (sav) avval X.ning savdo 
ishlarini boshqarganlar, keyinchalik unga uylanib, uning mablag‘lari bilan savdogarlik 
qilganlar. X. Muhammad (sav)ga ko‘p g‘amxo‘rlik va mehribonliklar ko‘rsatgan, u zotga 
vahiy kela boshlaganda payg‘ambarliklariga darhol ishongan, birinchilardan bo‘lib islomni 
qabul qilgan. U Muhammad (sav)dan 4 qiz va uch o‘gal ko‘rgan, faqat kenja qizi 
Fotimadan avlod qolgan. 
 
 
XAYR - yaxshilik, ezgulik; musulmon diniy, ilohiyot va falsafiy tafakkurida axloqiy va 
metafizik kategoriya, yovuzlik - sharrning ziddi. Axloqiy jihatdan ularning sinonimi 
sifatida jamil yoki hasan (go‘zal) va qabih (xunuk). Fiqhda yaxshilik - shariatga ko‘ra, 
kishi intilishi kerak bo‘lgan narsa, yovuzlik esa - undan qochish lozim bo‘lgan holatdir. 
Falsafiy va ilohiyot tafakkurida dunyoda yovuzlikdan ko‘ra yaxshilik ko‘pchilikni tashkil 
qiladi va Alloh faqat yaxshilikning sababchisidir, degan qarash ustundir.  
 
 
XALVATIYA - so’fiylik tariqati; 14-a. oxirida Shim.-G’arbiy Eronda shakllangan. Tariqat 
dastlab turkiy aholi o‘rtasida vujudga kelib, O’rta Osiyo tasavvuf maktabi (Ahmad 
Yassaviy)ning ayrim g‘oyalari va malomatiya va qalandariyaning kuchli ta’siri ostida 
faoliyat olib borgan. X. 50 dan ziyod mustaqil suluk va tariqatlarni boshlab bergan. 
X.ning asoschisi gilonlik Zohiriddin Umar al-Xalvatiy (1397 y. v.e.) bo‘lgan. U o‘z 
izdoshlari uchun qoidalar ishlab chiqqan, unga ko‘ra, qat’iy ravishda zohidlikka amal 
qilish (zuhd) va mutlaqo ro‘za tutish (imomlar soniga qarab) asoslab berilgan. Siyosiy 
sabablarga ko‘ra, (X. tarmoqlariga Usmoniylar rahnamolik qila boshlagach) X. ta’limoti 
vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishlarga uchrab sunniylik tariqatiga aylangan. X. ta’limoti asosini 
quyidagilar tashkil qiladi: ju’ (ixtiyoriy ochlik), samt (sukut saqlash), sahar (bedor 
bo‘lmoq), i’tizol (yolg‘izlik), zikr, fikr (meditatsiya), rabt (murid qalbi bilan shayx qalbi 
o‘rtasidagi aloqa) va ibodatda doimiy pokizalik. X. tariqati yashil yoki qora rangdagi 
to‘rtburchaqli qalpoq kiyishi bilan ajralib turgan. 
 
 
XALIFA (arab. - o‘rinbosar, noib) - ilk islomda jamoa hayotini shariat bo‘yicha tartibga 
solish va Alloh taolo ko‘rsatmalariga musulmonlar tomonidan amal etilishini nazorat 
qilish uchun saylab qo‘yilgan musulmon jamoasi rahbari. X. ba’zi vazifalarda vafot etgan 
Muhammad (sav)ning o‘rinlarini bosadi, deb hisoblangan, keyingi har bir X. esa, shu 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
311
vazifada o‘zidan oldingisining o‘rnini bosishi kerak bo‘lgan. Muhammad (sav)ning eng 
yaqin safdoshlari Abu Bakr Siddiq, birinchi X., keyingalari Umar, Usmon, Ali bo‘lishgan. 
Ularni xulafoi roshidin, ya’ni to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi X.lar deb atashgan. Ali va Muoviya 
o‘rtasidagi kurash davrida musulmon jamoasining bo‘linishi sodir bo‘lgan, Ali tarafdorlari 
shialikka asos solishgan. Ular musulmon jamoasida hokimiyat faqat imom hisoblangan 
Ali va uning avlodlariga tegashli bo‘lishi lozim deb hisoblaganlar. X. unvonini shialar tan 
olmaydilar. Alini dastlab qo‘llab-quvvatlaganlar ichidan xorijiylar ajrab chiqqan, ular X.ni 
saylash tamoyilini qat’iy himoya qilishgan. Sunniylikni tashkil etgan musulmonlar 
jamoasining aksariyat qismi umaviylar sulolasidan bo‘lgan X.larni yoqlab chiqdi; bu 
sulola o‘rniga 8-a. o‘rtasida abbosiylar sulolasi kelgan. Abbosiylar asta-sekin real 
hokimiyatni qo‘ldan boy bera boshlaganlar, 13-a.da esa, Bag‘dod mo‘g‘ullar tomonidan 
bosib olingach va X.ni Qohiraga qochib ketganidan so‘ng (u yerda 10-11-a.da fotimiylar 
hukmron edi), amalda hech qanday hokimiyatga ega bo‘lmay qolishgan. 16-a.da turk 
sultonlari o‘zlarini X. deb atay boshlaganlar, bu holat 1924 y.gacha, ya’ni Usmoniylar 
saltanati tugaguncha davom etgan.  
 
 
XALIFALIK - Payg‘ambar (sav)dan noib bo‘lib, din ishlarini, diniy ilmlarni tarqatish, 
Islom arkonlarini qoim qilish, jihod olib borish, unga tegishli: lashkar tayyorlash, 
jangchilarga maosh berish, tushgan o‘ljani bo‘lib berish kabi ishlarni, hozirlik ishlarini, 
hadd-shar’iy jazolarni qoim qilish, zulmlarni ko‘tarish, amri ma’ruf, nahiy munkarni 
yo‘lga qo‘yish kabi davlat ishlaridagi rahbarlik ("Izolatul Xafo" 1-2). X. to‘rt yo‘l bilan 
sobit bo‘ladi: 1-Musulmonlarga fikri va nasihati o‘tadigan, axli hill va akd (halol va ish-
so‘zi bir) bo‘lgan ulamolar, boshliqlar va askarboshilarning bay’ati bilan sobit bo‘ladi. 
Abu Bakr (ra)ning Xlari shu yo‘l bilan sobit bo‘lgan. 2-Xalifa odamlarga vasiyat qilib o‘z 
o‘rniga bo‘ladigan odamni tavsiya qilishi. Hazrati Umar (ra)ning X.lari shu yo‘l bilan sobit 
bo‘lgan. 3-Xalifa saylash uchun Sho‘ro majlisi tuzish. X,azrati Usmon (ra) va hazrati Ali 
(ra)ning Xlari shu yo‘l bilan sobit bo‘lgan. 4-X. shartlariga ega odamning odamlarga 
boshliq bo‘lib olishi bilan. Payg‘ambar (sav) xalifalaridan keyingi xalifalar shu yo‘l bilan 
bo‘lgan. ("Xujjatullohi Bolig‘a" 2-738). Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali (ra)lar roshid 
xalifalar va hidoyatli imomlar bo‘lib, Rasululloh (sav) ularga ishorat qilganlar va 
odamlarni ularga itoat qilishga va sunnatlarini tutishga amr qilganlar. Hasaanning X. 
muddatlari olti oy. Ulardan so‘ng musulmon podshohlarning birinchisi Muoviya. 
Hasan unga X.ni topshirgandan so‘nggina haqiqiy xalifa bo‘lgan. Hasanga otasining 
o‘limidan keyin Iroq ahdi bay’at qilgan edi. So‘ngra olti oydan keyin u kishi ishni 
Muoviyaga topshirdilar. Shu bilan Payg‘ambar (sav)ning Hasan haqlarida: "Albatta, 
mening bu farzandim sayyiddir. Alloh uning sababidan musulmonlarning ikki katta 
guruhi orasini isloh qiladi", degan gaplari rostligi zohir bo‘ldi (Buxoriy va Muslim rivoyat 
qilganlar). Keyin X. Muoviya ibn Abu Sufyonga va undan umaviylar sulolasiga o‘tdi. 
So‘ng abbosiylar va ulardan keyin usmoniylar xalifaligi bo‘ldi. X. Mustafo Kamol Otaturk 
tomonidan tugatildi. 
 
 
XANDAQ JANGI (arab. - chuqur) -Muhammad (sav) rahbarliklaridagi musulmonlar 
bilan makkalik mushriklar o‘rtasidaga jang. 627 y.da makkaliklar rahbari Abu Sufyon 10 
mingga yaqin askar bilan kelib Madinani qamal qiladi. Muhammad (sav) tarafdorlari 
Madina atrofiga Salmon al-Forisiy tavsiyasi bilan xandaq qazib, shaharni himoya etadi. 3 
haftalik qamaldan keyin Abu Sufyon qo‘shinlari Madinani ololmay orqaga qaytadi, 
musulmonlar g‘olib chiqadi. Bu islom tarixida X.j. deb nom oladi.  

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
312
 
XATIB (arab. - targ‘ibotchi, notiq) - masjidda juma va hayit namozi paytida xutba 
o‘qiydigan, va’z aytadigan ruhoniy. Islom muassasalarida ko‘pincha X. masjid imomi 
vazifasini ham bajaradi (imom-xatib deb atalishi shundan).  
 
 
XATIB BAG’DODIY, to‘liq ismi Abu Bakr Ahmad ibn Aliy ibn Sobit (1001-1071) -
mashhur muhaddis va tarixchilardan biri. Yokut Hamaviy "Mu’jam ul-buldon"da uning 
ellik olti ta’lifidan bahs etadi. Kitoblarining ko‘pchiligi hadis ilmiga oiddir. 20 jildli 
"Bag‘dod tarixi"dan tashqari "al-Jome’ li-odobir-roviy vas-somi’", "al-Kifoya fi-ma’rifati 
usulir-rivoya", "Sharh divon Abi Tammom" kabi asarlari mashhurdir. Xususan, 20 jildli 
"Bag‘dod tarixi"ni alohida qayd etish lozim. Sharqshunos Salmon Parijda bu tarix haqida 
300 sahifadan iborat bir bag‘ishlov nashr etgan. Ko‘pgana sharxlar ham bitilgan. 
Vafotidan avval barcha kitoblarini vaqf etgan, boyligini xayr yo‘lida ilm va hadis bilan 
mashg‘ul bo‘lganlarga bo‘lib bergan 
 
 
XATMI-QUR’ON - Qur’onni batamom o‘qish va shu munosabat bilan o‘tkaziladigan diniy 
marosim. Ramazon oyida, tarovih namozida Qur’oni karimni avvalidan oxirigacha tilovat 
qilib chiqilishi ham X.-Q. dir.  
 
 
XATTOBIYLAR, al-Xattobiya - "o‘ta" shialikdagi guruh; Abu-l-Xattob Muhammad ibn Ali 
Zaynab al-Asadiy izdoshlari. X.ning asoschisi va g‘oyaviy rahnamosining da’vatiga ko‘ra, 
ilohiy ruh to Ja’far as-Sodiqqacha bo‘lgan Ali xonadoniga mansub imomlarga birin-ketin 
jo bo‘lgan. Kufa yaqiniga chodir o‘rnatib Abu-l-Xattob o‘z tarafdorlarini xudo imom 
siymosida namoyon bo‘ddi deb Ja’far as-Sodiqqa ibodat qilishga chaqirgan. Bundan 
xabar topgan Ja’far as-Sodiq Abu-l-Xattobdan yuz o‘gargan va uni duoibad qilgan. 
Shunda Abu-l-Xattob ilohiy nur Aliylardan o‘ziga o‘tganligini da’vo qila boshlagan. 
Imomiylik merosiy ekanligini rad etib, imomlik - sof g‘oyaviy fazilat, payg‘ambarlar va 
imomlar ilohiy mujassamlikning ko‘rinishidir, ilohiylik - bu payg‘ambarlikdagi nur, 
payg‘ambarlik -imomlikdagi nur, dunyo ilohiy nurdan mahrum bo‘lishi mumkin emas va 
bu nur (imomlik) unga, yettinchi imomga o‘tganligani da’vo qilgan. 760 y. X.ning bir 
qismi Muhammad ibn Ismoil tarafdorlari bilan birga Kufada abbosiylarga qarshi 
qo‘zg‘olon ko‘tarishgan. Qo‘zg‘olon bostirilib, Abu-l-Xattob qo‘lga olingach, bir guruh 
tarafdorlari bilan birga xochga tortilgan. Ularning jasadlari yondirilib, kallalari xalifa al-
Mansurga jo‘natilgan, xalifa ularni uch kun Bag‘dod darvozalariga osib qo‘yishni, so‘ngra 
yoqib yuborishni buyurgan. Qolgan X. beshta guruhga ajrab ketishgan, ulardan biri Abu-
l-Xattobning o‘lganligani inkor etib, uni ilohiylashtirishni davom ettirgan, boshqalari esa, 
yangi saylangan imomlarni ilohiylashtirganlar. X. uchun umumiy xususiyat imomlarni 
ilohiylashtirish, ularning g‘ayritabiiy bilimlariga ishonish bo‘lgan. X. jannat va do‘zaxni 
majoziy talqin qilganlar, o‘liklarni qayta tirilishini inkor etishgan, ruhlarning ko‘chishini 
tan olganlar. Barcha X. dastlabki uch xulafoi roshidin va sahobalarni, Alini o‘z vaqtida 
imomlikdan chetlatganlari uchun dinsizlikda ayblashgan. 
X.ning g‘oyaviy izdoshlari ismoiliylar -"ettichilar" bo‘lib, ularning diniy-siyosiy qarashlari, 
o‘z navbatida qarmatlar harakati mafkurasining muhim qismini tashkil etgan.  
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
313
XIZR (as) (Xizir, Hazrati Xizr, Xizr buva, Xizr-Ilyos) - Qur’onda "Allohning quli" nomi 
bilan tilga olingan taqvodor zot. X. (as) odamlarda Allohga bo‘lgan e’tiqodni 
mustahkamlash uchun Iso, Ilyos va Idris singari abadiy hayot ato etilgan 
payg‘ambarlardan hisoblanadi. Rivoyatlarga ko‘ra, X. (as) orollarda yashaydi, osmonda 
uchadi, hamisha dunyo bo‘ylab kezib yuradi, har yili haj qiladi, juma kunlari Makka, 
Madina va Quddus shlaridagi masjidlarda namoz o‘qiydi. Dengizda suzuvchilarga 
homiylik qiladi, maxsus duolar bilan chaqirilsa, yordamga keladi: suvga 
cho‘kayotganlarni qutqaradi, yonginni o‘chiradi, o‘g‘rilar xurujidan, jinlarning 
hiylalaridan, ilon chaqishidan xalos etadi va h.k. So’fiylar X. (as)ni avliyolar piri sifatida 
e’zozlaydi. Hazrati X. (as) qadimdan xalqlar tasavvurida odamlar mushkulini oson 
qiluvchi, u bilan uchrashgan kishilarga baxt ato etuvchi xudojo‘y qariyadir. Xudo 
yorlaqagan odamlargina X. (as)ga yo‘liqishi mumkin. 
Musulmon sharqi mamlakatlari, jumladan O’rta Osiyoda X. (as) nomi bilan bog‘liq 
ko‘plab . qadamjolar (mas., Hazrati Xizr masjidi va b.) mavjud. 
 
 
XIROJ, xaroj (arab. - soliq) - 1) o‘rta asr musulmon davlatlarida yer solig‘i. Dastlab X.ni 
Arab xalifaligada faqat g‘ayridinlar to‘lashgan. Musulmonlar ushr solig‘i to‘laganlar. 
Keyinchalik yer egalari, asosan, musulmonlar bo‘lgach, X. umumiy yer solig‘iga 
aylangan. X. alohida shaxsdan yoki jamoadan (butun qishloq ahlidan) olinishi mumkin 
bo‘lgan. So‘nggi o‘rta asrlarda u turli nomlarda atalgan. Usmonli turk imperiyasida X. 
deb musulmon bo‘lmaganlardan olinadigan jon va yer soliklari aytilgan (yana q. Jizya); 
2) O’rta Osiyoda o‘rta asrlarda davlat yerlaridan to‘plangan soliq. O’rta Osiyoda 8-a.da 
islom dinining tarqalishi jarayonida joriy etilgan, shariatda qonunlashtirilgan edi. 
Zamonaviy soliq tizimining amalga kiritilishi bilan X. yig‘ish yo‘qolib ketdi. 
 
 
XIRQA (arab. - yamoq, quroq) - junli matodan tikilgan ustki kiyim. Asosan, so’fiylar 
kiygan. X. odatda so’fiylikda pirdan shogirdga o‘tgan, uzoq vaqt kiyilgani sababli u 
ko‘pincha eskirgan, quroq va yamoq bo‘lgan. X. o‘zbeklar orasida janda deb atalgan.  
 
 
XOJA AHROR (taxallusi; asl ismi Ubaydulloh; 1404-1490) - o‘rta osiyolik shayx, 
murshid, naqshbandiylik tariqati rahnamolaridan. Hoz. Toshkent viloyati Bog‘iston 
qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning bolalik va yoshlik davri Toshkentda o‘tgan. Shajarasi ona 
tarafidan mashhur Shayx Xovand Tahurga borib taqaladi. Toshkent, Samarqand 
madrasalarida tahsil olgan. X.A. ko‘proq tasavvuf ilmiga qiziqadi va shu maqsadda 
Hirotga kelib Shayx Bahouddin Umar, Shayx Zayniddin Xavofiy kabi taniqli mutasavviflar 
suhbatida bo‘ldi. So‘ng Bahouddin Naqshbandning shogirdi shayx Yoqub Charxiy (1447 
y.v.e.)dan naqshbandiylik tariqati asoslarini o‘rgandi. Bahouddin Naqshband 
ta’limotining davomchisi sifatida ruhoniylar o‘rtasida katta obro‘ga ega bo‘ldi va "valiy" 
(avliyo) deb tanildi. Ayni vaqtda dehqonchilik va tijorat ishlari bilan shug‘ullandi. X.A. 
juda katta yer-suv, mol-mulkka ega bo‘lib, mamlakatning ichki va tashqi siyosiy 
hayotida yetakchi o‘rin egalladi. X.A. qalamiga mansub 3 risola - "Faqarot ul-orifin" 
("Oriflar so‘zlaridan parchalar"), "Volidiya", "Havroiyya" bizgacha yetib kelgan. Birinchi 
risolasida o‘zining va ba’zi tasavvuf namoyandalarining tariqatga oid fikrlari, ikkinchi 
risolasida tariqat yo‘liga kirgan kishining axloq-odobi, faqr va fano tushunchalari bayon 
etilgan. Inson zohiri va botinini pokiza qilish mavzui ham asardan joy olgan. Uchinchi 
risolasi mutasavvif shoir Abu Sa’id Abulxayr (11-a.) ruboiysi sharhiga bag‘ishlangan. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
314
X.A. naqshbandiylikning murshidi sifatida shuhrat qozonib, o‘z davrining ijtimoiy, 
falsafiy, ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutdi. Jomiy, Navoiy, Bobur X.A.ni o‘zlariga 
ma’naviy pir - ustoz deb bilganlar, unga bag‘ishlab dostonlar bitishgan, asarlarini o‘zbek 
tiliga o‘garishgan. X.A. Samarqandda vafot etgan.  
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling