Islom falsafasiga kirish


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/21
Sana23.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1685516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Sirojiddinov Sh. Islom falsafasiga kirish. kalom ilmi. o\'quv qo\'llanma. T. 2008.pdf

ASH'ARIYA VA MOTURIDIYA 
Shariat va ilohiyotni kelishtirish, mantiqiy fikrni shar'iy 
asoslarga q yish — bid'at va buz unchi oyalarga qarshi 
kurashning yagona chorasi ekanligi tushunib yetilgunga qadar 
oradan bir asr vaqt tdi. Mu'taziliylarga qarshi qaratilgan asosiy 
zarbalar Abul Hasan Ash'ariy (873-935) tomonidan boshlab 
berildi. Bu Vosil ibn Ato vafotidan keyin bir asr tgandan 
keyingina r y berdi. Ash'ariydan xabarsiz holda xuddi shu davrda 
kurashga tgan yana bir ilohiyotchi olim Abu Mansur Moturidiy 
boidi. Ash'ariy Ba dodda faoliyat k rsatgan boisa, Moturidiy 
Samarqandda yashagan. Shunisi ahamiyatliki, ularning asosiy 
masalalardagi xulosa va yechimlarida ziddiyat y q, ayniqsa, 
Moturidiy taiimoti Ash'ariynikidan bir muncha mufassalroq va 
ravshanroq. 
Abul Hasan Ash'ariy 873-yilda Basrada tu ildi. U m taziliylar 
peshvosi Juboiydan (vaf.915 y.) taiim olib, voyaga yetdi. 912-
yilda muiaziliylar bilan aloqani uzib, Ba dodga k chib tdi va 
shu yerda 935-yilda vafot etdi. 
Abul Hasan Ash'ariyning muiazila oqimini tark etishiga 
quyidagi voqea sabab boigan: kunlardan bir kuni u ustozi Juboiyga 
shunday savol beradi: "Uch aka-ukaning kattasi Allohga toat-
ibodat qilib dunyodan tgan. rtanchasi uning aksi, ya'ni toat 
rniga gunoh va ma'siyat bilan umrini tkazgan. Kenjasi esa 
voyaga yetmay sa irlik vaqtida oigan boisa qiyomat kuni ularga 
nisbatan Alloh taolo qanday munosabatda boiadi?", deydi. Al-
Juboiy: "Kattasi jannatga, rtanchasi d zaxga tushadi. Kenjasi 
esa ikkisiga ham tushmaydi" deb javob beradi. Ash'ariy: "Agar 
kenjasi, ey Rabbim, nega meni sa iriigimda oidirding, agar 
umr berganingda men ham iymon keltirib, toat-ibodat qilib 
39 


jannatga kirar edim-ku, desa Alloh nima deb javob beradi?", 
deb s raydi. Ustozi: "Alloh unga, senga umr bersam, toat rniga 
ma'siyat bilan mash ul b lar eding. Men sening foydangni 
istab, yoshligingda ldirdim. Natijada d zaxdan omonda qolding, 
debjavobberadi" — debdi. Shunda Ash'ariy: " rtanchasi Allohga, 
nega meni sa irligimda ldirmading, toki bu gunohlarni qilib 
d zaxga tushmagan boiar edim, desa Alloh nima deb javob 
beradi?" deb s raganda, Juboiy javob topa olmay mulzam boiib 
qolgan ekan. Shundan s ng Ash'ariy va uning hamfikrlari mu'tazila 
mazhabini tark etib, Sunnat va sahobalar jamoasi yurgan yoiga 
tadilar. Shu yoida yuruvchilarni "ahli sunna val-jamoa" deb 
atay boshlaydilar
14

912-yilda Ash'ariy diniy amrlar, Alloh ma'rifati va uning 
yaratilmalari haqidagi bor islomiy manbalarni rganib, shariat 
islom asoslarini himoya qilish uchun yetarli kuchga ega, vahiyni 
tushuntirish uchun aqliy-mantiqiy tafakkurga hojat y qligini 
bayon qildi. Mu'taziliylar Qur'on matnlarini chuqur ta'vil qilishda 
mantiq katta tushuntirish quwatiga egaligini Qur'oni karim asosida 
dalillagan edilar. Ular aytar edilarki, Qur'on k r-k rona e'tiqodga 
qarshi, muslim va kofirlarni birdek aql bilan tafakkur qilishga 
chaqiradi (Qur'oni karim, 2:170; 5:104) va qayta-qayta uning 
s zlariga quloq tutishni buyuradi (3:63; 12:2.). Alloh, uning 
mavjudligi, zoti va sifatlarini bilish, shuningdek, chin e'tiqodga 
erishish, yaxshi-yomon axloqni farqlash, pay ambarlik va 
vahiyning haqiqatligi, moddiy olam tuzilishi va uning Yaratuvchisi 
orasidagi munosabatni aniqlash aql va tafakkursiz boimaydi. Aks 
holda ular diniy amrlar va naqlga tayanib, zamon talabiga javob 
bermay qolishi mumkin. Bunday paytda naql zining 
nomukammalligi tufayli haqiqiy iymonga putur yetkazadi. 
Bu ikki teologik maktab — mu'tazila va ash'ariyaning bahslari 
predmet va usul jihatidan teologik b o i s a ham falsafiy 
mushohadalardan xoli emas edi. Ayni choqda, bu ikki oqimning 
faylasuflarga munosabati salbiy edi. Ular bir tomondan, dinni 
tushunishda mantiqning foydali ekanligini tan olardilar, ikkinchi 
tomondan esa yunon taiimoti, ayniqsa, Aristotel oyalari asosida 
dinni tushuntirayotgan "al-falsafa"ni qoralar edilar
15

40 


Ash'ariychilar shariat manfaatlarini himoya qilish uchun 
maydonga tushganliklari sababli, sha davrlarda ustuvor b lgan 
tendensiya b yicha falsafaga qarshi turganliklari tabiiy. Biroq, 
mu'taziliylar, zlari shariat tomonidan bid'at guruh sifatida 
qoralana turib, falsafani rad etganlar. Bundan mu'taziliylar diniy 
hujjatlarni tan olgan, degan xulosa chiqadi. Zero, "al-falsafa" 
diniy hujjatlarni tamomila inkor etardi. 
Moturidiyaning asoschisi Abu Mansur Moturidiy (870-944) 
Samarqandning Moturid qishlo ida tu ilgan. U dastlabki ta'limni 
zining qishlo ida olib, keyinchalik Samarqanddagi Raboti 
oziyon madrasasida davom ettirdi. Al-Moturidiy yashagan davr 
somoniylar hukmronlik qilgan davrga t ri keladi. U 
Samarqandda 944-yilda vafot etdi va qabri shahar chekkasidagi 
Chokardiza qabristonidadir. 
Moturidiyning asarlari soni n beshtaga yetadi. "Kitab at-
Tavhid", "Kitab al-maqolot", Ka'biy asarlariga munosabat 
bildirilgan bir necha asarlari, "Kitabu bayoni vahmil — mu'tazila" 
("Mu'taziliylar vahmu gumonlarining bayoni haqida kitob"), 
"Kitab ta'vilot al-Qur'on" ("Qur'on ta'villari kitobi") kabilar 
shular jumlasidandir. 
Abu Mansur al-Moturidiyning "Mo ahaz ash-sharoiya" 
("Shariat asoslari manbasi"), "Kitab al-jadal" ("Dialektika haqida 
kitob") kabi asarlari ham b lgan. Bulardan tashqari, al-
Moturidiyning "Kitab al-usul" ("Diniy ta'limot usuli kitobi") 
asari borligi ham ma'lum. 
Al-Moturidiy "Ta'vilot al-Qur'on" asarida Abu Hanifaning 
qarashlariga suyangan holda buz unchi oyalarni rad qilishga 
harakat qildi. 
Olimning mazkur asariga k p olimlar murojaat qilganlar va 
undan ijodiy foydalanganlar. Ayrimlar sharh yozib, allomaning 
fikrlarini yanada rivojlantirdilar. Shulardan biri Alouddin as-
Samarqandiyning sharhidir. "Sharh ta'vilot ahlis-sunna" deb 
nomlangan bu asarning ikki nusxasi zbekiston Respublikasi 
Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi. 
Moturidiyga k plab olimlar ergashdilar. Ular orasida islom 
olamiga mashhur allomalar, Abul Hasan ar-Rustu foniy 
41 


(vaf.961), Ishoq ibn Muhammad as-Samarqandiy va Abdul 
Karim al-Pazdaviy (vaf.999), Abu Ahmad al-Iydiy kabi olimlar 
bor edi. Moturidiy ta'limotining keng tarqalishida ularning 
xizmatlari kattadir. 
Olmon olimi Ulrix Rudolf Moturidiy ilmiy merosini Ash'ariy 
ta'limoti bilan solishtirar ekan, ularning rtasida muayyan 
xshashliklar mavjud ekanligini e'tirof etadi. Shu bilan birga, 
eng muhim tamoyillarga tegishli bir talay farqlar ham uchrashini 
ta'kidlaydi. Ash'ariy z nazariyasini dalillash uchun radikal 
ta'riflar keltirishdan qaytmagan. Moturidiy esa, aksincha, 
radikallikdan qochgan. U k proq, barchani qoniqtiruvchi, shu 
bilan birga, islom asoslariga muvofiq keluvchi sintezlash y lini 
afzal k rgan. Bundan Moturidiyning hanafiylik an'analaridan 
kelib chiqib ish k rgani k rinib turadi. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling