"Islom" haqida tushuncha. Asosiy qism


Download 163.5 Kb.
Sana18.11.2021
Hajmi163.5 Kb.
#175408
Bog'liq
kurs ishi dilshod fizbos 207


Reja :

  1. Kirish.

“Islom” haqida tushuncha.

  1. Asosiy qism:



  1. “Islomiy davlat”lar .

  2. Terroristik tashkilotlar.

  3. Islomiy davlatning terroristik tashkilotlar tomonidan qo’llab- quvvatlanishi.



  1. Foydalanilgan adabiyotlar va elektron saytlar.



  1. Ilova.

1

Kirish



Islom – tinchlik va bag’rikenglik dinidir.

«Mamlakatimizda xukm surayotgan millatlar va dinlararo totuvlikni, fuqarolar hamjihatligini yanada mustahkamlash , yagona honadonimiz bo’lmish O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha insonlarning millati va dini, irqi va jinsiga qaramasdan, ularning tinchligini va osoyishtaligini ta’minlash–bu boradagi ishlarimizning asosiy ma’no–mazmuniga aylanishi darkor». Ko`p millatli jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, fuqarolar o`rtasida tinchlik va millatlararo totuvlik saqlanganligi mustaqil O`zbekistonning bunyod bo`lishi va rivojlanishining birinchi, boshlang`ich bosqichida qo`lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo`ldi.



I.A.Karimov

2

Islom (arab. – boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish)ISLOM dinida qoshiq eshitish harom hisoblanadi — jahonda keng tarqalgan uch dindan ( buddizm vaxristianlik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha "muslim" ("sadoqatli"; koʻpligi "muslimun") deb ataladi. "Muslim", "muslimun" soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (masalan, forslarda – musalmon, oʻzbeklarda – musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda – musulmon, Ukraina va Rossiyada – basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.



Jahonda qariyb 1,9 mlrd. kishi Islomga eʼtiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20% idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi – Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afgʻoniston,Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80% dan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80% igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan ). slom 7-asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad Sollallohu alayhi vasallamdir.Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb uqtiriladi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, yaʼni Alloh odamlarga paygʻambar-elchilar yuborgan. Ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammad(sollallohu alayhi vasallam)ni tanladi, unga oʻzining kalomi – Qurʼon nozil qildi. Muhammad(sollallohu alayhi vasallam) oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona xudo – Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat etdi. Qurʼonga koʻra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim ( a.s) Allohga birinchi boʻlib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi eʼtiqod emas, balki Ibrohim (a.s) ga nozil bo'lgan dinidir.

Muhammadga, 40 yoshida(milodiy 610-yil) vahiy (ilohiy koʻrsatma) kelishni boshladi. Ammo, bir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning koʻpchilik aholisi, ayniqsa, quraysh qabilasining zodagonlari uning targʻibotlariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar. Muhammadni yolg'onchiga chiqarib judda katta zulm ko'rsatildi. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga hijrat qilishdi, Yasribdagi banu Avs va banu Xazraj qabilalarining vakillari 622-yimda musulmon jamoasini oʻziga qabul qilish, Muhammadni payg'ambar va Allohni yagona deb tan olishdi. Hijrat nomini olgan bu voqea Islom tarixida burilish yasadi. Koʻchib oʻtgan kishilar muxojirlar (koʻchib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Madina va Makka oʻrtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi (qarang Badr jangi, Uxud jangi, Xandaq jangi va boshqa). 628-yilda Makka zodagonlari Muhammad bilan kelishishga majbur boʻldilar (qarang Hudaybiya sulhi). 630-yilda musulmonlar qoʻshini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Allohning elchisi (rasuli) deb eʼtirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Kaʼba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Muhammad vafot etgan 632-yilda Arabiston yarim oroli toʻla birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil boʻlib xizmat qildi.

Terrorchilik balosi haqida

"Odam qiyofasini yoʻqotgan bu kallakesarlarning na dini, na millati bor, binobarin, ularning islom olamiga, musulmon dunyosiga hech qanday aloqasi yoʻq. Hammamiz yaxshi bilamizki, Qurʼoni Karimda birovning qonini nohaq toʻkish gunohi azim, deyilgan. Oʻzini musulmon deb daʼvo qiladigan, lekin qilmishi qoʻporuvchilik, qotillik, butun-butun xalqlarning hayotini barbod etishdan iborat boʻlgan bu manfur toʻdalarga islom dunyosi nomidan gapirishga kim huquq berdi?

Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov. Arxiv surat

Islom Karimov: Afgʻoniston Yaqin Sharqdan ekstremistik guruhlarni "tortmoqda"

Ishonchim komilki, iymoni butun, irodasi baquvvat, buyuk ajdodlarimiz ruhidan kuch va madad olib yashaydigan xalqimiz terrorchi guruhlarga qarshi dunyodagi barcha sof niyatli kuchlar bilan birlashib, oʻzining azmu shijoati va qatʼiyatini namoyon etib, terrorizm degan jirkanch illatni dunyo xalqlari hayotidan butunlay oʻchirib tashlash ishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshadi".

"Men faqatgina bugun emas, oldindan ham — davlat rahbari boʻlganimdan beri hamyurtlarimizga qarata, ey, vatandoshlarim, ogoh boʻlinglar, terrorizm xatari, bu qora kuch boshimizda balo-qazo boʻlib, oʻzining manfur niyatlariga yetish uchun qurol va kuch toʻplab, xanjarini ishga solishga har lahzada shay turibdi, deb daʼvat etib kelganimni, bu dahshatli kuch ostonamiz oldida turganini bugun ham takror-takror aytishni oʻz burchim deb bilaman.

Hech shubhasiz, biz avvalo, oʻz kuchimizga, oʻz Qurolli Kuchlarimizga, xalqimizning iymon-eʼtiqodi va qatʼiyatiga suyanishimiz darkor".

"Eng muhimi, qalbimizda gʻururimiz, bilagimizda kuchimiz bor ekan, biz tinchlikni himoya qilishga, unga xavf solayotgan kuchlarga qarshi kurashishga, qaddimizni tik tutib, boshimizni baland koʻtarib yashashga qodirmiz.



Bizni qoʻrqitmoqchi boʻlayotgan gʻalamislar shuni bilib qoʻysinki, biz hech kimga bosh egmaganmiz va hech qachon bosh egmaymiz".


Download 163.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling