Islom hazorasi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana30.08.2017
Hajmi0.68 Mb.
#14623
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

www.ziyouz.com kutubxonasi 

75

qilib qo‘yar, u o‘sha simobni qimirlatardi. Shunda binoda chaqmoqning nuridek yorug‘lik 



paydo bo‘lar, bundan qalbga vahima tushar, hatto majlisdagilar simob harakatda ekan, 

binoni uchib ketayotgandek xayol qilib sarosimaga tushishardi. Qasrni quyuq 

daraxtzorlar va keng maydonlar o‘rab turardi. Bundan tashqari ushbu ajoyib binoni 

baland devorlar ihota etgandi. Unda uch yuzta harbiy minora bo‘lgandi. 

 

    Az-Zahro xalifaning saroyini, amirlar saroyini va haramni o‘z ichiga olardi. 



Shuningdek, unda podshoh o‘tiradigan katta zal bo‘lib, u ulkan maydondagi xos yerga 

joylashgandi. Qubbasining tomi tilla va kumushdan ishlangan bo‘lib, qozi Munzir ibn 

Sa’id Qurtuba jomesidagi katta bir yig‘inda xalifaning bu ishini tanqid qilgani uchun uni 

buzib, g‘ishtdan qayta tiklashgandi. Yana Az-Zahroda sanoat va asbobsozlik korxonalari 

ham mavjud edi. Qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi, ziynat uchun taqinchoqlar yasovchi, 

me’morchilik va boshqa sanoat korxonalari shular jumlasidandir. 

 

    Az-Zahroni qurish uchun to‘rt yil vaqt ketdi. Bir kunda yerga yotqizilganidan tashqari 



olti ming dona xarsang toshga ishlov berildi. Har kuni o‘n mingdan ziyod ishchi va bir 

ming to‘rt yuz ulov mehnat qildi. 275 tonna ohak va gips tashildi. Az-Zahro jomesining 

qurilishida mingta eng usta hunarmand; jumladan, 300 binokor, 200 duradgor va turli 

hunar egalari ishlashdi. Uning binosi misli ko‘rilmagan sur’atda, qirq sakkiz kun ichida 

bitdi. 

 

    Mana shu ulkan qasrda xalifa Mustansir 351 hijriy yilda masihiy Ispaniya qiroli Ardun 



ibn Azfo‘nshni qabul qildi. Qirol Az-Zahroga kirganda, uning hashamati, azamati, 

xizmatchilari, qo‘shini va aslahalarini ko‘rib hayronu lol qoldi. Uning hayrati xalifa 

Mustansirning majlisiga kelganda, uning atrofidagi mamlakat ulug‘larini, ashroflarni, 

zabardast ulamo va xatiblarni, ulug‘ sarkardalarni ko‘rganda yanada ziyoda bo‘ldi. Ispan 

qiroli xalifa Mustansirga yaqinlashgan paytda boshidan tojini yechib, boshyalang holda 

xalifaning oldiga kelishga iznni kutib qo‘l qovushtirib qoldi. Xalifaning oldiga yetib 

borgach, uning qo‘lini o‘pishga intildi.  Xalifa qo‘lini unga uzatdi. So‘ng qirol ortiga 

tavoze’ bilan orqasini qilib qaytdi va o‘ziga tayyorlangan joyga borib o‘tirdi. Xalifa uni 

qutlab: «Xush kelibsiz, marhabo, siz to‘g‘ringizda bizning fikrimiz va husni qabulimiz siz 

kutgandan ortiqroqdir», dedi. Xalifaning ushbu qutlovini tarjima qilib berishgach, 

qirolning chehrasi ochildi va joyidan tushib, gilamni o‘pdi-da, boshini ko‘tarib shunday 

dedi: «Men xo‘jam amirul-mo‘mininning qullariman. U zotning fazllariga barcha umidvor, 

obro‘lariga tilakdoshdir. Ul zot meni fazl-marhamatlariga musharraf ayladilar

xizmatlariga noil etdilar. Men huzuri shariflariga sodiq niyat, xolis xayrixohlik-la keldim». 

Xalifa ham unga javoban shunday dedi: «Siz ham bizning huzurimizda xayrixohlikka 

haqli kishidirsiz. Sizga qilgan hadyalarimiz va millatdoshlaringiz ichida faqat sizni 

hurmatlashimiz, sizga havas keltiradi, bizga moyilligingiz fazilatini va saltanatimiz 

soyasida himoyada ekaningizni anglatadi».  

 

    Qurtubani qo‘yib, o‘arnotaga nazar qilinadigan bo‘lsa, Hamro qasridagi bunyodkorlik 



va imoratsozlikning buyuk namunasidan lol qolinadi. Al-Hamro unga qaraganlarni 

hayratga soluvchi ajoyib dalil edi. Bu qasr o‘arnota shahriga tutashgan tog‘ etagiga 

qurilgan. Qancha zamonlar o‘tgan bo‘lsa ham, hanuzgacha u sayyohlarning diqqatini 

o‘ziga tortadi va olamning go‘zal maskanlaridan sanaladi. Unda Al-asvad, Al-uxtayn, Al-

adl va As-safro nomli bir necha zallar bo‘lgan. Bu qisqa so‘zlar bilan Al-Hamroning 

vasfini o‘rniga qo‘yolmaymiz. Shuning uchun bu o‘rinda farang shoiri Viktor Gyugoning 

Al-Hamroni kuylab aytgan so‘zi bilan kifoyalanamiz:  


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

76

 



                                     O, Al-Hamro! o, Al-Hamro, 

                                     Go‘zallikda tengi yo‘q, tanho. 

                                     Xayollarni qoldirguvchi lol, 

                                     Farishtalar bezagan ma’vo. 

 

 

                                     Sensan uyg‘unlikning timsoli, 



                                     Gul-bezaklarga ko‘milgan qasr. 

                                     O’xshashi yo‘q malak misoli

                                     Sharafga burkanding bir necha asr. 

                                     Kumushsimon nurlari Oyning – 

                                     Jilva qilganida ravoqlaringda. 

                                     Bag‘ringda yangraydi ajoyib kuying, 

                                     Aql sehrlanar ohanglaringdan. 

 

    Andalusiyaning boshqa shaharlari, ularning azamati va taraqqiyoti haqida 



so‘zlaydigan bo‘lsak, so‘z tugamaydi. Masalan, Ishbiliyyaning o‘zida ipak ishlab 

chiqaradigan olti ming dona dastgoh bo‘lgan. Shaharning hamma tomoni zaytun daraxti 

bilan o‘ralgani uchun unda yog‘ chiqaradigan yuz ming juvozxona ishlab turgan. 

Umuman, Andalusiya shaharlari ma’mur bo‘lgan. Shaharlarning har biri Ovro‘pa bajonidil 

qabul qiladigan sanoatning bir turi bilan mashg‘ul bo‘lgan. Ularda qurol-yarog‘, po‘lat 

quyish sanoati yaxshi rivojlangan. Ovro‘paliklar ushbu sanoat mollarini har tomondan 

kelib xarid qilishardi.  

 

 



                                                                 * * * 

    


Mana, muhtaram kitobxon, Islom hazorasi haqida sizga ma’lum qilmoqchi bo‘lgan 

gaplarimiz shu yerda nihoyasiga yetdi. Maqsadimiz – boshqa millatlar hazorasini 

yomonotliq qilib, Islom hazorasini ko‘klarga ko‘tarish emas. Balki ayrim noxolis 

tarixchilar, din muxoliflarining Islom dinini yangi zamon talablariga javob bermaydigan 

qoloq, ilm-ma’rifat, fan-texnikaga to‘sqinlik qiluvchi, insoniyat taraqqiyotidan orqada 

qolayotgan din, deb ko‘rsatishga urinishlarining asosi puch, g‘arazli ekanini ko‘rsatib 

qo‘yish, xolos. Ushbu kitobni o‘qib, undan Alloh taolo bizlarga ato etgan oxirgi Haq din – 

Islomning buyuk hazorasi haqida biroz ma’lumotga ega bo‘lsangiz, tushkun 

kayfiyatingizdan qutilsangiz, musanniflar niyatlariga yetgan bo‘lur edilar. Alloh taolo 

barchalarimizni O’zining Haq yo‘liga, hidoyat tariqiga yo‘llayversin, qalblarimizni Islom 

nuri bilan, musulmon ekanimizdan faxrlanish tuyg‘ulari bilan munavvar etsin. Omin, yo 

Robbal-olamiyn! 

 

     


 

 

 



 

 

 



 

Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

77

Adabiyotlar: 

 

    1.   Qur’oni karim, o‘zbekcha izohli tarjima (muallifi Alouddin Mansur) Toshkent



“Cho‘lpon”, 1992 yil. 

    2.   Mustafo Husniy as-Siba’iy. “Hazoramiz ajoyibotlaridan” (5-nashr), Bayrut, 1987 

yil. 

    3.   Imom al-Buxoriy “Al-jome’ as-sahih”, Toshkent, Qomuslar bosh nashriyoti, 1991-



1996 yillar. 

    4.   Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Imon”. Toshkent, “Kamalak”, 1992 yil. 

    5.   “Buyuk siymolar, allomalar” (1-kitob), Toshkent, “Xalq merosi”, 1995 yil. 

    6.   Mahmud As’ad Jo‘shon. “Islom, tasavvuf va axloq”. Toshkent, “Istiqlol”, 2000 yil. 

    7.   Ibrohim Rafiq. “Tarix shuuri”, (4-nashr), Izmir, 1997 yil. 

    8.   Salmon Oltoy. “Islom dini va kashfiyotlar”, Istanbul, 1993 yil. 

    9.   Horun Yahyo. “Islom terrorni la’natlaydi”, Toshkent, “Movarounnahr”, 2003 yil. 

    10.   “Samarqand tarixi” (1-tom), Toshkent, “Fan”, 1971 yil. 

    11.   “Istoriya Uzbekistana v dokumentax”, Tashkent, «Fan», 1988god. 

    12.   Chingiz Aytmatov, Muxtor Shoxonov. “Cho‘qqida qolgan ovchining ohi-zori”, 

Toshkent, “Sharq”, 1998 yil. 

    13.   Adam Mets. “Musulmanskiy Renessans”. Moskva, “Nauka”, 1973 god. 

    14.   A.A. Ignatenko. “V poiskax schastya”, Moskva, “Misl`”, 1989 god. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Online o’qish: 

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1666.0

 

 



www.ziyouz.com

 

2007 



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling