Islom ibrohim darmonsiz darmonim


Download 56.79 Kb.
bet1/4
Sana22.06.2023
Hajmi56.79 Kb.
#1648988
  1   2   3   4
Bog'liq
DARMONSIZ DARMONIM..



ISLOM IBROHIM


DARMONSIZ DARMONIM
(She’rlar turkumi)
Toshkent “Nurafshon ziyo yog’dusi” 2018

UO’K: 811.512.133 (076) KBK: 81.2 (O’zb) R-60
Muallif: ISLOM IBROHIM ning

DARMONSIZ DARMONIM nomli
(She’rlar turkumi)
Eng sara She’rlar majmuasidan tashkil topgan ushbu kitob, She’riyat shaydolari va ixlosmandlari uchun mo’ljallangan. Respublika kitob chop etish markazi tomonidan Toshkent “Nurafshon ziyo yog’dusi” bosmaxonasida bosishga ruxsat etildi.
UO’K: 811.512.133 (076) KBK: 81.2 (O’zb) R-60
ISBN 978-0-4356-5678-5
@ISLOM IBROHIM, 2018-yil
DARMONSIZ DARMONIM”
Tug’ildim men, bu mo’jizali olamga, Chiroq yoqdim bir zumda, zulmat xonamga, Hatto, kulgi ulashdim Ota-Onamga, Bu vaqtda o’rin bo’lmas ekanda g’amga.
Kulgu va quvonchda bo’lib har yon chopdim, Baxt shu ekan deya, o’yinlarni qopdim, Bu hayot yo’llaridan tarbiya topdim, Bu vaqtda o’rin bo’lmas ekanda g’amga.
Yo’l yurib birinchi do’stlarni uchratdim, Qasamlar bilan do’stlik nonin tishlatdim, Ba’zan yolg’onchilarga qo’lim ushlatdim, Bu vaqtda o’rin bo’lmas ekanda g’amga.
Ba’zi do’stlarim sodiq edilar chindan, Men deya azoblar yegandilar chindan, Ming afsus, ular ayrildilar izmimdan, Asta-sekin o’rin kelib qoldi g’amga.
Yo’lda yurdim yana, chin do’st topayin deb, Gar ko’nglim olsa, quchog’im ochayin deb, Bir do’st chiqdi, senga jonim berayin deb, O’lim kelsa ham sen bilan borayin deb.
Taqdir ekan, ayro bo’ldi yo’llarimiz, Bir umrga bog’lanolmadi qo’llarimiz, Ajal ayirdi bizni manzillarimiz, Do’stim bilan uchrashib bo’lmas yo’lda biz.
Shundan so’ng hayotimni ettirdim davom, Maishatga berilib qoldim batamom, Ko’plab xatolar qildim, bo’lib notavon, Hattoki, dog’da qolgandi iblis Shayton.
Afsuski do’stdan kuyib yurgan paytlarim, Birma-bir yozib borar edim baytlarim, Qolib ham ketmasdi birorta qaydlarim, Ne qilsam ham-ki, tugamasdi dardlarim.
Keyin esa, birdan yurdim sevgi tomon, Salom sevgi! yuribsanmi deya oman, Men seni tarifingni eshitgan zamon, Qara chopib keldim, men to’g’ri sen tomon.
Lekin, sevgi so’zingga ishonmayman deb, Meni qattiq o’rab oldi, umrimni yeb, Ba’zan so’zsiz chorlardi o’ziga, hadeb, Keyin aldanib qoldimda, qattiq pand yeb.
Sevgi deya, dilimni qilibman vayron, Ba’zilar bu holimga qolgandi hayron, Barcha, men uchun bo’lib qolgandi yomon, Ming afsus, qattiq adashdim men notavon.
Men xudbin, xafa qildim Ota-Onamni, Yanada dardga to’ldirib g’amxonamni, Bilmam qanday ketkazay, deb bu a’lamni, Ushlab oldimda qo’limdagi qalamni.
Keyin dilimdagi dardlarimni yozdim, Ko’nglim tubidagi g’amlarimni yozdim, Ba’zan qo’limdagi xatlarimni yozdim, Bugun tilimdagi gaplarimni yozdim.
Aslida hayot Islom Ibrohim qildi, Islom Ibrohim ham juda ko’p yiqildi, Hayot tashvishlari oldida siqildi, Shu tarzda kimni qandayligini bildi.
SHOIRMASMAN”
Negadur bugun yaxshi yozolmayapman, She’rimda so’zlarimni chizolmayapman, Ma’nosi borligini sezolmayapman, Haliyam dardlarim yashirolmayapman.
Aslida kim, Shoirlar dardli bo’larmish, Faqat she’r yozsagina ko’ngli to’larmish, Shu sabab o’z dardini o’zi olarmish, Ichidagi dardin qog’ozga solarmish.
Rostdan ham Shoirlar shundayin insondir, Qalam-qog’ozdan taskin topish osondir, Lekin dardlaringni tugashi gumondir, Ba’zilar bu holatga juda hayrondir.
Kim tushunib, kimdir tushunmaydi darding, Bu dunyoda kimda g’am yo’q ekan, ayting? Hatto ko’z yoshlanadi, quvongan payting, Kimda g’am yo’q ekan, qani menga ayting?
ISLOM IBROHIM!-SENGA ACHINAMAN”
Kecha kulgan ko’zlaringda bugun ko’zyosh. Bag’ritoshlar azobiga bermay bardosh, Bulut bo’lib yog’ar yomg’ir chiqmas quyosh. Osh yedirib izlaringdan otdilar tosh.
Bor edi-ku seni jondan sevar yoring. Baxtli edi qo’l ushlashib yurgan oning. Vadalarni inkor etding yo’qmi oring. Bu azobdan kuyar endi mitti joning.
Suyaman deb suykalding-ku suymaganga. Sevgi nima bilmagan, kuymaganga. Qiynalding-ku ayriliqni bir soniya o’ylaganda. Sotilding-ku zarni narxin so’ylaganga.
Nahot senga gullar emas pullar kerak. Iz-izingdan doim yurar qullar kerak. Islom Ibrohim! Kammi hali bu ertak. Sendek azoblanmasin birorta Erkak.
Baxtin topib, tashlab ketdi sevgan yoring. Qaytarolmas endi chekkan ohu-zoring. Do’stlaring ham tashlab ketgan xilvat joying. O’n besh kunda o’tib ketdi kulgan oying…
OLLOHNI ISHIGA ARALASHMANG”
Yong’oq, soyasida yotgan afandi Bir kuni o’zicha shunday o’ylandi. Kichik yong’oq katta daraxt ustida, Katta tarvuz kichik palak ostida.
Dedilar buni hech tushunolmadim? Allohning ishiga qoyil qolmadim! Shu choq, afandining peshonasiga, Kichik yong’oq, tushib rosmanasiga.
Og’riq beribdiki, debdi Afandi, Men g’ofil, hayotni endi o’rgandim. Endi haqdan meni hech narsa to’smas, Yaxshiyamki tarvuz daraxtda o’smas.
Endi men yanada haqqa moyilman, Allohning ishiga har dam qoyilman! Endi bo’ysungayman hech tashlamayman, Allohning ishiga aralashmayman.
Ne qilibdi ayting Islomiy bo’lsam? Xuddi sizlar kabi dinimni sevsam? Agar dilimdagin oshkora qilsam, Allohning ishiga aralashmanglar.
Manim loyim qorgan kulolim Alloh! Yo’qdan bunyod qilgan qirolim Alloh! Men haqning ijodi shu sabab e voh! Allohning ishiga aralashmanglar.
Gar keraksiz bo’lsam yaratmas edi! Dinimni Islomga qaratmas edi! Menga laqab qo’ymang, shoir kelgindi, Allohning ishiga aralashmanglar!
Haq egasi atrof tevarakning ham, Ko’kda kamalagu kapalakning ham, Dunyoda o’rni bor suvarakning ham, Allohning ishiga aralashmanglar!
Bas qiling kinoya o’qni qadashni, O’rganing og’izga tilni qamashni, Qora tanli deya ayblab xabashni, Allohning ishiga aralahmanglar!
Mana saxar chog’i yomg’ir yog’uvdi, Shunda majnuntollar sochlarin yuvdi, Demang, bizni nechun jannatdan quvdi? Allohning ishiga aralashmanglar!
Dunyo odam to’la ijara zorku, Demang manov odam xunikdir borku, Uning musavviri Parvardigorku! Allohning ishiga aralashmanglar!
Nechun harom etmish zino, aroqni? Nechun joriy etgan deb uchta taloqni? Ajratolmasangiz qoradan oqni, Allohning ishiga aralashmanglar!
Besh yorga uylanib, sotib iymonni, Yana ro’kach qilmang nafsu shaytonni, Xukumini xato deb hadis Qur’onni, Allohning ishiga aralashmanglar!
Siz yolg’iz Abu Jahldek jahllimisiz? Mashoyixlar kabi naqillimisiz? Nima siz Allohdan ham aqllimisiz? Allohning ishiga aralashmanglar!
Bizchi, shu bir johil xotin bilan er, Alloh shaytonni bekor yaratgan, der. Shularga atalgan asli ushbu she’r. Allohning ishiga aralashmanglar!
Ibrohimmas siz-ku Ka’bani qurgan, Hazrat Alimas siz kofirni qirgan, Aslida esingiz uch yoshda kirgan, Allohning ishiga aralashmanglar!
Nima sizga ko’kdan keldimi vaxiy? Deysiz u jannatiy, budir do’zaxiy, Ey siz dilozorlar bir bo’lib saxiy, Allohning ishiga aralashmanglar!
Falonchiga farzand bersa bo’lardi, Pistonchiga boylik ko’ngli to’lardi, Bas qiling javrashni, o’zi biladi! Allohning ishiga aralashmanglar!
Allohga do’q urib der ikki nokas, Nega unga boylik berding, bizgamas? Haqni muhokama aylash sizgamas, Allohning ishiga aralashmanglar!
Siz uchun mayli bir oddiy shoirman, G’iybatim qilsangiz, shunga loyiqman, Lekin har doim Allohga qoyilman, Allohni ishiga aralashmayman!
Islom Ibrohim dilidagin yozdi, Kimdir she’rlarimdan juda ham bezdi, Iste’dodimni faqat Alloh sezdi, Allohning ishiga aralashmanglar!
Muslimlar behuda yaralishmagan, Insonni rang bilan saralashmagan, Hatto Payg’ambar ham aralashmagan, Allohning ishiga aralashmanglar!
Bu bir shunchaki yozilgan she’r demang, Halol deb, haromni maqullab yemang, Keyin qiyomat kuni ko’p pand yemang, Allohning ishiga aralashmanglar!
ONAJONIMGA”
Bu tun sog’inchimdan ko’zim bo’ldi nam. She’rga buyurtmani yozayotgan dam Shungacha men xudbin eslamabman ham Meni hayolidan qo’ymagan onam.
Men shoir emas, bir sharmandadurman Dunyodagi eng xudbin bandadurman. Bu boshim tik yurishga ham noloyiq G’arib boshim ila kundadadurman.
Doim duodasiz, siz panohimsiz. Siz mening quvonchim, chekkan ohimsiz Sevganimga yolg’izim deyish yolg’on. Faqat o’zingizdur sajdagohimsiz.
Sizdan olisdaman qismatim ekan. Dilim vayron, lekin yashashim ko’rkam. Poyimda dunyolar to’lib yotsa ham Qalbimda kemtiklik boisi siz kam.
Tushimga mehribon buvim kiradi. “Qadam tashla, sen onang tomon” deydi, Yuragim yig’lab, ko’zlarim kuladi. Bu azoblar meni ich-ichim yeydi.
Bir yil bo’ldi, lekin diydor be nasib. Sizni yozmabmana shuncha she’r yozib. Bugun qaro tunda ming faryod bilan, Yig’ladim suratiz bag’rimga bosib.
Sog’indim sizni, qo’ng’iroq qilaman. Ahvolim so’rarsiz, sog’misan bolam. Meni qattiq sog’inganiz bilaman. Lek,sog’inchizga arzimayman onam.
So’ng telefon uchib, tugaydi suhbat. Hayotdagi nomim janob-beshavqat. Men qozoq qizga gap sotayotgan dam, Qo’ng’iroq kutadi bechora onam.
Lain ushlab oldi, juft bilagimdan Ushbu she’rni yozdim chin yuragimdan Yurtga qaytolmasam yetkazib qo’ying, Onamga toshbag’ir o’g’li nomidan.
OTAJON, SIZNI SOG’INDIM YOMON”
Bugun ichimdan arimas yoshlarim Sizni eslab, to’xtamas ko’zyoshlarim Sog’inchim qumsab, she’rimni boshladim Otajon, sizni sog’indim yomon.
Dunyoni egallashga intildim men Hayotda bir turib, bir yiqildim men Manzilsiz yo’ldaligimni bildim men Otajon, sizni sog’indim yomon.
Xatolar qilsam, meni kechirdingiz Azobda yursam, o’ylama derdingiz Meni o’ylab, ich-ichizni yerdingiz Otajon, sizni sog’indim yomon.
Ota! Hayotda juda ko’p adashdim Bazan foydasiz narsaga talashdim Hatto, tuxmatli toshga aralashdim Soxta mehrga uchgan, men notavon Ota-onamni mehrsizga almashdim. Otajon,sizni sog’indim-ku yomon. Shu sog’inch bilan yashayapman hamon. Otajon, sizni sog’indim yomon.
Bugun menga ham kulib boqdi zamon Do’stlar atrofimda, parvona har on. Bu kunlarga, siz sabab yetdi Islom. Otajon, sizni sog’indim yomon
DUO QILING OTAJON”
DUO QILING ONAJON”
Xalq ichida yursa farzand el bo’ladi, Mehr topgani el ichida bel bo’ladi, Qayga borsang, o’rning bo’lsa kel bo’ladi, Duo qiling, ishim yursin otajon. Duo qiling, baxtim kulsin onajon.
Xizmatiga el chorlasa o’g’lonim deb, Vatan ishonch tutsa senga qo’rg’onim deb, Yo’lga chiqsam yaqinlarim do’st yorim deb, Duo qiling, ishim yursin otajon. Duo qiling, baxtim kulsin onajon.
Ish boshlasam katta-kichik reja tuzib, Hayot berar bazan tahir taom suzib, Ketolmayman, ilinj topmay umid uzib, Duo qiling, ishim yursin otajon. Duo qiling, baxtim kulsin onajon.
Sahro emas zaminimning har qarishi, Nihol eksang, obodlasang dard arishi, Eski yamoq tutsa dunyo goh kalishi, Duo qiling, ishim yursin otajon. Duo qiling, baxtim kulsin onajon.
Zafar quchsam olqishlasa ko’k kerilib, Ko’ngil shonga ketar ekan ko’p berilib, El nazari elaklasa tan yemrilib, Duo qiling, ishim yursin otajon. Duo qiling, baxtim kulsin onajon.
Oyoq osti qilar bazan yaqin do’stlar, Chohdan asrab qolar bazan dushman ko’zlar. Archilarkan ish tushganda asl po’stlar, Duo qiling, ishim yursin otajon. Duo qiling, baxtim kulsin onajon.
Pillapoya ko’tarilsa har bir ishing, O’ngdan kelar orzu tusli ko’rgan tushing, Bolta urar kim poyingga uchsa hushing. Duo qiling, ishim yursin otajon. Duo qiling, baxtim kulsin onajon.
Bir etikka tiqilar goh oyoqlarim, Qishloq qolib shahar borsam siyloqlarim, Omad kulmay, armon yig’lar qiynoqlarim, Duo qiling, ishim yursin otajon. Duo qiling, baxtim kulsin onajon.
Birlik bo’lsa tog’ni ursang talqon bo’lar, Jasur farzand vatan uchun qalqon bo’lar, Qiz or-nomus, o’g’liz bir kun o’g’lon bo’lar, Duo qiling, ishim yursin otajon. Duo qiling, baxtim kulsin onajon.
Yor bo’ladi toleining har tuhfalari, Tarqar hali ishonchning ham shubhalari, Sinovlari ham baxtning aks lavhlari, Duo qiling, ishim yursin otajon. Duo qiling, baxtim kulsin onajon.
Bir yilda ham bahor-u yoz, kuz,qishlar bor, Umrda ham yaxshi-yu yomon xo’p tushlar bor, Bu hayotda qilsam, ko’p ezgu ishlar bor, Duo qiling, ishim yursin otajon. Duo qiling, baxtim kulsin onajon.
Charaqlashgan quyosh ufqni yoritadi, Zulmatlardan umidsizlik aritadi, Ko’p siqilish yurakni tez qaritadi, Duo qiling, ishim yursin otajon. Duo qiling, baxtim kulsin onajon.
Tiriklik bu ta’rifi yo’q inoyat-ku, Uni qastlash kechirilmas jinoyat-ku, Bu mehrga, muhabbatga xiyonat-ku, Duo qiling, ishim yursin otajon. Duo qiling, baxtim kulsin onajon.
Sizlar Islomni dunyoga keltirdingiz, Oq yuvib, ko’p kiyintirib, yedirdingiz, Seni baxtingni ko’rsam bo’ldi, derdingiz, Duo qiling, ishim yursin otajon. Duo qiling, baxtim kulsin onajon.
Nima derdim shudring kabi shimilaman, Ro’yoblarga hali men ko’p ko’milaman, Ishonchim bor orzularga cho’milaman, Duo qiling, ishim yursin otajon. Duo qiling, baxtim kulsin onajon.

YURAGIMGA RAXMIM KELADI”


Sodiq do’stim jarga itardi. Sevganlarim tashlab ketardi. Shuncha xiyonatni ko’tardi. Yuragimga raxmim keladi!
Oxu ko’zli ul dildoralar, Yolg’on so’zlab dilim poralar. Ado qildi ichi qoralar. Yuragimga raxmim keladi!
Toptab ketdi bir nomard-u past, Muhabbatdan ko’rdi ko’p shikast, Bechorani hech kimsa sevmas, Yuragimga raxmim keladi!
Ishonganim shu yurak edi. Xiyonatlar qaddini egdi. Rosti yashash joniga tegdi! Yuragimga raxmim keladi!
ZAMON O’ZGARDIMI YOKI ODAMZOT”?
Kimdir bu she’rimni afsus suymaydi, Birovning dardiga birov kuymaydi, Hali ham bir savol meni qiynaydi, Zamon o’zgardimi yoki odamzod?
Oila neligin tushunmas yoshlar, Qudalar sarpo uchun orin tashlar, Dabdaba to’ylardan og’risa boshlar, Zamon o’zgardimi yoki odamzod?
Qaynota kelinin uyalmay sevsa, Kelinchi orlanib o’rtada kuysa, Kuyov ayoliga ishonmay qo’ysa, Zamon o’zgardimi yoki odamzod?
Qizlarning qo’lidan igna-ip emas, Shaytonning suvi-yu tamaki tushmas, Boylar kambag’alni davraga qo’shmas, Zamon o’zgardimi yoki odamzod?
Ba’zi yigitlardan qilaman xazar, Biz buyuk sarkarda avlodi azal, Jinsin o’zgartirib deydi, men kasal, Zamon o’zgardimi yoki odamzod?
Farzand bu Ollohning buyuk ne’mati, Ota-ona qotillar, millat uyati, Zaracha yo’qmidi bolang qiymati! Zamon o’zgardimi yoki odamzod?
Islom chetda turmay kurashgin sen ham, Axir biz o’zbeklar aytgin kimdan kam, Qo’ygin amalda ko’rsatib shu dam, Zamon o’zgarmagan, o’zgarsin odam!
YURAK”
So’nggi nafasimga o’zing guvohsan, Eh yurak o’zingsan borim, bisotim. Dardimga dardkashim gohi quvnoqsan, Sabrdan tikilgan ko’ngil libosim.
Yuragim bezovta, urar notekis, Ayt nedan bunchalik xavotirdasan. Hayoting gul emas hamisha to’kis, Bir shoh, bir mot bo’lib, bir satrdasan.
Hayot shu darddoshim yo’limiz birga, Kelishib sen bilan yashayveramiz. Gohida a’lamdan qo’limiz yerga, Dadil bo’l! Yo’lda yuraveramiz.
Sevdingmi? Namuncha qolding pitirlab, Xuddi bu dunyoga qayta kelgandek. Qo’yasan gohida pinhon qiqirlab, Tashvishni hatto, hozir yenggandek.
Hammamiz dunyolarni etamiz tark, Bizdan bir xotira farzand qoladi. O’shanda qolmaydi o’rtamizda farq, Qabr ustimizga soya soladi.
Men-ku men,o’limdan qo’rqmayman yurak Sen ham men tomonda bo’lishing kerak. Chunki Islom necha bor o’lib, yana, Yashayapti, qilishsa ham ermak.
YURAGIMDASAN”
Ozorlarda jon, Qaytasan qachon? Sen hali hamon, Yuragimdasan.
Yulduzim oyim, Chiroyga boyim, Bilsang sen doim, Yuragimdasan.
Qaytmadi bahor, Dunyo bo’ldi tor, Ey bevafo yor, Yuragimdasan.
Suratim asra, Sen gul, men maysa, O’tkan har lahza, Yuragimdasan.
Ishqda sen boqiy, Sog’inchda soqiy, Qiyomat tokiy, Yuragimdasan.
Tongdagi shabnam, Ko’zing etma nam, Har on-u, har dam, Yuragimdasan.
Bir boq ko’zimga, Kelgin o’zimga, Ishon so’zimga, Yuragimdasan.
Isloming tirik, Sen deya kuyik, Ey uchar kiyik, Yuragimdasan.
YASHAYAPMAN”
Bugun alamlardan to’lib yashayapman Bevafodan ko’nglim qolib yashayapman Shundaylardan sabox olib yashayapman Barchasin ollohga solib yashayapman.
Yolg’onlaridan ham to’yib yashayapman Yomonlaridan ham to’yib yashayapman Bilmam,nega buncha ko’nglim g’ashlayapman Barchasin ollohga solib yashayapman.
Yomonlik qilsa ham,ko’nglin xushlayapman Yaxshilik qilsa gar, qo’lin ushlayapman Xiyonat qilishsa, bag’rim tig’layapman Barchasin ollohga solib yashayapman.
G’iybat qilishsa, jimgina yashayapman Tuxmat qilishsa, tinchgina yashayapman Hasad qilishsa gar, kulib yashayapman. Barchasin ollohga solib yashayapman.
Meni sotishsa ham, sotmay yashayapman Yana otishsa ham, otmay yashayapman Shularning yonida yurib yashayapman Barchasin ollohga solib yashayapman.
Kimlardir sinishim kutib yashayapti Kimlardir tinishim kutib yashayapti Kimlar yordam qo’lin tutib yashayapti Islom ham hisobga olib yashayapti.
UMR MAZMUNI”
Sen yashagin, osmonlar yig’lasin Sen yashagin, armonlar kelmasin Sen yashagin, gumonlar bo’lmasin Seni yashashing hayvondek bo’lmasin.
Sen yashagin, orzular ushalsin Sen yashagin, baxt seni ushlasin. Sen yashagin, hech bo’lmay xayolda Sen yasha, kerakli bo’lib hayotda.
Sen yashagin, dushman non uzatsin Sen yasha, aybdor aybin tuzatsin Sen yashab ketma endi shunchaki Seni yashashingni barcha kuzatsin.
Sen yasha, barchani quvontirib Sen yasha, oshig’ingni yondirib Sen yasha, do’stingni ishontirib Sen yasha, g’iybatni ortda qoldirib.
Sen yashagin, eslanishga arzib Sen yasha, faqat bo’lma betartib Sen yashagin, g’amni ham qaritib Sen yashab ketma, o’zingni arzitib.
TO’Y TABRIGI”
Kelajakning boshidur yoshlar Pok niyyatla qo’ygan qadamlar Har to’siqqa bering bardoshlar Kelin-kuyov baxtli bo’lsin,deng odamlar
Baxtingizni so’raydi do’stlar Bu kechaning naqshidur sizlar Yurar yo’lingiz nurga to’lsin Bugungi go’zal oqshom muborak bo’lsin.
Boshingizda ota-onangiz Xizmat qilib, aslo tolmangiz Do’st-u yordan ham hech tonmangiz Baxt qasridan doim benasib qolmangiz.
Islom sizga baxt tilar yoshlar Do’stlaringiz taxt tilar yoshlar Yaqinlar to’g’ri yo’lga boshlar Barcha baxtli bo’lsin der, kelin-kuyovlar.

SO’ZSIZ SEVGI”


Tongda mayin shabboda esar, Go’yo qo’ling, yuzim silaydi. Sevgi, sog’inch bag’rimni ezar, Nahot buni, ko’ngling sezmaydi?
Bunchalar sen, hushbo’ysan gulim, Sensiz bahor, bahor bo’lmaydi. O’zingsan-ku! Tanho yolg’izim, Nahot buni, ko’ngling sezmaydi?
Aytaman deb yoningga borsam, Jurat yetmas, til aylanmaydi. Nigohimla ko’zingga aytsam, Nahot ko’zing, sevgim sezmaydi?
Bog’da kezar sevishgan dillar, Mening sevgim yolg’iz yig’laydi. Sensiz o’tar uyqusiz tunlar, Nahot seni ko’ngling sezmaydi?
Bulbul kuylar, ishq kuyin chalib, Navosidan ko’nglim to’lmaydi. Honishingni yodimga solib, Turganimni, ko’ngling sezmaydi.
Hayollarim sen bilan faqat, O’zgasiga ko’nglim ko’nmaydi. Yonimda bo’l toki to abad, Nahot ko’ngling meni sevmaydi.
(Do’stim Sharipov Dostonjonning nomidan atab yozdim. Sevishganlar doim baxtli bo’lib, sevib, sevilib yashasin.)
SINGLIM SEVARAGA”
Hayotda borligim bilib yashaydi Quvonsam quvonib, kulib yashaydi Men uchun borini berib yashaydi Meni singlim U, farishtaga o’xshaydi.
Kuldiradi, meni xafa ko’rsa gar, Kuyunadi, holimdan olsa xabar, Achinadi, menga yo’liqsa xatar, Meni singlim U, farishtaga o’xshaydi.
O’zingdursan baxtimizning tayanchi O’zingdursan shanimizning ishonchi O’zingdursan oilamiz quvonchi. Meni singlim U, farishtaga o’xshaydi.
Tilaklarimni she’rimda qo’lladim Ezgu niyatlarim senga yo’lladim Ollohdan senga go’zal baxt so’radim Meni singlim U, farishtaga o’xshaydi.
Yuragim bo’shab, so’zim aytolmadim Ko’chadan beri hech ham, qaytolmadim Lekin, ushbu so’zlarimdan tolmadim Meni singlim U, farishtaga o’xshaydi.
Singlim, sensan, o’zingdursan farishta Hozir-u, nozirdursan har bir ishda G’iybatchilar, qilmang aslo mish-mishlar Meni singlim U, farishtaga o’xshaydi.

SHAXNOZA OPAMGA”


Bugun ilhomimdan jo’shib yozyapman She’rga go’zalligiz qo’shib yozyapman Qadringiz endi bildim-ku opajon Shu sabab o’zimni g’inshib yozyapman.
Aslida men uchun kimligiz emas Meni dunyoyimda borligiz muhim Mehringiz onam mehridan qolishmas Shunday mehr ichra tanholigiz muhim.
Ko’ngliz ham, yuragiz ham birdek toza Mehringizdan olgim kelar andoza Quvonch-u, qayg’uyimda sherik bo’lib, Yupatardiz munis opam Shaxnoza.
Taqdir ko’rsatdi, qancha shaytonlarni Bazan ko’rsatdi, hatto, hayvonlarni Dunyoda yaxshilar qolmabdi, deya Unitibman-ku, sizdek insonlarni.
Men ojizdurman mehringiz oldida Yana taslimman zehningiz oldida Faqat yurakka bir armon qoldida Sizga bir she’r bitib, yozolmadimda.
Bazan bo’larkan kutilmagan holat Qarindoshdan, yaqin bo’lar begona Dunyo sinovi bunchalar beshavqat Opamdek insonlar tanho-yagona.

SEVILIB YASHANG”


Qalblardan uchmasin ishqning chirog’i Dillarda yashnasin mehrning bulog’i Har bir qalbni ishonch bo’lsin hamroxi Sevib yashang hamda sevilib yashang.
Odam olar ekan odam taftini, Shirin so’z shod aylar inson qalbini, Pulga hech tenglashtirmay mehr narxini, Sevib yashang hamda sevilib yashang.
Pul bilan o’lchanmas insonning qadri, To’rt og’iz shirin so’z mehrning narxi, Sevilmoq qalblarning eng oliy baxti, Sevib yashang hamda sevilib yashang.
Qalblar uzoqlashib ketmaslik uchun, Mehrga tashna bo’lib o’tmaslik uchun, Oqibat yo’qolib qolmaslik uchun, Sevib yashang hamda sevilib yashang.
SEVGI IZTIROBI”
Osmonlar tor, sig’madi nolam Yuragim ham bo’ldi g’amxonam Sen o’zingding yakka-yagonam Endi bo’lding-ku bir ostonam.
Islomni ne kuylarga solding Kulib turib, jonini olding Ishontirib soxta sevgingga Endi kimlarga nazar solding.
Kechirar meni deb, o’ylama Qaytadi bir kun deb, o’ylama Endi yo’llar boshqa-boshqadur Baxting top, meni hech o’ylama.
Men seni shunchalar-ki sevdim Sevgimdan yonib, gulim derdim Seni o’ylab ich-ichim yerdim Afsus, endi kimliging bildim.
Seni unutdim, topib imkon Olloh bilar, asli kim yomon Talpinmasman, endi sen tomon A’lam o’tida yashab, har on
QIYOMATDAN XABARLAR BOR”
Dilda qancha savollar bor, Qancha buzuq hayollar bor, Jufti haloli, yoriga Bosh egmagan ayollar bor. Sizga qancha zararlar bor, Qiyomatdan xabarlar bor.
Ohiratin kuydirganlar, Shaxvatini qondirganlar, Nomahramdan ko’rib farzand, Bolasini o’ldirganlar. Oshingizda zaharlar bor, Qiyomatdan xabarlar bor.
Dillar mayus-ko’zlar mayus, Qancha mo’min bo’ldi dayus, Qiyomatda Haq oldiga Qanday chiqasiz yuzma-yuz. Qaytmaydigan safarlar bor, Qiyomatdan xabarlar bor.
Qayda ayting tosh tarozi? Farzand onadan norozi, Bu qandayin zamon bo’ldi? Hamma o’z-o’ziga qozi. Nohaq, nohaq zafarlar bor, Qiyomatdan xabarlar bor.
Hamma boylik topish istar, O’nga, so’lga chopish istar, Qarz berib o’z ukasiga, Uch kun o’tmay qarzin qistar. Begonaday jigarlar bor, Qiyomatdan xabarlar bor.
Qanoat qilib boriga, Rahmi kelmaydi origa, O’ldi qancha begunohlar, Qorni to’ymay osh noniga. Kimda oltin-u zarlar bor, Qiyomatdan xabarlar bor.
Qo’ymay sira o’g’rilikni, Ko’rmay sira to’g’rilikni, O’g’rilab kimlarning pulin, Qurutdi qancha sho’rlikni. Olib ketar anbarlar bor, Qiyomatdan xabarlar bor.
Ko’cha-kuyda yallo qilib, Maishatni xudo qilib, Maqtanadi do’stlariga, Ochiq oydin zino qilib. Haqqa javob berarlar bor, Qiyomatdan xabarlar bor.
Mayxonada may totganlar, Iymonini ham sotganlar, Kirib shaytonning yo’liga, Xudoni ham unutganlar. Yo’lingizda xatarlar bor, Qiyomatdan xabarlar bor.
Qancha buyuk arboblar bor, Qancha diniy kitoblar bor, Quloqlarga kirmay qolgan, Hadislardan xitoblar bor. Eslab turing takror, takror Qiyomatdan xabarlar bor.
O’ZBEK O’G’LON”
Qonli to’qnashuvlar avj olgan zamon, Urushga yuz tutdi butun bu jahon, Dushmanga ko’ksini aylagan qalqon, Vatan deb jon bergan ey o’zbek o’g’lon!
Quzg’unlar osmonda uchar tinimsiz, Qon bilan bo’yalgan dasht-u qir, o’rmon Adirda bir yigit yotardi jonsiz, Yurtim deb jon bergan ey o’zbek o’g’lon!
Ortingdan zor boqib qolgandi onang, Yo’llingga ko’z tikib yurgandi bolang, Daraxtlar tingladi faryod-u nolang, Oilam deb jon bergan ey o’zbek o’g’lon!
Fashistlar bostirib kelib qoshingga, Qirdilar ayovsiz qoldirmay omon, Qora o’q yetdimu sening boshingga, Tinchlik deb jon bergan ey o’zbek o’g’lon!
Soddadil onangdur, Otang bir dehqon, Qaytishing kutdilar ko’zlari giryon, Qora xat kelganda bo’ldi bag’ri qon, Armonga aylangan ey o’zbek o’g’lon!
Urushda sinmagan metin sabringiz, Jasorat ko’rsatgan Qodir Paxlavon, O’zga yurtda qolib ketdi qabringiz, Vatan tuprog’i deb jon bergan o’g’lon!
Shukurki sizlar deb tinchdur bu zamon, Farzandlar barkamol oila faravon, Xotirlar sizlarni yosh avlod har on, Vatan deb jon bergan ey o’zbek o’g’lon!
NOMARDLARGA”
Do’st deb silab qo’ling mayin, Yetaklaydi seni jarga. Do’stim yasha arslondayin, Pas ketmagin nomardlarga.
Maqtovlari yoqib ketar, Ko’ngling suvday oqib ketar, Chayondayin chaqib ketar, Pas ketmagin nomardlarga.
Qulluq qilar boy chog’ingda, Qullik qilar charchog’ingda, Zo’rlik qilar zor chog’ingda, Pas ketmagin nomardlarga.
Ming nayrang botgan ko’ziga, Ming maqtov aytar o’ziga, Ega emas o’z so’ziga. Pas ketmagin nomardlarga.
Hayot shunday bu dunyo keng, Bu dunyoda pastdir u eng, Axir ular yer bilan teng, Pas ketmagin nomardlarga.
Tepar sal o’zing past etsang, Chidolmaydi o’zib ketsang, Qotib kular to’zib ketsang, Pas ketmagin nomardlarga.
AZOB VA A’LAM”
Hayolda kezib, orzu qilardim. Ollohdan bir farishta tilardim. Sabrda baxtning borligin bilardim. Toqat qilolmay, baxtim izlardim.
Kunlarni o’tkazdim, shu asnoda. Bir qiz uchratdim, go’yo tanhoda. Sevdim uni tengsiz deb jahonda. Lek azobda qoldim bu makonda.
Ko’nglin topib, sevgim izhor qildim Yurar yo’llarin chamanzor qildim. Hatto, sevgim suyab men yiqildim Lek bevafoligin endi bildim.
Vadalar olardim quyuq-quyuq She’rlar bitardim, keltirib tuyuq. Hattoki tunlarimda uyqu yo’q Yurakka sanchilardi, mudhish o’q.
Rashk qilardim qizg’onib har kimdan. Quvonsa, quvonib ich-ichimdan Uni asrardim yurar yo’limdan Sevgim deb vos kechdim manzilimdan.
Bog’lamoqchi bo’lib, taqdirimni Yashirmay hatto, ichki sirimni Topshirdim unga yurgan yo’limni Lekin, og’ritib ketdi dilimni.
Inson bolasi shayton bo’larkan Maqsadin ko’zlab hayvon bo’larkan. Suygan yoring bazan nasib qilmas Sevsang, sevilish armon bo’larkan.
BALOGA QOLDING”
O’tli nigohingda hayolim olding, Hayolim olding-u qayga yo’qolding, Sevgi nima bilmas edim ilgari, O’zingdan ko’r endi baloga qolding.
Tunlar bedor, tush ko’ra olmayapman, Seni ko’rmasam tura olmayapman, Ne bo’ldi menga? hech bilolmayapman, O’zingdan ko’r endi baloga qolding.
Har kun yo’llaringni to’saman o’zim, Qachon bag’rimga bir bosaman o’zim, Sevmasang sochingga osaman o’zim, O’zingdan ko’r endi baloga qolding.
Hayotimga kirib kelganing uchun, Qalbimga muhabbat solganing uchun, Sen emas, men sevib qolganim uchun, O’zingdan ko’r endi baloga qolding.
Sendek qizginani ko’rmaganman hech, Suydirib-kuydirib yurmaganman hech, Uniting demagin, bo’ldi endi kech, O’zingdan ko’r endi baloga qolding.
Sensizlikka Islom ko’nmaydi endi, Sensiz baxt quyoshim kulmaydi endi, Yonimda bo’lmasang bo’lmaydi endi, O’zingdan ko’r endi baloga qolding.

(Ushbu she’rimni hazil tarzida Andijonlik do’stim _Shoira: Malika Arslonovaga atab yozdim.)


BIRODAR”
O’n sakkiz yil umring o’tdi qamoqda, Kiygan kiyiming eski va kir yamoqda, Yutar luqmang ming azobli tomoqda, Yashamoqdan maqsading ne birodar?
Farzandlaring ota mehrin totmadi, Qarindoshlar sendan rizo topmadi, Ayoling-chi halovatda yotmadi, Yashamoqdan maqsading ne birodar?
Dushmanlaring hiylalari bo’ldi ayyor, Bu ishlari seni bizga qildi ag’yor, Fitnalari senginani qildi abgor, Yashamoqdan maqsading ne birodar?
Din, amalda sobitlik bo’ldi ishing, Islomni ulug’lash bo’ldi tashvishing, Adashding, dog’ bo’ldi qilmishing, Yashamoqdan maqsading ne birodar?
Shu paytgacha qo’ldan ko’p fursat o’tdi, Xatolarni tuzatmoqning vaqti yetdi, Manqur bo’lib yashamoqning vaqti o’tdi, Yashamoqdan maqsading ne birodar?
Hurlikda ezgu ishlar, amallar ko’p, Tun-u kun ibodat qil, joynamoz o’p, Sen bilan suhbatlashsam savollar ko’p, Yashamoqdan maqsading ne birodar?
Ozodlikdan umidi bor ko’zingni, Yaqinlaring ko’rgusi bor yuzingni, Idrok etgin bir boras en o’zingni, Yashamoqdan maqsading ne birodar?
DIL ISXORI”
Ta’rifi yo’q bunday chiroyni, Uyaltirar hattoki oyni, Bilmam qaysi bog’ning gulisiz, Farishtasi siz qaysi joyni.
Rom etadi ko’zlari jayron, Tinch tuyg’ular ko’tardi to’fon, Chap ko’ksimda yurak hapqirar, Sur’atiga bir telmulgan on.
G’uncha kabi lablari tekkan, Piyolaga havasim kelar. Tushda ko’rgan malak shumikan, Baxtim deya atagim kelar.
Sochlarini silagan shamol, Men tomonga esgin, esaqol. Iforlarin olib kel tuyay, Qulog’imga ismin aytaqol.
Qani endi bo’lib yaqinroq, Ko’zlariga bir termulsaydim. Bo’lsam edi sal jur’atliroq, Dil isxorim aytaqolsaydim.
Shaydolari ko’pdur sochidan, Jon bermoqqa tayyorlari bor. Sevgining bu o’tli kuchidan, Islom sizga bo’ldi xaridor.
Ne bo’lsa ham ey qiz yuzizdan, Arimasin quvonch hamma vaqt. Bu dunyoga sizni keltirgan, Onangizga mingdan-ming rahmat!
G’IYBAT GIRDOBIDAMAN”
Meni ijodimni hech ko’rolmay Yaqinlarim g’iybatlar qilmoqda. Aslida kimligimni anglolmay Ortimdan ig’volar tarqatmoqda.
Birodarlar ko’zingizni oching Sizga yarashmaydi bu mish-mishlar. Havas qilingiz, hasaddan qoching Hisobsiz qolmas lek, bu qilmishlar.
Ichim tirnamoqda dard-u a’lam Suhbatin eshit g’iybatchilarni. Haq yo’lida qo’limdagi qalam Olloh jazolar tuxmatchilarni.
Kim desam, yaqin jigarlar ekan Shubha-gumonlar bilan boqmoqda Jim desam, bildim zaharlar ekan Afsus, ulardan ko’nglim qolmoqda.
Ko’rolmasdiz meni jimligimni Endi angladizmi kimligimni Unutdim men sho’x yigitligimni Davo qilmayman shoirligimni Unutmang meni Islomligimni.
JALLOD ONALARGA”
(Murg’akkina go’dak nomidan)
Men hali bolaman-ku mehringiz kerak, Tunda alla eshitay, eshitay ertak, Nega biz farzandlar shaytonlarga ermak, O’ldirmang, yashagim kelyapti hali, Shaytonlar onamdan nari ket, nari.
Sizga kelgan azobni mayli men tortay, Sizga bo’lsin par ko’rpa, men yerda yotay, Agarda gunoh bo’lsa mayli men botay, O’ldirmang, yashagim kelyapti hali, Shaytonlar onamdan nari ket, nari.
Rozi bo’ling, bor bergan mehringiz uchun, Ko’ngil uzolmadim hayotimdan nechun, Olloh o’zi kechirsin qahringiz uchun, O’ldirmang, yashagim kelyapti hali, Shaytonlar onamdan nari ket, nari.
Qarang guldek qo’lingiz bo’g’zimga botdi, Bugun begunoh o’g’lingiz qabrga yotdi, Sababini topolmay yosh boshim qotdi, O’ldim-ku yashashdan etdingiz nari, Qotil qo’llar meni eslatar hali.

Bugun farishtalar alla aytayapti, Menga qilganingiz erta qaytayapti, O’g’lingiz “ONA” deb nola qilayapti, O’ldim-ku yashashdan etdingiz nari, Qotil qo’llar meni eslatar hali.


JONLI QO’SHIQ”
Tinglaganda yurakdagi dardlar ketsin, Mudragan bu ko’zlardaney uyqu ketsin, Ko’ngillarni shodon aylab xushnud etsin, Jonli qo’shiq tinglaganga nima yetsin! Jonni qiynab kuylaganga nima yetsin!
Xofizlar ko’p qo’shiqlari turfa olam, Kuylaydilar kimga yoqib, yoqmasa ham, Eng yaxshisi jonli qo’shiqdur chindan ham, Jonli qo’shiq tinglaganga nima yetsin! Jonni qiynab kuylaganga nima yetsin!
Xofizlarni ko’paygani yaxshi, ammo, Ular uchun jonli qo’shiqlar muammo, Chin yurakdan kuylang deyman jonli ijro, Jonli qo’shiq tinglaganga nima yetsin! Jonni qiynab kuylaganga nima yetsin!
Xafa bo’lmang bu so’zimga ey sa’natkor, Siz kuylagan qo’shiqlarga muxlislar zor, Jonli ijro etganlarga el madadkor, Jonli qo’shiq tinglaganga nima yetsin! Jonni qiynab kuylaganga nima yetsin!

KETYAPMAN”


Dunyolarni sizga berib ketyapman Saxiymanda birdan erib ketyapman Qahringizdan bo’lgan yurak zarralarin Qarang poyingizga terib ketyapman.
Dunyoda yolg’iz yashang, oyday kulib Hatto, oppoq atirgulday ochilib Nahot men borayapman tobora so’lib Bir bor qarang menga kulib ketyapman.
Endi aslo kutmayman mehringizni Kuch-qudrat ado qildi sevgimizni Islom sevib, she’r bitolmas dedingizmi Sevgim sabrin sizga berib ketyapman.
MENGA HAM QUR’ONDAN SABOHLAR BERING”
Ilm har bir musulmon,mo’minga farzdir. Umrim Yaratgandan omonat qarzdir. Bu o’tar xayotdan yagona arzdir- Menga ham Qur’ondan sabohlar bering!
Tillarim bol etsin tajvid, tilovat. Qalbimni o’rasin huzur-halovat. Istagim etingiz qabul, ijobat. Menga ham Qur’ondan sabohlar bering!
“Fotiha” ochmasmi Robbim tomon yo’l. “Baqara” yur deya uzatmasmi qo’l. Ular iymonimni etadilar mo’l, Menga ham Qur’ondan sabohlar bering!
Saharlar “Yosin”ni o’qib yig’layin, “Amma”da qabrimdan qo’rqib yig’layin, “Humaza”yukidan zo’rqib yig’layin, Menga ham Qur’ondan sabohlar bering!
Qachon to’lib-toshib hurman degayman, “Iqro”ziyosidan nurman degayman, “Ar-Rohman, a’llamal Qur’an”degayman, Menga ham Qur’ondan sabohlar bering!
“Ixlos” yuragimga jon bo’lib kirsa, E’tiqod bobida qon bo’lib kirsa, Insoniy sha’nimga shon bo’lib kirsa, Menga ham Qur’ondan sabohlar bering!
Ikki “Qul a’uzu”dan shifolar topay, Va qullik ishimda vafolar topay, Mayli, ne mashaqqat, jafolar topay, Menga ham Qur’ondan sabohlar bering!
Alloh kalomisiz, axir, dil pora, Kalom quvvatisiz so’z-u til pora, Hech bo’lmasa kunda o’qiy bir pora, Menga ham Qur’ondan sabohlar bering!
OCHGIN KO’ZINGNI”
Ertalab turasan-u ketasan ishga, Vaqt bo’lmaydi hatto bolangni ko’rishga, Ota-onangdan ahvoli hol so’rishga, Ish tugamas ey inson ochgin ko’zingni.
Yetti yod begonani qilasan tog’a, Sendan balandroq bo’lsa qilasan og’a, Yarim tunda uyingga kelasan zo’rg’a, Ish tugamas ey inson ochgin ko’zingni.
Onang yo’linga intiq, boqadi zor-zor, Bolang mehringa mushtoq, doim intizor, Yiqqan davlating ketar, hammasi bekor, Ish tugamas ey inson ochgin ko’zingni.
Bolajoning ham mehrsiz o’smoqda axir, Otang qilig’ingdan ranjib, qiladi qahr, Nahotki shunchalar ham bo’lsang toshbag’ir, Ish tugamas ey inson ochgin ko’zingni.
Ota-onang bir kuni o’tsa dunyodan, Qidirib qolasan-ku kutib ro’yodan, Bu kunlar qaytadi albatta bolangdan, Ish tugamas ey inson ochgin ko’zingni.
Bu ishlarimizning oxiri bo’lar qabr, Tuproqqa qorishsak keyin topamiz qadr, Islom Ibrohim qachon kirar senga aql, Ish tugamas ey Islom ochgin ko’zingni.
ODAMLAR BORKI”

Download 56.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling