Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi


 INSON RESURSLARI BILAN ISHLASHDA PSIXOLOGIK NIZOLAR TAHLILI VA ULARNI BOSHQARISH


Download 219.41 Kb.
bet11/18
Sana21.01.2023
Hajmi219.41 Kb.
#1106616
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
kurs ishi

4. INSON RESURSLARI BILAN ISHLASHDA PSIXOLOGIK NIZOLAR TAHLILI VA ULARNI BOSHQARISH
Odatda, nizo deb, qarama-qarshi yo‘nalgan qarashlarga, noxush hissiy kechinmalar bilan bog‘liq guruhlararo yoki shaxslararo munosabatlar orqali ifodalanuvchi to‘qnashuvlarga aytiladi.
Psixologik nuqtai nazardan qaraganda, odamlarga halokatli ta'sir etadigan holat nizolarning o‘zi emas, balki ularning oqibatidir. Nizolar oqibatida inson ruhiyatida qo‘rqinch, vahima, adovat kabi salbiy xislar yuzaga keladi. Agar mazkur kechinmalar kuchli bo‘lsa va uzoq muddat davom etsa, odamda himoya reaksiyasi paydo bo‘lishi va mustahkamlanishi mumkin. Nizo natijasidagi salbiy holatlar shaxsning hissiyoti, hatti-harakatlari, tafakkur va hatto xarakterida ma'lum o‘zgarishlar sodir etadi. Bu o‘zgarishlar shaxsning xulq-atvorida namoyon bo‘lib, mazkur subyekt qatnashayotgan boshqa vaziyatlarga ham tarqaladi va o‘zaro munosabatlarning keng sohalarini egallay boshlaydi. Masalan, qo‘rquv va xavf muhitida tarbiyalangan odam keyinchalik xuddi shunday muhitning manbaiga aylanishi ehtimoldan xoli emas. U hatto o‘z bolalarini ham shunday muhitda tarbiyalaydi yoki qo‘l ostidagi xodimlarni shu uslubda boshqaradi
Aniqlanishicha, mehnat jamoalarida nizodan so‘nggi kayfiyatning buzilishi va tinchlanguncha o‘tadigan vaqt shu nizoga tayyorlanish davriga nisbatan uch baravar ko‘proq muddatni egallar ekan.Jamoalarda nizo sabablarini tadqiq etish natijasida ziddityalarni yuzaga keltiruvchi qator omillar aniqlandi. Bular qatoriga mehnat resuslarining chegaralanganligi, ishlab chiqarishga oid masalalarning uzviy bog‘liqligi, xodimlarning tashkilot kelajagi haqidagi tasavvurlarining noaniqligi, tashkilot ichidagi kommunikasiyalardan qoniqmaslik, kadrlarni tayyorlash darajasining pastligi va shu kabi sabablar kiradi.
Nizoning quyidagi asosiy turlari farqlanadi:
– Shaxsiy;
– Shaxslararo;
– Shaxs bilan guruh o‘rtasidagi;
– Guruhlararo;
– Ijtimoiy
Rahbar o‘zining boshqaruv faoliyatida sanab o‘tilgan nizolarning har biri bilan to‘qnash keladi.
Shaxsiy nizolar. Nizoninig bu turi ayrim paytda ichki nizo deb ham nomlanadi. Nizoning bu ko‘rinishiga shaxsning ichki ziddiyatlari sabab bo‘lib, bunday tafovutlarni yuzaga keltiruvchi omillarni asosan ikki guruhga ajratish mumkin: 1) Insonning ehtiyoji, intilishi va qadriyati uning o‘z bo‘yniga olayotgan mas'uliyati bilan qarama-qarshi bo‘lib qoladi; 2) Shaxsning unga qo‘yilayotgan talablarga bosh ko‘tarishi natijasidagi ichki tug‘yonlari. Misol tariqasida tashkilot miqyosida uchrab turadigan quyidagi holatlarni eslash mumkin: Xodim biron ishni puxta bajargisi keladi, lekin vazifani yakunlash muddati uni shoshiltiryapti. Natijada, muddatdan kechikmaslik xohishi va mehnatga sidqidildan munosabatda bo‘lish kabi ikki xohish o‘rtasida nizo yuzaga keladi. Demak, insonning dunyoqarashi va odatlari o‘rtasidagi bunday nomuvofiqlik ichki nizoning asosida yotadi. Ichki nizoga yana bir misol sifatida xodimning ikki rahbardan bir vaqtning o‘zida topshiriq olishi va qaysinisini birinchi navbatda bajarishi masalasida qiynalishini ham keltirish mumkin. Bu ikkala misolda qamrab olingan nizo sababi tashqi muhit bilan belgilangan.

Download 219.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling