Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi
-jadval “Ota-ona”, “katta yoshdagi” va “bola” pozitsiyalarinnig asosiy
Download 219.41 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pozitsiya “Ota-ona” “Katta yoshdagi”
3-jadval
“Ota-ona”, “katta yoshdagi” va “bola” pozitsiyalarinnig asosiy xususiyatlari
Yuqoridagi jadval boshqaruvchi pozitsiyalariga qo‘shimcha tarzda, quyida ijtimoiy va iqtisodiy boshqaruv usullarini ham keltirib o‘tishimiz mumkin. Iqtisodiy usullar iqtisodiyot toifalari va qonunlaridan foydalanish orqali xodimlarga ta’sir o‘tkazish usullari deb hisoblanadi. Ish haqi xodimlar faoliyati uchun muhim turtki bo‘lib, shuningdek, mehnat narxining pul o‘lchovidir. Aynan ish haqi mehnat natijalari bilan ish jarayoni o‘rtasidagi yaqin aloqani ta'minlaydi, turli malakali xodimlarning ish qiyinligini o‘zaro bog‘laydi Xodimning individual hissasi va ishning yakuniy natijasiga ko‘ra, uning ma'lum bir vaqt uchun ish haqi belgilanadi. Bonusli to‘lovlar har bir bo‘lim va xodimlarning faoliyatini foyda bilan bog‘laydi, bu esa kompaniyaning muhim iqtisodiy ko‘rsatkichidir. Barchamizga ma’lumki, har qanday tizimda, xoh u kichik korxona, xoh u katta korporatsiya bo‘lsin, personalni boshqarish, ular orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, nizolarni hal qilishda boshqaruvchi shaxsning psixologiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqaruvchi shaxs psixologiyasidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, boshqaruvchi o‘zi qo‘llaydigan yuqorida keltirib o‘tilgan boshqaruv usullaridan va rahbar yoki lider psixologiyasi nuqtayi nazaridan personalni samarali boshqarishi mumkin. Rahbar va xodim munosabatlari, guruhdagi psixologik muhit mehnat, jamoasi faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan rahbar qo‘llaydigan boshqaruv uslubiga bog‘liq. Boshqaruv uslubi – rahbarning o‘z xodimlariga nisbatan, ular orasida ishni tashkil etish bo‘yicha qo‘llaydigan odatiy xatti-harakatlari majmuasidir. Hozirga kelib menjmentda boshqaruv uslubini farqlashga turli yondoshuvlar mavjud bo‘lib, ularning hech biri boshqaruv vaziyatiga mos keluvchi mukammal bir uslubni tavsiya etolmaydi. Har bir uslub albatta bironta cheklanishga ega. Quyida rahbarlik uslubiga turli yondoshuvlar haqida qisqacha izoh berib o‘tiladi va bu matndan rahbar o‘z faoliyatida uchraydigan vaziyatdan kelib chiqqan holda, muvofiq keluvchi usullar majmuasidan birontasini qo‘llash haqida xulosa chiqarishi mumkin. Tizimli yondashuv tamoyiliga asoslanish boshqaruv uslubi mavzusiga bir muncha to‘la tahlil berishi mumkin. Bunga binoan, qo‘llanilayotgan boshqaruv uslubi tashkilot hayoti, uning oldiga qo‘ygan maqsad va birlamchi ravishda amalga oshirilayotgan vazifalariga mos kelishi kerak. Tizimli yondoshuvga binoan rahbar o‘zi boshqarayotgan tizimni yaxshi bilishi, uning holatini to‘g‘ri baholashi, kelajakdagi qiyofasini tasavvur eta olishi hamda o‘zgarishlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xodimlarni faollikka jalb eta olishi lozim. Zamonaviy boshqaruvda boshqaruv uslubini turli nuqtai nazarlarda turib yoritiladi. Quyida ularning qisqacha izohi berib o‘tiladi. Download 219.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling