Islom jahon dini


Download 28.92 Kb.
bet5/7
Sana30.10.2023
Hajmi28.92 Kb.
#1734997
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Islom - Jahon dini

Horijiylar. (Al-xavorij) Bu oqimning nomi «chiqish», «qarshi bo'lish», «isyonchilar» ma'nolarini anglatuvchi arabcha «xaraja» so'zidan olingan. Bu oqim islomdagi ilk sektalardan hisoblanadi. U Ali bilan Muoviya o'rtasida xalifalikning oliy lavozimini qo'lga kiritish uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida paydo bo'lgan.
Xorijiylar 661 yili Alini o'ldirishgan. Muoviya xukmronligi yillarida (661-680) va undan keyin xorijiylarning yirik qo'zg'olonlari bo'lib o'tgan. Ular X asr Shimoliy Afrikada hatto o'z davlatlarini – rustamiylar sulolasini ham o'rgatishga muvaffaq bo'lishgan. Xorijiylar o'z davrida birmuncha demokratik shiorlarni ilgari surishgan. Bu oqim tarafdorlari hozirgi paytda avvalgi siyosiy faolligini yo'qotganyu ular Jazoir, Umon, Tanzaniya, Livan kabi mamlakatlarda uchraydi.
Sufizm – islomdagi yirik oqimlardan biridir . uni sufiylik yoki tasavvuf ham deyiladi. Bu islomdagi diniy-mistik falsafiy oqim bo'lib, ta'limotning asosiy ma'nosi islom va xudoga munosabatdir. Zohidlik va mistik asosga qurilgan bu oqim ruhiy kamolotga erishishning asosiy yullari 4 bosqichdan iborat deb hisoblangan. Bular shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqatdan iborat bo'lib, har bir bosqichning murakkab talablari musulmonlar umrini tamoman qamrab olgan
Sufiylik iqimi tariqatlari o'rta asrlarda har xil joylarda turli ko'rinishda bo'lgan. Masalan, O'rta Osiyoda naqshbandiyliq yassaviyliq kubroviyliq Kavkazda - muridizm, Tataristonda – voisovchilar va boshqa tarlari tarqalgan.
Zaydiylar. Feodal nizolar zaminida VIII asr o'rtalarida shia musulmonlari safidan yana bir guruh ajralib chiqib, mustaqil zaydiylar sektasini tashkil etgan. Bu sekta – Alining evarasi, Husaynning nabirasi 740 yili Kufada ummaviylar sulolasidan bo'lgan xalifa Xishomga qarshi xalq qo'zg'oloniga boshchilik qilgan Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan va shialarning uchinchi imomi Zayd xalifa qo'shinlari bilan bo'lgan jangda o'z tarafdorlari bilan birga halok bo'lgan.
Zaydiylar 864 yili Eronning shimolida o'z davlatlarini to'zishgan. 901 yili esa ular Yamanda davlat xokimiyatini qo'lga olishgan. Bu davlat 300 yilgacha yashagan. Zaydiylar diniy ta'limotning shakllanishiga ishonishni, Qur'on «azaldan» mavjudligini, iroda erkinligi mavjudligini, diniy e'tiqodni amaliy harakat bilan mustahkamlash zarurligini tan olganlar. Ular ko'pgina shia marosimlariga amal qilishgan, biroq o'z turmush tarziga ko'ra sunniylarga ham yaqin turgan.

Download 28.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling