Islom jahon dini
MUHAMMAD IBN ABDULLOH – ISLOM DINI DA'VATCHI VA ASOSCHISI
Download 28.92 Kb.
|
Islom - Jahon dini
MUHAMMAD IBN ABDULLOH – ISLOM DINI DA'VATCHI VA ASOSCHISI. Payg'ambar forscha so'z bo'lib, xabarchi, darakchi demakdir. Arabcha nabiiy deyiladi. Rasul so'zi ham arabcha bo'lib, ma'nosi elchidir. Binobarin, payg'ambarlar ilohiy ta'limot va din aqidalarini o'z ummatlariga yetkazuvchi xabarchidir, Allohning elchisidir. Payg'ambarlarning Hadisda soni 124 ming deyiladi. Qur'oni Karimda 25 nafar payg'ambarning nomi tilga olingan. Ular Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zi-l-Kifl, Yunus, Muso, Horun, Shuayb, Ilyos, al-Yasa',Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammaddir. Islom ta'limotiga ko'ra barcha payg'ambarlarga barobar imon keltiriladi.
jiddiylashgach Muxammad Makka xukmdorlari bilan rakobatlashib kelgan kabilalarning vakillari bilan muzokaralar olib borgan va 622 yili ularning yordamida Madinaga xijrat qilingan. Musulmonlarning hijriy yili hisobi shu ko'chish arabcha «hijra»dan boshlangan. Makkadan ko'chib borganlar islom tarixida «muhojir» (ko'chib kelgan)lar, madinalik qabilalardan islomni qqabul qilganlar esa «ansor» (yordamchi) lar deb nom olganlar. Oradan bir necha yil o'tgach xaj qilishga u zotning o'zlari ham Makkaga kelgan. Makka zodagonlari manfaatiga zid targ'ibot olib borgan Payg'ambar Muhammad (s.a.v.)ni ta'qib etish kuchaygan. Ayniqsa, o'zi majusiy bo'lsada, unga homiylik qilgan amakisi Abu Tolibning vafotidan keyin Muhammad payg'ambarning hayoti xavf ostida qolgan. U o'ziga sodiq barcha kishilar bilan Hijozning shimolida joylashgan, uning davrida «madina», ya'ni shahhar deb qayta nomlangan Yasrib shahriga ko'chib ketishga majbur bo'lgan. qqur'on oyatlarining mazmuniga qaraganda, bu ko'chish ancha vaqt davom etgan. Payg'ambar Muhammad (s.a.v.) rqasaidan odamlar birmuncha vaqt davomida guruh-guruh bo'lib kelib turganlar. Makkadan ko'chib kelganlarning ko'pchiligi - muhojirlar deb tavsiflangan kambag'allar va nochor kishilar edi. Shuning uchun ham dastlabki davrlarda ansorlar ularga yordam ko'rsatganlar. 630 yil bahorida Madina qqo'shinlari Makkaga yaqinlashganlar va hech qanday qarshiliksiz shaharga kirib borganlar. Zodagonlar Muhammad payg'ambarni peshvoz chiqib kutib olganlar. Shu vaqtdan boshlab u bilan Makka hukmronlari o'rtasidagi raqobat va qarama-qarshiliklar tugagan. Ular Muhammad payg'ambarning yaqin yordamchilariga aylanib, musulmrnlar davlatida yuksak lavozimlarni egallay boshlaganlar. Muhammad payg'ambar hijriy 11-yilning rabi-al-avval (632 yil iyun) oyida Madinada 63 yoshda vafot etgan. Bu davrda anchagina mustahkam musulmon davlati vujudga kelgan; u Yamandan Sino yarimoroligacha, Qizildengiz sohillaridan Markaziy qum sahrolari-Sahroi Kabrgacha cho'zilag katta hududni o'z ichiga olgan edi. Muhammad vafotidan keyin o'rinbosarlari-xalifalar davlatni boshqara boshlaganlar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati o'zining bundan keyingi tarixida «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Muhammad vafot etgan birinchi kunlardanroq musulmonlar jamoasining yo'lboshchilari o'rtasida hokimiyat uchun kurash va o'zaro ixtiloflar boshlangan. Bu kurashda muhojirlar guruhi g'olib chiqqan va Muhammadning ilk safdoshlaridan biri Abu Bakr xalifa deb e'lon qilingan. Download 28.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling