Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika univarsiteti mashinasozlik fakulteti
Download 25.38 Kb.
|
1 2
Bog'liqGuli 24.11
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5А320311 – «OZIQ OVQAT SANOATI MASHINALARI VA AGREGATLARI» MUTAXASISLIGI 101М-21 (o‘) GURUH MAGISTRANTI Abduqahhorova Gulzera Maqsud qizi
- HISOBOT Ilmiy pedagogik faoliyat
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVARSITETI MASHINASOZLIK FAKULTETI «XIZMAT KO‘RSATISH TEXNIKASI» KAFEDRASI 5А320311 – «OZIQ OVQAT SANOATI MASHINALARI VA AGREGATLARI» MUTAXASISLIGI 101М-21 (o‘) GURUH MAGISTRANTI Abduqahhorova Gulzera Maqsud qizi Ilmiy pedagogik ishlari hisoboti III-semestr 2022-2023 o‘quv yili Bajardi: 110M-21 guruh magistranti Abduqahhorova G.M. Qabul qildi: PhD. Samandarov D.I. Kafedra mudiri: PhD. Samandarov D.I. Toshkent 2022 HISOBOT Ilmiy pedagogik faoliyat: o‘quv jarayonida ilmiy-pedagogik amaliyotimni o‘zim tahsil olayotgan Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika univesiteti Mashinasozlik fakulteti “Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasida o‘tadim. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan maruza va amaliy mashg‘ulotlarda muntazam ishtirok etdim hamda dars jarayonini bevosita kuzatib bordim. Xususan, assistant A.B.Usenovlarning 3-kurs va 4-kurs TMJ (OOS) guruh talabalarga ma’ruza va labaratoriya mashg‘ulotlarida qatnashdim. Kafedraning assisent o‘qituvchisi A. Usenovning 2022 yil 24-noyabr kuni “Oziq-ovqatmahsulotlarini qadoqlash jihozlari va saqlash” 75-19 (o‘) guruhi bilan “Yo‘naltirilgn polietilenda termoshrink hodisalari” mavzusida bo‘lgan amliy mashg‘ulotini o‘tdim. O‘qituvchi tomonidan yutuq va kamchiliklarimni bilib oldim. Hozirgi kunda polietilen mahsulotlarini chidamliligini oshirish va uning tarkibida o‘zgarishlarni shunday saqlab qolish zamon talabi ekanligini va u sohada bo‘layotgan yangiliklarni va o‘zimdagi bilimlarni talabalarga yetkazib berishga harakat qildim, bundan tashqari ushbu mavzuga tegishli bo‘lgan yangiliklarni va labaratoriya mashg‘ulotiga tayyorlab kelgan materiallarimni ularga ko‘rsatdim. Xozirgi kunda polietilen mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshib borayorgan bir paytda ularning ko‘proq vaqt saqlash mavzusida bo‘lgan dars mashg‘uloti o‘tish davomida talabalardan o‘zim ham ayrim bilmaganlarimni mustahkamlab o‘rganib oldim. Dars mashg‘ulotlari so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi shu tariqa o‘tkazilgan dars mashg‘ulotlari qizg‘in baxs munozara ko‘rinishida tashkil qilib o‘tkazildi. Magistrant: Abduqahhorova.G.M. Fan o‘qituvchisi: ass. Usenov A.B. Kirish Hozirgi kunda dunyo miqiyosida uch xil polietiilen (PE) ishlab chiqarilmoqda: yuqori zichlikdagi PE, past zichlikli PE va past zichlikka ega bo’lgan chiziqli PE. Ularning har birini o’nlab tur (marka)lari mavjud. Polimerlarning xossalari qo’llanilgan katalizatorlar, zanjirdagi somonomerlarga bog’liq ravishda oz bo’lsada bir-biridan farq qiladi va ishlatish sohasi ham shunga yarasha o’zgarib turadi. Adabiyotlardan ma’limki PE ni olishda quyidagi sintezlarni amalga oshirish mumkun: 1) Etilenni polimerlash yo’li bilan: nC2H4→CH3―CH2―(C2H4)n-2―CH=CH2 2) Diazometandan nCH2N2→CH3―CH2(CH2)n-2―CH=CH2+nN2 3) Vodorod va uglerod (II) oksididan NCO+2nH2→CH2―CH2―(CH2)n-4―CH=CH2+nH2O Sanoatda PE ni ishlab chiqarish faqat birinchi yo’l bilan amalga oshiriladi, chunki bunda hosil bo’lgan mahsulotning tannarxi past, sifati esa yuqori. 2-3- reaksiyalar esa labaratoriya sharoitda yuqori molekulyar parafinlarning fizikaviy xossalari bilan ularni kimyoviy tuzulishini bog’liqligini aniqlash uchun tadqiqot ishlari sifatida o’tkazilgan. Etilenni nisbatan past molekulali polimeri rus olimi Gustavson tomonidan 1884-yilda olingan bo’lib u suyuq holatda edi. Gustovsonning tajribalardan so’ng yana 50 yil davomida yuqori molekulali PE olish ustida harakatlar qilindi. Modda miqdorini oshirish uchun reaksiya sharoitlarini o’zgartirilib, katalizatorlar almashtirilar, lekin 100 atm. bosimda ham molekulyar massa 100-500 ga teng bo’lgan suyuq polimerlar chiqar edi. Ular sintetik surkovchi moylar sifatida ishlatilishi mumkun bo’lganligi uchun sanoat miqiyosida Germaniyada ikkinchi jahon urushi vaqtida ishlab chiqarilgan. 1933-1936 yillarda ingliz tadqiqotchilari Fosett va Djibson va sovet olimi A.I.Dintsesslar bir-biridan bexabar 1000 atm. bosim, 2000 C haroratda va katalizator sifatida oz miqdorda kislorodni qo’shib yuqori yuqori molekulali qattiq polimerni olishga muvaffaq bo’ldilar. Sanoat sharoitda PE ishlab chiqarish birinch marotaba 1937 yilda Angliyada amalga oshirildi. 1938 yilda PE dan suv ostida ishlovchi kabel ishlandi, 1944-yilda Angliyada “alkaten” deb nomlangan PE ishlab chiqarildi, oz vaqtdan so’ng Germaniyada ham shu usulda PE olish uchun naysimon reaktorli tajribaviy qurilma ishga tushdi. 1943-yilda AQSHda yuqori bosim (1200atm.) va 2000 C haroratda PE olina boshladi. Etilenni avvaliga etil spirtini degidratsiya reaksiyasi yordamida olishgan bo’lsa, neftni qayta ishlash gazlariga esa keyinroq o’tildi. 1955 yilni oxiriga kelib AQSHda yuqori bosimli PE ishlab chiqaradigan zavodlar soni ko’paydi. PE ni o’rgangan sari uni foydali tomonlari ko’pligi kashf etildi va uni ishlab chiqarish hajmi ko’paya boshladi. PE nafaqat kabel sanoatida balki korroziyaga chidamliligi uchun kimyo sanoatida, vodoprovod va sug’orish tizimlari, qurilish, qishloq xo’haligi va uy xo’jaligida qayishqoq qoplama parda plyonkalar sifatida muvaffaqiyatli qo’llanila boshlandi. Download 25.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling