Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektronika va avtomatika fakulteti elektron apparatlarni ishlab chiqarish yo‘nalishi


Yarim o‘tkazgichlarning optikaviy xossalari


Download 1.57 Mb.
bet9/16
Sana08.11.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1757365
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Islom karimov nomidagi

Yarim o‘tkazgichlarning optikaviy xossalari.



Yarim o‘tkazgich moddalar yorug‘lik ta’siriga juda sezgir bo‘ladi, chunki ularda yutilgan energiya evaziga zaryad tashuvchilar zichligi va harakatchanligi ancha o‘zgarishi mumkin.
Yorug‘lik yarim o‘tkazgichga tushganda bir necha xil yutilish hollari yuz berishi mumkin.
1. Yorug‘likning xususiy yoki asosiy yutilishi - bunda yutilgan foton energiyasi hisobiga elektronning valent zonadan o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tib olishi (zonalararo o‘tish) (1-rasm) sodir bo‘ladi. Oqibatda bitta o‘tkazuvchanlik elektroni va bitta kovak (elektron-kovak jufti) hosil bo‘ladi. Bunday yutilish hosil bo‘lishi uchun foton energiyasi yarim o‘tkazgichning taqiqlangan zonasi kengligidan katta bo‘lmog‘i zarur: .
2. Yorug‘likning kirishmalar tomonidan yutilishi - bunda yutilgan foton evaziga elektronning kirishma atomidan o‘tkazuvchanlik zonasiga yoki valent zonadan kirishma sathiga o‘tishi sodir bo‘ladi). Bunday yutilish yuz berishi uchun foton energiyasi kirishmaning Yei ionlanish energiyasidan kattaroq bo‘lishi zarur: . Bu energiya taqiqlangan zona kengligidan kichik , binobarin, bu yutilish infraqizil sohada yuz berishi mumkin.
3. Yorug‘likni erkin zaryad tashuvchilar yutishi- yorug‘lik to‘lqini elektr maydoni ta’sirida zaryad tashuvchilar majburan tebranadi, bu hodisa elektromagnit nurlanish energiyasi yutilishi evaziga yuz beradi
4. Yorug‘likning kristall panjara tebranishlari tomonidan yutilishi-bunda yorug‘lik energiyasi evaziga panjara tebranishlari (muvozanatiy tebranishlarga ko‘shimcha ravishda) uyg‘otiladi.
5. Eksiton yutilish-bunda yorug‘lik energiyasi hisobiga o‘zaro bog‘langan elektron-kovak jufti (gantel) hosil bo‘ladi.
6. Yorug‘likning zonalar ichida yutilishi-zonalari murakkab tuzilishga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichlarda elektron (kovak) yutilgan foton energiyasi hisobiga mazkur zona ichida bir holatdan yuqoriroq boshqa holatga o‘tadi.
7. Yorug‘likni elektron-kovak plazmasi yutishi-bu hodisada elektronlar va kovaklar to‘plamidan iborat plazma o‘z energiya spektriga mos yorug‘likni yutadi, qo‘shimcha plazmaviy tebranishlar paydo bo‘ladi.
Kristallarda yorug‘likni yutuvchi boshqa yana ko‘p markazlar (nuqsonlar) mavjud.
Shishasimon yarim o‘tkazgichlar: . Ular IK nurlarni o‘tkazadi. Shuning uchun ulardan IK-spektroskopiyada foydalaniladi.


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling