Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «elektronika va avtomatika» fakulteti «ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi
Download 239.62 Kb.
|
kurs iwi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doimiy bosimlar farqiga ko‘ra ishlaydigan sarf hisoblagichlari
- Bajardi
- I.BOB. NAZARIY QISM. 1.1. D oimiy bosimlar farqiga ko‘ra ishlaydigan sarf hisoblagichlar .
- 1.2. Ovalsimon shesternyali hisoblagichlar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI «ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» FAKULTETI «ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH» KAFEDRASI «Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari» fanidan «Doimiy bosimlar farqiga ko‘ra ishlaydigan sarf hisoblagichlari» mavzusida Bajardi: 114-18 guruh talabasi Rajabova M. Rahbar: PhD., dots. Avazov Yu.Sh. Toshkent – 2020 MUNDARIJA
KIRISH Sanoatning ko‘pgina tarmoqlari, ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida moddaning sarfi, miqdori va hajmini o‘lchash, ularni tekshirish va boshqarishda hamda kerakli xomashyo, yarim mahsulot va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishda asosiy o‘rin egallaydi. Moddaning miqdori deb ma’lum vaqt oralig‘ida quvurning yoki boshqa tashuvchi qurilmaning ko‘ndalang kesimidan o‘tadigan moddaning massasi yoki hajmining yig‘indisiga aytiladi. Asbob orqali oqib o‘tayotgan moddaning massasi yoki hajmini vaqtning istalgan oralig‘ida o‘lchaydigan asbob hisoblagich deyiladi. Vaqt birligi ichida quvurning berilgan kesimidan o‘tadigan modda miqdori moddaning sarfi deyiladi. Qanday birliklarda o‘lchanishiga qarab moddaning sarfi hajmiy va massali bo‘ladi. Hajmiy sarf [m3/s] larda, massali sarf esa [kg/s] larda o‘lchanadi. Sarf o‘lchash uchun mo‘ljallangan asboblar sarf o‘lchagichlar deyiladi. O‘lchash usuliga ko‘ra sarf va miqdorni o‘lchash uchun mo‘ljallangan asboblar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: tezlik va hajm hisoblagichlari; bosimlar farqi o‘zgaruvchan va o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar; o‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar; elektromagnit va ultratovush sarf o‘lchagichlar; tarozilar va dozatorlar; donali mahsulotlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan asboblar. I.BOB. NAZARIY QISM. 1.1. Doimiy bosimlar farqiga ko‘ra ishlaydigan sarf hisoblagichlar. Suyuqlik va gazlar miqdorin o‘lchashga mo‘ljallangan hisoblagichlar o‘zlarining ishlash prinsipiga ko‘ra hajm, tezlik va vazn hisoblagichlariga bo‘linadi. Ko‘proq hajm va tezlik hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz miqdorini o‘lchashda hajm hisoblagichlaridan foydalaniladi. Vaqt oralig‘i t1 — t2 dagi oqim, massa va energiya yig‘indisini ko‘rsatuvchi o‘lchash asbobi hisoblagich deb ataladi. Hisoblagichlar o‘z funksiyasini quyidagi ifodaga muvofiq bajaradi:
bu erda, Q — vaqt oralig‘ida sarflanadigan modda miqdori; g — vaqt birligi ichida modda yoki energiya sarfi. Hajm hisoblagichlari modda miqdorini hajm bo‘yicha, tezlik hisoblagichlari esa oqim tezligi bo‘yicha o‘lchaydi. Ikkala hisoblagich ham moddaning asbob ishlab turgan vaqtda undan o‘tgan umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Ma’lum vaqt oralig‘idagi modda miqdorini aniqlash uchun olingan vaqt oralig‘ining boshlanishi va oxiridagi hisoblagich ko‘rsatishini belgilash kerak. Hisoblagich ko‘rsatishlarining farqi shu vaqt oralig‘i ichida asbobdan o‘tgan modda miqdoriga teng bo‘ladi. Hisoblagichlarning ishlash prinsipiga ko‘ra turli guruhlarga ajratish mumkin. Bularga misol qilib, doimiy bosimlar farqiga ko‘ra ishlaydigan sarf hisoblagichlarini aytsak bo‘ladi. Doimiy bosimlar farqiga ko‘ra ishlaydigan sarf hisoblagichlarga ovalsimon shesternyali hisoblagichlar, barabanli hisoblagichlar, halqali suyuqlik hisoblagichlar va boshqalar kiradi. 1.2. Ovalsimon shesternyali hisoblagichlar. Download 239.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling