Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari
Konstantalar va tizim o‘zgaruvchilari
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
energetik matematik masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matnli izohlar
Konstantalar va tizim o‘zgaruvchilari
Konstanta — yagona nomga ega bo‗lgan va oldindan aniqlangan sonli yoki simvolli qiymat. Sonlar (masalan 1, -2 va 1.23) nomsiz sonli konstantalar bo‗lib hisoblanadi. MATLAB da boshqa turdagi konstantalar tizim o‘zgaruvchilari ham mavjud. Ular tizim yuklanishi vaqtida beriladi va qayta aniqlanishi mumkin. MATLAB tizimida asosiy tizim o‘zgaruvchilari quyidagilar: i va j — mavhum birlik ( -1 dan kvadrat ildiz); pi - soni - 3.1415926...; eps — suzuvchi nuqtali sonlar ustida amallarning xatoligi (2- 52 ); realmin — suzuvchi nuqtali eng kichik son (2- 1022 ); realmax — suzuvchi nuqtali eng katta son (2 1023 ); inf — mashina cheksizligining qiymati; ans — eng so‗nggi amal natijasini saqlovchi va odatda uning tasvirini ekranga chiqaruvchi o‗zgaruvchi; NaN — ma‘lumotlarning sonli harakterga ega emasligini ko‗rsatish. Tizim o‗zgaruvchilariga misollar: » 2*pi ans = 6.2832 » eps ans = 2.2204e-016 » real min ans= 2.2251e-308 » realmax ans= 1.7977e+308 » 1/0 Warning: Divide by zero, ans= Inf » 0/0 Warning: Divide by zero, 6 ans = NaN Yuqorida ta‘kidlanganidek, tizim o‗zgaruvchilarini qayta aniqlash (o‗zgartirish) mumkin. Masalan, eps tizim o‗zgaruvchisiga boshqa qiymatni berish mumkin, eps=0.0001. Simvolli konstanta — apostroflar orasiga olingan simvollar, masalan: 'Hello my friend!' 'Salom' '2+3' Agar apostroflar orasiga matematik ifoda olingan bo‗lsa hisoblanmaydi, balki simvollar ketma- ketligi deb qaraladi. Lekin maxsus funksiyalar yordamida simvolli ifodalarni hisoblanadigan ifodalarga o‗zgartirish mumkin. Matnli izohlar MATLAB murakkab hisoblar uchun ishlatilishi sababli ularning tavsiflari yaqqol va tushunarli bo‗lishi kerak. Buning uchun matn izohlari qo‗llaniladi. Matn izohlari % simvoli yordamida kiritiladi, masalan: % factorial function MATLAB ingliz tilidagi mahsulot. Shu sababli izohlar (ayniqsa, m- fayllarda) rus harflari yordamida terilgan dasturlar ishlamasligi mumkin. Bundan tashqari, izohlarda ruscha «s» harfi terilgan bo‗lsa keyingi satrga o‗tib ketish muammosi yuzaga keladi. Bu holda ruscha «s» ning o‗rniga inglizcha «s» ni ishlatish maqsadga muvofiq. Odatda m-fayllarning birinchi satrlari help «Fayl_nomi» buyrug‗idan keyin ekranga chiqariluvchi, ular to‗g‗risidagi qisqacha axborot bo‗ladi. Etarli darajada mukammal matnli izohlarning m-fayllarga kiritilishi keyinchalik ular bilan ishlashni osonlashtiradi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling