Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari
O‘zgaruvchilar va ularga qiymatlar berish
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
energetik matematik masalalari
O‘zgaruvchilar va ularga qiymatlar berish
O‘zgaruvchilar — qiymatlari har xil bo‗lgan ma‘lumotlarni saqlovchi nomga ega bo‗lgan obyektlardir. Bunday ma‘lumotlarga mos holda o‗zgaruvchilar sonli yoki simvolli, vektorli yoki matritsali bo‗lishi mumkin. 7 MATLAB tizimida o‗zgaruvchilarga ma‘lum qiymatlarni berish mumkin. Buning uchun tenglik ishorasi yordamida kiritiluvchi o‗zlashtirish amalidan foydalaniladi: O‘zgaruvchining_ nomi=ifoda O‗zgaruvchilarning turlari oldindan belgilanmaydi. Ular, qiymati o‗zgaruvchi tomonidan o‗zlashtiriluvchi ifodaga mos holda aniqlanadi. Agar ifoda vektor yoki matritsa bo‗lsa, o‗zgaruvchi ham vektor yoki matritsa bo‗ladi. O‘zgaruvchining nomi (uning identifikatori) amalda cheklanmagan uzunlikdagi simvollardan iborat bo‗lishi mumkin, lekin boshlang‗ich 31 simvol eslab qolinadi va identifikatsiya qilinadi. Har qanday o‗zgaruvchining nomi boshqa o‗zgaruvchilarning, funksiyalarning va tizim protseduralarining nomi bilan bir xil bo‗lmasligi kerak. O‗zgaruvchilarning nomlari harf bilan boshlanadi va o‗z ichiga harflar, raqamlar, ta‘kidlash simvoli (satr osti chizig‗i) _ ni olishi mumkin. Faqat o‗zgaruvchining nomida probellar maxsus belgilar, masalan +, ., -, *, / va h.k. bo‗lmasligi kerak. O‗zgaruvchilar odatdagi ko‗rinishda yoki indekslangan, ya‘ni vektor va matritsalarning elementlari bo‗lishi mumkin. Simvolli o‗zgaruvchilar ham ishlatilishi mumkin, bunda simvol qiymatlar apostroflar ichiga olinadi, masalan s='Demo‗. O‘zgaruvchilarning aniqlanishlarini yo‘qotish O‗zgaruvchilar kompyuterning xotirasida ishchi soha (workspace) deb ataluvchi ma‘lum joyni egallaydi. Ishchi sohani tozalash uchun har xil shakldagi clear funksiyasidan foydalaniladi, masalan: clear — hamma o‗zgaruvchilarning aniqlanishlarini o‗chiradi; clear x — x o‗zgaruvchining aniqlanishlarini o‗chiradi; clear a, b, s — a, b, s o‗zgaruvchilarning aniqlanishlarini o‗chiradi. Aniqlanishlari o‗chirilgan o‗zgaruvchi noaniq bo‗lib qoladi va keyinchalik undan foydalanishga harakat qilinsa xato to‗g‗risida axborot chiqadi, masalan: » x=2*pi x = 6.2832 » V=[l 2345] V = 12345 8 » MAT ??? Undefined function or variable 'MAT'. » MAT=[1 2 3 4; 5 6 7 8] MAT= 1234 5678 » clear V » V ??? Undefined function or variable 'V'. » clear » x ??? Undefined function or variable 'x'. » M ??? Undefined function or variable 'M'. Avval tanlab V o‗zgaruvchining o‗zi, keyin esa parametrsiz clear buyrug‗i yordamida qolgan hamma o‗zgaruvchilarning aniqlanishlari o‗chirilganligiga e‘tibor bering. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling