Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
energetik matematik masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- MATLAB versiyalarining imkoniyatlari
Nazorat savollari:
1. O‗zgaruvchilar va ularga qiymatlar berish qanday usulda amalga oshiriladi? 2. Energetika masalalarini algoritmlash va dasturlashtirish o‗zi nima? 3. Operatorlar va funksiyalar nimalardan iborat? 4. O‗zgaruvchilarning aniqlanishlarini yo‗qotish qanday amalga oshiriladi? 2-MA’RUZA Matlab dasturlashtirish tizimi bilan tanishish Reja: MATLABning imkoniyatlari Boshqa dasturiy tizimlar bilan integratsiyalashuvi MATLABni ishga tushirish va dialog rejimida ishlash Nazorat savollari MATLAB versiyalarining imkoniyatlari MATLAB asosan quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi: matematik hisoblashlar; 11 algoritmlarni yaratish; modellash; ma‘lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish; ilmiy va injenerlik grafikasi; ilovalarni ishlab chiqish va boshqalar. MATLAB 4.x versiyasining imkoniyatlari Matematik hisoblashlar sohasida: matritsaviy, vektor va mantiqiy operatorlar; elementar va maxsus funksiyalar; polinomial arifmetika; ko‗p o‗lchamli massivlar; yozuvlar massivlari; yacheykalar massivlari. Sonli usullarni amalga oshirish sohasida: differensial tenglamalar; bir o‗lchamli va ko‗p o‗lchamli kvadraturalarni hisoblash; chiziqli bo‗lmagan algebraik tenglamalarning ildizlarini aniqlash; bir necha o‗zgaruvchili funksiyalarni optimallash; bir o‗lchamli va ko‗p o‗lchamli interpolyatsiya. Dasturlash sohasida: 500 dan ortiq biriktirilgan funksiyalar; ikkilik va matnli fayllarni kiritish/chiqarish; Ci va FORTRANda yozilgan dasturlarni qo‗llash ; MATLAB amallarini Ci va Ci++ tillaridagi dastur matnlariga avtomatik ravishda qayta kodlash; tipik boshqaruvchi tuzilmalar. Vizuallashtirish va grafika sohasida: ikki va uch o‗lchamli grafikani yaratish imkoniyatlarining mavjudligi; ma‘lumotlarni vizual tahlil qilishni amalga oshirish. Yuqorida keltirilganlarga qo‗shimcha ravishda MATLAB ochiq arxitekturaga ega, ya‘ni mavjud funksiyalarni o‗zgartirish va yaratilgan xususiy funksiyalarni qo‗shish mumkin. MATLAB tarkibiga kiruvchi Simulink dasturi real tizim va qurilmalarni funksional bloklardan tuzilgan modellar ko‗rinishida kiritib imitatsiya qilish imkoniyatini beradi. 12 Simulink juda katta va foydalanuvchilar tomonidan yanada kengaytirilishi mumkin bo‗lgan bloklarning bibliotekasiga ega. Bloklarning parametrlari sodda vositalar yordamida kiritiladi va o‗zgartiriladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling