81
Upper limit – Cheklashning yuqori chegarasi;
Lower limit - Cheklashning pastki chegarasi;
Treat as gain when linearizing (flajok) – Liniyalashtirishda
uzatish koeffitsiyenti birga teng bo‗lgan kuchaytirgich sifatida olish.
Saturation blokidan sinusoidal signalni cheklash uchun foydalanishga
misol 11.1-rasmda ko‗rsatilgan.
11.1-rasm. Saturation blokidan foydalanishga misol
Sezmaslik zonasiga ega bo‘lgan blok Dead Zone
Vazifasi:
―Sezmaslik zonasi‖ turidagi nochiziqli bog‗lanishni amalga oshiradi.
Parametrlari:
Start of dead zone - Sezmaslik zonasining boshlanishi (pastki
chegara);
End of dead zone - Sezmaslik zonasining tugashi (yuqori
chegara);
Saturate on integer overflow (bayroqcha) – Bayroqcha
o‗rnatilganda butun turdagi signallarni
cheklash korrekt tarzda
amalga oshiriladi.
Treat as gain when linearizing (bayroqcha)- Liniyalashtirishda
uzatish koeffitsiyenti birga teng bo‗lgan kuchaytirgich sifatida olish.
82
Blokning chiqish signali quyidagi algoritmga asosan hisoblanadi:
Agar kirish signali sezmaslik zonasining ichida bo‗lsa, chiqish
signali nolga teng bo‗ladi;
Agar kirish signali sezmaslik zonasining yuqori chegarasiga teng
yoki undan katta bo‗lsa chiqish signali
kirish signalidan yuqori
chegaraning qiymati olib tashlanganiga teng bo‗ladi;
Agar kirish signali sezmaslik zonasining pastki chegarasiga teng
yoki undan kichik bo‗lsa chiqish signali
kirish signalidan pastki
chegaraning qiymati olib tashlanganiga teng bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: