Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
energetik matematik masalalari
Blok nomini berkitish uchun model oynasining Format menyusidagi
Hide Name (Nomni berkitish) buyrug‗idan foydalaniladi. Blokning berkitilgan nomini tiklash uchun Show Name (Nomni ko‗rsatish) buyrug‗i xizmat qiladi. Signallarning belgilari va kommentariyalarni(izohlarni) joylashtirish. Blok sxemalar tushunarli va qulay bo‗lishi uchun liniyalardan o‗tuvchi signallarni ko‗rsatuvchi belgilar qo‗yish mumkin. Belgilar gorizontal liniyalarning ostiga yoki ustiga, vertikal liniyalarning o‗ng yoki chap tomoniga joylashtiriladi. Belgini liniyaning boshlanishi, oxiri yoki o‗rtasiga qo‗yish mumkin. Signal belgisini hosil qilish uchun liniyaning ustida sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosiladi va belgining matni kiritiladi. 114 Sichqonchaning chap tugmasi liniyaning ustida bosilishiga e‘tibor berish kerak. Aks holda model uchun izoh hosil bo‗ladi. Belgi sichqoncha yordamida siljitiladi. Agar belgini siljitish vaqtida bo‗ladi. Belgining nusxasini liniyaning boshqa sigmentida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish yo‗li bilan ham hosil qilish mumkin. Belgini tahrir qilish uchun uning ustida sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va matnga kerakli o‗zgartirishlar kiritiladi. Belgini olib tashlash uchun u ajratiladi va turilgan holda liniyadagi hamma belgilar olib tashlanadi. Izohlarni hosil qilish va o‘zgartirish. Izohni blok sxemadagi har qanday bo‗sh yerga joylashtirish mumkin. Buning uchun sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosiladi va hosil bo‗lgan to‗rtburchak ramkaning ichiga izohning matni kiritiladi. Izoh sichqoncha yordamida siljitiladi. Agar izoh siljitilayotgan vaqtda bo‗ladi. Hosil qilingan izohni tahrir qilish mumkin. Buning uchun uning ustida sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va kerakli o‗zgartirishlar kiritiladi. Shriftni o‗zgartirish uchun izohning matni ajratiladi va blok sxema oynasidagi Format (Format) menyusidan Font (Shrift) buyrug‗i tanlanadi. Kerakli shrift, uning o‗lchami va atributlari tanlangandan OK tugmasi bosiladi. Izohni olib tashlash uchun yoki Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling