Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Sidirib olish usuli. Bu usul tog„ lahimlari yoki tabiy ochilmalar yuzasida 
ochilgan foydali qazilma tanasi bir xil qalinlikda qatlam sidirib olinadi. Sidirib 
olingan namuna uzunligi 1-2 m., qalinligi 5-10 sm. bo„ladi. Bunday namunaning 
og„irligi ma‟dan tanasining qalinligiga bog„liq. Bu kabi namunalarni olishda asosiy 
e‟tibor sidirib olinadigan qatlamning qalinligi hamma yerda bir xil bo„lishga 
qaratilishi kerak. Shuning uchun namuna olishdan oldin joyning yuzasini oldindan 
tekislab olish tavsiya etiladi. 
Katta qalinlikka ega bo„lgan ma‟danlardan sidirib namuna olishga va bunday 
namunalarga ishlov berishga ko„p vaqt va mehnat sarf bo„ladi. Shuning uchun bu 
usulning qo„llanilishi cheklangandir. Sidirib olish usulini, boshqa usullar yetarli 
darajada ishonchli ma‟lumotlar bermaydigan xolatlarda: 
1) kichik qalinlikdagi tomirsimon ma‟dan tanalarini razvedka qilishda, foydali 
komponent notekis va o„ta notekis taqsimlangan bo„lsa; 
2) yer osti lahimlarida mayda tomirsimon ma‟danlarni namunalashda; 
3) yirik oltin zarralari bo„lgan oltin konlarini namunalashda qo„llash mumkin; 
To„liq xajmli usul. Bu usulda namunaga tog„ lahimlarini qazish vaqtida hosil 
bo„lgan jinslarning hammasi olinadi. Ko„pincha bunday namunalar yer osti tog„ 
lahimlarini qazishda bir yoki bir necha o„tish sikllaridan chiqqan ma‟dan 
mahsulotlaridan iborat bo„ladi. 
Bu usul ma‟danlar tarkibida foydali komponentlar o„ta notekis tarqalgan 
joylarda konlar mayda ma‟dan tanalaridan tuzilgan bo„lsa, brekchiyasimon va 
konglomerat teksturali ma‟danlarda, namunani tekshirish to„riga qarab (masalan 
slyudalar) turli maxsus sharoitlarda qo„llaniladi. 



72

Bunday namunalarning miqdori 1-1,5 t.dan 2-3-t.gacha yetadi. 
Bunday usul texnologik tekshirishlar uchun eng muhim ahamiyatga ega. 
Chunki bunday tekshirishlar uchun ko„p miqdordagi ma‟dan namunasi talab 
etiladi. 
Bundan tashqari ma‟danlarning ba‟zi fizik, mexanik va kimyoviy 
xususiyatlarini (hajmiy og„irlik, g„ovaklik, bo„laklanganlik, maydalanish 
koeffitsiyenti va h.k.lar) tekshirishda faqat shu usuldan foydalaniladi. 
Texnologik tekshirishlar uchun olingan to„liq hajmli namunalar ma‟danlarning 
turli namunalari fazoda qanday tarqalganligini ularning zaxiralari hisobga olingan 
holda olinadi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling