-
73
-
angidrid, sof tug„ma oltingugurt, fosforitlar, magnezit, muskovit, flagopit, vermin-
kulit uchun 80%; barit, viterit uchun 75 %; tosh tuzi uchun 80 %ni tashkil qiladi.
Maydalangan kernning uzun o„q bo„yicha yarmi namuna sifatida olinadi. Ikkinchi
yarmi esa dublikat sifatida qoldiriladi. Kernni bo„lish
kern sindirgichda amalga
oshiriladi. Eruvchan tuzlar uyumlari namunalanganda kernning markaziy qismidan
namuna olinadi. Buning uchun kern uzun o„qi bo„ylab parmalanadi.
Parmalash
natijasida olingan kukun namuna hisoblanadi. Kernni yalpi namunalash holatlarida
va burg„ilashning katta xarajatlarida kernni uzunasiga tosh kesish stanogida aralash
tavsiya etiladi.
Ma‟dan konlarini burg„ilashda shlamni namunalash kern juda kam chiqqanda
(60-80 %dan kam) amalga oshiriladi. Agar kernning
doimiy boyishi yoki kamba-
g„allashgani to„g„risida asos bo„lsa, unda kern ko„p
chiqqanda ham shlamdan
namuna olish zaruriyati tug„iladi. Shlamni ushlab qolish uchun burg„i qudug„i
og„zida to„siqli nov va qabul qiluvchi katta tog„ora (chan) o„rnatiladi (8.2-rasm).
Burg„i qudug„i og„zida to„plangan va shlam quvuridan
ajratib olingan shlam
quritish uchun tunukaga joylashtiriladi. Shlam namunasi burg„i qudug„i og„zida
to„plangan va shlam quvurlaridan olingan materiallardan tuziladi. Agar materialda
magnitli minerallar bo„lsa, maydalangan pitra shlamdan magnit yordamida ajratib
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: