Gorizontal yotgan qatlamlarning haqiqiy qalinligini aniqlash. Xaritada
tasvirlangan gorizontal yotuvchi qatlamlarning haqiqiy qalinligini aniqlash juda
oson. Qatlamlarning haqiqiy qalinligi ostki va ustki yuzalari orasidagi eng qisqa
masofa bo„lganligi uchun uni qatlam yuzalari mutlaq balandliklari orasidagi
farqdan aniqlasa bo„ladi.
Qatlamning haqiqiy qalinligini dalada aneroid orqali ham aniqlash mumkin.
Buning uchun qatlamning ostki va ustki yuzalarining yer yuziga chiqish joylaridagi
atmosfera bosimi milimetrlarda o„lchanadi. Ular orasidagi ayirma o„n birga
ko„paytirilib, qatlamning haqiqiy qalinligi metrlarda aniqlanadi.
Gorizontal yotuvchi qatlamlarning yer yuzasiga chiqish kengligi yoki uning
gorizontal tekislikka o„tkazilgan proyeksiyasi relyef yuzasining qiyaligiga qarab
o„zgaradi. Relyef yuzasining nishabligi qancha past bo„lsa, qatlamning yer
yuzasiga chiqish kengligi shuncha katta bo„ladi. Aksincha, relyef nishabligi qancha
katta bo„lsa, u shuncha tor va relyef tik holda 0 ga teng bo„ladi.
Gorizontal yotgan qatlamlarning xaritalarda va aerofotosuratlarda
tasvirlanishi. Geologik xaritalarda qatlamlarning chegaralari relyef yuzasini
ifodalovchi gorizontallarga parallel yoki mos tushishi orqali ularning gorizontal
yotganligini aniqlash mumkin (14.3-rasm).
Gorizontallar tushirilmagan geologik xaritalarda qatlamlarning gorizontal
yotishi taxminan aniqlanadi. Agar joyning relyefi yetarli darajada notekis bo„lsa va
xaritada tasvirlangan qatlamlar yoki boshqa stratigrafik gorizontlarning qalinligi
relyefning nisbiy balandligidan kichik bo„lsa, qatlamlar va stratigrafik gorizontlar
orasidagi chegara, gorizontallar kabi, relyefning asosiy tafsilotlarini ham
ifodalaydi. Bunda relyefning eng past joylarida nisbatan qari va eng baland
joylarida yosh tog„ jinslari ochilib yotgan bo„ladi.
-
26
-
Do'stlaringiz bilan baham: |