Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Download 30.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi30.5 Kb.
#1594851
Bog'liq
TDTU TM Xisobat


Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
Muammo:
1. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan malaka oshirish rejasiga kiritilgan professor-o‘qituvchilarni belgilangan muddatda malaka oshirish kurslariga yuborishga OTM lar raxbariyati tomonidan e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yish holatlari kuzatilmoqda, natijada belgilangan reja bajarilmayapti.
2. Malaka oshirish o‘quv jarayonlariga xorijiy mutaxassislarini jalb etilishida ba’zi muammolarga duch kelinmoqda, jumladan ularni kelib-ketishi, turar joy bilan ta’minlanishi, o‘tilgan mashg‘ulotlariga to‘lovlar to‘lanishida moliyaviy muammolarga duch kelinmoqda.
3. Markaz xodimlarining oylik maoshlarini qayta ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi, sababi, markazdagi ish hajmi yuqori bo‘lib, oylik maoshlar hajmi juda past. Jumladan bir bo‘lim boshlig‘i uchun oylik ish haqqi 1 976 160, 00 so‘mni tashkil etadi.
Taklif:

  • Oliy ta’lim muassasalari rahbariyati tomonidan professor-o‘qituvchilarning vazirlik tomonidan tasdiqlangan malakasini oshirish rejasini bajarilishida mas’uliyatini oshirish.

  • Oliy ta’lim muassalari rahbar va pedagog kadrlarni malakasini oshirish tarmoq markazida faoliyat olib boruvchi xodimlarni oylik ish maoshlarini qayta ko‘rib chiqish.

  • Malaka oshirsh markazlarida faoliyat olib boruvchi xodimlarni xorijiy mamlakatlarda stajirovka o‘tashi va malaka oshirishini tashkil etish shu bilan birga tarmoq markazlariga chetdan tashrif buyuradigan profssor o‘qituvchilarga xaq to‘lash tizimini soddalashtirish.

  • Malaka oshirish markazlari faoliyatida inson omili ishtirokini kamaytirish choralarini ko‘rish, malaka oshirishni avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish bunda markazda joriy etilgan elektron baholash tizimini BIMM elektron tizimiga bevosita bog‘lash (portfolio, chiqish testi ballri, sertifikatlarni elektronlashtirish va saytga joylash v. x.)



Direktor Q.Qurolov
Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling